Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Taraflar. Ushbu shartnomada bir tomonda xizmat ko`rsatuvchi ijrochi,
ikkinchi tomonda esa ana shu xizmatdan foydalanuvchi buyurtmachi ishtirok etadi. Buyurtmachi bo`lib fuqarolar, shuningdek, yuridik shaxslar, ijrochi bo`lib esa, haq evaziga xizmat ko`rsatish huquqiga ega bo`lgan va xizmat ko`rsatish uchun belgilangan tartibda ruxsat olgan fuqaro yoki tashkilotlar qatnashadilar. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun ruxsatnoma olgan fuqarolar ham haq evaziga xizmat ko`rsata oladilar. Haq evaziga xizmat ko`rsatuvchi korxonalar davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan boshlab, yuridik shaxs hisoblanadi va xizmat ko`rsatish faoliyatiga ega bo`ladi. Xizmat turlarini huquqiy tartibga solishga oid bir qator qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Xususan, Fuqarolik kodeksining 708-moddasida pudrat to`g’risidagi umumiy qoidalar va maishiy pudrat to`g’risidagi qoidalar ushbu bob qoidalariga zid bo`lmasa, haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasiga nisbatan qo`llanilishi nazarda tutilgan. Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasida taraflar sifatida buyurtmachi va ijrochi ishtirok etadi. Buyurtmachi – tegishli xizmat ko`rsatilishidan manfaatdor bo`lgan va bu xizmatni o`ziga yoki u ko`rsatgan boshqa shaxsga ko`rsatilishi uchun buyurtma beruvchi shaxs. Masalan bunday subyekt bo`lib, tibbiy xizmiatga muxtoj bo`lgan har qanday fuqarolar buyurtmachi bo`lishi mumkin. Mazkur shartnomada buyurtmachi sifatida xizmat turiga qarab fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat organlari qatnashishlari mumkin. Ijrochi – buyurtmachi bilan kelishgan holda o`z zimmasiga olgan xizmatni haq evaziga amalga oshiruvchi, tegishli malaka, mutaxassislikka va vakolatga ega bo`lgan shaxs. Masalan, sayyohlik firmalari ijrochi sifatida sayyohlik xizmatini ko`rsatuvchi subyektlar bo`lib hisoblanishi mumkin. Masalan, sayyohlik firmalari ijrochi sifatida sayyohlik xizmatini ko`rsatuvchi subyektlar bo`lib hisoblanishi mumkin. Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasida ijrochi bo`lib, tegishli xizmatni amalga oshiruvchi fuqarolari, yuridik shaxslar, davlat muassasalari qatnashishlari mumkin. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling