Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Meros huquqining obyektlari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
4 §. Meros huquqining obyektlari 
Fuqarolik kodeksining 1113-moddasiga asosan meros ochilgan paytda meros 
qoldiruvchiga tegishli bo’lgan va uning o’limidan keyin ham bekor bo’lmaydigan 


598 
huquq va majburiyatlari meros tarkibini tashkil qiladi. Shuningdek FKning 1120-
moddasiga asosan mol-mulk ham meros obyekti bo’la oladi, chunki fuqaro o’ziga 
tegishli mol-mulkni vasiyat qilib qoldirishi mumkinligi ushbu normada nazarda 
tutilgan. Demak yuqoridagi normalardan kelib chiqib quyidagilarni, mol-mulk 
(avtotransport vositasi, aksiyalar), mulkiy kompleks (korxona
155
)lar, mulk huquqi 
(uy-joyga nisbatan mulk huquqi), talab qilish huquqi (omonatni talab qilish 
huquqi), boshqa ashyoviy huquqlar (meros qilib qoldiriladigan er uchastkasiga 
umrbod egalik qilish va foydalanish huquqi), ijara huquqi (fermer xo’jaliga 
faoliyati uchun ajratilgan er uchastkasiga bo’lgan ijara huquqi
156
, agar shartnomada 
boshqacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa, uy-joyni ijaraga olgan fuqaro vafot etsa, 
ijara shartnomasi asosida unga tegishli huquq va majburiyatlar uning vorislariga 
o’tadi
157
), mulk bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar (intellektual 
mulk huquqiga bo’lgan mutloq huquqlar
158
, muallifning mulkiy huquqlari
159
), 
shuningdek majburiyatlar (qarzni to’lash majburiyati) va boshqalarni meros 
obyektlari deb hisoblashimiz mumkin. Qonun va shartnomaga muvofiq shaxsning 
vafot etishi bilan bekor bo’ladigan huquq va majburiyatlari meros tarkibiga 
kirmaydi
160
. Misol uchun transport vositasini ijaraga olgan fuqaroning huquqlari. 
Qolaversa, meros qoldiruvchiga tegishli har qanday huquq va majburiyatlar 
ham meros tariqasida o’tavermaydi. Marhumning shaxsi bilan bog’liq quyidagi 
huquq va majburiyatlar meros mulk tarkibiga kirmaydi va meros huquqining 
obyekti bo’la olmaydi: 
- yuridik shaxs hisoblangan har qanday tijorat tashkilotlari, kooperativ va 
boshqa jamoat tashkilotlariga va birlashmalariga bo’lgan a’zolik huquqi hamda 
ular faoliyatida ishtirok etish huquqlari, ya’ni bu tashkilotlarda mulkdan 
foydalanish huquqi ularda a’zo bo’lib turish huquqidan kelib chiqadi, shu tufayli, 
bu huquqni na qonun va na vasiyat bo’yicha meros qilib qoldirib bo’ladi. Bu 
tashkilotlarning faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida yoki shartnomada 
boshqacha hol ko’rsatilgan bo’lsa, meros huquqi tatbiq qilinishi mumkin; 
- majburiyatlarni yoki shartnomalarni bajarish jarayonida meros 
qoldiruvchining hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zararni qoplash uchun 
to’lanadigan tovonni (FKning 1005-moddasi.) undirish huquqi ham meros 
qoldiruvchining shaxsi bilan bog’liq bo’lgani sababli meros obyekti bo’la olmaydi. 
Ammo meros qoldiruvchi hayotligida unga yetkazilgan zarar (mulkiy zarar)ni 
qoplash hisobidan olishi lozim bo’lgan, lekin vafoti munosabati bilan ololmay 
qolgan summa meros tarkibiga kiradi va u umumiy tartibda vorislarga o’tadi; 
- aliment majburiyati tufayli vujudga kelgan huquq va majburiyatlar, 
chunonchi, voyaga yetmagan yosh bolalariga ta’minot berish majburiyati, 
mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj shaxslarga ta’minot majburiyati, 
boshqalarga zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar, boquvchisi vafot 
155
FKning 1152-moddasi 
156
“Fermer xo'jaligi to'g'risida”gi Qonunning 12-moddasi 
157
FKning 549-moddasi 
158
FKning 1035-moddasi 
159
FKning 1065-moddasi 
160
FKning 351-moddasi 


599 
etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararni to’lash majburiyati va boshqa 
shaxsiy huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kirmaydi; 
- mehnat va ijtimoiy ta’minot to’g’risidagi qonun hujjatlari asosida pensiya, 
nafaqa va boshqa to’lovlar olish huquqi, bular quyidagilar: 
a) ijtimoiy ta’minot yo’li bilan nogironlarga tekinga berilgan yengil 
avtomashinalarning aynan o’ziga bo’lgan huquq meros obyekti bo’lmaydi va 
meros mulk sifatida merosxo’rlarga o’tmaydi; imtiyozli huquqdan foydalanib
qiymatining bir qismi to’lab olingan yengil avtomobil tasarrufida bo’lgan shaxs 
vafot etganda, ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan bu mulk sotilib, meros 
qoldiruvchiga tegishli summasi uning merosxo’rlariga beriladi; merosxo’r tegishli 
summani to’lab, bu mulkni o’ziga qoldirishi ham mumkin. 
b) mehnat qonunlari asosida vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotgani uchun 
nafaqa olish huquqi yoki nogironlik uchun pensiya olish huquqi, homiladorlik va 
qaramog’ida bo’lgan yosh bolalari uchun olinadigan boshqa har qanday 
nafaqalarga bo’lgan huquq, agar u meros qoldiruvchining shaxsi bilan bog’liq 
bo’lsa, meros tarkibiga kirmaydi va hokazolar.
- mulkiy huquqlar bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar, ya’ni 
sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro’siga putur yetkazilgan holda shaxs 
aybdordan zararni hamda ma’naviy zararni undirish huquqiga ega bo’ladi, ushbu 
zarar hamda ma’naviy zararni undirish talabi vorislarga o’tmaydi. Lekin, meros 
qoldiruvchiga tegishli bo’lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy 
boyliklar merosxo’rlar tomonidan amalga oshirilishi va himoya qilinishi mumkin. 
Misol uchun FKning 20-moddasida ismni himoya qilish qoidalari belgilangan 
bo’lib, unga muvofiq vorislar marhumning ismi yoki sha’ni bilan bog’liq 
huquqlarini amalga oshirib raddiya berish talablarini qo’yishlari mumkin, ammo 
zararni qoplash talabini qo’ya olmaydi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling