Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Nazorat uchun savollar:
1. Qarz va kredit shartnomalarining tushunchasi va ularning o`zaro nisbatini tahlil qiling? 2.Kredit turlari, ularning qo`llanilish sohalari va o`ziga xos xususiyatlarini yoriting? 3. «Bobir» firmasi «Non» AJning iltimosiga ko`ra, non chiqarish uskunasini sotib olish uchun 1.000.000 so`mni «Non» AJ hisobiga o`tkazdi. Pul o`tkazish «Non» AJning xatiga asoslangan bo`lib, unga ko`ra pul 60 kundan keyin qaytarilishi kerak edi. Ko`rsatilgan muddat o`tganidan keyin «Non» AJ pulni qaytarmadi. Va «Bobir» firmasi xo`jalik sudida da’vo qo`zgatdi. Xo`jalik sudida AJning vakili tomonlar o`rtasida kredit munosabati sodir etilmaganligini, tashkilotlarga kredit berish bank faoliyatining bir turi ekanligini va bunday faoliyat bilan faqat Markaziy Bankdan litsenziya olgan tashkilotlar shug’ullanishi mumkinligi, firmada esa bunday litsenziya yo`qligini bayon qildi. Firma manfaatlarini himoya qilayotgan advokat esa, tomonlar o`rtasida kredit shartnomasi emas, qarz shartnomasi tuzilganligini aytdi. Qarz shartnomasini tuzish uchun esa litsenziya talab qilinmaydi. Bundan tashqari advokat sudda qarz shartnomasining kredit shartnomasi va bank omonati shartnomasidan farqlashni taklif qildi. Bu nizoda kim haq? Qarz shartnomasi, kredit shartnomasi va omonat shartnomasini tavsiflang. 35 Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик ҳуқуқи (II-қисм)./Ҳ.Раҳмонқулов ва И.Зокировларнинг умум.таҳр.остида.-Т.:Адолат.1999.-217 б. 253 4. Rajabov qarz shartnomasiga ko`ra Alimovdan 1 yil muddatga xar oyda 15 foiz to`lab turish sharti bilan pul oldi. Birinchi 6 oy lavomida u bu foizlarni to`lab keldi. Keyin esa Alimovga qarzga olgan xamma pulini kaytarib berishni taklif qildi. Alimov rozi bo`lmadi va xamma summani karz shartnomasi muddati tugaganidan keyin olishini aytdi. Nimaga Alimov karzni kaytarib olishni rad etdi? Bu holda Rajabov xar oylik foizlarni bundan keyin xam to`lab borishga majburmi? Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling