Toshkent davlat yuridik universiteti


-BOB. BANK HISOBVARAG’I ShARTNOMASI


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
44-BOB. BANK HISOBVARAG’I ShARTNOMASI 
 
Bank hisobvarag’i shartnomasi bankning mijozlarga xizmat ko`rsatishiga oid 
bo`lgan shartnoma hisoblanadi. Bu shartnoma o`zining huquqiy belgilari
taraflarning huquq va majburiyatlariga ko`ra, xizmat ko`rsatish va ish bajarishga 
oid shartnomalar guruhiga mansubdir. 
Bank hisobvarag’i shartnomasidan asosiy maqsad shartnomada «mijoz» deb 
nomlanuvchi subyektlarga naqd pulsiz operastiyalarni amalga oshirish xizmatini 
ko`rsatish hasoblanadi. FKning 771-moddasiga muvofiq, bank hisobvarag’i 
shartnomasi bo`yicha bir taraf - bank yoki boshqa kredit muassasasi (bundan 
buyon matnda - bank) ikkinchi tarafning - mijozning (hisobvaraq egasining) 
hisobvarag’iga tushayotgan pul mablag’larini qabul qilish va kiritib qo`yish, 
mijozning hisobvaraqdan tegishli summalarini o`tkazish va to`lash hamda 
hisobvaraq 
bo`yicha 
boshqa 
operastiyalarni 
amalga 
oshirish 
haqidagi 
farmoyishlarini bajarish majburiyatini oladi. 
Bank 
hisobvarag’i 
shartnomasi 
konsensual 
hisoblanadi. 
Demak, 
tomonlarning huquq va majburiyatlari bank tomonidan ochilgan hisobvarag’iga pul 
mablag’lari kelib tushgandan emas, balki shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab 
paydo bo`ladi. Shartnoma tuzilgandan so`ng hisobvarag’ bir qancha muddat bo`sh 
saqlangan holat ham ko`zda tutiladi.
Bank hisobvarag’i shartnomasi ikki tomonlama majburiyat yuklovchi 
shatrtnoma hisoblanadi, chunki u huquq majburiyatining har ikkala tarafga ham 
huquq va majburiyatlarni yuzaga keltiradi. Bir tomonning majburiyatiga huquq 
munosabatining boshqa tomoni tarafidan shartnoma bo`yicha o`z majburiyatlarini 
bajarishi asos bo`ladi. Shunday qilib, bank hisobvarag’i shartnomasi kauzal bitim 
bo`lib hisoblanadi. Bank hisobvarag’i shartnomasining maqsadi mijozning 
topshirig’i bo`yicha hisob-kitob bitimlarini amalga oshirishdir. 
Bank hisobvarag’i shartnomasining banklar tomonidan o`z tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish jarayonida tuziladi. Bank tomonidan amalga oshirilgan 
operastiyalar uchun mijoz tomonidan shartnomada nazarda tutilgan haq tulanishi 
munosabati bilan bank hisobvarag’i shartnomasi haq evaziga tuziladigan 
shartnoma hisoblanadi. Biroq bunday xulosa ba’zan adabiyotlarda baxslarga sabab 


270 
bo`ladi. Odatda bunday vaziyatda shunday xulosa qilinadiki, ko`rsatilgan 
shartnoma tomonlarning kelishuvidan kelib chiqib ham qaytariluvchi va ham 
qaytarilmas bo`lishi mumkin. Bunda shartnoma qaytariluvchi deb nazarda tutiladi, 
chunki FKning 772-moddasi bankka hisobvarag’idagi qoldiq mablag’ uchun 
foizlar to`lash majburiyatini o`rnatadi, biroq tomonlar kelishib boshqacha tartibni 
belgilashlari mumkin. Hisobvarag’idagi qoldiq uchun to`lovdan tashqari shartnoma 
hisob-kitob va kassa hizmatlari uchun mijoz tomonidan haq to`lanishi ham ko`zda 
tutish mumkin. Bu bilan bog’liq holda shunday vaziyatlar bo`lishi mumkinki, 
bunda muayyan bank hisobvarag’i shartnomasiga ko`ra tomonlar qonun bo`yicha 
o`rnatilgan to`lovlarni o`zaro rad etadilar: bank hisob-kitob va kassa hizmatlari 
uchun to`lovdan, mijoz esa hisobvarag’idagi qoldiq uchun to`lovdan voz kechadi. 
FKning 778-moddasiga muvofiq, agar bank hisobvarag’i shartnomasida 
boshqacha muddatlar belgilab qo`yilgan bo`lmasa, bank tegishli to`lov hujjati 
bankka tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan tushgan pul mablag’larini 
hisobvaraqqa kiritib qo`yishi, mijozning topshirig’iga muvofiq hisobvaraqdan pul 
mablag’larini qo`lga berishi yoki o`tkazishi shart. Hisobvaraq bo`yicha 
operastiyalarni amalga oshirish muddatlarini buzish bank uchun, boshqa 
shaxslarning pul mablag’larini g’ayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib 
berishdan bosh tortish, ularni to`lashni boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa 
shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamg’arish natijasida ulardan foydalanganlik 
uchun ushbu mablag’lar summasiga foiz miqdorida neustoyka to`lanishiga olib 
keladi.
Bank hisobvarag’i shartnomasi tomonlarning quyidagi huquq va 
majburiyatlarini tashkil etadi.
Bank hisobvarag’i shartnomasiga ko`ra, bank mijozning hisobvarag’ini 
yuritishi, mijozning topshirig’iga ko`ra hisob-kitob, kassa operastiyalarini o`z 
vaqtida va to`g’ri amalga oshirishi, mijozga uning hisobidagi qoldiq mablag’lari 
uchun to`lovlar to`lash va bank sirini saqlashi zarur. 
Qonunchilikda bankning mijoz hisobvarag’ini yuritish majburiyati 
boshqacha nomalanadi. FK 771-moddasi 1-qismiga binoan bank mijozga ochilgan 
hisobvarag’ga kelib tushuvchi pul mablag’larini hisobga olish majburiyatini oladi. 
Biroq, FK bankning ushbu majburiyat mazmunini etarli darajada to`liq aks 
ettirmaydi. “Ko`rsatilgan korxona, tashkilot hisobvarag’iga kelib tushayotgan 
summalar kredit hisoblanadi. Hisobvarag’laridan ko`chirib yozilgan summalar 
hisobvarag’ debeti hisoblanadi.” Shunday qilib, bank nafaqat hisobga olish, balki 
mijozning hisobidan mablag’larni ko`chirib yozish majburiyatini ham oladi. 
Boshqacha qilib aytganda bank pul mablag’larining to`xtovsiz o`zgarib turuvchi 
qoldiqlarini e’tiborga olishi yoki amaliyotda qo`llanuvchi atama bilan ataydigan 
bo`lsak,-“mijozning hisobvarag’ini yuritishi” zarur. 
Bankning hisob-kitob, kassa operastiyalarini o`z vaqtida va to`g’ri amalga 
oshrish majburiyati qonunchilikda ko`rsatilagan hatti-harakatlarni amalga oshirish 
muddatlari va tartibiga amal qilishda namoyon bo`ladi. Bank hisobvarag’i 
shartnomasini tuzishda bank hisob-kitob, kassa operastiyalarini qandaydir muyyan 
muddatlarda yoki avvaldan o`rnatilgan hajmda emas, balki zaruriyatga qarab 
amalga oshirish majburiyatini oladi. Boshqacha qilib aytganda, bankning 


271 
majburiyati, agar kelajakda mijozda hisob-kitob va kassa operastiyalarini amalga 
oshirish uchun ehtiyoj paydo bo`ladigan bo`lsa uni bajarishdan buyin tovlamasligi 
kerak. Shuningdek, bankning hisob-kitob va kassa operastiyalarini bajarish 
majburiyati har doim ham emas, balki mijoz tomonidan tegishli talablar bajarilgan 
holatdagina paydo bo`ladi. Demak, O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 
“O`zbekiton Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari 
to`g’risida”gi 2001 yil 6 oktyabrdagi Yo`riqnomasining 23 bandiga muvofiq 
mijozdan to`lov topshirg’i berilgan kunda mijoz tomonidan quyidagi shartlarga 
amal qilgan taqdirda, hisob-kitob operastiyalarni o`tkazish uchun ochiq bo`lgan 
korrespondent 
hisobvarag’i 
(subhisobvarag’i), 
boshqa 
hisobvarag’lardan 
tayinlangan pul mablag’larini ko`chirib o`tkazish majburiyati paydo bo`ladi: 
1. 
pul mablag’larini ko`chirib o`tkazish bo`yicha operastiyalarning 
o`tkazilishi uchun, pul mablag’larni oluvchi va to`lovchining rekvzitlari to`g’ri 
ko`rsatilishi lozim; 
2. 
qabul qilingan hisob-kitob topshirig’ini amalga oshirish uchun etarli 
bo`lgan summada mijozning hisobvarag’ida pul mablag’lari mavjud bo`lishi. 
To`lovchi bankka ( yoki mablag’larni ko`chirib o`tkazish topshirig’ini 
bajarayotgan boshqa bankka) tegishli pulni joylashtirishning zarur ekanligi arbitraj 
amaliyotida o`z tasdig’in topgan. 
Bank tomonidan Markaziy Bankning 2001 yil 6 oktyabrdagi Yo`riqnomasida 
bayon etilgan hisob-kitob operastiyalarni bajarish shartlarini yanayam umulashtirib 
qo`yidagi taxlitda ifodalash mumkin. Bank mijozning talabiga ko`ra, 
hisobvarag’idan mablag’larni berish va kredit ko`chirmalarni amalga oshirish 
(to`lov topshiriqlari bilan hisob-kitob qilish) yoki akkreditiv bilan hisob-kitob 
qilish operastiyalarini: 1) hisobvrag’ida tegishli operastiyalarni bajarish uchun 
etarli miqdordagi qoldiq mavjud bo`lganda; 2) mijoz topshirig’i qonunchilik va 
bank hisobvrag’i shartnomasiga muvofiq bo`lganda bajaradi. 
Bank mijozning talabiga ko`ra debet o`tkazmasi (inkassa operastiyasi)ni 
amalag oshirish operastiyasini qonunchilik va bank hisobvarag’i shartnomasiga 
muvofiq bo`lgan taqdirda bajarish lozim. Bunda bank hisobvarag’i shartnomasi 
yoki hisob-kitob bitimlar shartli bitimlardir deb xulosa chikarishga asos yuk. Bank 
tomonidan Markaziy Bankning 2001 yil 6 oktyabrdagi Yo`riqnomasida sanab 
o`tilgan hisob-kitob operastiyalarini bajarish shartlari deganda mijoz tomonidan 
bank hisobvarag’i shartnomasi bo`yicha ba’zi tegishli majburiyatlarning bajarilishi 
tushuniladi. Agar, mijoz ushbu shartlarni bajarmagan taqdirda bank majburiyatni 
bajarishni kechiktirish huquqiga egadir. (FK 339-moddasi va FK 338-moddasi 3-
qismi). 
Hisob-kitob operastiyalarining o`z vaqtida va to`g’ri amalga oshirilishi bank 
tomonidan qonunchilik va shartnoma bilan o`rnatilgan muddatlar, navbat va 
to`lovlar asosiga amal qilishda namoyon bo`ladi. 
Bank hisobvarag’i shartnomasi doirasida FKning 778-moddasi va «Banklar 
va bank faoliyati to`g’risida»gi Qonunining 31-moddasiga muvofiq belgilanuvchi 
hisob-kitob operastiyalarining muddatlari qo`llaniladi. 
FKning 778-moddasi 1-qismiga muvofiq bank mijozga yo`naltirilgan 
mablag’larni bankka tegishli hisob-kitob hujjati tushgan sanadan keyingi kundan 


272 
kechiktirmasdan hisobga olish zarur. Bank mijozning topshirig’i bo`yicha 
mijozning hisobvarag’idan pul mablag’larini agar qonunda, unga muvofiq 
chiqarilgan bank qoidalari yoki bank hisobvarag’i shartnomasida boshqa muddatlar 
nazarda tutilmagan bo`lsa, tegishli to`lov hujjati tushgan sanadan keyingi kundan 
kechiktirmagan holda qo`lga berishi yoki ko`chirib o`tkazishi zarur. 
FKning 778-moddasida qo`llangan «kun» atamasi deganda «bank» yoki 
«operastiya» kuni, ya’ni bank tegishli operastiyalarni amalga oshiradigan ish 
vaqtining qismi tushuniladi. 
Hisobvarag’ bo`yicha operastiyalarni amalga oshirish muddati o`tishining 
boshlanganligi bankka mijoz hisobvarag’i bo`yicha qaydlarni to`g’ri olib borishga 
imkon beruvchi, bank qoidalariga asoslangan hujjatlar bankka kelib tushgan vaqti 
bilan belgilanadi. Hujjatlarning aniq turlari hisob-kitob shakli va to`lov haqidagi 
axborot (kog’ozda yoki elektron hisob-kitob) uzatish usuliga qarab turlicha 
aniqlanadi.
Tegishli hisob-kitob hujjati tushgan sanadan keyingi kunda kechiktirmagan 
holda bank mijozining naqd pulsiz ko`chirib o`tkazish to`g’risidagi topshirig’ini 
quyidagi yo`llar bilan bajarishni boshlashi zarur: 
A) hisobvarag’idan mablag’larni ko`chirib yozish; 
B) hisob-kitob hujjatlarini boshqa bankka tegishli operastiyani yakunlash 
uchun jo`natish FKning 778-moddasida o`rnatilgan pulni berish va ko`chirib 
o`tkazish muddatlarini bank qoidalari bilan uzaytirilishi va qisqartirilishi mumkin. 
(Bank hisobvarag’i shartnomasi, shuningdek to`lov hujjati (banklar va bank 
faoliyati to`g’risidagi qonunning 31-moddasi)). Shunga kura, Marakaziy Bankning 
01.0396 №02-52 bo`yrug’i bilan tasdiqlangan, kredit tashkilotlari korrespondent 
hisobvarag’laridan mablag’lar ko`chirib yozish operastiyalarini o`tkazish 
to`g’risidagi holat 5-bandi mijozlarga kredit tashkilotiga hisob-kitob hujjatlarini 
to`lov muddatini ko`rsatgan holda taqdim etishni tavsiya qiladi. Agar 
ko`rsatilmagan bo`lsa, mijozdan hujjat olingan sana to`lov muddati hisoblanadi. 
To`lov navbati bu bank hisobvarag’laridan to`lov muddati kelgan mablag’larni bir 
necha hisob-kitob hujjatlari bo`yicha ko`chirib yozish ketma-ketligidir. 
FKning 784-moddasi hisobvarag’dan to`lovlar ketma-ketligini aniqlashning 
ikki qoidasini o`rnatadi. Birinchisi, hisobvarag’idagi qoldiq barcha talablar 
bo`yicha to`liq hisob-kitob qilish imkonini bermagan vaziyatlarga tegishlidir. 
Bunday holatda hisobvarag’iga taqdim etilgan hujjatlar kalendar to`lov navbatida, 
ya’ni to`lovchi bankka kelib tushishi tartibida amalga oshirish kerak. Bu tartibdan 
istisnolar qonunda nazarda tutilishi lozim. Ikkinchi tartib, to`lovchining 
hisobvarag’ida unga nisbatan ilgari surilgan talablarni qondirish uchun etarli 
mablag’ bo`lgan taqdirda qo`llanadi.
FKning 784-moddasi bilan o`rnatilgan to`lovlar navbati faqatgina naqd 
pulsiz hisob-kitoblar, shuningdek bank orqali amalga oshiriluvchi qarzdorning 
nakd bo`lmagan pul mablag’lariga da’vo ko`zg’atilishida qo`llaniladi.
To`lovchining bir bankda bir qancha hisobvaraqlari bo`lgan taqdirda FK 
784-moddasida o`rnatilgan to`lovlar navbati har bir hisobvaraq bo`yicha alohida 
amalga oshiriladi. 
Umumiy qoidaga ko`ra, bank hisobvaraqdan mablag’larni ko`chirib yozishi 


273 
uchun hisobvaraq egasining to`g’ridan-to`g’ri topshirigi yoki bulmasam, uning 
roziligi (akstept) asos bo`lib xizmat qiladi. 
Bank mijozning pul mablag’laridan foydalanish yo`nalishlarini nazorat 
qilishi, belgilashi, qonun yoki bank hisobvarag’i shartnomasida belgilanmagan 
tartibda uning pul mablag’larini tasarruf etishi hamda boshqa tartibda huquqini 
cheklashga haqli emas. Biroq, bayon etilgan huquq qonun bilan cheklanishi 
mumkin. Bunday cheklashning ko`p uchraydigani FKning 783-moddasi 2-kismida 
o`z ifodasini topgan bo`lib, hisobvaraqda mavjud bo`lgan pul mablag’larini 
mijozning topshirig’i (roziligi)siz sud qaroriga ko`ra, shuningdek, qonunda 
belgilab qo`yilgan yohud bank Bilan mijoz o`rtasidagi shartnomada nazarda 
tutilgan hollarda ko`chirishi mumkin. 
Bankning hisobvarag’idagi qoldiq uchun mijozga to`lov majburiyati FKning 
781-moddasida o`z aksini topgan. Ushbu norma bankning shunday majburiyati 
mavjudligi prezumstiyasini o`rnatadi. Biroq, bank hisobvarag’i shartnomasida 
hisobvaraqdagi qoldiq mablag’ uchun foizlar berilmasligi nazarda tutilishi 
mumkin. Mijozga ajratiluvchi mukofot, qoidaga ko`ra, yillik foiz ko`rinishida 
ajratiladi. Mukofot summasi mijozning hisobvarag’iga har chorakda o`tkazib 
turiladi. Shartnomada foizlarni to`lash va o`tkazishning boshqacha muddati 
o`rnatilishi mumkin. Agar shartnomada hisobvaraqdagi qoldiq uchun mukofot 
miqdori belgilanmagan bo`lsa, mijozning mablag’laridan foydalanganlik uchun, 
bank tomonidan talab qilib olguncha saqlanadigan omonatlar yuzasidan 
to`laydigan miqdorda foiz to`laydi. Bank va mijozning o`zaro to`lov majburiyatlari 
mavjud bo`lgan holda qoldiq mablag’ uchun foizlarni o`tkazish va to`lash 
majburiyati hisobga o`tkazish bilan to`xtatilishi mumkin. 
Bank sirini saqlash majburiyati bank yoki boshka kredit tashkilotiga bank 
hisobvarag’i shartnomasining qonunda nazarda tutilgan (FKning 364-moddasi 1-
qismi) shartlardan biri sifatida yuklatiladi. Biroq, bank siri deb ataluvchi axborotni 
saklash, huquqiy rejimiga amal qilishni ta’minlash majburiyatiga ega subyektlar 
doirasi anchagina kengdir. Bular: kredit, audit tashkilotlari va Markaziy Bankdir. 
Kredit tashkilotlari, hisobvaraqlarga va qo`yilgan mablag’lar, hisobvarag’ va 
mablag’lar bo`yicha operastiyalar haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek kredit 
tashkiloti tomonidan o`rnatiladigan boshqa axborotlarni, agar bu qonun hujjatlariga 
zid kelmagan taqdirda (Banklar to`g’risidagi qonunning 26-moddasi) sir bo`lib 
kolishini kafolatlaydi. 
Shunday qilib, mijozning shaxsi, uning operastiyalari va hisobvarag’ining 
holati haqidagi ma’lumotlar qo`riqlash obyekti hisoblanadi. Demak, kredit 
tashkiloti, 
o`z 
mijozlarining 
kontragentlari 
to`g’risidagi 
ma’lumotlarni, 
shuningdek, bank hisobvarag’iga bevosita aloqasi bo`lmagan boshqa axborotni, 
agar u sir saqlash majburiyatini olmagan bo`lsa, sir saqlashi shart emas. 
Shu bilan birga, mamlakatimiz qonunchiligi bank sirining tor ma’nosidan 
kelib chiqadi. Xorij mamlakatlar qonunchiligida boshqa yondoshuv mavjuddir. 
Masalan, Franstiya Jinoyat kodeksining 378-moddasiga muvofiq vrachlar
xirurglar, boshka tibbiyot xodimlari, shu jumladan, farmastevtlar, doyalar, 
shuningdek, o`z kasbiy yoki xizmat majburiyatlarini doimiy yoki vaqtincha 
bajarish mobaynida, ishonilgan turli maxfiy axborotlarga ega bo`lgan boshqa 


274 
shaxslar qonun yoki vaziyat bunga majbur qilmagan holatlarda ushbu 
ma’lumotlarni oshkor qilgan takdirda bir oydan olti oygacha ozodlikdan mahrum 
qilish va 500dan 15000 frankkacha miqdorda jarima bilan jazolanadilar
54

Franstiya JKning 378-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning maxsus subyektlari 
hisoblanuvchi ijtimoiy himoya idoralarining xodimlari bo`lib, prisyajniylar, 
hokimiyat vakillari va ularning yordamchilari (ayniqsa polistiya xodimlari), soliq 
ma’muriyati xodimlari, pochta xizmatchilari, notariuslar, advokatlar bilan bir 
qatorda sud amaliyoti bankirlarni ham kiritadi. Shu tariqa, franstuz qonunchiligi 
bank sirini etarlicha keng tushunadi va mamlakatimiz qonunchiligidan farqli 
ravishda bu huquqiy rejimni bankka o`z faoliyatini amalga oshirishi bilan bog’liq 
holda ma’lum bo`lgan har qanday axborotga nisbatan qo`llaydi
55
.
Fikrimizcha, bunday yondashuv bank bilan u yoki bu taxlitda to`qnash 
keluvchi har qanday shaxslar manfaatini himoya qilish vazifasiga ko`proq mos 
keladi.
Bank siri xarakati amal kiluvchi hisobvaraq operastiyalari ro`yxati FKning 
777-moddasiga muvofiq aniqlanadi. Sir hisobvaraq bo`yicha mablag’lar harakati 
(kelib tushuvchi yoki ajratuvchi mablag’lar summasi, vaqti va miqdori, summalar 
kimdan va qanday asoslarga ko`ra kelib tushishi va boshqalar) ga ham tatbiq 
etiladi. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar kredit tashkiloti tomonidan 
«Banklar va bank faoliyati to`g’risida»gi qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan 
bank operastiyalari va boshka bitimlarni amalga oshirish jarayonida olingan 
bo`lishi shart. Boshqa ma’lumotlarga bank siri huquqiy rejimini qo`llashning 
qandaydir chegaralari qonunchilikda mavjud emas («Banklar va bank faoliyati 
to`g’risida»gi qonunning 26-moddasi).
FKning 786-moddasi 2-kismida ko`rsatilgan ma’lumotlar bilan bir qatorda 
Markaziy Bank yo`riqnomalarida nazarda tutilgan holatlardan tashqari kredit 
tashkilotlari hisobotlaridan yoki listenzion va nazorat funkstiyalarini ijro etish 
natijasida olingan hisobvaraqlari, qo`yilgan mablag’lar, muayyan bitimlar va 
operastiyalar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish huquqiga ega emas. Audit 
tashkilotlari tekshirishlar jarayonida olingan kredit tashkilotining operastiyalari, 
hisobvaraqlar va qo`yilgan mablag’lari, ularning mijozlari va korrespondentlari 
haqidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga ochish huquqiga ega emas. 
Bank sirini saqlash zarur bo`lgan shaxslarning aniq ro`yxati sanab o`tilgan 
tashkilotlarning barcha xodimlarini, ularning lavozimi va himoyalanuvchi 
ma’lumotlar bilan ishlash ularning bevosita xizmat majburiyatlari doirasiga kirish-
kirmasligidan qat’iy nazar, o`z ichiga oladi. Agar bank operstiyalari to`g’risidagi 
ma’lumotlardan bank xodimiga kirmaydigan shaxs xabardor bo`lib qolsa 
(suhbatlar, xatlardan va x.k.), u sirni saqlashga majbur emas. 
Bank sirini ochish chegaralari (kredit tashkilotlari, Markaziy Bank va audit 
tashkilotlari tomonidan ko`rsatilgan axborotni uchinchi shaxslarga mijozning 
roziligisiz takdim etish tartibi va shartlari) qonunchilik bilan belgilanadi. 
FKning 786-moddasi 2-qismi va «Banklar va bank faoliyati to`g’risida»gi 
qonunning 26-moddasiga muvofik yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlik faoliyati 
54
Франция Жиноят кодекси. 
55
Гражданское и торговое право капиталистических государств.-М.:Международное отношение.1993.-356 с. 


275 
bilan shugullanuvchi jismoniy shaxslar hisobvaraqlari va operastiyalari buyicha 
ma’lumotnamalar ularning uziga (shuningdek, ularning vakillariga), sudlarga va 
xo`jalik sudlariga, Davlat solik xizmati va bojxona organlariga – ularning faoliyati 
to`g’risidagi qonunchilik aktlarida nazarda tutilgan xollarda, shuningdek prokuror 
roziligi bilan, - ishlar bo`yicha avvaldan tekshiruv o`tkazish organlariga beriladi. 
Jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari va qo`yilgan mablag’lari bo`yicha 
ma’mumotnomalar kredit tashkiloti tomonidan ularning o`ziga, (shuningdek, 
ularning vakillariga), sudlarga, prokuror roziligi bulgan taqdirda esa – ish bo`yicha 
avvaldan tekshiruv o`tkazish organlariga beriladi. Hisobvaraqlar va qo`yilgan 
mablag’lar bo`yicha ma’lumotnomalar, ularning egasi vafot etgan hollarda 
hisobvarag’i yoki qo`yilgan mablag’ining egasi tomonidan kredit tashkilotiga 
qilingan vasiyat topshirig’ida ko`rsatilgan shaxslarga, notarial idoralarga ya’ni 
vafot etgan shaxsning qo`yilgan mablag’lari to`g’risidagi ishlarni olib boruvchi 
tashkilotga, xorij fuqarolari hisobvaraqlariga nisbatan esa – xorij konsullik 
idoralariga beriladi. 
JPKning 209-moddasiga ko`ra, jinoyat orqali etkazilgan zazarni qoplashda, 
garov tariqasida olib qo`yilgan yoki qabul qilingan pullar uch sutkadan 
kechiktirmay surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisobiga 
topshirilishi shart. 
Yuridik 
shaxslar 
to`g’risidagi 
bank 
siri 
tushunchasiga 
kiruvchi 
ma’lumotlarni bojxona organlariga taqdim etish shartlari Davlat bojxona qo`mitasi 
to`g’risidagi Nizomning 6–bandida, bojxona organining mansabdor shaxsi qo`li 
ostida bojxona tartibini buzganlik haqidagi ish bo`lganda ish bo`yicha yoki ko`rib 
chiqish uchun zarur bo`lgan hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. 
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar berilishi mumkin bo`lgan organlar va 
mansabdor shaxsning qatoriga sud ijrochilari kiritilmaydi. «Ijro etish ishlab 
chiqarish to`g’risida»gi Qonunining 46-moddasi 3 qismiga muvofiq ular o`zlarini 
qiziqtiruvchi ma’lumotlarni soliq organlari orqali olish huquqiga egadirlar. 
Bank, kredit va audit tashkilotlari bank sirini ochganliklari uchun etkazilgan 
zararni qoplash shaklida javobgarlikka tortilishi mumkin. Ularning mansabdor 
shaxslari va boshqa xizmatchilari jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bundan tashqari 
mijoz FKning 1021-1022-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ma’naviy zararni 
qoplashni talab qilish huquqiga egadir. 
Bank hisobvarag’i shartnomasiga ko`ra, mijoz banka hisob-kitob va kassa 
xizmatlari uchun to`lov to`lashi; bankka hisob-kitob va kassa operastiyalarini 
amaga oshirish uchun pul qoplamini taqdim etishi zarur. 
FKning 780-moddasi 1-qismiga muvofiq, bank hisobvarag’i shartnomasida 
nazarda tutilgan hollarda mijoz hisobvarag’ida bo`lgan pul mablag’lari bilan 
operastiyalarni amalga oshirish bo`yicha bank hizmatlariga haq to`laydi. Mijozning 
hisob-kitob va kassa xizmatlari amaliyotda qoidaga ko`ra, qaytariladigan shaklda 
amalga oshiriladi. Bank hisobvarag’i shartnomasida uning miqdorini belgilab 
qo`yishi lozim. Aks holda mijozga qaytarilmas xizmat ko`rsatiladi. Qoida 
bo`yicha, 
bank 
tekin 
xizmat 
ko`rsatish 
bo`yicha o`zining 
zararlarini 
hisobvarag’idagi qoldiq uchun past foiz stavkalari qo`yish hisobiga qoplab oladi. 
Banklar va bank faoliyati to`g’risidagi qonunning 30-moddasiga muvofiq bank 


276 
xizmatlarining narxi mijozning bank Bilan tuzilgan shartnomasida albatta, 
ko`rsatilgan bo`lishi shart. Bu esa FKning 780-moddasiga zid keladi. FKning 3-
moddasi 2-qismiga muvofiq bunday holda FK normasi qo`llanadi. 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining «Bank hisob-kitob xizmatlari 
uchun to`lov undirish va hisob-kitob qilish tartibi to`g’risida»gi 1997 yil 8 dekabr 
Nizomiga muvofiq Markaziy Bank tomonidan kredit tashkilotlari va shu bankning 
mijozlariga ko`rsatadigan hisob-kitob xizmatlari uchun to`lov joriy etilgan. 
Hisob-kitob uchun to`lovlar quyidagi hollarda undirilmaydi: 
1. jamoa shartnomasi (kelishuvi)ga muvofiq ishchilar ish haqidan kasaba 
uyushmalari a’zolik badallarini o`tkazganlik uchun («Kasaba uyushmalari, 
ularning huquqlari va faoliyat kafolatlari to`g’risida»gi 1996 yil 12 yanvar 
qonunining 28-moddasi 3-qismi); 
2. kredit tashkiloti bo`lmagan va Markaziy Banki to`g’risidagi qonunining 
47-moddasiga muvofiq, Markaziy Bank xizmat ko`rsatayotgan mijozlarning hisob-
kitob operastiyalarini o`tkazishda; 
3. turli darajadagi byudjet mablag’lari va byudjetdan tashqarii davlat 
jamg’armalari mablag’larini o`tkazishda, bunda mablag’lar Markaziy Bankning 
idoralari ochilgan byudjet mablag’larining tasarruf etuvchilari va byudjetdan 
tashqaridavlat jamg’armalari hisobvarag’laridan o`tkazilishi shart; 
4. bank operastiyalarini amalga oshirish litsenziyasi olib qo`yilgan kredit 
tashkilotlarining likvidastiya komissiyalari korrespondent hisobvaraqlari bo`yicha 
hisob-kitob operastiyalarni amalga oshirishda; 
5. kredit tashkilotlarining Markaziy Bank bilan mablag’larni ko`chirib 
o`tkazishga oid hisob-kitob operastiyalarini amalga oshirishda: majburiy 
rezervlarga; depozitlarni joylashtirish bo`yicha; kreditlarni qa ytarish va kreditlar 
uchun foizlarni to`lash bo`yicha; Markaziy Bank foydasiga; naqd pul mablag’larini 
qo`lga kiritishga (shu jumladan, naqd pulni olish uchun Markaziy Bank idoralarida 
mablag’larni deponirovaniya qilishda); 
6. soliq to`lovchi, soliq agenti yoki boshqa majburiyatlarni shaxsning 
tegishli byudjetlar (byudjetdan tashqarii jamg’armalar)ga soliqni o`tkazish 
topshiriqlarini, shuningdek soliq organlarining soliq to`lovchi yoki bosha 
majburiyatli shaxsning pul mablag’lari hisobiga soliqni undirish haqidagi 
qarorlarini ijro etishda. 
FKning 782-moddasiga ko`ra, mijozning hisob-kitob xizmati bo`yicha 
to`lovni 
amalga 
oshirish 
majburiyatiga 
nisbatan 
qarama-qarshi 
to`lov 
majburiyatlari mavjud bo`lgan taqdirda o`zaro talablarni hisobga o`tkazishni 
qo`llashlari mumkin. 
Bankka hisob-kitob kassa operastiyalarini amalga oshirish uchun pul 
qoplamini taqdim etish majburiyati mijoz tomonidan hisobvarag’ini turli manbalar 
(uchinchi shaxslarning pul o`tkazmalari, qonunchilik tomonidan yo`l qo`yilgan va 
h.k hollarda naqd pullar kiritish) hisobiga to`ldirish yo`li bilan amalga oshiriladi. 
Bunda mijoz o`zining hamma pullarini aynan har doim ham foydali bo`lmagan 
bank hisobvarag’iga investistiya qilishga majbur emas. Biroq, u bank tomonidan 
hisob-kitob va kassa operastiyalarini to`sqinliklarsiz amalga oshirishi uchun etarli 
bo`lgan qoldiqning hisobvarag’ida mavjud bo`lishini ta’minlab turishi lozim. 


277 
Ko`rsatilgan majburiyatni amalga oshirmaslik bankning hisob-kitob va kassa 
operastiyalarni amalga oshirishni rad etish huquqini qo`llashga olib kelishi 
mumkin. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling