Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Merosni muhofaza qilish va boshqarish


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
5 §. Merosni muhofaza qilish va boshqarish 
Merosni muhofaza qilish va boshqarish qonun bo’yicha vorislik vujudga 
kelgan hollarda notarius tomonidan, shuningdek vasiyat ijrochisi tomonidan 
amalga oshiriladi.
Notarius tomonidan meros mulkni muhofaza qilish, avvalo, meros ochilgan 
joydagi notarius zimmasiga yuklatiladi. “Notariat to’g’risida”gi qonuning 52-
moddasiga asosan, meros ochilgan joydagi notarius, basharti merosxo’rlarning, 
vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarning kreditorlar yoki davlatning 
manfaatlari uchun zarur bo’lsa, jismoniy va yuridik shaxslarning xabariga ko’ra 
yoki o’z tashabbusi bilan meros mol-mulkining qo’riqlnishiga doir chora 
tadbirlarni ko’radi.
Agar meros qoldiruvchining mol-mulki yoki uning bir qismi meros ochilgan 
joydagi boshqa erda bo’lsa, meros ochilgan joydagi notarius bu haqda meros mulk 
joylashgan erdagi notariusga meros mol-mulkini qo’riqlashga doir chora-
tadbirlarni 
kurish 
tugrisida 
topshiriq 
yuboradi. 
Meros 
mol-mulkining 
quriqlanishiga doir chora-tadbirlar ko’rgan notarius meros ochilgan joydagi 
notarial idoraga ko’rilgan chora-tadbirlar haqida xabar qiladi va meros mol-mulk 
ro’yxatining nusxasini yuboradi. 
Meros mol-mulkini qo’riqlash uchun ro’yxatga olgan notarius uni saqlash 
uchun merosxo’rlarga yoki boshqa shaxslarga topshiradi.
Meros tarkibida boshqarishni talab etadigan mol-mulk bo’lsa yoki meros 
qoldiruvchining kreditorlari merosxo’rlar merosni qabul qilib olgunga qadar da’vo 
qo’zg’atgan hollarda notarius meros boshqaruvchisini tayinlaydi. 
Meros mol-mulkni qo’riqlash merosxo’rlar tomonidan meros qabul qilib 
olingunga qadar, shuningdek, meros mol-mulki egasiz deb topilgunga qadar davom 
etadi. Meros ochilgan joydagi notarius meros mol-mulkning qo’riqlanishiga doir 
chora-tadbirlar to’xtatilishi haqida merosxo’rlarni, agar mol-mulk vorislik huquqi 
bo’yicha davlatga o’tsa, tegishli davlat organini oldindan xabardor qilishi shart.
Vasiyat ijrochisi tomonidan marhum mol-mulkining bir qismini vasiyat 
bo’yicha meros qilib qoldirilgan taqdirda, vasiyatnoma bo’yicha merosxo’rlar yoki 
sud tomonidan tayinlangan vasiyatnoma ijrochisi, agar qonun bo’yicha 
merosxo’rlar merosning qonun bo’yicha vorislik qilish tartibida o’tadigan qismiga 
nisbatan ko’rsatilgan majburiyatlarni ijro etish uchun meros boshqaruvchisini 
tayinlashni talab qilmasalar, umuman butun merosni muhofaza qiladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling