Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
2 §. Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari Mazkur paragrafni tushunish uchun avvalo mehnatga layoqatsiz shaxslar kim degan savolga javob topishimiz lozim. MKning 192 moddasiga asosan quyidagilar mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblanadi: o’n olti yoshdan katta shaxslar, agar ular shu yoshga to’lgunga qadar nogiron bo’lib qolgan bo’lsalar; oltmish yoshga to’lgan erkaklar va ellik besh yoshga to’lgan ayollar; belgilangan tartibda nogiron deb topilgan shaxslar. Yuqoridagi ro’yxatga kiradigan mehnatga qobiliyatsiz meros qoldiruvchining boqimida bo’lgan shaxslar ikki tartibda meros oladilar. Birinchidan, ular qonun bo’yicha merosxo’rlar doirasiga kiritiladi hamda ularga nisbatan navbat bo’yicha meros olish qoidalari tadbiq etilmaydi, ya’ni qonun bo’yicha boshqa merosxo’rlar bo’lgan taqdirda, mehnatga qobiliyatsiz boqimlar vorislikka chaqirilayotgan navbatning merosxo’rlar bilan birgalikda meros oladilar. Ushbu meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari quyidagilar: 1. meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil uning qaramog’ida bo’lgan, u bilan birgalikda yashagan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar (boqimlikning birinchi asosi). 2. qonun bo’yicha ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi navbatdagi vorislar jumlasiga mansub bo’lgan, meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil uning qaramog’ida bo’lgan (meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashagan- yashamaganliklaridan qat’i nazar), biroq vorislikka chaqirilayotgan navbatning merosxo’rlar doirasiga kirmasalarda ana shu chaqirilayotgan navbatning 611 merosxo’rlari bilan birgalikda meros oladilar. Misol uchun meros qoldiruvchining tug’ma nogiron akasi uning vafotiga qadar bir yildan ortiq muddat uning qaramog’ida bo’lganda, uning merosiga nisbatan farzandlari va boshqa qonun bo’yicha birinchi navbatdagi merosxo’rlar bilan bir qatorda vorislikka chaqiriladi. Yuqoridagi asoslarni qo’llash uchun “meros qoldiruvchining qaramog’ida bo’lishlik degan” tushunchani ham aniqlab olishimiz lozim. Bunga Oliy sudning 2000 yil 22 dekabrda qabul qilingan 33-son Plenum qarorida aniqlik kiritilgan. Unga muvofiq meros qoldiruvchining qaramog’i bo’lishlik, ya’ni mazkur shaxsning tomonidan berib turilgan moddiy yordam qaramog’iga olingan shaxsning hayot kechirishi uchun biron-bir asosiy va doimiy manba bo’lishini nazarda tutmoq lozim. Davriy, vaqti-vaqti bilan berib turilgan moddiy yordam meros qoldiruvchining qaramog’ida bo’lish faktini belgilash uchun asos bo’lmaydi. Moddiy yordam meros qoldiruvchining vafotigacha uzluksiz berilgan bo’lishi shart. Shuningdek, meros qolidiruvchining qaramog’ida bo’lganlik fakti sud hujjati bilan tasdiqlanadi. Yoshi bo’yicha qaramoqda bo’lgan shaxsning mehnatga qobiliyatsizligi uning pasporti, tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi va pensiya guvohnomasi bo’yicha tekshiriladi. Yuqoridagi asos bo’yicha meros olgan mehnatga qobiliyatsiz boqimlarning meros mulkidan oladigan ulushlari ko’pi bilan meros mulkining to’rtdan bir qismidan oshmasligi kerak. Misol uchun bir nafar birinchi navbat merosxo’r hamda bir nafar mehnatga qobiliyatsiz boqim meros olishga chaqirilganda merosning to’rtdan uch qismi birinchi navbat merosxo’rga, qolgan to’rtdan bir qismi mehnatga qobiliyatsiz boqimga tegishli bo’ladi, ya’ni bu vaziyatda meros teng taqsimlanmaydi. Ikkinchidan, meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari qonun bo’yicha beshinchi navbat sifatida, yuqoridagi birinchi asoslarda vorislikka chaqirilmasalar hamda qonun bo’yicha birinchi, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi navbat vorislar bo’lmasa voris bo’ladilar. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling