Toshkent davlat yuridik universiteti


 Shartnomada qatnashuvchi taraflar, ularning huquq va


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
2. Shartnomada qatnashuvchi taraflar, ularning huquq va 
majburiyatlari 
 
Shartnomada qatnashuvchi taraflar hadya qiluvchi va hadya oluvchi deb 
atalib, o`z navbatida, ular fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat bo`lishi mumkin. 
Hadya fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma bo`lgani bois, hadya qiluvchi va 
hadya oluvchi muomala layoqatiga ega bo`lishi lozim. Ba’zan muomala layoqatiga 


85 
ega bo`lmagan shaxslar nomidan shartnomalarni ularning qonuniy vakillari 
tuzadilar. 
Ayni paytda qonunchilikda istisno holat ham mavjud bo`lib, ya’ni FKning 
29-moddasi, ikkinchi qism, ikkinchi bandiga asosan olti yoshdan o`n to`rt 
yoshgacha bo`lgan kichik yoshdagi bolalar tekin manfaat ko`rishga qaratilgan, 
notarial tasdiqlashni yoki davlat ro`yxatidan o`tkazishni talab qilmaydigan 
bitimlarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar. O`n to`rt yoshdan o`n 
sakkiz yoshgacha bo`lgan voyaga etmaganlar o`zlari mustaqil ravishda hadya 
qiluvchi va hadya oluvchi sifatida qatnashib, shartnomani o`z stipendiyalari, ish 
haqlari va qonunda ko`zda tutilgan boshqa daromadlari miqdorida tuzishlari 
mumkin. Lekin ular mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan ashyolarni tasarruf qilish 
huquqiga ega emaslar. Bunday bitimlarni amalga oshirish uchun u qonuniy 
vakillarining roziligini olishi kerak. Chunki hadya ularning sog’lig’iga zarar 
etkazishi, yashirin daromadlarga ega bo`lishiga olib kelishi, pirovardida ularning 
huquqlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayrim shaxslarga hadya shartnomasini 
tuzishda rad qilish va chegaralash qo`yilgan (FKning 505-moddasi tartibida). 
Qonun er-xotinlar o`rtasida hadya shartnomasi tuzilishini cheklamaydi. 
Hadya qilingan mol-mulk, ashyo yoki mulkiy huquq hadya oluvchining shaxsan 
o`zigagina tegishli bo`ladi. Aytaylik, er-xotinning nikoh davomida (yoki nikohga 
qadar) hadya hisobiga orttirgan mol-mulklari ulardan har birining o`z mulki 
hisoblanadi
20
. Binobarin, undan haq undirishga yoki boshqacha tarzda 
o`zlashtirishga faqat mulkdorning roziligi bilangina yo`l qo`yiladi. 
Shartnoma yuzasidan taraflarning huquq va majburiyatlari uni bajarishdan 
bosh tortib, hadyani bekor qilish jarayonlari bilan uzviy bog’liq. Umumiy holda, 
hadya bo`yicha hadya qiluvchi mulkni yoki unga nisbatan bo`lgan mulkiy huquqni 
hadya oluvchiga topshirishga, hadya oluvchi esa uni qabul qilib olishga majburdir. 
Biroq ayni paytda, quyidagi hollarda:
birinchidan, hadya qiluvchining moddiy ahvoli jiddiy yomonlashganligi 
tufayli, u kelgusida hadya oluvchiga ashyoni yoki mulkiy huquqni yoxud mulkiy 
majburiyatdan ozod etish va’da qilingan shartnomani bajarishdan bosh tortishga 
haqli. Lekin hadya qiluvchining bunday ahvolga tushib qolishi oldindan ma’lum 
bo`lmasligi lozim; 
ikkinchidan, hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a’zolarining yoki 
yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sog’lig’iga qarshi ataylab jinoyat sodir 
qilingan hollarda hadya qiluvchi shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqlidir 
(bunday hollarda shartnomani bekor qilishga sud tartibida yo`l qo`yiladi). 
Shuni aytish kerakki, yuqoridagi asoslar hadya qiluvchining aybini istisno 
etgani sababli, uning hadya shartnomasini bajarishdan bosh tortishi hadya 
oluvchiga bu bilan bog’liq zararni qoplashni talab qilish huquqini bermaydi. 
Yuqorida aytganimizdek, hadya bo`yicha taraflarning subyektiv huquq va 
majburiyatlari hadyani bekor qilish va undan voz kechish bilan uzviy bog’liq. 
Masalan, hadya oluvchi hadyadan quyidagi hollarda voz kechishi mumkin: 
- ashyoning nobud bo`lishi tufayli; 
20
Ўзбекистон Республикасининг Оила кодекси (25-модда). –Т.: Адолат, 2014. 


86 
- ashyo fuqarolik muomalasida bo`lmagani tufayli (FK, 82-modda); 
- va’da qilingan harakatlarni sodir etish uchun cheklashlar mavjud bo`lsa. 
Bunday majburiyatlar, odatda, bajarish mumkin bo`lmagani tufayli bekor 
qilinadi. Biroq ashyo hadya qiluvchining qasddan yoki ehtiyotsizligidan sodir 
etgan harakatlari oqibatida nobud bo`lsa, u hadya oluvchiga etkazgan zararlarni 
qoplash majburiyatini oladi. 
Hadya qiluvchining subyektiv huquqlari hal qiluvchi rol o`ynagani va 
shaxsga tekinga o`tkazilgani bois, ushbu munosabatlarda qonunchilik hadya 
qiluvchiga bir qator ustuvorliklar beradi. Chunonchi, agar hadya oluvchining hadya 
qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega bo`lgan hadya buyumga nisbatan 
muomalasi uning butunlay yo`q bo`lib ketishi xavfini solsa, hadya qiluvchi 
hadyani sud tartibida bekor qilishga haqli. Demak, bu hadya oluvchining hadyaga 
nisbatan vijdonan munosabatda bo`lishini va uni saqlash majburiyatini yuklaydi. 
Shuningdek, manfaatdor shaxsning talabiga binoan sud yakka tadbirkor yoki 
yuridik shaxsning bankrotlik to`g’risidagi qonun hujjatlari qoidalarini buzib, 
bankrot deb e’lon qilinishdan oldingi bir yil ichida tadbirkorlik faoliyati bilan 
bog’liq mablag’lar hisobidan qilgan hadyasini bekor qilishi mumkin. Bu holat, 
shubhasiz, kreditorlar manfaatlarini ko`zlab amalga oshiriladi. 
Hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan 
taqdirda hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qo`yilishi 
mumkin. Bu jihatdan hadyani shartli bitimlar sirasiga kiritish mumkin (FK, 104-
modda). 
Hadya bekor qilingan hollarda ashyo hadya qiluvchiga, agar u hadya bekor 
qilingan paytda asl holatida saqlanib qolgan bo`lsa, qaytarilishi lozim. Hadya 
oluvchining hadyadan olgan daromadlari uning o`z tasarrufida qoladi. Agar ashyo 
uchinchi shaxslarga o`tkazilgan bo`lsa, uni qaytarishning imkoni bo`lmaydi. Bordi-
yu, hadya qiluvchi hadya oluvchining hadyani qaytarib bermaslik uchun uchinchi 
shaxslarga o`tkazganligini isbotlasa, u hadya oluvchiga nisbatan da’vo qo`zg’atish 
huquqiga ega bo`ladi. Agar ashyo taraflarning o`zaro kelishuvi asosida hadya 
qiluvchiga qaytarilgudek bo`lsa, bunday kelishuvni yangidan tuzilgan hadya deb 
tushunish mumkin. 
Hadya tekinga tuziladigan shartnoma bo`lgani bois hadya oluvchi 
topshirilayotgan mulkning sifatsizligi haqidagi talablarni qo`yishga haqli emas. 
Albatta, topshirilayotgan ashyo sifatsiz, butsiz, uning kamchiliklari bo`lishi 
mumkin, biroq bu hadya oluvchining hayoti, sog’lig’i yoki mol-mulkiga zarar 
etkazmasligi kerak. Bunday hollarda hadya qiluvchining bu haqda hadya oluvchini 
ogohlantirgani isbot qilinishi talab etiladi. 
Mazkur shartnomaning o`ziga xos jihatlaridan biri bu hadya va’da qilinganda 
huquqiy vorislikdir. FK 510-moddasining mazmuniga ko`ra, hadya shartnomasiga 
muvofiq hadya va’da qilinganda hadya oluvchining huquqlari uning merosxo`rlari 
(huquqiy vorislari)ga o`tmaydi, hadya berishni va’da qilgan shaxsning 
majburiyatlari esa uning merosxo`rlari (huquqiy vorislari)ga o`tadi. Demak, hadya 
qilishda hadya beruvchining va’dasi muayyan huquqiy ahamiyatga ega, ya’ni u 
kelgusida fuqarolik huquq va majburiyatlarni keltirib chiqaradi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling