Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Nazorat uchun savollar: 
 
1.Topshiriq shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari va shartnoma shakli. 
2.Topshiriq shartnomasida qatnashuvchi taraflar, ularning huquq va 
majburiyatlari.
3. Fuqaro D. o’zining nomidan oldi-sotdi shartnomasi tuzish uchun fuqaro T. 
bilan topshiriq shartnomasini imzolaydilar. T. ham bevosita xuddi shu harakatlarni 
amalga oshirish uchun fuqaro Y.ga topshiriq shartnomasi asosida ishonchnoma 
bergan.
Savol: T. o’ziga berilgan vakolatlarni boshqa shaxsga topshirishga haqlimi? 
Y.ning xarakatlari natijasida kelib chiqqan huquqiy oqibatlar kimning huquq va 
manfaatlariga ta’sir ko’rsatadi.
4. Fuqaro S. o’zining tijorat ishlarini olib borish uchun vakil sifatida fuqaro 
L. bilan topshiriq shartnomasini tuzgan. S. chet el mamlakatlaridan birida sayohat 
qilayotgan davrida L. uning ko’rsatmalaridan chetga chiqib huquqiy xarakatlar 
qilgan va bu haqda topshiriq beruvchiga xabar bera olmagan. S. sayohatdan 
kelgandan so’ng vakilning harakatlari belgilangan vakolatlardan chetga chiqqanligi 
va ogohlantirilmaganligi sababli tuzilgan tijorat bitimlarni bekor qilish xaqida 
sudga murojat qilgan. 
Topshiriq beruvchining harakatlari qonuniymi? Qonunga muvofiq qaysi 
holatlarda vakil unga berilgan huquqlardan chetga chiqishiga yo’l qo’yiladi? 


313 
47-BOBBEGONA ShAXSNING MANFAATINI KO’ZLAB 
TOPShIRIQSIZ HARAKAT QILISh 
 
1. Begona shaxsning manfaatini ko’zlab topshiriqsiz harakat qilish 
sababli vujudga keladigan majburiyatlar 
Manfaatdor shaxsga yoki uning mol-mulkiga zarar yetkazilishining oldini 
olish, uning majburiyatlarini bajarish yoki uning qonunga zid bo’lmagan boshqa 
manfaatlarini ko’zlab, uning topshirig’isiz, boshqa ko’rsatmasisiz yoki oldindan 
va’da berilgan roziligisiz qilingan harakatlar (begona shaxsning manfaatini ko’zlab 
qilingan harakatlar) ochiq ko’rinib turgan manfaat yoki foydadan hamda 
manfaatdor shaxsning haqiqiy yoki ehtimol tutilgan niyatlaridan kelib chiqib 
hamda ishning holatlariga ko’ra zarur g’amxo’rlik va ehtiyotkorlik bilan qilinmog’i 
kerak (FKning 826-moddasi). 
Begona shaxs (shaxslar) manfaatini ko’zlab, topshiriqsiz harakat qilish 
sababli haq to’lash majburiyatini vujudga keltirish uchun tubandagicha shartlar 
mavjud bo’lishi kerak: 
birinchidan, qilingan harakatlar boshqa bir shaxsning mulkiy manfaatlariga 
yoki mulkiy xarakterda bo’lgan shaxsiy manfaatlariga zarar yetkazilishining oldini 
olishga qaratilgan bo’lishi kerak. Masalan, birovning adashgan molini egasiga 
topshirgunga qadar boqib turish va uning uchun zarur xarajatlarni qilish yoki 
qo’shnisining yo’qligida uning bolasi to’satdan kasal bo’lib qolishi tufayli uni 
davolashga qaratilgan ba’zi harakatlarni amalga oshirish va buning uchun muayyan 
xarajatlar qilish va hokazo; 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling