Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Nazorat uchun savollar
1.Meros ochilgan vaqtni belgilashning zarurati nimadan iborat. 601 2.Meros tarkibi: qanday mol-mulklar, huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kiritilmaydi? 67-BOB. VASIYAT BO’YICHA VORISLIK 1 §. Vasiyat bo’yicha vorislik tushunchasi Vasiyat bo’yicha vorislik meros qoldiruvchi tomonidan vasiyatnoma yozib qoldirish orqali o’ziga tegishli mol-mulk va boshqa huquq va majburiyatlarning taqdirini belgilashidir. Vasiyatnoma bir taraflama bitim bo’lib, fuqaroning o’ziga tegishli mol- mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquq(lar)ini, biron bir majburiyatni meros hisobidan bajarishni yoxud merosxo’r zimmasiga biron-bir harakatni sodir etish yoki sodir etishdan o’zini tiyish majburiyatini yuklash, shuningdek qonun bo’yicha merosxo’r(lar)ni merosdan chetlashtishdan iborat xoxish-irodasi ifodalangan. Vasiyatnomaning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: Birinchidan vasiyatnoma, yozma hujjat shaklda tuzilishi shart, og’zaki yoki audio yoxud video yozuv ko’rinishida vasiyat qoldirish uning haqiqiy emasligiga olib keladi; Ikkinchidan hujjat, albatta, vasiyat qoldiruvchi tomonidan shaxsan tuzilib imzolangan bo’lishi kerak. Ya’ni, vasiyat qiluvchi vasiyatnomani o’zi yozgan bo’lishi shart yoxud uning so’zlaridan notarius hamda vakolatli mansabdor shaxs tomonidan yozilgan taqdirda uni imzolashdan oldin vasiyat qiluvchi to’liq uni o’qib chiqishi lozim; Uchinchidan vasiyatnoma vakil orqali tuzilishiga yo’l qo’yilmaydi, ya’ni vasiyat qoldirish vakolatini beruvchi vakillik o’z-o’zidan haqiqiy emas hisoblanadi, shuningdek qonuniy vakil ham o’z vakilligi ostidagi shaxs nomidan vasiyat qoldirishga haqli emas. Bundan xulosa shuki, o’n to’rt yoshga to’lmagan hamda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar vasiyat qoldira olmaydilar, o’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlar qonuniy vakillarining yozma roziligi bilangina vasiyat qoldirishi mumkin. Bunda vasiyatnoma tuzilganidan keyin ham qonuniy vakil tomonidan yozma ravishda ma’qullanishi mumkin. Muomala layoqati cheklanganlar esa, qonuniy vakilning roziligi bilangina vasiyatnoma tuzishlari mumkin; To’rtinchidan, vasiyatnoma bir tomonlama bitim bo’lib, faqat meros qoldiruvchining erki asosida tuziladi. Lekin, vasiyatnoma bo’yicha huquqiy oqibat ikki tomonning – vasiyat qoldiruvchi va merosxo’rlarning xohish-irodasi amalga oshirilgan taqdirdagina vujudga keladi.; Beshinchidan, vasiyatnoma, albatta, notarius yoki boshqa qonun bilan huquq berilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanishi shart; Oltinchidan, vasiyatnomani xohlagan paytda va izoh bermay o’zgartirish, bekor qilish mumkin; Yettinchidan, vasiyatnoma faqat meros ochilgandan keyingina amal qila boshlaydi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling