Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Nazorat uchun savollar:
1. Bank hisobvarag’i shartnomasi tushunchasi va uning huquqiy belgilarini yoriting? 2. Bank hisobvarag’i shartnomasini yuridik rasmiylashtirishga doir masalalarni tushuntirib bering. 3. Tadbirkor Norqulov o`z pullarini “Zoirova va K.” bankiga 3 oy muddatga, to`lanadigan foizlar miqdorini kelishgan holda, omonatga qo`ydi. Omonat qo`yilgandan bir oydan so`ng bank Norqulovning omonatiga nisbatan beriladigan foiz stavkasini kamaytirdi. Bir necha kun o`tgach esa auditorlik tekshiruvi o`tkazilib omonatning qaytarilishini ta’minlash shartlari yomonlashgani aniqlandi: bankning sof aktivlari miqdori pasaygan va 1-yarim yillik faoliyatidan daromad ko`rmagan bo`lib chiqdi. Norqulov “Zoirova va K.” Bankidan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni, undan belgilangan miqdordagi foizlarni to`liq to`lashni va ko`rilgan zararni qoplashni talab qildi. Norqulovning talabi qonuniymi? Bankning normal faoliyati paytida muddatli shartnomani muddatidan oldin bekor qilish holatida bank qanday tartibda foizlarni to`laydi? Qanday omonatlarga nisbatan foiz stavkasini bank omonatchi bilan kelishmay o`zgartirishi mumkin? 4. Akstiyadorlik bankiga hisobvaraq ochish to`g’risida 4ta ariza tushdi: a) munistipal korxona direktoridan, korxona ruxsati bilan tuzilgan; b) MChJdan unga korxona joylashgan joydan tashqarida ikkinchi hisobvaragi ochish va nemis markasida valyuta hisobvarag’ini ochish to`g’risida; v) tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi fuqaro Parpievdan hisob-kitob qilish uchun hisobvaragni ochish iltimosi to`g’risida; g) MChJ ta’sisi etayotgan bir guruh fuqarolar 50% ustav kapitalini qo`yish uchun hisobvarag ochish. Bank yuridik xizmati har bir holat uchun qanday maslahat berishi kerak. Tijorat bankida xisobvarag’ ochish tartibi qanday, ochish uchun qanday xujjatlar kerak bo`ladi? Bank hisobvarag’i shartnomasi bilan bank omonati shartnomasining farqi nimada? Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling