Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Loyiha va qidiruv ishlari pudrati


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

4 §. Loyiha va qidiruv ishlari pudrati 
Shartnoma tushunchasi va ahamiyati. Loyiha va qidiruv ishlari pudrati 
shartnomasi o`zining predmetiga ko`ra, pudrat shartnomalarining mustaqil turi 
hisoblanadi. Mazkur shartnoma o`zining mohiyatiga ko`ra qurilish shartnomasi 
bilan uzviy bog’liqdir, chunki loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasi 
bo`yicha pudratchi (loyihalovchi, qidiruvchi) buyurtmachining topshirig’i bo`yicha 
sharnomada belgilangan muddatda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va 
(yoki) qidiruv ishlarini bajarish majburiyatini, buyurtmachi esa uni qabul qilib 
olish va haq to`lash majburiyatini oladi (FKning 686-moddasi). Bu shartnoma ko`p 
hollarda qurilish pudrati shartnomasi tuzilishidan oldin tuziladi. Ba’zi hollarda 
loyiha va qidiruv ishlari pudrati va qurilish pudrati shartnomasi bo`yicha pudratchi 
bo`lib bir shaxs ishtirok etishi ham mumkin. Bunda qurilish pudrati shartnomasini 
tuzishda taraflardan biri-pudratchi yoki buyurtmachi zimmasiga kelishilgan 
muddatda qurilishning loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash va ikkinchi tomonga 
tanishib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim qiladi. Odatda loyihalash va qidiruv 
ishlari tegishli obyektni qurishga nisbatan murakkab va alohida malaka hamda 


206 
bilim talab qilganligi uchun bunday faoliyat bilan maxsus muassasalar 
shug’ullanadilar. 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 iyundagi 
236-sonli “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g’risida”gi O`zbekiston 
Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi Qarori bilan 
faoliyatning alohida turlarini litsenziyalashni amalga oshiruvchi organlarning 
ro`yxati belgilangan. 
Tegishli tarzda litsenziya olgan yuridik shaxslar loyiha va qidiruv ishlari 
pudrati shartnomasida pudratchi bo`lib ishtirok etishlari mumkin. Loyiha va 
qidiruv ishlari pudratiga tegishli maxsus qoidalar va pudrat to`g’risidagi umumiy 
qoidalarga muvofiq, taraflar shartnomani faqat loyiha ishlari bo`yicha yoki qidiruv 
ishlari bo`yicha ham tuzishlari mumkin. Buyurtmachida pudratchini tanlash va 
unga ish topshirish huquqi saqlanib qoladi. 
Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasini tartibga solishda Fuqarolik 
kodeksi bilan bir qatorda O`zbekiston Respublikasi 2002-yil 4-aprelda qabul 
qilingan Shaharsozlik kodeksi va boshqa me’yoriy hujjatlar ham muhim 
ahamiyatga 
ega. 
Taraflar 
o`rtasidagi 
munosabatlarni 
tartibga 
solishda 
shartnomaning ahamiyati juda katta rol o`ynaydi. Faqat shartnomagina qonun yoki 
me’yoriy hujjatlarda ko`zda tutilmagan, lekin yo`l qo`yilgan harakatlarni amalga 
oshirishda 
ikkala 
tomon 
uchun 
mas’ul 
bo`lgan 
shartlarni 
o`zida 
mujassamlashtirishi mumkin. pudratchi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling