Toshkent davlat yuridik universiteti


 Faktoring shartnomasining turlari va uning mazmuni


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

3. Faktoring shartnomasining turlari va uning mazmuni 
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash 
shartnomasining mohiyati shundaki, uning bo`yicha mijoz moliya agentidan 
(ko`pchilik hollarda bular – banklar) mijozning mahsulot berish, ish bajarish yoki 
xizmat ko`rsatishdan kelib chiqadigan talab qilish huquklarini xaridor 
(buyurtmachi)ga taqdim etish evaziga pul mablag’larini berishdan iborat. Masalan, 
tovar yetkazib beruvchi ko`pincha yetkazib berilgan mahsulot uchun o`z 
majburiyatini bajarish bilan bir vaqtda to`lov olmaydi (oluvchi vaqgincha pul 
mablag’lari bo`lmagani sababli olingan tovar uchun to`lov muddatini kechiktiradi). 
Tovar yetkazib beruvchi pul talabnomasiga ega bo`la turib, pul mablag’lari 
yo`qligi yoki etishmasligi uchun qiyin ahvolga tushib qoladi. Pul mablag’lari 
muayyan mulkiy qiymatga ega bo`lib, bozor qiymatiga, so`mning xarid 
qobiliyatiga ham ega
44

Faktoring xizmatining maqsadi debitorlik qarzlarining restrukturizastiyasi, 
to`lov muddatining kechiktirilishdan vujudga keladigan yo`qotishlarni kamaytirish 
uchun uning o`z vaqtida qarzlarni inkassastiya qilinishi va shubhali qarzlar 
vujudga kelishini bartaraf etishdan iborat
45

L.Raxmatullaevning e’tirof etishicha, “Jahon tajribasi ko`rsatishicha, 
rivojlanayotgan kompaniyalar uchun faktoringdan foydalanish – yutuqlarga 
erishish uchun ishonchli yo`l sanaladi. Faktoring dunyoda mashhur bir qator 
kompaniyalar: Acer (kompyuter texnikalari, Tayvan), Parmalat (oziq-ovqat 
mahsulotlari, Italiya)
46
, Lewis Global Toys (bolalar uchun tovarlar, SShA) va 
43
Цвайгерт К., Кетц Х. Введение в сравнительное правоведение в сфере частного права. Т.2. перевод с 
немецкого. -М.: Международные отношения, 1998. -177 с. 
44
Фуқаролик ҳуқуқи. Иккинчи қисм.-Тошкент: Илм Зиё, 2008.-379 б. 
45
Berlin, M., Mester L. J. Debt Covenants and Renegotiation // Journal of Financial Intermediation. – Mannheim, 
1992. – vol. 2(2). P. 95-133. 
46
Muschella D. The Italian Factoring Industry [Электронныйресурс] // World Bank Conference on the Factoring 
Industry as a Key Tool for SME Development in EU Accession Countries. – Warsaw, October 23-24, 2003. - URL: 
http://lnweb18.worldbank.org.


259 
boshqalar
47
rivojlanishining barcha bosqichlarida qo`llab-quvvatlash vositasi sifatida 
xizmat qilgan. 
Faktoring shartnomasi ikki tomonlama bo`lsada, uchta subyektda huquq va 
majburiyatlar vujudga kelishini nazarda tutadi. Bu – sotib oluvchi (qarzdor), mahsulot 
yetkazib beruvchi (mijoz) va moliya agenti (faktor) bo`lib, ular bir-biriga nisbatan 
vakillik huquq va majburiyatlarga ega bo`ladi.
Faktoring munosabatlarining subyektiv tarkibini belgilar ekan milliy qonunchilik 
quyidagi kategoriyalarga asoslanadi: Fuqarolik kodeksi bo`yicha - mijoz (kreditor), 
moliya agenti va qarzdor–; “O`zbekiston Respublikasi hududida tijorat banklari 
tomonidan faktoring operastiyalarini amalga oshirish tartibi to`g’risida” gi Nizomga 
asosan esa, bank-moliya agenti va aksteptlangan to`lovchi (to`lovchi). 
E’tirof etish lozimki, ko`plab mamlakatlarda dastlab faktoring bilan tijorat 
banklari shug’ullangan. Faktoring AQShda bankdan tashqari xizmat sifatida paydo 
bo`lgan
48
. Evropada ko`plab banklar faktoring – bu “so`nggi umiddagi kreditlash”, 
binobarin, mijozda kredit olish uchun garov mavjud emas degan nuqtai nazarda, bu 
institutga salbiy munosabatda bo`lganlar
49
.
Milliy qonunchilikning o`ziga xosligi shundaki, moliya agenti (faktor) shartnoma 
tarafi sifatida huquqiy munosabatga kirishishi uchun maxsus huquq layoqatiga ega 
bo`lishi lozim. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, O`zbekistonda faktoring xizmatini ko`rsatish 
litsenziyalangan faoliyat turi hisoblanadi va moliya agenti sifatida banklar, kredit 
tashkilotlari, shuningdek shunday faoliyat bilan shug’ullanish uchun ruxsatnoma 
(litsenziya) ga ega tijorat shaxslari ishtirok etishlari mumkin (FKning 750-moddasi). 
Biroq bunda O`zbekiston Respublikasining qonunchiligi faktoring shartnomasi 
bo`yicha xizmat ko`rsatishi litsenziyalashga oid ko`rsatmalarni, moliya agentiga, 
shuningdek shu turkumdagi litsenziyani berish to`g’risida qaror qabul qilish vakolatiga 
ega organga quyiladigan talablarni belgilamaydi. 
Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida faktoring xizmati 
ko`rsatish huquqiga ega bo`lgan shaxslar - milliy qonun osti hujjatlarida amalda faqat 
tijorat banklar bo`lishi mumkinlgi belgilangan va bu holat “O`zbekiston Respublikasi 
hududida tijorat banklari tomonidan faktoring operastiyalarini amalga oshirish tartibi 
to`g’risida” gi Nizomning 1.3. bandida tahlilidan kelib chiqadi, binobarin unda 
“faktoring – bank xizmatining bir turi” ekanligi qayd etilgan. 
Ko`rinib turibdiki, qonun osti xarakteridagi norma faktoring instituti 
kategoriyasini 
moliya 
agenti 
sifatida 
qisqartiradi. 
O`z-o`zidan 
ravshanki, 
kodifikastiyalashgan va qonun osti hujjatlari normalarining o`zaro raqobati huquqni 
qo`llash amaliyotida bir qator muammolarni vujudga keltirishi mumkin, binobarin, bu 
holatda gap shartnoma haqiqiyligining eng muhim asosi – taraflarning huquq 
subyektliligi xususida bormoqda. 
47
Пономарева Л. Ваше место под солнцем. – [Электронный ресурс] // ДЕЛОВОЙ Усть-Каменогорск. - Усть-
Каменогорск, 2002. - № 11. – URL: http://www.aaa.kz/200211_03.htm. 
48
Worthy R. G. Factoring: Modern American Style [Электронныйресурс] // World Bank Conference on the 
Factoring Industry as a Key Tool for SME Development in EU Accession Countries - Warsaw, October 23-24, 
2003. – URL: http://lnweb18.worldbank.org . 
49
Соколов А. Международный факторинг [Электронный ресурс] // Директор-Инфо. – Москва, 2003. – №12. - 
URL: www.director-info.ru 


260 
Bugungi kunda kreditor huquqlarini qonun asosida o`tkazishning belgilanishi 
mavjud ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar va manfaatlarning mavjud bo`lishi bilan 
ifodalanadi. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti mulkiy huquqlarni muomalada 
bo`lishini taqazo etmoqda. 
Qonun asosida huquq boshqa shaxsga o`tkazilganda huquq o`tkazuvchi va 
oluvchi tomonidan huquqni begonalashtirishga qaratilgan faol harakatlar sodir 
etishi talab etilmaydi. Ya’ni huquqni boshqa shaxsga o`tkazish haqidagi bitim, 
boshqa yuridik fakt va yuridik tarkib mavjud bo`lishini taqazo qiladi. Uning 
natijasida qonun majburiyat huquqini boshqa shaxsga o`tganligini belgilaydi. 
Majburiyat huquqini qonun asosida o`tkazishning amaliy ahamiyati, uni boshqa 
shaxsga o`tkazishdan farqli ravishda, shartnoma shartlaridan qat’i nazar yo`l 
qo`yilishida, deb ko`rsatadi. Majburiyat bo`yicha taraflar o`zlarining kelishuvlarida 
bunday o`tkazishni istisno qilishlari ham, uni amalga oshirish imkoniyatini ham 
qarzdorning roziligiga bog’liq qilib qo`ya olmaydi.
Amaliyotda huquqni boshqa shaxsga qonun asosida o`tkazilishida 
taraflarning kelishuvi (shartnomasi) ham muayyan darajada ahamiyatga ega 
bo`ladi. 
Talab qilish huquqini boshqa shaxsga o`tkazish talab qilish huquqini boshqa 
shaxsga o`tkazishga qaratilgan barcha bitimlarni ifodalash mumkin bo`lgan yig’ma 
tushuncha sifatida ko`rilishi mumkin. E’tiborli jihati shundaki, bunda majburiyat 
bo`yicha kreditor almashinadi. Demak, fuqarolik qonunchiligida nazarda tutulgan, 
shuningdek nazarda tutilmagan holda unga zid kelmaydigan har qanday fuqarolik 
huquqiy bitim asosida majburiyat huquqini boshqa shaxsga begonalashtirishni 
tushunish mumkin.
Faktoring shartnomasi bo`yicha moliya agentining asosiy majburiyati mijozni 
moliyalash hisoblanadi. Mazkur majburiyat faktoringning turlarida ham bir xilda 
qo`llaniladigan va asosiy majburiyat sanaladi. Chunki, faktoringning maqsadi ham 
moliyalashtirish hisoblanadi va bank faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri sanaladi.
Faktor – operastiyalarining asosida mijoz va faktor-firma o`rtasidagi 
kelishuv yotadi. Faktor-firma mijozdan to`lov hujjatlarini xarid qiladi va ikki-uch 
kun ichida ularning 70-90 foiz qiymatini to`laydi. Qolgan 30-10 foizi xaridor 
hisobni qoplashi bilan to`lanadi. 
Faktoring xizmatlari “moliyalashtirishsiz” yoki “moliyalashtirish” sharti 
bilan taqdim etiladi. Birinchi holda hisob-fakturani beruvchi faktor-kompaniya 
mijozi to`lov muddati kelganda, hisob-faktura oxirgi summasini oladi. Ikkinchi 
vaziyatda mijoz ko`zda tutilgan to`lov muddatidan qat’i nazar, tovar uchun sekin 
haq to`lashni talab qilishi mumkin. Oxirgi vaziyatda faktor-kompaniya mijozga 
kredit taqdim etadi. 
Faktoring bitimini amalga oshirishdan oldin jiddiy tahliliy ish olib boriladi. 
Faktoring xizmati ko`rsatishga quyidagi korxonalar tortilmaydilar: 
– debitorlar katta soniga ega bo`lgan; 
– chayqovchilik biznesi bilan shug’ullanadigan; 
– nostandart va tor ixtisoslashgan mahsulotlar ishlab chiqaradigan; 
– mayda mahsulotlar to`plamini chakanalab sotadigan; 
– sub-pudratchilar bilan ishlaydiganlar va boshqalar. 


261 
Korxonalar buyurtmasini olgan faktor-kompaniya potenstial mijozlar, 
moliyaviy va iqtisodiy ahvolini uning faoliyat sohasini, sotilayotgan mahsulot 
turlari, bozor kon’yunkturasini diqqat bilan o`rganadi. Oxirgi uch yillik balansi, 
hisobot va moliyaviy ko`rsatkichlar, tovarga bo`lgan talab va hokazolar tahlil 
qilinadi. So`ngra kompaniya xizmat ko`rsatishga yo rozilik beradi, yoki bosh 
tortadi. Rozilik berganda, mijoz xaridor tomonidan qo`yilgan barcha hisob-
fakturalarni o`tkazadi. 
Faktor-kompaniya ularni obdon o`rganadi va har biri bo`yicha rozilik yoki 
norozilik beradi (ikki-uch kundan keyin). 
Ikki yilga tuzilgan faktoring to`g’risidagi sherikchilik shartnomasi faktor-
moliyalashtirish asosini tashkil etadi. Zamonaviy faktoring faktor-kompaniya 
mijozga ko`rsatadigan qator xizmatlarni o`zida birlashtiradi: 
mijozlar hisoblariga ishlov berish; 
ularni pul mablag’lari bilan ta’minlash; 
mijozlarni xaridorlarning to`lov layoqati to`g’risida xabardor qilish; 
xaridorlarning to`lov layoqatiga ega emasligi xatarini o`z zimmasiga olish. 
Jahon amaliyotida faktoring xizmatlarining qiymati ikki unsurdan tarkib 
topadi; faktor-xizmatlar uchun komission mukofot; muddatidan oldin to`langanda 
undiriladigan foizlar. 
Faktor-kredit bo`yicha komissiya hisob-fakturaning 1,5-2 foizini tashkil 
etadi va qisqa muddatli ssudalar bo`yicha odatdagi bank foizlaridan birmuncha 
yuqori bo`ladi. 
Faktoring operastiyalarini amalga oshirishda debitorlik qarzdorligi naqd 
pullarga aylantiriladi va ishlab chiqarish maqsadlari uchun foydalanilishi 
mumkin.Mijozda debitorlik hisoblarini yuritish va kredit nazorati bo`yicha 
xarajatlar qisqaradi
50

Xalqaro amaliyotda qo`llaniladigan faktoringning mavjud turlarini quyidagi 
holatlar bo`yicha turkumlash mumkin: 
- faktoring munosabatlari vujudga kelishidan qarzdorning xabardorligi fakti 
bo`yicha. 
Mazkur asos bo`yicha ochiq (konvenstiyaviy) va yopiq (konfidenstial) 
faktoringni ajratish mumkin. 
Birinchi holatda mahsulot yetkazib beruvchi faktorga sotib oluvchi 
(buyurtmachi) dan pul summasini olish uchun talab qilish huquqini beradi, buning 
natijasida faktor sotib oluvchi bilan tuzilgan bitim bo`yicha kreditorga aylanadi tovar 
(ish, xizmat) ni lozim darajada yetkazib berish majburiyati esa mahsulot yetkazib 
beruvchining zimmasida qoladi. Bunda qarzdorni faktoring bitimida ishtiroki 
to`g’risida xabardor qilish mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan ham, faktor 
tomonidan ham amalga oshiriladi. 
Konvenstiyaviy faktoring o`zida mijozga moliyaviy xizmat ko`rsatishning 
universal tizimini ifodalaydi, binobarin, u o`zida turli xildagi ma’lumotlar bilan birga 
buxgalterlik hisoboti, mahsulot yetkazib beruvchi va sotib oluvchi o`rtasidagi hisob-
kitoblar, sug’urtalash krediti, vakillik va boshqalarni aks ettiradi. Mijozda esa, uning 
50
Қулматов А.А. Факторинг-корхонани молиявий барқарорлаштириш омили // "BIZNES - ЭКСПЕРТ". 
06.03.2013 | Номер: №3(63)-2013 


262 
asosiy mahsulot yetkazib berish vazifasi saqlanib qoladi. 
- o`tkazilayotgan pul talabnomasining hajmi bo`yicha. 
Bu asos bo`yicha to`liq faktoring va fakultativ faktoring farqlanadi. To`liq 
faktoringda (mutlaq huquqlar bilan birga) mahsulot yetkazib beruvchi faktor foydasiga 
barcha muayyan turdagi talablardan voz kechadi, bundan shartnomada belgilangalari 
mustasnodir. Faktoringning ushbu turi muayyan hududda joylashgan barcha 
qarzdorlarga, yoxud ularning ayrim guruhlariga nisbatan talablarga nisbatan 
qo`llaniladi. 
Fakultativ faktoring (mutlaq huquqlarsiz) faktorga faqatgina shartnomada 
belgilangan ayrim aniq talablarni o`tkazishni nazarda tutadi. 
- bitimni amalga oshirish xarakteriga ko`ra. Bunda bevosita va bilvosita faktoring 
ajratiladi. 
Bevosita faktoringda faqat bitta faktor – mahsulot yetkazib beruvchi-eksportyor 
oldidagi majburiyatni bajaradi hamda uning o`zi importyorga yetkazib berilgan tovar 
to`lovini talab qiladi. 
Bilvosita, ya’ni “ikki tizimli” faktoringda esa, mahsulot yetkazib beruvchi-
eksportyor mamlakatida joylashgan faktor eksportyorning qarzdori joylashgan 
mamlakatdagi faktor bilan subfaktoring shartnomasini tuzadi.
Albatta bozor xo`jaligining zamonaviy shakllari faktoring operastiyalariga ta’sir 
ko`rsatuvchi diversifikastiya mexanizmlarini nazarda tutadi. Shu bilan birga, bunday 
voqeliklar huquqiy xarakterga ega bo`lmaydi, biroq ularning xususiyatlari mavjud 
huquqiy doirada bo`ladi va mazkur mavzu uchun alohida qiziqish uyg’otmaydi. 
Ta’kidlash lozimki, xalqaro amaliyotda “birfaktorli” va “ikkifaktorli” deb 
nomalanadigan sxemalar ajratiladi. 
Birinchi holatda tashqi savdo bitimlarida eksportchi, importchi va eksport-faktor 
ishtirok etadi. Bu sxemada eksport-faktor importchi bilan bevosita ishlaydi. Xorijiy 
tajriba ko`rsatishicha, birfaktorli amaliyot eksportchi (yoki eksport-faktor) jug’rofiy 
jihatdan importchi bilan yaqin bo`lganda, yoxud ishonchli va sinovdan o`tgan sotib 
oluvchilar bilan tuziladigan bitimlarda qo`llanilishi mumkin. 
Ikkifaktorli sxema eksport-faktor importchi mamlakatida importchining kreditga 
layoqatliligini tekshirish va undan qarzni undirishi uchun etarli imkoniyatga ega 
bo`lmagan holatlarda vujudga keladi. 
Import faktoring deganda eksportchi (doimiy eksport mahsulot yetkazib 
berishlarida) importchi mamlakatda xizmat ko`rsatish faktoringi to`g’risidagi 
shartnoma tuzish tushuniladi. U importchining majburiyatlari bo`yicha tushumlarni 
inkasso qilish yoki importchi uchun to`lov kafolatlarini berish yo`li bilan amalga 
oshiriladi. 
Xalqaro faktoringning alohida turi xalqaro forfeyting (a-forfe)
51
hisoblanadi. 
Bunda to`lovni talab qilish huquqi emas, oddiy va o`tkazma veksel (tratlar) forfeytchi 
(faktor)ga indossament qilish yo`li bilan voz kechiladi.
Forfeyting bir qator ijobiy jihatlarga egaki, bu holat uni o`rta muddatli 
moliyalashdaning eng qulay shakliga aylantiradi. Binobarin, bunda forfeytingnnig 
asosiy qulayligi, operastiya bilan bog’liq barcha xavfni forfeyter o`z zimmasiga olishi 
51
Французча a forfai – бутунлай, умумий суммада. 


263 
hisoblanadi. Bundan tashqari, forfeytengga bo`lgan qiziqish ayrim mamlakatlarda 
fiksastiyalangan fozli stavkalardan voz kechilishi, ko`plab rivojlanib borayotgan 
mamlakatlarda import qilingan tovarlar to`lovi uchun valyutaning etarli emasligi, 
siyosiy xavfning ortib borishi va boshqa bir qator holatlar sababli ortib bormoqda. 
Zamonaviy amaliyotda forfeyting ko`pincha tashqi savdo (transchegaraviy) 
operastiyalarni moliyalash uchun qo`llaniladi. Forfeytingli moliyalash o`rta muddatli 
xarakterga ega bo`ladi va kapital (investistiya) maqsadidagi tovarlar (transport vositalari 
va uskunlar) va xizmatlar (sanoat qurilishi va infratuzilishli obyektlarni chet elga 
chiqrashida) eksporti uchun mo`ljallanadi. 
O`zbekiston misolida aytish mumkinki, milliy qonunchilik va ishbilarmonlik 
amaliyotida forfeyting operastiyasi ma’lum emas. Biroq bu holat mazkur munosabatlar 
qonunchilik tomonidan tartibga solinishi zarur emas degan xulosa chiqarishga asos 
bo`lmaydi. Aksincha, huquqiy va iqtisodiy tizimlari rivojlanib borayotgan davlatlar 
amaliyoti ko`rsatishicha, bozoring zamonaviy instrumentlarini lozim darajada huquqiy 
ta’minlanmaganligi ularning vujudga kelishi va rivojlanishiga to`sqinlik qiladi. Shu 
munosabatlar bilan O`zbekistonda faktoring va forfeyting operastiyalari huquqiy 
bazasining shakllanish jarayoni qonunchilik tomonidan tartibga solishda ham va ilmiy 
ta’minlashda ham davomiylik, tizimlilik va konsteptual yondashuvni talab qiladi
52

Mazkur fikrga qo`shilgan holda aytish mumkinki, faktoring shartnomasi 
taraflarining huquq va majburiyatlari tizimi moliyaviy xizmatlar bilan hamohang bo`lib, 
mijoz shartnomada nazarda tutilgan pul talabnomasini topshirish va uning ishonchliligi 
hamda qarzdorning to`lovga qobiliyatliligiga majbur hisoblanadi. 
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga 
moliyalashtirish shartnomasida bir martalik hamda boshqa shaxs foydasiga voz 
kechish evaziga moliyalashtirish bilan bog’liq operastiyalarni muntazam ravishda 
o`tkazib turish belgilab qo`yilgan bo`lishi mumkin. Oxirgi holda shartnoma 
tashkiliy tizimli aloqalar ko`rinishini oladi. Bunday shartnoma bo`yicha moliya 
agenti mijozga uning uchinchi shaxslarga xo`jalik faoliyati davomida yuzaga 
keladigan pul talabnomasi hisobiga pul o`tkazib beradi, mijoz esa bu pul 
talabnomasidan moliya agenti hisobiga voz kechadi. Shartnomada pul 
talabnomasidan voz kechish va moliyalashtirishning umumiy shartlari ko`rsatib 
o`tilib, unga voz kechiladigan talabnomalar, alohida operastiyalarni amalga 
oshirish tartiblari, moliya agentining mukofot miqdorlari, shartnomaning amal 
qilish muddati va tomonlarning boshqa talablari ko`rsatiladi. 
FK 749-moddasining 1-qismi va 756-modda mazmunidan kelib chiqadiki, 
shartnomada pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga pul 
mablag’larini o`tkazish ikki xil usulda amalga oshiriladi: pul talabnomasini sotib 
olish yo`li bilan; 2) qarzga pul mablag’larini taqdim etish bilan. 
Moliyalashtirishning tegishli shaklidan foydalanish moliya agentida yuzaga 
keladigan majburiyatlardagi farqlarni belgilab o`tadi. 
Mijozdan talabnomani sotib olish qarzdor bilan moliya agenti orasida 
majburiyatlar yuzaga kelishiga sabab bo`lib, bu majburiyatlar mazmuni qarzdor 
tomonidan moliya agentiga o`tgan pul talabnomalarini to`lashdan iboratdir. Moliya 
52
Рахматуллаева Л.А. Перспективы правового регулирования международного факторинга в Республике 
Узбекистан: Автореф. дис. ... канд .юрид. наук. – Ташкент: 2009. – С. 19-20. 


264 
agenti tomonidan mijozga pul talabnomasini taqdim qilish faqat FK 752-
moddasida ko`rsatilgan asoslarda va mijozning moliya agenti oldidagi javobgarligi 
to`g’risidagi talablarni bajarmaganligi bilan bog’liq pul talabnomasi bo`lib, voz 
kechish predmeti va qarzdor tomonidan uning to`lanmaganligidir. 
Pul talabnomasidan voz kechish bilan ta’minlangan holda pul mablag’larini 
qarzga berish bilan moliyalashtirish ikkita majburiyat munosabatlarini - asosiy va 
ta’minlovchi munosabatlarni keltirib chiqaradi. Birinchisining mohiyati shundan 
iboratki, unda moliya agenti tomonidan berilgan pul mablag’lari mijoz tomonidan 
qaytariladi. Ikkinchisining mohiyati esa, pul talabnomasini qarzdor tomonidan 
mijozning moliya agentiga qarzlarini to`lash bo`lsada, uning asosiy majburiyatga 
nisbatan ta’minlovchilik funkstiyasi ustun turadi. 
Mijoz tomonidan pul talabnomalaridan voz kechish talabnomalarni moliya 
agentiga o`tkazish maqsadida, hamda mijozning moliya agenti oldidagi 
majburiyatlarini bajarishni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. 
Pul talabnomalaridan voz kechish mijozni moliya agenti oldidagi 
majburiyatlarni bajarishni ta’minlash uchinchi shaxsni mijoz majburiyatlarini unga 
berilgan pullarni qaytarish uchun jalb qilishdan iborat. Bunday ta’minlashning 
xususiyati shundan iboratki, unda voz kechish predmeti bo`lgan pul talabnomasini 
bajarilishga taqdim etish, kontragentning asosiy majburiyatlarni bajarmasligi yoki 
qoniqarsiz bajarganligiga bog’liq emas. Bu majburiyatlarning bajarilishini 
ta’minlashning qonunda ko`rsatilgan usullariga xosdir. Aksincha, pul 
talabnomalaridan shartnoma doirasida voz kechishda moliya agenti avval pul 
talabnomasi to`lovlarini to`lashi va agar qarzdordan olingan, pul talabnomasidan 
voz kechish bilan ta’minlangan summa mijozning moliya agenti oldidagi qarzidan 
kam bo`lgan holda esa qarzni qolgan qismini to`lash mijozga taqdim etiladi (FK 
756-moddasi 2-qismi). Pul talabnomasidan voz kechishning ta’minot funkstiyasi 
shunga asoslanganki, moliya agenti mijozga berilgan pulni qaytarish talabi 
bilangina cheklanib qolmasdan, mijoz qarzini uzishga mablag’ manbasi vazifasini 
o`tovchi uchinchi shaxsga (qarzdorga) pul talabnomasini ham o`z zimmasiga oladi. 
Shu bilan bir qatorda tomonlar odatdagi munosabatlar tartibidan ham 
foydalanishlari mumkin bo`lib, unda moliya agenti pul talabnomasi qiymatini 
qanoatlantirish huquqiga faqatgina mijoz moliya agenti oldida ta’minlangan pul 
talabnomasidan voz kechish majburiyatini bajarmagan taqdirda ega bo`ladi. 
Majburiyatlar ijrosini ta’minlash usuli sifatida pul talabnomasidan voz 
kechishga ta’minlovchi yoki asosiy majburiyatlar haqiqiy emas deb topilganda 
kelib chiqadigan oqibatlar haqidagi FK 259-moddasi tartiblari qo`llaniladi. 
Shartnoma bo`yicha bajarilayotgan operastiyalar muntazam xarakterga ega 
bo`lgan hollarda moliya agenti bilan mijoz o`rtasidagi umumiy qoidalarga 
asoslangan munosabatlar mohiyati moliyalashtirish va pul talabnomasidan voz 
kechish bilan tugamaydi. Pul talabnomasi bilan pullarni haqiqatdan ham kelib 
tushishini ta’minlash uchun moliya agenti mijozning moliya-xo`jalik faoliyatida 
faol ishtirok etishi va uchinchi shaxslar tomonidan pul talabnomalarining o`z 
vaqtida bajarilishi talab etiladi. O`z tomonidan mijoz, ayniqsa korxona uncha katta 
bo`lmasa, unga malakali moliyaviy xizmati ko`rsatishdan manfaatdordir. Bu 
maqsadlarda moliya agentining pul talabnomalaridan voz kechilgan holda 


265 
shartnomaga ko`ra moliyalashtirishdagi majburiyatlari mijozga bir qator 
moliyaviy-buxgalteriya, maslahat va ma’lumot xizmatlarini (mijoz uchun 
buxgalteriya xizmatlari, uchinchi shaxslarning to`lov qobiliyatini tekshirish va 
ulardan debitor qarzlarini undirish, shu jumladan sud yo`li bilan jarimalarni 
undirish) o`z ichiga olishi mumkin
53
.
Iqtisodiy nuqtai nazardan faktoring – bu mijozning qarzdorligidan pul 
mablag’larini undirish bo`yicha kompaniyalar yoki bunday operastiyalar bilan 
shug’ullanuvchi bank tomonidan olib boriladigan davriy operastiyalardir. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling