Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Majburiyat yuklash. Vasiyat qoldiruvchi vasiyat bo’yicha merosxo’r 
zimmasiga biron bir harakatni bajarish yoki bajarishdan o’zini tiyish majburiyatini 
yuklab, bu majburiyatni bajarish kreditor sifatida talab qilish huquqini hech kimga 
bermasligi, xuddi shu kabi umumfoydali maqsadni amalga oshirish uchun 
vasiyatnomani ijro etuvchining zimmasiga ma’lum majburiyat yuklashi mumkin. 
Bu majburiyatni bajarish uchun meros qoldiruvchi tomonidan mol-mulkning bir 
qismi ajratilishi ham mumkin. Bunday mulkiy xususiyatga ega bo’lgan xatti-
harakatlarni sodir etishdan iborat majburiyatga nisbatan ham vasiyat majburiyati 
to’g’risidagi qoidalar qo’llaniladi. 
Majburiyat yuklash vasiyat majburiyatidan shaxsiy xarakterga ega ekanligi 
bilan farq qiladi. Ya’ni, misol uchun vasiyat majburiyati yuklangan shaxs vafot 
etsa bu majburiyat uning vorisiga o’tadi, yoxud merosdan vrz kechsa uni ulishi 
o’tgan boshqa merosxo’rga o’tadi. Majburiyat yuklashda esa, uni sodir etishga 
majbur vorisning vafot etishi, merosdan voz kechishi yoxud noloyiq merosxo’r deb 
topilishi majburiyatni boshqa vorislarga o’tishiga emas, balki uning bekor 
bo’lishiga olib keladi. 
Majburiyatni yuklash mulkiy xarakterga ega bo’lgan xatti-harakatlar sodir 
etishdan iborat bo’lgan hollarda, FKning 1132-moddasi nazarda tutilgan qoidalarga 
amal qilinadi. 
 
Nazorat uchun savollar 
1. 
Vasiyat majburiyati va majburiyat yuklash tushunchalarining o’zaro 
farqi; 
2. 
Muomala layoqati cheklangan shaxslar tomonidan vasiyatnoma 
tuzishning o’ziga xos xususiyatlari; 
3. 
Vasiyatnomani haqiqiy emas deb topishda da’vo muddatining 
qo’llanilishini izohlang; 
68-BOB. QONUN BO’YIChA VORISLIK 
1 §. Qonun bo’yicha vorislik


609 
Qonun bo’yicha vorislik odatda vasiyatnoma mavjud bo’lmaganda amalga 
oshiriladi. Bunda, meros qoldiruvchining huquq va majburiyatlari qonunda sanab 
ko’rsatilgan merosxo’rlarga belgilangan navbatga muvofiq o’tadi. Qonun bo’yicha 
vafot etgan shaxsga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulkka 
bo’lgan huquq hamda majburiyatlarning qonunda belgilab qo’yilgan shaxslarga 
o’tishi qonun bo’yicha vorislik hisoblanadi. 
Qonun bo’yicha vorislik kuyidagi holatlarda yuzaga keladi: 
- fuqaro vasiyatnoma qoldirmasdan vafot etganda; 
- vasiyatnoma to’liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilganda (keyingi 
holatda vasiyatnomaning haqiqiy emas deb topilgan qismi bilan bog’liq mol-mulk 
qonun bo’yicha meros qilinadi); 
- vasiyatnoma bo’yicha merosxo’rlar merosni qabul qilishdan voz kech- 
ganda yoki uni qabul qilmaganda; 
- mol-mulkning muayyan qismi vasiyat qilinganda (bu vaqtda mol- 
mulkning qolgan qismidan qonun bo’yicha meros olinadi); 
- vasiyatnoma bo’yicha merosxo’r meros qoldiruvchidan oldin vafot 
etganda; 
- vasiyatnomada 
ko’rsatilgan fuqaro meros olish huquqiga ega 
bo’lmaganda. 
Qonun bo’yicha vorislikda meros qoldiruvchining avlod va ajdodlari
shuningdek, farzandlikka oluvchilar hamda farzandlikka olinganlar (ularning 
avlodlari), qon-qarindoshlik munosabatlari bilan bog’langan boshqa shaxslar 
qarindoshlik darajasining uzoq-yaqinligiga qarab navbat bo’yicha meros olish 
huquqiga ega bo’ladilar. Bunda, meros qoldiruvchiga nisbatan qarindoshlik 
darajasini belgilash O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga asosan amalga 
oshiriladi. Bundan tashqari, meros qoldiruvchining qaramog’ida bo’lgan mehnatga 
qobiliyatsiz boqimlari ham qonun bo’yicha merosxo’r bo’lish huquqiga ega.
Qonun bo’yicha vorislikning besh navbati, taqdim qilish huquqi bo’yicha 
vorislik hamda merosni qabul qilib olish huquqining o’tishi bo’yicha vorislik 
mavjud. Qonun bo’yicha vorislarning har bir navbati avvalgi navbatdagi 
merosxo’rlar bo’lmaganda, merosdan chetlashtirilganda, shuningdek, undan voz 
kechganda vorislik huquqiga ega bo’ladilar. Bir navbat doirasida qonun bo’yicha 
vorislikka chaqirilgan merosxo’rlar o’rtasida meros mulki teng hissada 
taqsimlanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1135-1141-moddalarida 
qonun bo’yicha vorislikka chaqirish navbatlari belgilab qo’yilgan.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling