Toshkent davlat yuridik universiteti
Shartnomaning shakli, muddati. Shartnoma bo`yicha taraflarning
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
3. Shartnomaning shakli, muddati. Shartnoma bo`yicha taraflarning javobgarligi Ayirboshlash shartnomasi, odatda, fuqarolar o`rtasida tuzilganda va shartnoma predmetining bahosi eng kam oylik ish haqining o`n baravarigacha bo`lgan hollarda og’zaki shaklda tuzilishi mumkin. Shuningdek, yozma shaklda tuzilgan shartnomani bajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonun hujjatlari va shartnomaga zid bo`lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og’zaki tuzilishi mumkin (FK, 106-modda, 3-band). Qolgan hollarda, ya’ni yuridik shaxslarning o`zaro va fuqarolar bilan tuzgan ushbu turdagi bitimlari, fuqarolar o`rtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining o`n baravaridan ortiq summadagi bitimlari 17 //Ўзбекистон Республикаси Ҳукуматининг қарорлари тўплами, 1993 йил, 10-сон. 18 //Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2003 йил, 1-2-сон, 3-модда; 2005 йил, 37-38-сон, 282-модда; 2008 йил, 14-15-сон, 95-модда; 2011 йил, 43-44-сон, 461-модда; 2014 йил, 28-сон, 336-модда. 81 yozma shaklda tuziladi. Ba’zi hollarda shartnomaning predmeti er uchastkalari va boshqa ko`chmas mol-mulklar bo`lganda, bunday bitimlar notarial tasdiqlanishi va davlat ro`yxatidan o`tkazilishi talab qilinadi (FK, 110-111-moddalari tartibida). Shuningdek, FK 497-moddasining 2001 yil 7 dekabrdagi tahririga ko`ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazilishi lozim bo`lgan avtomototransport vositalarini ayirboshlash shartnomasi notarial tasdiqlangan bo`lishi kerakligi belgilandi. Shubhasiz, shartnoma shakliga doir yuqoridagi talablarga rioya qilmaslik bir qancha xuquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi (FK, 109, 112-mm.). Ayirboshlash shartnomasining muddati taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi. Shartnoma bo`yicha javobgarlik oldi-sotdi shartnomasidagi javobgarlikka juda o`xshab ketadi. Umumiy holda FKning 393-moddasiga ko`ra, sotuvchi tovarni sotib oluvchiga uchinchi shaxslar ning har qanday huquqlardan ozod holda topshirishi shart, deb belgilab qo`yilgan. Qonunda agar topshirilgan tovarni sotab oluvchidan uchinchi shaxslar olib qo`yadigan bo`lsa, sotuvchi tarafning bevosita javobgarligi belgilab qo`yilgan. Ya’ni, FKning 501-moddasiga ko`ra, ayirboshlash shartnomasi bo`yicha olgan tovarini uchinchi shaxslar olib qo`ygan taraf, FKning 395-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo`lsa, boshqa tarafdan ayirboshlash asosida olingan tovarni qaytarishni yoki zararni qoplashni talab qilishga haqli. Ko`rinib turibdiki, ayirboshlanayotgan tovarni uchinchi shaxslar huquqidan ozod qilmasdan ayirboshlash keyinchalik bunday harakatni amalga oshirgan tarafning javobgarligini keltirib chiqarar ekan. Biroq shuni esda tutish kerakki, sotib oluvchi uchinchi shaxsxiarning huquqlari bo`lgan tovarni qabul qilishga rozilik bergan hollar bundan mustasnodir. Shartnoma bo`yicha ayirboshlanayotgan tovarlarning miqdori, assortimenti, uning sifati, tovarning butligi muhim unsur hisoblanib, ularni shartnomada kelishilganidek bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik tegishincha taraflarning javobgarligini keltirib chiqaradi. Xususan, tovarni topshiruvchi shartnoma shartlarini buzib, tovarni qabul qilib oluvchiga shartnomada belgilangan miqdordan kam tovar topshirgan bo`lsa, tovarni qabul qilib oluvchi agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tugalmagan bo`lsa, tovarning etishmayotgan miqstorini topshirishni talab qilishga yo topshirilgan tovardan va uning haqini to`lashdan bosh tortishga, bordi-yu uning evaziga kelishilgan tovar topshirilgan bo`lsa, oldin topshirib qo`yilgan tovarni qaytarib berishni talab qilishga haqli. Umuman, ayirboshlash shartnomasi bo`yicha ko`p hollarda oldi-sotdiga doir qoidalar qo`llanilgani bois, bu haqdagi normalar batafsilroq oldi-sotdiga bag’ishlangan bobda keltirildi. Shuni aytish kerakki, qonunda belgilanganidan tashqari, to`g’ridan-to`g’ri shartnoma bo`yicha ayirboshlash natijasida ham javobgarlikning boshqa turlari nazarda tutishi mumkin. Ayirboshlash shartnomasi bo`yicha javobgarlik faqat bir tarafda emas, har ikki tarafda ham yuzaga kelishi mumkin. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling