Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Hisob-kitob shakllari 
Naqd pul bilan 
hisob-kitob qilish 
Naqd pulsiz bilan 
hisob-kitob qilish 


286 
 
2-§. Naqd pullar bilan hisob-kitoblar qilish 
Ma’lumki, insoniyat tarixi davomida naqd pul turli ko`rinishlarda tilla, 
kumush, tanga, keyinalik esa qog’oz pullar shaklida namoyon bo`lgan va doimiy 
ravishda to`lov vositasi sifatida muomalada bo`lib kelgan. Garchi naqd pul 
muomalasi ijtimoiy hayotda tobora kamayib borayotgan bo`lsada, ushbu to`lov 
shakli hanuz o`z ahamiyatini butunlay yo`qotmagan.
Har qanday mamlakat iqtisodida pul muhim ahamiyat kasb etadi hamda 
ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi, 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun muayyan shart sharoit yaratib beradi. 
Naqd pul bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar odatda, fuqarolar o`rtasida 
masalan, ish haqi, nafaqa, mukofot, banklar tomonidan beriladigan kredit, sug’urta 
to`lovi va boshqa to`lovlarni amalga oshirishda keng qo`llaniladi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so`ng o`z milliy 
valyutamizni muomalaga kiritish muhim va murakkab vazifalardan biri sifatida 
namoyon bo`ldi. Bu borada mamlakatimizda har tomonlama asoslangan, izchil va 
tizimli iqtisodiy siyosat amalga oshirildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 
1994 yil 16 iyundagi “O`zbekiston respublikasining milliy valyutasini muomalaga 
kiritish to`g’risidagi”gi PF-870-son Famoni bilan 1994 yilning 1 iyulidan boshlab 
O`zbekiston Respublikasi hududida “So`m” qonuniy to`lov vositasi hisoblanadi 
hamda O`zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, 
hamma jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan barcha turdagi to`lovlarga, 
shuningdek banklar tomonidan omonatlarga va hisobvaraqlariga qo`shib qo`yish 
uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi majburiy etib belgilangan. Bu 
borada Prezidentimiz I.Karimovning: “Milliy valyuta – milliy iftixor, davlat 
mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir. Bu respublikaga tegishli 
umumiy boylik va mulkdir”
56
, deya ta’kidlashlarida naqadar hayotiy ma’no 
mavjudligini ko`rishimiz mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasida “pul” va “valyuta” kategoriyalari mavjud. Bunda pul 
va valyuta garchi bir biriga yaqin bo`lsada, ammo hamma vaqt ham pul valyuta 
bo`lavermaydi. Bunda milliy pul birligi jahon bozorida davlatlar o`rtasida 
muomala, to`lov va jamg’arish vositasi sifatida ishlatilishi uni valyutaga sifatida 
tan olinishi sifatida qaraladi.
Har bir mamlakatning o`ziga xos milliy valyutasi (masalan, AQSh dollari
Angliyada “funt sterling”, Yaponiyada “yuan” va h.k.) ayrim davlatlarda esa, 
umumiy pul birliklari (masalan, Evropa ittifoqida muomalada bo`ladigan “evro” 
pul birligi) naqd puldagi to`lov vositasi sifatida muomala bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasining pul birligi so`mdir. Bir so`m yuz tiyindan 
iborat. So`m O`zbekiston Respublikasida yagona, cheklanmagan va qonuniy to`lov 
vositasi hisoblanadi. 
Markaziy bank O`zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to`lov vositasi 
sifatida banknotlar va tangalar ko`rinishidagi pul belgilarini muomalaga 
56
Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. – Т.: Ўзбекистон, 1995, 217-б. 


287 
chiqarishda mutlaq huquqqa ega.
Muomalada bo`lgan banknotlar va tangalar Markaziy bankning qat’iy 
majburiyatlari hisoblanadi va uning jamiki aktivlari bilan ta’minlanadi. Yo`q qilib 
yuborilgan, yo`qotilgan, qalbaki, yasama va qonuniy kuchini yo`qotgan banknotlar 
va tangalarning o`rnini Markaziy bank qoplamaydi. 
Markaziy bank banknotlar va tangalarning namunalarini, shuningdek 
ularning dizaynini Oliy Majlis Senatining Kengashi bilan kelishgan holda 
tasdiqlaydi. Banknot va tangalarning dizayni Markaziy bankning mulki 
hisoblanadi. Markaziy bank yangi namunalardagi banknot va tangalar muomalaga 
chiqarilishi to`g’risidagi axborotni, shuningdek ularning tavsifini ommaviy axborot 
vositalarida e’lon qiladi
57


Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling