Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Nazorat uchun savollar
1. Merosdan voz kechilganda meros mol-mulki taqdiri nima bo’ladi. 2. Hozir bo’lmagan merosxo’rning huquqlari nimalardan iborat. 3. Besh kishidan iborat Davronovlar oilasi, Davronovlarning nikoh to’yidan so’ng sotib olingan xususiy uyda yashashardi. Davronovlar bilan birgalikda uning qizi, qizining eri hamda ularning o’g’li ham yashashardi. O’limidan bir necha oy ilgari Davronov o’zining barcha mulkini nevarasiga meros etib qoldirganligi to’g’risida vasiyatnoma tuzib qoldiradi. Davronovning o’limidan so’ng 21 yoshli nabirasi merosni rad qiladi va buvisi foydasiga voz kechadi. Otasining o’limidan uch yil o’tgach qizi vafot etadi. Qizining o’limidan besh oy o’tgach onasi Davronova vafot etadi. Ona va buvi o’limidan so’ng ota va o’g’il mol-mulkni bo’lishda kelisha olishmaydi. Ota fikricha bir paytlar o’g’liga tegishli bo’lgan uy va boshqa mulk endi unga tegishli emas, sababi o’g’il merosni bir paytlar rad etgan. O’g’ilning fikricha, merosda uning ulushi otasinikiga nisbatan ko’proq bo’lishi kerak. Ota va o’g’il mulkni bo’lish to’g’risidagi qonun-qoidalarni tushuntirish uchun yuristga murojaat qilishadi. Maslahat bering. 619 4. Usmonov tomonidan tuzilgan vasiyatnoma bo’yicha, vasiyatnoma ijrochisi Kamolov bo’lgan. Usmonov mulki uch kishiga bo’lib berilgan. Barcha billur va kumushdan bo’lgan narsalar vasiyat bo’yicha Kamolovga berildi. Usmonov o’limidan so’ng uning merosxo’rlari Kamolovdan vasiyatnoma ijro etishni talab qilishadi. Lekin Kamolov ijrochilikdan bosh tortadi. Chunki u ijrochi bo’lishga rozi bo’lmaganligini aytadi. Merosxo’rlar Kamolovning vajlariga quloq solmaydi va Kamolovning o’zi ham vasiyat bo’yicha merosxo’r ekanligini aytib, merosxo’rning ijrochi bo’lishga roziligini so’rab o’tirilmasliklarini ma’lum qiladilar. Kamolov Usmonovning o’limidan so’ng meros mulkining to’la-to’kis saqlanishi haqida hech qanday chora ko’rilmaganligini, shuning uchun qoldirilgan meros to’laligicha saqlanganmi yoki uning bir qismi yo’qolib ketganmi, buni bilmasligini aytadi. U yana vasiyat ijrochisi sifatida mulkni saqlash borasida chora ko’rish uning vazifasiga kirmasligini ham aytadi. Tomonlarning fikrini ajrim qiling. Vasiyatnoma ijrochisining vazifalari nimalardan iborat? Kim tomonidan va qanday tartibda meros mulkni qo’riqlash chora-tadbirlari ko’riladi? Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling