Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Taqdim qilish huquqi bo’yicha vorislik hamda meros transmissiyasi


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
3 §. Taqdim qilish huquqi bo’yicha vorislik hamda meros transmissiyasi 
FKning 1140-moddasida taqdim qilish huquqi bo’yicha vorislik tushunchasi 
keltirib o’tilgan. Unga muvofiq qonun bo’yicha merosxo’r meros ochilganga qadar 
vafot etgan taqdirda, unga tegishli ulush uning avlodlariga o’tishini nazarda tutadi. 
Ushbu qoidalar vasiyat bo’yicha merosxo’r meros ochilgunga qadar vafot etgan 
taqdirda qo’llanilmaydi. Shuningdek, taqdim qilish huquqi bo’yicha vorislar 
doirasi qonun bo’yicha chegaralangan. Ya’ni, bola, navera, chevara, evara 
merosxo’rligida taqdim qilish huquqi qarindoshlik darajasi cheklanmagan holda 
amal qiladi, yon qarindoshlik bo’yicha merosxo’rlikda taqdim qilish huquqiga 
meros qoldiruvchining tug’ishgan aka-ukalari (opa-singillari) nomidan uning 
jiyanlari yoxud meros qoldiruvchining tug’ishgan amakisi (tog’asi) yoki ammasi 
(xolasi) nomidan uning amakivachchalari (tog’avachchalari) va ammavachchalari 
(xolavachchalari) ega bo’ladilar. Ya’ni, o’g’ildan oldin vafot etgan otaning ulushi 
uchun marhumning aka-uka, opa-singillari vorislikka chaqirilmaydi, balki ular 
ikkinchi navbat sifatida meros olishga chaqiriladi. 


612 
Qolaversa taqdim qilish huquqi bo’yicha vorislikda ulush taqdim 
qilinayotgan qonun bo’yicha merosxo’r bilan bir xil darajada qarindosh bo’lgan 
avlodlar o’rtasida teng taqsimlanadi. Misol uchun birinchi navbatdagi vorislar 
taqdim qilinayotgan huquqqa nisbatan ikki nafar merosxo’r bo’lgan taqdirda, 
meros mol-mulki ikkiga bo’linadi va taqdim qilinayotgan ulush shu ulushni olishga 
chaqirilganlar, ya’ni ikki nafar taqdim qilish huquqi bo’yicha vorislar o’rtasida 
teng taqsimlanadi 
Meros transmissiyasi
Shunday holatlar ham bo’ladiki, merosxo’r merosni qabul qilishga 
ulgurmasdan o’zi ham vafot etadi. Bunday vaziyatlarda qonunchilik meros 
transmissiyasi tartibida vorislikni nazarda tutadi. Ya’ni, vasiyatnoma bo’yicha yoki 
qonun bo’yicha vorislikka chaqirilgan merosxo’r meros ochilganidan keyin uni 
qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan bo’lsa, unga tegishi kerak bo’lgan 
merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun bo’yicha merosxo’rlariga, agar 
barcha meros mol-mulk vasiyat qilingan bo’lsa, uning vasiyat bo’yicha 
merosxo’rlariga o’tadi. Merosxo’rning merosning bir qismini majburiy ulush 
sifatida qabul qilib olish huquqi meros transmissiyasi bo’yicha uning 
merosxo’rlariga o’tmaydi.
Meros tranmissiyasi taqdim qilish huquqi bo’yicha vorislikdan farqli 
o’laroq, meros ochilganidan keyin merosni egallamasdan vafot etgan 
merosxo’rlarning ulushini ularning qonun bo’yicha vorislariga yoki vasiyat 
bo’yicha vorislariga o’tishini nazarda tutadi.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling