Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Meros huquqining subyektlari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
5 §. Meros huquqining subyektlari
Meros huquqining subyektlarini meros qoldiruvchi hamda merosxo’rga ajratib talqin qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Meros qoldiruvchi bu – faqat jismoniy shaxs bo’la oladi. Merosxo’r bu – meros ochilgan paytda hayot bo’lgan fuqarolar hamda meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida bo’lgan va meros ochilgandan keyin tirik tug’ilgan bolalari vasiyat va qonun bo’yicha merosxo’r bo’lishlari mumkin. Vasiyat bo’yicha har qanday shaxs qarindoshlik aloqasi va darajasidan qat’iy nazar, qonun bo’yicha esa marhumning oila a’zolari, qarindoshlari hamda qaramog’ida bo’lgan shaxslar merosxo’r bo’lishi mumkin. Qonun bo’yicha vorislikda farzandlikka oluvchilar ham farzndlikka olinganlar ham farzandlar va ota-onalar kabi bir xil huquqlarga ega bo’ladilar. Farzandlikka olingan bolalar, – deyiladi Oila kodeksining 165-moddasida, –barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchilarning o’z bolalariga tenglashtiriladi. Farzandlikka olinganlar va ularning ota-anasi (ota-ona qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarini yo’qotadilar hamda o’zaro majburiyatlardan ozod bo’ladilar. Bunda shunga alohida e’tibor berish lozimki, agar ota-ona hayotligida o’z farzandini boshqa shaxslarga 600 farzandlikka bergan bo’lsa va ushbu farzand vafot etsa, uning merosiga nisbatan biologik ota-onasi merosxo’r hisoblanmaydi va farzandlikka oluvchilar merosga chaqiriladi. Aksincha, vafot etgan shaxs biologik ota-onasi vafotidan keyin, farzandlikka olingan bo’lsa, uning merosiga nisbatan ham biologik ota-onasi hamda farzandlikka oluvchilar merosxo’r hisoblanadilar. Bunda biologik ota-onaga meros bo’yicha tegishi kerak bo’lgan ulush ularning avlodlariga o’tadi. Shuningdek, yuridik shaxs, davlat hamda fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari ham vasiyat bo’yicha merosxo’r bo’lishi mumkin. Bunda asosiy shart ular meros ochilgan paytda tuzilib bo’lgan bo’lishi shart. Qonunda belgilangan holatlarda merosxo’r noloyiq merosxo’r deb topilishi natijasida, shuningdek vasiyatnomada ko’rsatilgan holatlarda merosxo’rlar merosdan chetlatilishi natijasida merosxo’r meros olish huquqidan mahrum bo’ladi. FKning 1119-moddasida ko’rsatilgan asoslarda noloyiq merosxo’rlar merosdan chetlatiladi. Meros qoldiruvchini yoki ehtimol tutilgan merosxo’rlardan birortasini qasddan o’ldirgan yoki ularning hayotiga suiqasd qilgan shaxslar vasiyat bo’yicha ham, qonun bo’yicha ham meros olish huquqiga ega emaslar. Vasiyat qiluvchi o’z hayotiga suiqasd qilinganidan keyin vasiyatnoma bergan shaxslar bundan mustasno. Meros qoldiruvchi o’zining oxirgi xohish-irodasini amalga oshirishiga qasddan to’sqinlik qilgan va shu orqali o’zlarining yoki o’zlariga yaqin shaxslarning vorislikka chaqirilishiga yoxud merosning o’zlariga yoki o’zlariga yaqin shaxslarga tegishli ulushi ko’paytirilishiga imkon yaratgan shaxslar vasiyatnoma bo’yicha ham, qonun bo’yicha ham meros olish huquqiga ega emaslar. Bolalariga nisbatan ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan va meros ochilgan paytda bu huquqlari tiklanmagan ota-onalar ana shu bolalardan qolgan mulkka voris bo’lish huquqiga ega emaslar, shuningdek meros qoldiruvchiga ta’minlab turish yuzasidan qonunga ko’ra zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan bo’yin tovlagan ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) va voyaga yetgan bolalar (farzandlikka olinganlar) qonun bo’yicha vorislik qilish huquqiga ega emaslar. Noloyiq merosxo’rlarni vorislikdan chetlatish uchun asos bo’ladigan holatlar bunday chetlatish keltirib chiqaradigan vorislik bilan bog’liq mulkiy oqibatlarga daxldor shaxsning da’vosi bo’yicha sud tomonidan belgilanadi. Yuqorida sanab o’tilgan qoidalar har qanday merosxo’rlarga, shu jumladan majburiy hissa olish huquqiga ega bo’lgan merosxo’rlarga ham tadbiq etiladi. Shuningdek, FKning 1120-moddasiga muvofiq vasiyat qiluvchi qonun bo’yicha merosxo’rlardan bittasini, bir nechasini yoki hammasini izoh bermagan holda merosdan mahrum qilishi mumkin. Lekin ushbu qoida merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega bo’lgan merosxo’rlarga nisbatan tadbiq etilmaydi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling