Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Nazorat uchun savollar 615 1. Taqdim qilish huquqi bo’yicha vorislik hamda meros transmissiyasi bo’yicha vorislikning o’zaro farqli jihatlarini izohlang. 2. Meros qoldiruvchining mehnatga qobilayatsiz boqimlari qay tartibda merosga chaqiriladi. 69-BOB. MEROSNI EGALLASh 1 §. Merosdan voz kechish Merosni egallash bir tomonlama bitim bo’lib, vorislikka chaqirilgan shaxsning erki-irodasi bilan amalga oshiriladi. Merosxo’r o’ziga tegishli lozim bo’lgan merosni yoki merosdagi ulushini olish huquqiga meros ochilgan vaqtdan e’tiboran ega bo’ladi. U bu huquqni faqatgina merosdan voz kechganda, vorislik huquqidan mahrum etilganda, uni merosxo’r deb tayinlash to’g’risidagi vasiyat farmoyishi haqiqiy emas deb topilishi natijasida meros olish huquqidan mahrum bo’lganida yo’qotadi. Merosxo’r meros ochilgan kundan boshlab istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli. Merosxo’r vasiyatnoma bo’yicha ham, qonun bo’yicha ham vorislikka chaqirilsa, u ushbu asoslarning biri yoki har ikkalasi bo’yicha o’ziga tegishli bo’lgan merosdan voz kechishga haqli. Merosdan voz kechish huquqi keyinchalik bekor qilinishi yoki qaytarib olinishi mumkin emas. Ayrim hollarda merosdan voz kechish huquqi cheklanishi mumkin. Birinchidan, merosxo’r boshqa shaxsning foydasiga merosdan voz kechmoqchi bo’lgan taqdirda, u faqat vasiyatnoma bo’yicha yoki qonun bo’yicha merosxo’rlar jumlasidan bo’lmish boshqa shaxslar foydasigagina voz kechishi mumkin. Merosxo’rlar jumlasiga kirmaydigan uchinchi shaxslar foydasiga merosdan voz kechishga yo’l qo’yilmaydi. Undan tashqari, merosdagi majburiy ulushdan voz kechish hech bir shartsiz bo’lib, boshqa shaxs foydasiga, garchi u merosxo’rlar jumlasidagi shaxs bo’lsa ham, majburiy ulushdan voz kechishaga yo’l qo’yilmaydi. Bu holatda meros mol-mulki vasiyatnomada ko’rsatilgan mersxo’rlarga vasiyatnoma bo’yicha o’tadi. Ikkinchidan, merosning muayyan qismidan voz kechilishiga, merosdan izohotlar bilan yoki shartlar qo’yib voz kechilishiga yo’l qo’yilmaydi. Lekin merosxo’r ham vasiyat, ham qonun bo’yicha merosxo’r bo’lib vorislikka chaqirilsa, u shu asoslarning biri bo’yicha merosdan voz kechishi mumkin. Bu qisman voz kechish hisoblanmaydi. U biron asos, ya’ni yoki vasiyat yoki qonun bo’yicha merosdan o’ziga tegadigan ulushdan to’liq voz kechgan hisoblanadi. Shuningdek, merosxo’r ulushning ortishi huquqi bo’yicha o’ziga tegishli merosdan, merosning qolgan qismiga vorislikdan qat’i nazar, voz kechishga haqli holatlar yuqoridagi qoidani istisno qiladi. Merosxo’r merosdan muayyan shaxs foydasini ko’rsatmasdan voz kechgan taqdirda merosning unga tegadigan qismi vorislikka chaqiriladigan qonun bo’yicha merosxo’rlarga o’tadi va ular o’rtasida merosdagi ulushlariga mutonasib ravishda taqsimlanadi. Agar meros qoldiruvchi barcha mol-mulkni o’zi tayinlagan merosxo’rlarga vasiyat qilgan bo’lsa, merosning merosdan muayyan shaxs foydasini ko’rsatmasdan voz kechgan merosxo’rga tegishli bo’lgan qismi, agar vorisdan 616 keyingi voris tayinlanmagan bo’lsa, vasiyatnoma bo’yicha qolgan merosxo’rlarga o’tadi Vasiyat majburiyatidan voz kechish asoslari va tartibi majburiyat taraflariga qarab farqlanadi. Vasiyat majburiyati bo’yicha ikki taraf mavjud. Birinchi taraf, vasiyat majburiyati yuklatilgan (ya’ni, uni bajaruvchi) shaxs, ikkinchi taraf vasiyat majburiyatini qabul qiluvchi hisoblanib, vasiyat majburiyati bajarilishini talab qilish huquqiga ega. Fuqarolik kodeksiga asosan o’ziga vasiyat majburiyati yuklatilgan shaxs majburiyatdan voz kechishga haqli emas. Faqat u sud tartibidagina majburiyatni bajarish imkoni yo’qligini isbotlasa, ushbu majburiyatdan ozod qilinishi mumkin. Vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi esa vasiyat majburiyatidan istalgan vaqtda notariusga ariza berish orqali voz kechishga haqli. Qisman voz kechishga, izohotlar bilan shartlar qo’yib yoki boshqa shaxsning foydasiga voz kechishga yo’l qo’yilmaydi. Yuqoridagi huquq ayni bir paytning o’zida ham merosxo’r, ham vasiyat majburiyatini qabul qilib oluvchi hisoblangan shaxsning merosdan voz kechish huquqiga bog’liq bo’lmaydi. Vasiyat majburiyatini qabul qilib oluvchi shaxs ushbu huquqidan foydalangan bo’lsa, zimmasiga vasiyat majburiyati yuklatilgan merosxo’r ushbu majburiyatni bajarishdan ozod bo’ladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling