Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bank hisobvarag’i
Bank o’z mijozining 
topshirig’iga asosan, mijoz 
hisobvarag’idan pul 
mablag’larni topshiriqnomada 
ko’rsatilgan hisobvaraqqa 
o’tkazadi. 
Mijoz xizmat ko’rsatuvchi 
bankka to’lovni amalga 
oshirish uchun to’lov 
topshiriқnomasini taқdim 
қiladi (қoғoz shaklida yoki 
elektron shaklda). 
Xizmat ko’rsatuvchi bank 
mijozi nomiga kelib tushgan 
pul mablag’ini mijoz 
hisobvarag’iga kiritadi. 
Shartnoma asosida tovarlar 
yetkazib berish, ishlarni 
bajarish, xizmatlarni 
ko’rsatganlik uchun 
kontragentidan pul mablaglarini 
oladi. 
To’lov topshiriqnomasi bilan 
hisob-kitob qilish 


292 
shartnomasi 
3-§. AKKREDITIV BO`YIChA HISOB-KITOBLAR 
 
Akkreditiv bank operastiyasi bo`lib, unga binoan bank mijozning 
ko`rsatmasiga muvofiq, agar mablag’ni oluvchi akkreditivda nazarda tutilgan 
hujjat va boshqa shartlarni bajarganligi taqdim etilgan bo`lsa, uchinchi shaxsga 
to`lovni bajarish majburiyatini oladi. Bank tomonidan tayyor ekanligidan dalolat 
beruvchi barcha harakatlarni sodir etish mijozning topshirig’ini bajarish 
akkreditivga qo`yilmoq deb nomlanadi. 
Akkreditivga nisbatan munosabat, bank va mijoz – to`lovchi, shuningdek 
bank va mablag’ni oluvchi o`rtasida vujudga kelgan, to`lovchi va oluvchi 
o`rtasidagi 
tuzilgan 
shartnomaga 
bog’liq 
bo`lmagan 
munosabat. 
Bu 
munosabatlarning o`ziga xosligi, abstraktligi shunda ifodalanadiki, banklar 
akkreditivlar shartlari to`lovchi va oluvchi o`rtasidagi shartnomaga muvofiqligini 
tekshirishga majbur emaslar (shartlar ko`rsatmasi o`zgarganini, muddatlar 
o`zgarganini va h. k.).
Akkreditiv bo`yicha hisob-kitob qilganda uni qo`ygan bank o`z nomidan, 
lekin mijoz hisobiga ish yuritadi. Shunday qilib, akkreditiv bo`yicha munosabat 
komissiya shartnomasining ko`rinishi sifatida qaraladi, shuning uchun bu 
munosabatlarni tartibga soluvchi yo`lga qo`yuvchi maxsus normalar bo`lmaganda 
komissiya shartnomasidagi tegishli me’yorlarni qo`llash mumkin. 
Akkreditiv bo`yicha hisob-kitob qilishda vujudga kelgan xuquqiy 
munosabatlarning tartibi Fuqarolik kodeksining 45 – bob, 3-§, O`zbekiston 
Respublikasining naqd pulsiz hisob-kitob qilish Nizomining 7-§ bo`yicha amalga 
oshiriladi. 
Mijozning akreditivni ochish haqidagi bankka topshirig’i akkreditiv ochish 
to`g’risidagi ariza shaklida rasmiylashtiriladi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki Boshqaruvining 2002 yil 12 yanvardagi № 60 (N ¼) qarori bilan 
tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasining naqd pulsiz hisob-kitob qilish 
Nizomining 63-bandiga muvofiq akreditiv ochish haqidagi ariza ikki nusxada 
bank-emitentga taqdim qilinadi: a) birinchi nusxasi bankning kundalik hujjatlariga 
tikib qo`yiladi; b) ikkinchi nusxasi mablag’ni to`lovchining shaxsiy hisobidan 
nusxaga ilova qilinadi. 
Mijozning arizasini olgan va akkreditiv ochishga majbur bo`lgan bank bank-
emitent deb nomlanadi. Ochilgan akkreditiv bank-emitentning abstrakt 
majburiyatini ifodalaydi.
Mablag’ni oluvchi va to`lovchiga bir bank tomonidan xizmat ko`rsatilgan 
taqdirda, bank-emitent o`ziga taqdim etilgan akkreditivni mustaqil bajaradi. 
Mablag’ni oluvchiga boshqa bank xizmat ko`rsatgan taqdirda, akkreditiv bank-
emitent tomonidan mablag’ni oluvchi bankda ochiladi, va u uni ijrosini amalga 
oshiradi (ijrochi bank). Ochilgan akkreditivni mustaqil bajaruvchi bank-emitentga 
nisbatan ijro qiluvchi bank faoliyatini tartibga soluvchi nomalar tadbiq etiladi. 
FK 
796-moddasining 
2 va 
3-qismlaridagi normalar 
O`zbekiston 
Respublikasining naqd pulsiz hisob-kitob qilish Nizomida ham o`z ifodasini 
topgan, uning 57-bandiga ko`ra akkreditivlar qoplangan (depozitga qo`yilgan) yoki 


293 
qoplanmagan akkreditivlar tariqasida ochilishi mumkin. 
Qoplangan (depozitga qo`yilgan) yoki qoplanmagan akkreditiv ochilganda, 
bank-emitent u ochilishi paytida mijozning barcha mablag’larini yoki unga 
berilgan kreditni ijro qiluvchi bankning ixtiyoriga bank emitentning 
majburiyatining butun muddati davomiga o`tkazishga majbur.
Qoplanmagan akkreditivni ochish paytida bank-emitent bajaruvchi bankka 
akkreditivdagi barcha mablag’ni, bank-emitentning bajaruvchi bankdagi boshqarib 
boruvchi hisob raqamidan ko`chirishga huquq beradi. 
 
Akkreditiv majburiyatning vujudga kelishiga asos bo`lib to`lovchining unga 
xizmat qilayotgan bankka (bank- emitentga) akkreditiv ochish haqidagi topshirig’i 
xizmat qiladi. Lekin qonun, to`lovchi va pul mablag’larini oluvchi o`rtasida 
tuzilgan shartnomada shartnoma shartlarini mustahkamlash faktiga e’tibor 
qaratmasdan, ko`rsatilgan shartnomada ularning borligini tasdiqlaydi. Aks holda, 
akkreditiv bo`yicha hisob-kitoblar o`tkazilmasligi mumkin. Bunday mulohaza FK 
600-moddasi 1-qismi holatidan kelib chiqadi, ya’ni akkreditivni bajarish uchun, 
mablag’ni oluvchi bajaruvchi bankka, akkreditivning hamma shartlarini 
tasdiqlovchi barcha hujjatlarni taqdim etishni hal qiladi. FK 797 - moddasining 2-
qismiga binoan oluvchining akkreditiv bo`yicha mablag’ olishi uchun to`la ro`yxati 
va aniq xususiyatlari to`lovchi va mablag’ni oluvchi o`rtasidagi shartnomada 
bo`lishi kerak. 
Akkreditiav bo`yicha hisob-kitob qilish uchun to`lovchi va mablag’ni 
oluvchi o`rtasidagi shartnomada akkreditiv shartlari bo`lishi majburiy talab 
bo`lganini aniqlab, shuni ta’kidlash kerakki, bu shartlarning orasida asosiylari 797 
- moddaga muvofiq quyidagilar bo`ladi: 
akkreditiv bo`yicha harakat muddati va hisob kitob tartibi; 
bank – emitentning nomi; 
akkreditivning turi va uning bajarishning usuli; 
mablag’ oluvchining akkreditiv ochilganligi xaqida xabardor qilish usuli; 
akkreditiv bo`yicha mablag’ olish uchun taqdim etgan hujjatlarning to`liq 
ro`yxati va aniq xarakteristikasi; 
yukni ortib jo`natgandan so`ng hujjatlarni taqdim etish muddati (xizmat 
ko`rsatish, vazifalarni bajarish), ularni rasmiylashtirishga talablar. 
Qonunda akkreditiv bo`yicha hisob kitob qilish muddati uchun qandaydir 
chegaralashlar o`rnatilmaydi. 
Umumiy qoida bo`yicha, o`zining muddati tugaguncha akkreditiv bank-
emitent tomonidan mablag’ni oluvchining roziligisiz va buning uchun 
javobgarlikka tortilishidan xavf-xatarsiz o`zgartirishi yoki rad qilishi mumkin. 
Bunday akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv deb ataladi. Akkreditiv bo`yicha 
o`zgarish va bekor qilish (qisman yoki to`la) to`lovchining ko`rsatmasiga binoan 
bank-emitent tomonidan amalga oshiriladi. Chaqirib olinadigan akkreditiv 
tasdiqlangan bo`lishi mumkin emas. 
Agar mablag’ni oluvchi akkreditiv shartlarini bajargan, to`lov esa amalga 
oshirilmagan bo`lsa, u quyidagilarga xaqli: 


294 
a) 
mablag’ni oluvchi oldida u akkreditiv shartlarini bajargandan so`ng 
vujudga keladigan majburiyatni, bank-emitentga tegishli talablarni taqdim etish; 
b) 
mahsulot yetkazib berish (pudrat va h.k.) shartnomasidan kelib 
chiqadigan majburiyat talablarini to`lovchiga taqdim etish. 
To`lovchining chaqirib olinadigan akkreditivni o`zgartirish yoki muddatidan 
oldin bekor qiluvchi hamma topshirig’i xaqida bank-emitent bajaruvchi bankni, u 
esa – mablag’ni oluvchini xabardor qilishi kerak. Agar mablag’ni oluvchi 
bajaruvchi bankdan bunday xabarnomani olguncha akkreditivning boshlang’ich 
shartlariga javob beruvchi hujjatlarni taqdim qilgan bo`lsa, bajaruvchi bank 
to`lovni va boshqa operastiyalarni oldingi shartlar bo`yicha amalga oshirishi kerak. 
Har bir akreditiv chaqirib olinadigan akkreditivmi yoki chaqirib 
olinmaydigan akkreditiv ekanligi aniq ko`rsatishi kerak. Bunday shartlar 
bo`lmaganda akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv bo`ladi. 
Chaqirib olinmaydigan akkreditiv mablag’ni oluvchining roziligisiz 
o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Bu normalar buzilganda 
mablag’ni oluvchi bank-emitentga akkreditiv kelishuvga asoslanib zararni 
qoplashni, to`lovchiga esa – yetkazib berish (pudrat va h. k.) shartnomasiga asosan 
kelib chiqqan pul majburiyati hisob kitobini amalga oshirishini talab qilishga xaqli. 
Javobsiz akkreditivning turi bo`lib tasdiqlangan akkreditiv bo`ladi. Ijrochi 
bank chaqirib olinmaydigan akkreditivni bank-emitent so`roviga binoan 
tasdiqlaydi. Bunday tasdiqlash shuni anglatadiki, bajaruvchi bank bank-emitent 
bilan birga akkreditiv bo`yicha majburiyatni o`z zimmasiga oladi. Agar mablag’ni 
oluvchi akkreditiv shartini bajarsa, bu banklardan har biri uning oldida mustaqil 
ravishda javobgarlikka ega bo`ladi, va u banklardan xohlaganiga, yoki to`lovchiga 
– o`z tanloviga binoan tegishli talabni qo`yishi mumkin. 
Chaqirib olinmaydigan tasdiqlangan akkreditiv mablag’ni oluvchi yoki 
bajaruvchi bankning roziligi bilangina o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. 
Bankning akkreditivni bajarish majburiyati, agar mablag’ni oluvchi uning 
shartlarini bajarmagan bo`lsa, vujudga kelmaydi. Bu shartlar to`lovchi tomonidan 
ishlab chiqiladi va bajaruvchiga bank-emitent orqali xabar beriladi. 
Akkreditiv ochish xaqidagi ariza, ular bo`yicha akkreditiv to`lov 
o`tkaziladigan hujjatlarning aniq va to`liq nomlari, ularning rasmiylashtirish tartibi 
va muddati bo`lishi kerak. 
Akkreditivning bajarilishi uchun zarur bo`lgan hujjatlar, mablag’ni oluvchi 
tomonidan bajaruvchi bankka akkreditivning muddati tamom bo`lmasidan oldin 
taqdim etilishi kerak. Ular uning hamma shartlarini bajarganligini tasdiqlashi 
kerak. Ko`rsatilgan talablar buzilgan taqdirda akkreditiv bajarilmaydi, taqdim 
etilgan hujjatlar esa rad etilishi kerak. 
Bajaruvchi bankning xarajatlari agar akkreditiv bo`yicha bajarilgan 
operastiyalar uning shartlariga mos bo`lsa, bank-emitent tomonidan qoplanishi 
kerak. Bu xarajatlar o`z ichiga mablag’ni oluvchiga to`lanadigan mablag’ni va 
bajaruvchi bankning operastion xarajatlarini oladi. 
Ijrochi bankning xarajatlarini qoplash tartibi qonun tomonidan aniq 
ko`rsatilmagan va shartnoma bo`yicha hal qilinishi mumkin. 


295 
Qilingan xarajatlarni qoplashdan tashqari, bajaruvchi bank bank-emitentdan 
bajarilgan topshiriq uchun mukofot olishga xaqli. Bu masala ham shartnomada hal 
qilinishi mumkin. 
 
Mablag’ oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni baholab, bajaruvchi 
bank, uni akkreditiv shartlariga rasman belgilari mos kelish-kelmasligini aniqlashi 
kerak. Bu bank hisob reestrini rasmiylashtirilganining to`g’ri ekanligini, yetkazib 
beruvchining arizasidagi nusxasiga imzo va muhrning mos kelishini va h. k. 
tekshiradi. Jumladan, hisob-reestr agar yukning jo`natilish sanasi, yuk-transport 
hujjatning raqami, pochta kvitanstiya raqami (yukni aloqa muassasasi orqali 
jo`natilganda), yuk jo`natilgan ulovning turi va qabul qilish-topshirish hujjatining 
sanasi va raqami ko`rsatilmagan bo`lsa, molni qabul qilib olayotganda oluvchi 
vakili bilan yetkazib beruvchining joyida bo`lganda to`lov uchun qabul 
qilinmasligi kerak. Agar akkreditiv shartlari bo`yicha xaridorning vakiliga akstept 
nazarda tutilgan bo`lsa, akstept yozuvning borligi va vakilning imzosi taqdim 
etilgan nusxaga mos ekanligi tekshiriladi. 
Normativ aktlarda mablag’ni oluvchi tomonidan bajaruvchi bankka taqdim 
etilgan boshqa hujjatlarni baholashning batafsil qoidalari mavjud emas. 
Unutmaslik kerakki bajaruvchi bank ular akkreditiv shartlariga mos keladimi, buni 
faqat tashqi ko`rinishidan aniqlashga majbur. Masalan, ba’zi bir hollarda 
bajaruvchi bankka taqdim etilgan hujjatlarning nomini, akkreditiv ariza keltirilgan 
hujjatlar bilan solishtirishning o`zi etarli. Biroq akkreditivga hujjatlar qaysi organ 
tomonidan berilishi va ularning mazmuni va rasmiylashtirilishi qanday bo`lishi 
kerakligi xaqida aniq ko`rsatma bo`lsa, bu shartlar ijrochi bank tomonidan 
tekshirilishi kerak bo`ladi. Har qanday holatda bank unga taqdim etilgan hujjatlar 
to`lov uchun akkreditiv qo`yilgan tovarlarga tegishlimi yoki yo`qligiga ishonch 
hosil qilishi kerak. Buning uchun akkreditivga arizada yuklar xaqidagi ma’lumotni 
va mablag’ni oluvchi tomonidan bankka taqdim etilgan yuk-transport hujjatlarni 
reestr hisoblari va boshqa hujjatlarni solishtirish kifoya qiladi. Agar hujjatlar yuk 
haqida har xil ma’lumotga ega bo`lsa, to`lov rad qilinishi qonuniy bo`ladi. Lekin, 
shu bilan birga, bu hujjatlar akkreditivga ariza ko`rsatmalari bilan aynan bir xil 
ifodalanishi talab etilmaydi. Mijoz ko`rsatmasidagi so`zlar bilan taqdim etilgan 
hujjatlar bir xil ma’noni anglatishi etarli. 
Nizoli vaziyatlardan chiqish yo`li bank-emitentga keyin esa – to`lovchiga 
uning ko`rsatmasining xususiyatini aniqlash uchun so`rov yuborishdir. Agarda 
buni qaysidir sabablar bilan bajarishning iloji bo`lmasa, bajaruvchi bankni, agar u 
olingan ko`rsatmani oqilona tushuntirib bera olsa, javobgarlikdan ozod qilish kerak 
bo`ladi. 
Agar bajaruvchi bank unga taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishdan bosh 
tortsa, u bu haqda mablag’ oluvchiga darhol ma’lumot yuborishga majbur va 
shuningdek bunday rad etishning sababini ma’lum qilish kerak. 
Bajaruvchi bank (komissioner) bank-emitentga (komitentga) topshiriqni 
bajargani haqida hisobot taqdim etishi kerak. Hisobot tariqasida bank-emitentga 
bajaruvchi bank tomonidan akkreditiv hisobiga to`langan hujjatlar taqdim etilishi 
mumkin. Agar, bank-emitentning fikricha, bu hujjatlar tashqi ko`rinishi bilan 


296 
akkreditiv shartlariga mos kelmasa, u holda ularni rad etishga xaqli. Bunday 
holatlarda bajaruvchi bankka tegishlili xabar jo`natilishi kerak. Bir vaqtning o`zida 
bank-emitent bajaruvchi bankdan noto`g’ri to`langan mablag’ni talab qilishga 
xaqli, ochiq (kafolatlangan) akkreditiv bo`yicha – bajaruvchi bankning 
chiqimlarini qoplashdan bosh tortishi mumkin, bank-emitentning korrespondent 
hisob raqamidan ko`chirish yo`li bilan. Agar bu mablag’ ko`chirilgan bo`lsa – u 
hisob raqamida qayta tiklanadi. 
 
Umumiy qoidalar bo`yicha, bajarilmagan, yoxud lozim darajada 
bajarilmagan akkreditiv operastiyalar javobgarlik shartnomaviy xarakter kasb 
etadi. Shuning uchun bank emitent to`lovchilar oldida, bajaruvchi bank esa bank 
emitent oldida javobgardirlar.
Akkreditiv emitent bankning pullik majburiyati - bajaruvchi bank asossiz 
ravishda oluvchiga kerakli miqdordagi mablag’ni berishdan bosh tortsa, oluvchi 
o`z talablarini bankga, ya’ni, emitentga qo`yishi mumkin. Umumiy qoidalarga 
ko`ra, bajaruvchi bank oluvchi oldida majburiyatga ega emas. Avvalo bu qoidalar 
to`laligicha qoplanmagan (kafolatlangan) yoki tasdiqlangan akkreditivlarga 
tegishli. Ammo, oluvchining mablag’ olish talabi, bajaruvchi bank tomonidan 
qoplangan (deponentlangan) turidagi yoki tasdiqlangan akkreditiv shartlariga rioya 
qilmasligiga asoslansa, u holda sud ijrochi bankni javobgarlikka tortishga xaqli. 
Agar mablag’ oluvchining ijrochi bankka talablari tasdiqlangan akkreditiv 
(xoh qoplangan, xoh qoplanmagan) dan kelib chiqsa, uning talablari qoniqtirilishi 
kerak. 
Bu holda bajaruvchi bank emitent bank bilan birga javobgarlikni o`z 
bo`yniga oladi, muayyan bir javobgarni tanlash esa mablag’ oluvchining o`z 
ixtiyorida.
Qoplangan yoki tasdiqlangan akkreditivlar bo`yicha to`lovlar noto`g’ri 
amalga oshirilsa, to`lovchi o`z talablarini aynan bajaruvchi bankka qo`yish 
xuquqiga ega. 
Akkreditivning yopilishi uchun asos nazarda tutilib, ular quyidagilardan 
iborat bo`ladi: 
a) akkreditivning yopilishiga to`lovchi tomonidan akkreditiv arizada 
belgilangan bajaruvchi bankdagi harakat muddatining yakunlanishi sabab bo`lishi 
mumkin; 
b) mablag’ni oluvchining arizasiga muvofiq u muddat yakunlanishidan oldin 
yopilishi mumkin, agar shunday vaziyat akkreditiv shartlari bo`yicha nazarda 
tutilgan bo`lsa. Agar u nazarda tutilgan bo`lmasa ijrochi bank mablag’ oluvchining 
akkreditivni yopish to`g’risidagi topshirig’ini bajarmasligi kerak; 
v) agar akkreditiv chaqirib olinadigan bo`lsa, to`lovchining talabiga 
muvofiq. 
Akkreditivni yopilishi haqida bajaruvchi bank bank-emitentni, u esa 
to`lovchini xabardor qilishi kerak. 
Qoplangan (deponentli) akkreditiv bo`yicha ishlatilgan mablag’lar har 
qanday holatda ham to`lovchining hisob raqamiga kiritish uchun bank-emitentga 


297 
qaytarilishi kerak. Bunda bajaruvchi bankdagi “Akkreditiv” hisob raqami yopiladi. 
Akkreditivning ishlatilmagan mablag’ini bank-emitentga qaytarish muddati 
qonunda ko`rsatilmagan. Shuning uchun bunday qaytarish odatdagi mablag’ni 
o`tkazish operastiyalari vaqtida bajaruvchi bankka tegishli hujjatlar kelib 
tushgandan keyin keyingi bank kunidan kechiktirmasdan yoki tegishli muddat 
tugagandan so`ng amalga oshirilishi kerak. 
Bank-emitent unga kelib tushgan mablag’larni u deponent qilingan 
to`lovchining hisob raqamiga, ularni “Akkreditiv to`lovga” hisob raqamidan 
o`chirib, bajaruvchi bank tomonidan kelib tushganidan keyingi bank kunidan 
kechiktirmasdan kiritishi kerak. Bu majburiyatni bajarishni kechiktirganligi uchun 
bank-emitent FK 785-moddasiga ko`ra javobgarlikka tortilishi mumkin. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling