602
2 §. Vasiyatnoma turlari.
Vasiyatnoma uni tasdiqlovchi subyektlarga qarab ikki turga ajratiladi, ya’ni
notarial tasdiqlangan va notarial tasdiqlangan shartnomalarga tenglashtirilgan
vasiyatnomalar.
Notarial tasdiqlangan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yozilgan
yoxud uning so’zlaridan notarius tomonidan yozib
olinib qonunda belgilangan
tartibda notarial tasdiqlandi.
Vasiyatnoma istalgan notarial idora notariusi tomonidan tasdiqlanishi
mumkin. Bunda, notariuslar tomonidan vasiyatnoma tasdiqlangandan keyin vasiyat
qiluvchining
familiyasi, ismi, otasining ismi, vasiyatnomani
tasdiqlash sanasi va
reestr raqami to’g’risidagi ma’lumotlar vasiyat qiluvchining doimiy propiska
qilingan joydagi meros rasmiylashtiriladigan davlat notarial idorasiga o’n kun
muddatda yuborilishi lozim.
Vasiyatnoma matni vasiyat
qiluvchi tomonidan yozilib, notariusga shaxsan
taqdim etilgan yoki uning so’zlaridan notarius tomonidan yozib olingan bo’lishi
lozim.
Vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti ko’rsatilgan
holda yozma shaklda
tuzilishi lozim. Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o’z qo’li bilan
imzolanishi, familiyasi, ismi va otasining ismi to’liq yozilishi shart. Agar vasiyat
qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli vasiyatnomani o’z
qo’li bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan notarius hozir bo’lganida
vasiyat qiluvchi o’z qo’li bilan imzolay olmaganligining sabablarini ko’rsatilgan
holda, vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qo’yishi mumkin. Bunda,
notarius
vasiyat qiluvchining o’rniga vasiyatnomani imzolagan fuqaroga meros ochilgunga
qadar vasiyatnomaning mazmuni,
uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki
o’zgartirilishiga daxldor ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emasligi tushuntiradi
va bu haqda vasiyatnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: