Toshkent davlat yuridik universiteti


Tavsiya etiladigan adabiyotlar


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
 
1.Mualliflar jamoasi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh. 
2-jild. –T.: Vektor-press, 2010. 
2.Eshonqulov S.Yu. Bozor munosabatlari sharoitida qarz shartnomasining 
fuqarolik-huquqiy muammolari: yurid. fan. nomz. dis. ... – Toshkent: 2012. 
3. Suyunova D.J. Pravovoe regulirovanie kreditnыx otnosheniy v Respublike 
Uzbekistan i puti ego sovershenstvovaniya: Avtoref. dis. ... dokt. yurid. nauk. – 
Tashkent: 2012. – 40 s. 
 
42-BOBPUL TALABNOMASIDAN BOShQA ShAXS FOYDASIGA 
VOZ KEChISh EVAZIGA MOLIYaLASh 
 
Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama 
qo`llab-quvvatlash, ularga turli moliyaviy xizmatlar ko`rsatish hamda tadbirkorlik 
subyektlarining hisob-kitoblarini maqbullashtirish har doim muhim ahamiyat kasb 
etgan. Bunda tadbirkorlik subyektlari va bank va moliya tashkilotlari o`rtasidagi 
munosabatlarini fuqarolik-huquqiy shartnomalari orqali tartibga solish bugungi 
bozor qonuniyatlariga har tomonlama mos keladi. Shu sababli ham banklar 
tomonidan moliyaviy xizmatlar ko`rsatishning yangi turlarining joriy etilishi talab 
va taklif, raqobatga asoslangan iqtisodiyot uchun alohida o`rin tutadi. Banklar 
tomonidan tadbirkorlik subyektlariga ko`rsatiladigan yangi xizmatlar turlaridan biri 
faktoring – pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga 
moliyalashdir. 
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash 
shartnomasi xalqaro amaliyotda, bozor iqgisodiyoti rivojlangan davlatlarda bundan 
yuz yillar avval “faktoring” (“faktor” –moliyaviy agent, komissioner so`zidan 
olingan) instituti sifatida ma’lum bo`lgan. Pul talabnomasidan boshqa shaxs 
foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasining mohiyati shundaki
uning bo`yicha mijoz moliya agentidan (ko`pchilik hollarda bular – banklar) 
mijozning mahsulot berish, ish bajarish yoki xizmat ko`rsatishdan kelib chiqadigan 
talab qilish huquklarini xaridor (buyurtmachi)ga taqdim etish evaziga pul 
mablag’larini berishdan iborat. Masalan, tovar yetkazib beruvchi ko`pincha 
yetkazib berilgan mahsulot uchun o`z majburiyatini bajarish bilan bir vaqtda to`lov 
olmaydi (oluvchi vaqgincha pul mablag’lari bo`lmagani sababli olingan tovar 
uchun to`lov mud-datini kechiktiradi). 
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash 
(faktoring) umumiy huquq doirasida Angliyada savdo sohasidagi vositachilik 


254 
bitimlari (vositachilik, topshiriq, agentlik shartnomasi) asosida shakllana 
boshlagan. Keyinchalik faktor o`zgargan va u tovarlar savdosidagi vositachilik 
funstiyasini bajaruvchidan mijoz tomonidan voz kechilgan debitorlik qarzdorlik 
evaziga uni moliyalovchi moliyachiga aylangan
36

Faktoring faoliyatining jadal rivojlanishi AQShda XIX asr oxiri va XX asr 
boshlarida kuzatilgan. G’arbiy Evropa mamlakatlarida faktoring instituti 1950-
yillarning ikkinchi yarimida paydo bo`la boshladi. Dastlab faktoring banklari va 
ixtisoslashgan faktoring jamiyatlari tuzilgan.
Faktoringning xalqaro huquqiy asosi 1988 yilda Ottava (Kanada) shahrida 55 
ta mamlakat tomonidan imzolangan va xalqaro unifikastiyalash instituti va xususiy 
huquq Kengashi tomonidan tasdiqlangan, UNIDRUA doirasida tayyorlangan 
xalqaro faktoring to`g’risidagi konvenstiyada yaratilgan. Konvenstiyaning maqsadi 
– faktoring ta’rifini unifikastiyalash va uni rivojlantirish uchun xalqaro huquqiy 
sharoit yaratishdir. Bunda milliy faktoring kompaniyalarining mol yetkazib 
beruvchilar va boshqa faktoring kompaniyalari bilan xususiy sharoitlarda 
shartnoma tuzish huquqi saqlanib qoladi. 
Ushbu konvenstiyaning 1-moddasiga ko`ra, faktoring shartnomasi deganda, 
mahsulot yetkazib beruvchi bilan faktor o`rtasida tuziladigan shunday shartnoma 
tushuniladiki, unga ko`ra: 
1) mahsulot yetkazib beruvchi o`z mijozlari bilan tuzilgan oldi-sotdi 
shartnomalari yuzasidan debitorlik qarzlarini to`plash (olish) huquqini faktorga 
topshiradi yoki topshirish majburiyatini o`z zimmasiga oladi. Bunda ushbu 
shartnomaga ko`ra, shaxsiy, oilaviy yoki uy-ro`zg’or ehtiyojlari uchun sotib 
olingan mol-mulklar shartnoma predmeti bo`la olmaydi; 
2) faktor quyida ko`rsatilgan funkstiyalardan hech bo`lmaganda ikkitasini 
bajarishi lozim: 
– mahsulot yetkazib beruvchini moliyaviy ta’minlash, shu jumladan ssuda 
berish yoki mahsuloti uchun oldindan haq to`lash orqali moliyalash; 
– debitorlik qarzlarini olish bilan bog’liq hisob (buxgalteriya hisob-kitoblari) 
olib borish; 
– debitorlik qarzlarini undirish; 
– debitorlarning qarzni to`lamasligidan himoyalanish; 
3) debitorlar mahsulot yetkazib beruvchi shaxs yuborgan debitorlik 
qarzlarini talab qilib olish huquqi boshqa shaxsga o`tkazilganligi to`g’risidagi 
yozma xabarnomani olgan bo`lishlari lozim.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling