Toshkent davlat yuridik universiteti


Omonat daftarchasi va omonat (depozit) sertifikati. Omonat


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Omonat daftarchasi va omonat (depozit) sertifikati. Omonat daftarchasi 
va omonat (dipozit) sertifikati bank omonati shartnomasi shaklida qo`llanadi. 
Ularning asosiy xususiyatlari ( birinchi bor FKning 769, 770-moddalarida aks 
etgirilgan. Omonat daftarchasi fuqaro bilan bank omonati shartnomasini tuzish
rasmiylashtirilgan hamda uning hisobvarag’ida omonat bo`yicha pul mablag’lari 
harakatini tasdiqlaydigan hujjatdir. 
Omonat daftarchasi omonatchining nomi yozilgan omonat daftarchasi yoki 
taqdim etuvchiga pul to`lanadigan omonat daftarchasi shaklida bo`lishi mumkin. 
Ularning har biri ikki xil vazifani: dalil-isbot (shartnoma tuzilgani va uning bekor 
qilinganini tasdiqlaydi) va hujjat (unda hisobvaraq bo`yicha operastiyalar amalga 
oshiriladi) vazifalarini bajaradi. Taqdim etuvchiga pul to`lanadigan omonat 
daftarchasi qimmatli qog’oz hisoblanadi. Ushbu daftarcha taqdim etilgan holdagina 
bu huquqlar amalga oshirilishi va berilishi mumkin. Shu boisdan taqdim etuvchiga 
pul to`lanadigan omonat daftarchasi bank omonati shartnomasi tuzilganligi va 
fuqaro hisobvarag’iga pul mablag’lari kiritilganligini yozma ravishda tas-
diqlaydigan hujjat bo`libgina qolmasdan, xuquq beruvchi ahamiyatga egadir. 
Omonat daftarchasi rekvizitlari qonunda belgilangan (FK, 769-modda). Unda 
quyidagi ma’lumotlar bo`lishi shart: 
a) depozit qabul qilgan bankning nomi, uning joylashgan manzili; 
b) omonat bo`yicha hisobvaraq nomeri; 
v) hisobvaraq bo`yicha pul mablag’lari harakati (kirim, chiqim, qoldiq) 
to`g’risidagi ma’lumotlar. 
Omonat daftarchasi omonatchida bo`lganligi sababli, uchinchi shaxslar 
tomonidan depozit hisobvarag’iga qo`shimcha badallar qo`yishga doir 
operastiyalarni omonatchi bankka kelguniga qadar daftarchada aks ettirib 
bo`lmaydi (FK, 767-modda). Demak, omonat daftarchasi omonatning holatini 
hamma vaqt ham etarlicha aniq aks ettira olmaydi, holbuki FKning 769-moddasi 
bo`yicha shunday bo`lishi kerak. 
Agar egasining nomi yozilgan omonat daftarchasi yo`qotilgan bo`lsa yoki 
taqdim etish uchun yaroqsiz holga keltirilgan bo`lsa, bank omonatchining arizasiga 
muvofiq, unga yangi omonat daftarchasi beradi. Ko`rsatuvchiga pul to`lanadigan 
omonat daftarchasi yo`qolganida, fuqarolik-prostessual qonunchiligida belgilangan 
tartibga ko`ra, ko`rsatuvchiga pul to`lanadigan qimmatli qog’ozlar uchun huquqlar 
tiklanguniga qadar bank majburiyatlardan ozod bo`ladi. 
Agar omonat daftarcha egasiga daftarchani qonunsiz ravishda egallab olgan 
boshqa shaxs ma’lum bo`lsa, unga nisbatan vindikastion da’vo qilish yo`li bilan 
talab qilib olishga haqlidir (FK, 228-modda). 
Omonat (depozit) sertifikati qimmatli qog’oz bo`lib, bankka qo`yilgan 
omonat summasini ham, omonatchining (sertifikat saqlovchining) belgilangan 
muddat tamom bo`lganidan keyin sertifikatni bergan bankda yoki ushbu bankning 
istalgan filialida omonat summasini va sertifikatda ko`rsatib qo`yilgan foizlarni 
olish huquqini tasdiqlaydi (FK, 770-modda). 


283 
Omonat daftarchadan farqli ravishda, sertifikat bank omonat shartnomasini 
rasmiylashtirishda universal vosita bo`lib, u fuqarolar, shuningdek, yuridik 
shaxslar bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlarda qo`llanadi. Fuqarolar omonat 
sertifikatlari egalari bo`lishi mumkin. Depozit sertifikati omonat sertifikatiga 
o`xshaydi, ammo unga faqat yuridik shaxslar egalik qilishi mumkin.
Sertifikat unda ko`rsatilgan muddat etib kelishi bilan to`lanishi shart bo`lgan 
muddatli omonat turidir. Agar sertifikat jismoniy shaxs tomonidan pul to`lash 
uchun muddatidan oldin taqdim etilgan bo`lsa, bank unga omonat summasini 
to`lashi kerak, omonatchi-yuridik shaxs iltimosi bo`yicha esa, shartnomada boshqa 
tartib ko`zda tutilgan bo`lmasa, omonat summasini to`lash huquqiga ega, lekin 
majbur emas. 
Agar sertifikatning shartlarida foizlarning boshqacha miqdori belgilab 
qo`yilgan bo`lmasa, foizlar talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar uchun 
ko`zda tutilgan miqdorda to`lanadi (FK, 770-modda). 
Sertifikat blankida quyidagi rekvizitlar bo`lishi shart: a) depozit (yoki 
“omonat”), sertifikat nomi; b) sertifikat berish uchun asosni ko`rsatish (pul 
omonatini kiritish); v) depozit yoki jamg’arma omonatni kiritish sanasi; g) depozit 
yoki omonatning miqdori; d) bankning depozit summasini yoki omonatni so`zsiz 
qaytarish majburiyati; e) qaytarish muddati; j) bankning foiz stavkasi; z) tegishli 
foizlar summasi; i) sertifikat bank-emitentining nomi va manzili; k) nomi 
yoziladigan sertifikat oluvchi (benefistiar) ismi (nomi); l) bunday bitimlarni tuzish 
uchun bank vakolat bergan ikki shaxsning bank muhri bilan tasdiqlangan imzolari. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling