Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

ikkinchidan, begona shaxs manfaatini ko’zlab, topshiriqsiz harakat qilish 
aniq sharoitlarda zarur va maqsadga muvofiq bo’lishi kerak; 
uchinchidan, topshiriqsiz harakat qilish, harakat qiluvchi shaxs o’z 
faoliyatini amalga oshirishga kirishishda manfaatdor shaxsni xabardor qilish va 
mazkur harakatlarni qilish uchun uning roziligini olish imkoniyatiga ega 
bo’lmasligi kerak. 
Lekin boshqa shaxs manfaatlarini ko’zlab, uning topshirig’isiz harakat 
qiluvchi shaxs birinchi imkoniyat tug’ilishi bilanoq, bu haqda manfaatdor shaxsga 
xabar qilmasa, u qilingan xarajatlarni qoplashni talab qilishga haqli emas. 
Boshqa shaxs manfaatini ko’zlab topshiriqsiz harakat qilayotgan shaxs 
tegishli faoliyatni amalga oshirishidan manfaatdor fuqaro vafot etgan yoki yuridik 
shaxsning faoliyati to’xtatilgan taqdirda ham manfaatdor shaxs merosxo’rlari 
(qonuniy vorislari) uning o’rnini olgunlaricha boshlangan faoliyatni davom 
ettirishi shart. 
Yuqorida ko’rsatilgan shartlar mavjud bo’lganda boshqa shaxs 
(shaxslar)ning manfaatini ko’zlab, topshiriq olmasdan harakat qilgan shaxs 
o’zining zarur xarajatlarining, jumladan, mulkning nobud bo’lishi yoki 
zararlanishidan saqlab qolish yoki shaxsiy zararning oldini olish uchun qilgan 
xarajatlarining to’lanishini talab qila oladi. Boshqa shaxslarning manfaatlarini 
ko’zlab harakat qilgan shaxs maqsadga muvofiq ravishda qilgan barcha harakatlari 
natijasida mulkiy zararning oldini ololmaganida ham ko’rgan zararlarining 
to’lanishini talab qilishga haqli bo’ladi. 


314 
Fuqarolik kodeksining 828-moddasiga muvofiq, boshqa shaxs manfaatini 
ko’zlab tuzilgan bitim bo’yicha majburiyatlar bitim tuzilishidan manfaatdor 
bo’lgan shaxs mazkur bitimni ma’qullagan paytdan boshlab unga o’tadi, basharti 
boshqa taraf majburiyatlarning bunday o’tishiga e’tiroz bildirmasa yoki bitimni 
tuzish paytida bitim boshqa shaxsning manfaatini ko’zlab tuzilganligini bilgan 
yoxud bilishi lozim bo’lgan bo’lsa, bunday bitim bo’yicha majburiyatlar bitim 
tuzilishidan manfaatdor bo’lgan shaxsga o’tganida, ushbu bitim bo’yicha huquqlar 
ham shu shaxsga berilishi zarur. Bundan tashqari, bitim tuzgan shaxs boshqa shaxs 
manfaatlarini ko’zlab amalga oshirilgan faoliyat tufayli qilgan xarajatlari 
qoplanguncha huquqlarni topshirishni kechiktirib turishi mumkin. 
FKning 829-moddasida topshiriqsiz qilingan harakatlardan manfaatdor 
shaxsning majburiyatlari ushbu qilingan harakatdan manfaatdor bo’lgan shaxs 
uning manfaatlarini ko’zlab ish olib borgan shaxsga zarur xarajatlarni va boshqa 
shaxsning manfaatlari yo’lidagi harakatlar aniq bo’lib, biroq ko’zlangan natijaga 
erishilmagan hollarda ham saqlanib qoladi. Lekin boshqa shaxsning mol-mulkiga 
zarar yetkazishning oldi olingan hollarda o’rnini qoplash haqining miqdori mol-
mulkning qiymatidan oshib ketmasligi kerak. 
Bundan tashqari, shaxsning harakatlari bevosita boshqa shaxs manfaatlarini 
ta’minlashga qaratilgan bo’lmasa, shu jumladan, ularni amalga oshirgan shaxs o’z 
manfaatlarini ko’zlab harakat qilyapman deb, xato o’ylagan va uning harakatlari 
boshqa shaxsning asossiz boyib ketishiga olib kelgan hollarda ham ushbu 
Kodeksning 58-bobida nazarda tutilgan qoidalar qo’llaniladi. Boshqa shaxsning 
manfaatlarini ko’zlab qilingan harakatlar uning tadbirkorlik faoliyati doirasiga 
kiritilgan taqdirda bu shaxs haqiqiy zararning o’rnini qoplash bilan bir qatorda, 
tegishli miqdorda haq to’lashni ham talab qilishga haqli. Topshiriq olmasdan 
boshqa shaxs manfaatlarini ko’zlab harakat qilgan shaxs maqsadga muvofiq 
ravishda qilgan barcha harakatlari natijasida mulkiy zararning oldini ololmaganida 
ham ko’rgan zararlarini to’lashni talab qilishga haqli bo’ladi. 
Topshiriq olmasdan begona shaxslarning manfaatlari uchun harakat qilgan 
shaxsning xarajatlari miqdori uning saqlab qolmoqchi bo’lgan mulk qiymatidan 
oshmasligi kerak. Topshiriq olmasdan begona shaxslarning manfaatlari uchun 
harakat qiluvchi shaxsga muayyan majburiyatlar ham yuklatiladi. 
Jumladan: birinchidan, topshiriq olmasdan harakat qiluvchi shaxs 
imkoniyati bo’lgan zamon manfaatdor shaxsni bu to’g’rida xabardor qilishga 
(FKning 830-moddasi); 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling