Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
ikkinchidan, xabardor qilish imkoniyati bo’lmaganida mulkiy yoki shaxsiy
zararning oldini olish yuzasidan zarur bo’lgan barcha choralarni ko’rishga; uchinchidan, topshiriq olmasdan qilingan harakat natijasida olingan mulkni manfaatdor shaxsga topshirishga; to’rtinchidan, o’zining qilgan xarajatlari to’g’risida ma’lumot berishga; beshinchidan, qasddan yoki qo’pol ehtiyotsizlik natijasida manfaati ko’zlangan shaxsga yetkazilgan zararlarni to’lashga majbur bo’ladi (FKning 831- moddasi). Nazorat uchun savollar: 315 1. Begona shaxs manfaatlarini ko’zlab, topshiriqsiz harakat qilish tushunchasi va ahamiyati. 2. Begona shaxs manfaatlarini ko’zlab, topshiriqsiz harakat qilishda qanday shartlar mavjud? 3. Fuqaro D. o’zining nomidan oldi-sotdi shartnomasi tuzish uchun fuqaro T. bilan topshiriq shartnomasini imzolaydilar. T. ham bevosita xuddi shu harakatlarni amalga oshirish uchun fuqaro Yu. ga topshiriq shartnomasi asosida ishonchnoma bergan. Savol: T. o’ziga berilgan vakolatlarni boshqa shaxsga topshirishga haqlimi? Yu. ning xarakatlari natijasida kelib chiqqan huquqiy oqibatlar kimning huquq va manfaatlariga ta’sir ko’rsatadi. 4. Fuqaro S. o’zining tijorat ishlarini olib borish uchun vakil sifatida fuqaro L. bilan topshiriq shartnomasini tuzgan. S. chet el mamlakatlaridan birida sayohat qilayotgan davrida L. uning ko’rsatmalaridan chetga chiqib huquqiy xarakatlar qilgan va bu haqda topshiriq beruvchiga xabar bera olmagan. S. sayohatdan kelgandan so’ng vakilning harakatlari belgilangan vakolatlardan chetga chiqish va ogohlantirilmaganligi sababli tuzilgan tijorat bitimlarni bekor qilish xaqida sudga murojat qilgan. Savol: Topshiriq beruvchining harakatlari qonuniymi? Qonunga muvofiq qaysi holatlarda vakil unga berilgan huquqlardan chetga chiqishiga yo’l qo’yiladi? Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling