Toshkent davlat yuridik universiteti
Haq evaziga xizmat ko`rsatishning turlari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Haq evaziga xizmat ko`rsatishning turlari. Haq evaziga xizmat ko`rsatish
shartnomasi bir necha turlari mavjud. Xizmat ko`rsatish o`z huquqiy tabiatiga ko`ra, aloqa xizmati, tibbiy xizmat, veterinariya xizmati, auditorlik xizmati, huquqiy xizmat, maslahat xizmati va shunga o`xshash boshqa turlar shular jumlasidandir. Qayd etilgan xizmatlar o`z xususiyati, xizmat ko`rsatish holati, xarakteri va huquqiy tartibga solinish sohasiga qarab, bir-biridan farqlanadi. Ammo ularning umumiy o`xshashligi ham mavjud. Shu bois xizmat ko`rsatish shartnomasini tuzishda uning har bir turini huquqiy tartibga solishning o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olish lozim. Ushbu o`rinda shuni qayd etish kerakki, xizmat turlarining har birida shartnoma taraflari, ya’ni ijrochi va buyurtmachining huquq va majburiyati xizmat turiga qarab farq qilishi mumkin. Masalan, aloqa xizmati ko`rsatish shartnomasiga muvofiq, xizmat ko`rsatuvchi tashkilot buyurtmachilarga pochta jo`natmalarini belgilangan manzilga jo`natish, mijozlarga kunlik matbuot xabarlarini, shuningdek, gazeta, jurnallarni ularning uyiga yoki boshqa belgilangan joylarga vaqtida yetkazib berish, telefon xizmati ko`rsatish kabi tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan burchlarni o`z vaqtida maromiga yetkazib bajarish bo`lsa, buyurtmachilar esa buning uchun belgilangan xizmat haqini to`lab turishga majbur bo`ladi. Bundan tashqari, boshqa haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomalarini misol sifatida ko`rsatish mumkin. Xususan, tibbiy xizmat ko`rsatishda esa, bu xizmatni bajarishga ixtisoslashgan tashkilot, shuningdek, etarlicha tibbiy xizmat ko`rsatishga tegashli bilim va hujjatlarga ega bo`lgan hamda ruxsat olgan shaxslar, tibbiy xizmat ko`rsatish huquqiga ega bo`ladi. Ular esa fuqarolarga malakali xizmat ko`rsatish majburiyatini oladi. Tibbiy xizmatdan foydalanuvchilar agar bunday xizmat ko`rsatish tekinga bajariladigan bo`lmasa, kelishilgan haqni to`lashga majbur bo`ladi. Shuningdek, veterinariya xizmati bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi tashkilot buyurtmachi fermerlarga yoki aholiga malakali xizmat ko`rsatish majburiyatini olsa, buyurtmachi esa shartnoma bo`yicha belgilangan xizmat haqini va boshqa majburiyatlarni bajarishi shart. Axborot, maslahat berish va sayyoxlik xizmati ko`rsatish bo`yicha bu vazifalarni bajaruvchi tashkilot tegishli xizmatni shartnoma bo`yicha sifatli bajarishga, buyurtmachi esa kelishilgan xizmat haqini o`z vaqtida to`lashga majbur bo`ladi. Huquqiy xizmat ko`rsatuvchi notarius, advokatura va 219 boshqa huquqiy xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar, firmalar qonun hujjatlari va taraflar o`rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq xizmat ko`rsatishga, buyurtmachilar esa kelishilgan haqni belgilangan vaqtda va tartibda to`lashga majbur bo`ladi. Ta’lim (repetitorlik) xizmati tegishli guvohnomasi, ya’ni ruxsatnomasi bo`lgan va malakali ixtisosga ega, xususiy tadbirkor tomonidan yoki bu faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega bo`lgan firma tomonidan ko`rsatiladi. Mijoz, ya’ni ta’lim olishga muxtoj shaxs belgilangan yoki kelishilgan xizmat haqini to`lashga majbur bo`ladi. Auditorlik xizmat bo`yicha auditor yoki auditorlik firmasi mijoz tashkilotga shartnomaga muvofiq sifatli xizmat ko`rsatish majburiyatini olsa, buyurtmachi tashkilot shartlashilgan xizmat haqini o`z vaqtida to`lashga majbur bo`ladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling