Toshkent davlat yuridik universiteti


MANTIQIY VA MUAMMOLI SAVOLLAR


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

MANTIQIY VA MUAMMOLI SAVOLLAR
1. Vositachilik shartnomasi tushunchasi va uning huquqiy belgilari tahlil 
qiling hamda vositachilik shartnomasining turdosh shartnomalar bilan o’xshash va 
farqli jihatlarini yoriting? 
2. Vositachilik shartnomasi taraflari, ularning huquq va majburiyatlari 
tizimidagi umumiy va maxsus qoidalarning o’zaro nisbatini ochib bering? 
1-masala 
«Olim» MChJ «Bonu» savdo firmasiga erkaklar kostyumlar turkumini 
dastlabki vositachilik narxi 8.000 so’mdan sotish to’g’risida topshiriq berdi.
«Bonu» savdo firmasi bir kostyumni 15.000 so’mdan sotdi va sotish bahosi 
bilan shartnoma bahosi o’rtasidagi farqni vositachilik haqi sifatida ushlab qoldi. 
«Olim» bu holatga rozi bo’lmadi va vositachilik haqi shartnomaga binoan 
sotiladigan kostyumlar turkumining 5% miqdorida undirilishini, oradagi farqni esa 
vositachi komitentga qaytarishi lozimligini ta’kidladi. 
Savdo firmasi komitentning bunday talabini rad qilib, 5% vositachilik haqi 
shartnomada agar kostyum yuqori narxda sotilmaganda, undirilishni ko’zda 
tutadi»-degan javobni qaytardi.
Bu nizoda kim haq? 
2-masala 
Vositachilik do’konida stereomagnitofon shikastlandi. Vositachi magnitofon 
shikastlanganligini bir necha kun o’tgach bildi. Shuning uchun magazin 
magnitofonni komitent bilan kelishgan narxda emas, balki ikki baravar arzon 
narxda sotishga majbur bo’ldi. Komitent magnitofonning shartnomada belgilangan 
narxini to’liq berishni, shuningdek vositachilik haqkini to’lamasligini, chunki 
vositachi o’z majburiyatlarini noto’g’ri bajarganligini aytdi. Vositachi o’zining 


323 
vositachilik haqini chegirib qolib, komitentga magnitofonning to’liq qiymatini 
to’ladi. 
Komitent sudga murojaat qildi. Ishni hal qiling. 
Qo’shimcha adabiyotlar 
1.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 
75-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida chakana 
savdo Qoidalari”. 
2. Mualliflar jamoasi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh. 
2-jild. –T.: Vektor-press, 2010. –B. 832-850. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling