Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Merosning ochilishi va vorislik huquqini


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

2 §. Merosning ochilishi va vorislik huquqini 
amalga oshirish 


597 
Merosning ochilish vaqti – bu fuqaroning vafot etgan kuni (zarurat 
bo’lganda payti ham), shuningdek, u vafot etgan deb e’lon qilinganda esa, sudning 
qarorida ko’rsatilgan muddat, agar qarorda bunday muddat ko’rsatilmagan bo’lsa 
qarorning kuchga kirgan sanasi meros ochilgan kun hisoblanadi.
Qonun vorislik huquqiy munosabatlarining kelib chiqishini uning ochilishi 
bilan bog’laydi. Merosning ochilish vaqti merosni egallash yoki undan voz 
kechish, taqdim qilish huquqi bo’yicha vorislik, meros tranmissiyasi hamda biridan 
keyin boshqasi meros olishga haqli shaxslarning bir vaqtda vafot etganligi 
to’g’risidagi qoidalarning qo’llanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Misol uchun qonun bo’yicha vorislikda otadan oldin o’g’il vafot etsa, taqdim 
qilish huquqi bo’yicha vorislik qoidalari, aksincha o’g’il otadan keyin, lekin 
merosni egallamasdan vafot etsa, meros transmissiyasi qoidalari qo’llanilgan holda 
vorislik masalasi hal qilinadi. Agarda, ota va o’g’il bir sutka ichida vafot etsa, 
biridan keyin boshqasi meros olishga haqli shaxslarning bir vaqtda vafot etganligi 
to’g’risidagi qoidalar qo’llanilib, ota va bola o’rtasida vorislik huquqiy 
munosabatlar vujudga kelmaydi.
Shuningdek, vorislik huquqiy munosabatlarga tatbiq etilishi lozim bo’lgan 
qonun hujjatlarini to’g’ri aniqlashda ham merosning ochilish vaqtini aniq belgilash 
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, meros munosabatlarini tatbiq qilish lozim 
bo’lgan qonunlar FKning 4-moddasiga asosan merosning ochilish payti bilan 
belgilanadi. Masalan, 1991 yil 5 oktyabr kuni ochilgan meros ishiga nisbatan o’sha 
paytda amalda bo’lgan qonunchilik, ya’ni, O’zSSR Grajdanlik kodeksining tegishli 
qoidalari qo’llaniladi.
Merosning ochilish joyi – meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashab 
turgan joyi, ushbu joy noma’lum bo’lsa yoxud chet el davlati hududi hisoblansa, 
meros qoldiruvchiga tegishli bo’lgan ko’chmas mulk yoki uning asosiy qismi 
turgan joy, shuningdek meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashab turgan joyi 
noma’lum bo’lsa hamda ko’chmas mulki ham bo’lmagan taqdirda esa ko’char 
mulkning asosiy qismi turgan joy hisoblanadi. Demak, meros qoldiruvchining 
oxirgi doimiy yashab turgan joyi noma’lum bo’lib hamda mulki bir necha joyda 
joylashgan taqdirda, meros ochilgan joy bo’lib, uning asosiy qismi turgan joy 
sanaladi. Ta’kidlab o’tish joizki, agar merosning ochilish joyini aniqlash uchun 
yetarli hujjatlar bo’lmagan taqdirda, meros ochilgan joy faktini sudning qaroriga 
asosan aniqlanadi. 
Meros ochilgan joyni belgilashning ahamiyati quyidagilarda ko’rinadi: 
- merosga bo’lgan huquq to’g’risida guvohnomalar meros ochilgan joydagi 
notarial idora tomonidan beriladi; 
- meros ochilgan joydagi notarius qonun hujjatlariga muvofiq meros 
qoldiruvchining kreditorlaridan da’volarni qabul qiladi;
- meros ochilgan joydagi notarius meros mol-mulkning qo’riqlanishiga doir 
chora-tadbirlar ko’radi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling