Toshkent davlat yuridik universiteti


Birinchi navbatdagi merosxo’rlar


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Birinchi navbatdagi merosxo’rlar. O’zbekiston Respublikasi fuqarolik 
kodeksining 1135-moddasida belgilab qo’yilgan fuqarolar. Bular - meros 
qoldiruvchining bolalari, shuningdek, farzandlikka olingan bolalar, eri (xotini) va 
ota-onasi, shu jumladan farzandlikka oluvchilar, teng ulushlarda qonun bo’yicha 
birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo’ladilar. Shuning bilan birga, meros 
qoldiruvchi hayotligida homila bo’lib, tirik tug’ilgan bolalari ham birinchi 
navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar. Farzandlikka olinganlar qonunda 
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hollardagina qonun bo’yicha voris bo’la 
oladilar. 1926 yil 1 martgacha rasmiylashtirilmasdan farzandlikka olinganlar


610 
ularning ota-onalari sifatida yozilgan yoki yozilmaganidan qat’i nazar, qonun 
bo’yicha meros olish huquqiga ega bo’ladilar. 
Qonun bo’yicha ikkinchi navbatdagi merosxo’rlar. FKning 1136-
moddasida belgilab qo’yilgan meros qoldiruvchining tug’ishgan hamda ona bir-u 
ota boshqa yoki ota bir-u, ona boshqa aka-ukalari va opa-singillari qonun bo’yicha 
ikkinchi navbat vorislari jumlasiga kiradilar. Bundan tashqari, meros 
qoldiruvchining ham ota, ham ona tarafdan bobosi va buvisi qonun bo’yicha 
ikkinchi navbatda teng ulushlarda meros olish huquqiga ega bo’ladilar. 
Qonun bo’yicha uchinchi navbat merosxo’rlar. FKning 1137-moddasiga 
asosan meros qoldiruvchining tug’ishgan amakisi, tog’asi, ammasi, xolasi teng 
ulushlarda meros olish huquqiga ega. Qonun bo’yicha uchinchi navbat vorislikka 
chaqirilish uchun, birinchi va ikkinchi navbat vorislarning umuman bo’lmasligi 
yoki ular meros olishdan voz kechgan bo’lishlari, shuningdek, qonunda 
belgilangan tartibda merosdan chetlashtirilgan bo’lishlari kerak.
Qonun bo’yicha to’rtinchi navbatda vorislik. FKning 1138-moddasiga 
asosan to’rtinchi navbat vorislik huquqi meros qoldiruvchining oltinchi 
darajagacha (oltinchi darajaning o’zi ham kiritadi) bo’lgan qarindoshlariga o’tadi. 
Bu navbat bo’yicha meros olishda meros qoldiruvchining yaqinroq qarindoshlari 
uzoqroq qarindoshlariga nisbatan imtiyozli huquqdan foydalanadilar. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling