Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
4§. Vasiyat ijrosi 
Vasiyat ijrosi vasiyatnomani ijro etuvchi tomonidan amalga oshiriladi. 
Bunday ijrochi vasiyatnoma farmoyishi bilan, taraflar kelishuviga asosan, 
shuningdek, sud qarori bilan tayinlanishi mumkin. 
Vasiyat qoldiruvchi o’zining farmoyishi bilan vasiyatnomani ijro etishni 
merosxo’r hisoblanmaydigan shaxsga topshirishi mumkin. Ushbu shaxsning 
vasiyat ijrochisi bo’lishi uchun uning roziligi talab etiladi. Bu rozilik 
vasiyatnomaga vasiyat ijrochisining o’z qo’li bilan yozilgan ustxatida yoki 
vasiyatnomaga ilova qilingan arizasida aks etadi. 


606 
Agarda vasiyatnomada uning ijrochisi haqida hech qanday ko’rsatma 
bo’lmaganda, vasiyat ijrochisi o’z majburiyatidan voz kechganda yoki 
merosxo’rlarning talabiga binoan sudning qarori asosida vasiyat ijrochisi o’z 
majburiyatlaridan ozod etilganda merosxo’rlar o’zaro kelishib, vasiyatnomaning 
ijrosini merosxo’rlardan biriga yoxud boshqa shaxsga topshirishga haqlidirlar. 
Bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, vasiyatnomani ijro etuvchi bir yoki bir 
necha merosxo’rning taladi bilan sud tomonidan tayinlanishi mumkin. 
Vasiyatnomani ijro etish majburiyati yuklatilgan shaxs bu majburiyatni 
bajarishdan istagan vaqtda merosxo’rlarni oldindan xabardor qilib, voz kechishga 
haqli. Shu bilan birga, vasiyatnomani ijro etuvchi vorislarning arizasiga binoan 
sudning hal qiluv qarori bilan ham o’z majburiyatlaridan ozod qilinishi mumkin. 
Vasiyatnomani ijro etuvchini tayinlashdan maqsad merosxo’rlar, vasiyat 
majburiyati bo’yicha huquq oluvchilar va boshqa uchinchi shaxslarning 
manfaatlarini 
ta’minlash, 
shuningdek, 
vasiyat 
qoldiruvchi 
o’zining 
vasiyatnomasidagi farmoyishini aniq amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat. 
Vasiyatnomani ijro etuvchi vasiyat qoldiruvchi tomonidan unga berilgan 
vakolat doirasida barcha harakatlarni amalga oshirishga haqli. 
Vasiyatnomada uni ijro etuvchilarga vasiyatnomani to’la ravishda 
bajarilishini, shuningdek, uning ma’lum bir qismini bajarish haqida topshiriq 
berilishi mumkin. Vasiyat qoldiruvchining vasiyatnomada bergan farmoyishini o’z 
vaqtida va to’lig’icha bajarish vasiyatnomani ijro etuvchining vazifasi hisoblanadi. 
Vasiyatnomani ijro etuvchi o’z majburiyatlarini merosni qarzlardan xoli 
etish, meros qoldiruvchiga tegishli bo’lgan summalarni undirish va barcha 
merosxo’rlarning merosga egalik qilishga kirishishi uchun zarar bo’lgan maqbul 
muddat mobaynida amalga oshirishi kerak. Bu muddat har qanday holda ham 
meros ochilgan kundan boshlab, bir yildan oshmasligi kerak. 
FKning 1131-moddasiga asosan vasyatnomani ijro etuvchi: 
1. Merosni muhofaza qilishi va uni boshqarishi; 
2. Barcha merosxo’rlarni va vasiyat majburiyati yuzasidan huquq 
oluvchilarni meros ochilganligi to’g’risida hamda ular foydasiga vasiyat 
majburiyatlari to’g’risida xabardor qilish uchun imkon qadar barcha chora-
tadbirlarni ko’rishi; 
3. Meros qoldiruvchiga tegishli summalarni olishi
4.Meros 
qoldiruvchining 
xohish-irodasi 
va 
qonunga 
muvofiq, 
merosxo’rlarga ularga tegishli mol-mulkni berishi; 
5. Merosxo’rlar zimmalariga yuklatilgan vasiyat majburiyatlari ijro etilishini 
ta’minlashi; 
6. Vasiyat majburiyatlarini bajarish yoxud vasiyatnoma bo’yicha 
merosxo’rlardan vasiyat majburiyatini ijro etishlarini talab qilishi lozim. 
Demak, vasiyatnomani ijro etuvchining asosiy vazifasi meros mulkni 
jamlash va saqlash choralarini ko’rish, uni qonunda va vasiyatnomada belgilangan 
tartibda merosxo’rlar o’rtasida taqsimlash va kreditorlarning talablarini qabul qilib 
olish va amalga oshirishdan iboratdir. 
Vasiyatnomani ijro etuvchi huquqiy maqomining o’ziga xos tomonlari bor. 
Vasiyatnomani ijro etuvchi meros qoldiruvchininig topshirig’iga asosan merosni 


607 
qabul qilgan yoki qabul qilishi mumkin bo’lgan merosxo’rlar nomidan harakat 
qiladi. Vasiyatnomani ijro etuvchi merosni boshqarish hamda vasiyatnomani ijro 
etish bilan bog’liq sud ishlarida va boshqa ishlarda o’z nomidan qatnashishga 
haqli. Shuningdek, bunday ishlarda ishtirok etish uchun jalb qilinishi mumkin. 
Vasiyatnomani ijro etuvchi, o’z navbatida, merosni boshqarish va 
vasiyatnomani ijro etish bilan bog’liq zarur harakatlarni meros mulk hisobidan 
undirish huquqiga ega. 
Vasiyatnoma ijro etib bo’lingach, vasiyatnomani ijro etuvchi 
merosxo’rlarning talabiga binoan ularga hisobot taqdim etishi shart. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling