Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
48-bob. Vositachilik
Vositachilik shartnomasining tushunchasi va o’ziga xos xususiyatlari. Ma’lumki, fuqarolar va yuridik shaxslar o’zlariga tegishli huquq va majburiyatlarini o’z xohish va manfaatlaridan kelib chiqib o’zlari yoki vakil orqali amalga oshirishlari mumkin. Bunda shaxsning o’z huquq va majburiyatlarini amalga oshirishni boshqa shaxsga topshirishi shartnomalar orqali amalga oshiriladi va vakillik hamda topshiriq shartnomasiga asoslanadi. Biroq, shaxs o’ziga tegishli huquq va majburiyatlarni har doim vakil orqali o’z nomidan amalga oshira olmasligi mumkin. Ijtimoiy hayotning muayyan bir sohasidagi faoliyatni amalga oshirishda shaxs obyektiv yoki subyektiv sabablarga ko’ra bevosita qatnasha olmasligi yoki vakil yordamida ishtirok eta olmasligi mumkin. Masalan, qurilish materiallarini sotib olishda fuqaro mazkur sohada yyetarli bilim va tushunchaga ega bo’lmaganligi sababli boshqa shaxsga o’zi uchun ularni sotib olib berishni topshirishi mumkin. Bu holatda qurilish materiallarini xarid qilish shartnomasini tuzish majburiyatini olgan shaxs vositachi hisoblanadi va bitimni o’z nomidan biroq topshiriq bergan shaxs – komitent hisobidan tuzadi. Hozirgi kunda vositachilik shartnomasi barcha rivojlangan mamlakatlar huquqiy tizimida tadbirkorlik munosabatlarida keng foydalanuvchi shartnoma sifatida xarakterlanib, xalqaro va ichki savdo munosabatlarida keng qo’llanilib kelinadi. Ta’kidlash lozimki, vositachilik shartnomasi konstruksiyasi mulkiy huquqlarni muomalada bo’lishida muhim o’rin egallaydi. Vositachilik shartnomasi xizmat ko’rsatishga oid shartnomalar tizimiga 316 mansub hisoblanadi va bunda vositachi komitent ko’rsatmalariga muvofiq o’z nomidan, lekin komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimlarni tuzadi. Xizmat ko’rsatishning bu turida vositachi tomonidan uchinchi shaxs uchun huquqiy oqibat tug’diradigan yuridik harakat sodir etiladi. Vositachilik yordamida mol-mulkni pulli realizatsiya qilishga doir kelishuvlar amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, u savdo vositachiligi munosabatini rasmiylashtiradi. Professional savdo vositachisi (vositachi) ishtirokchi sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) va sotib oluvchi (iste’mol qiluvchi)likdan va yana kontragentlarni topish ular bilan tuzilgan kelishuvlarni rasmiylashtirish va bajarishdan ham ozod etadi. Masalan, xalqaro savdo munosabatlarida ishlab chiqaruvchilar (eksporter) yoki iste’mol qiluvchilar (importer) xalqaro kontragentlar bilan oldi-sotdi ishlarida xalqaro bozorda vositachi ishtirokida ish ko’radilar. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 832-moddasiga muvofiq, vositachilik shartnomasi bo’yicha bir taraf (vositachi) ikkinchi tarafning (komitent) topshirig’i bo’yicha o’z nomidan, biroq komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimni haq evaziga tuzish majburiyatini oladi. Vositachilik shartnomasining mohiyati shundaki, bunda bir shaxs – vositachi ikkinchi shaxs – komitentga muayyan bitimlarni tuzish bo’yicha xizmat ko’rsatadi. Vositachilik shartnomasining predmeti bo’lib, vositachi ko’rsatadigan xizmat hisoblanadi. Masalan, vositachi komitentga tegishli buyumni sotib berish xizmatini ko’rsatishi shartnoma predmetini tashkil etadi. Vositachilik shartnomasining mohiyatini aniqlashda uning turdosh shartnomalardan farqli jihatlarini ko’rib chiqish lozim bo’ladi. Ma’lumki, vositachilik shartnomasiga yaqin shartnomalar jumlasiga topshiriq shartnomasi, mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomalari kiradi. Topshiriq shartnomasi ham vositachilik shartnomasi kabi o’zida uchinchi shaxsning muayyan topshig’irini bajarish xizmatini ifodalaydi. Albatta bunda vositachi va vakil bajarilishi lozim bo’lgan yuridik xatti-harakat va bitim sohasi bo’yicha muayyan bilim va malakaga ega bo’lishi talab etiladi. Vositachilik shartnomasi quyidagi holatlar bo’yicha topshiriq shartnomasidan farq qiladi: 1. Bajarilishi lozim bo’lgan ko’rsatmalar va ko’rsatiladigan xizmat mazmuni va mohiyatiga ko’ra. Agar topshiriq shartnomasi bo’yicha vakil muayyan yuridik harakatlarni amalga oshirish topshirig’ini olsa, vositachi faqatgina bir yoki bir necha bitimni tuzish ko’rsatmasini oladi. Masalan, topshiriq shartnomasiga ko’ra vakilga mol-mulkni boshqarish va u bilan bog’liq barcha yuridik harakatlar(mol- mulkni egallash, foydalanish, mol-mulkni ijaraga berish, mol-mulk yuzasidan to’lovlarni amalga oshirish, mol-mulkka nisbatan huquqlarni himoya qilish, buzilgan huquqni himoya qilish yuzasidan da’vo qo’zg’atish va shu kabilar) amalga oshirish huquqi berilsa, vositachiga faqatgina mol-mulkni sotish shartnomasini tuzish ko’rsatmasi beriladi. 2. Vakil topshiriq shartnomasi bo’yicha barcha harakatlarni topshiriq beruvchi nomidan amalga oshirsa, vositachi bitimni o’z nomidan tuzadi. Bunda vakil amalga oshirgan harakatlar uchun huquq va majburiyatlar uning o’zi uchun emas, balki topshiriq beruvchi uchun vujudga keladi. Vositachilik shartnomasida 317 vositachining uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim yuzasidan huquq va majburiyatlar vositachida vujudga keladi. Zero, FKning 832-moddasi 2-qismida belgilanganidek, vositachi tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim bo’yicha, garchi bitimda komitentning nomi tilga olingan yoki u bitimni bajarish bo’yicha uchinchi shaxs bilan bevosita munosabatlarga kirishgan bo’lsa ham, vositachi huquqlarga ega bo’ladi va zimmasiga majburiyat oladi. 3. Topshiriq shartnomasida ham, vositachilik shartnomasida ham barcha harakatlar topshiriq beruvchi va komitent hisobidan amalga oshiriladi. Biroq topshiriq shartnomasida vakil amalga oshiradigan yuridik harakatlar mol-mulkka nisbatan umumiy qilib belgilansa, vositachilik shartnomasi muayyan muddatga yoki amal qilish muddati ko’rsatilmagan holda, qaysi hududda bajarilishi ko’rsatilgan yoki ko’rsatilmagan holda, komitent vositachiga topshirgan komitentning manfaatlarini ko’zlab va uning hisobidan bitim tuzish huquqini uchinchi shaxslarga bermaslik haqida majburiyat olgan holda yoki bunday majburiyatni olmagan holda, vositachilik narsasi bo’lgan tovarlarning assortimenti xususida shartlar qo’yilgan yoki qo’yilmagan holda tuzilishi mumkin. 4. Topshiriq shartnomasida vakilning harakatlari tekinga yoki haq evaziga amalga oshirilsa, vositachilik shartnomasi har doim haq evaziga amalga oshiriladi. Chunki, FKning 833-moddasiga ko’ra, komitent vositachiga haq to’lashi, vositachi bitimning uchinchi shaxs tomonidan bajarilishi uchun kafolatni o’z zimmasiga olgan (delkredere) hollarda esa shartnomada belgilangan miqdorda qo’shimcha haq ham to’lashi shart. Vositachilik shartnomasining maqsadi tovarlarni savdo-sotiq qilishda taraflarga qulayliklar yaratish, o’ziga tegishli bo’lmagan buyumlar bilan cheklanmagan miqdorda savdo-sotiq qilishda, vositachilikka keng imkoniyat yaratib berish hisoblanadi. Vositachilik shartnomasini bugungi bozor munosabatlari sharoitida keng qo’llanilayotgan bo’lsada, ushbu munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirishni talab qiladi. Xususan, vositachilikni amalga oshirish sohalaridan kelib chiqib, faoliyatning ushbu turini litsenziyalash masalalari qonun hujjatlarida belgilanmagan. Shu munosabat vositachilik xizmatini tartibga soluvchi qonun normalarini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling