Toshkent davlat yuridik universiteti


Notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar 
notarial idoralarda tasdiqlash imkoniyati bo’lmagan hollarda, qonunda nazarda 
tutilgan tartibda belgilangan mansabdor shaxslar tomonidan vasiyatnomaning 
tasdiqlanishiga yo’l qo’yiladi. Bunday vasiyatnomalar notarial tartibda 
tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtiriladi.
Qonunda vasiyatnomalarni tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan mansabdor 
shaxslarning aniq ro’yxati berilgan. Shu bilan birga, qanday holatlarda uni amalga 
oshirishga ruxsat berilishi ham aniq belgilangan.Bu qoidani keng talqin etishga 
yo’l qo’yilmaydi. Qonunda nazarda tutilgan mansabdor shaxslardan boshqa hech 
kim vasiyatnomani guvohlantirishga haqli emas. 
Vasiyatnomani tasdiqlash huquqi berilgan mansabdor shaxsning shaxsan 
o’zi vasiyat qoldiruvchining shaxsini aniqlashi, uning muomala layoqatiga ega 
ekanligini, vasiyatnoma haqiqatdan ham vasiyat qoldiruvchining o’z qo’li bilan 
yozilib, imzo qilinganligini aniqlab, shunga ishonch hosil qilishi shart, shundan 
keyingina vasiyatnomani tasdiqlashi mumkin. 
Mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalardan bitta 
nusxasi vasiyat qiluvchi doimiy yashaydigan joydagi davlat notarial idorasiga 
saqlash uchun kechiktirilmay yuborilishi shart. Davlat notarial idorasining 


603 
notariusi saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani tekshirib, uning shakl va 
tartib jihatidan qonunga muvofiq tuzilganligini aniqlaydi, nomuvofiqligi 
aniqlanganda, bu haqda vasiyat qiluvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan 
mansabdor shaxsga xabar qilishi kerak. Amaliyotda bunday vasiyatnomalar vasiyat 
qiluvchi tomonidan bevosita vafoti oldidan tuzilgan bo’ladi. Nizo chiqqanda 
ularning haqiqiyligi faqat meros ochilgandan keyin sud tomonidan hal qilinadi. 
FKning 1126-moddasi va “Notariat to’g’risida”gi qonunning 26-moddasiga 
ko’ra quyidagi vasiyatnomalar notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga, 
tenglashtiriladi: 
kasalxonalar, gospitallar, boshqa stansionar davolash muassasalarida 
davolanayotgan yoki qariyalar va nogironlar uylarida yashab turgan fuqarolarning 
ana shu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh 
vrachlari, ularning davolash ishlari bo’yicha o’rinbosarlari yoki navbatchi vrachlar, 
shuningdek, gospitallarning boshliqlari, qariyalar va nogironlar uylarining 
direktorlari yoki bosh vrachlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar; 
O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i ostida suzib yurgan kemalarda 
bo’lgan fuqarolarning shu kemalarning kapitanlari tomonidan tasdiqlangan 
vasiyatnomalari; 
qidiruv ekspeditsiyalari yoki shunga o’xshash boshqa ekspedistiyalarda 
bo’lgan fuqarolarning ana shu ekspeditsiya boshliqlari tomonidan tasdiqlangan 
vasiyatnomalari; 
harbiy xizmatchilarning, notarius bo’lmagan erlarda joylashgan harbiy 
qismlarda esa bu qismlarda ishlayotgan harbiy bo’lmagan fuqarolar, ularning oila 
a’zolari va harbiy xizmatchilarning oila a’zolarining ham harbiy qismlarning 
komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; 
ozodlikdan mahrum qilish joylarida yoki qamoqda saqlanayotgan 
shaxslarning 
tegishli 
muassasalar 
boshliqlari 
tomonidan 
tasdiqlangan 
vasiyatnomalar; 
notarius bo’lmagan aholi punktlarida yashayotgan fuqarolarning qonunga 
muvofiq notarial harakatlarni amalga oshirish huquqi berilgan mansabdor 
shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari. 
Yuqorida ko’rsatilgan shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalarni 
keyinchalik notarial tasdiqlash shart emas, lekin ularni tasdiqlovchi mansabdor 
shaxslar notarial tasdiqlangan vasiyatnoma shakliga qo’yilgan talabalarga rioya 
qilishi lozim.
Vasiyatnoma uning mazmuni uni tasdiqlovchilar tomonidan tanishib 
chiqilgan yoki tanishib chiqilmaganligiga qarab oddiy va maxfiy vasiyatnoma 
turlariga ajratiladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling