Toshkent davlat yuridik universiteti
Umrbod ta’minlash sharti bilan
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Umrbod ta’minlash sharti bilan
uy-joy (kvartira)ni boshқa shaxsga berish shartnomasi subyektlari 101 Qonunda umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi umrbod renta shartnomasidan farqli ravishda beriladigan moddiy ta’minotning eng kam miqdorini belgilab bermaydi. Biroq, beriladigan moddiy ta’minotning bir oylik miqdorini belgilash talab qilinadi. Ushbu qoida shartnomada “zaif taraf” hisoblangan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga beruvchining manfaatlarini himoyalashga xizmat qiladi hamda u qonunda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori oshirilishi munosabati bilan o`ziga beriladigan ta’minot miqdorini tegishlicha ko`paytirishni talab qilishiga imkon yaratadi. Haqiqatan ham shartnomada taqdim qilinadigan moddiy ta’minotni ko`paytirish yoki kamaytirish haqida shart nazarda tutilishi mumkin. Taraflar shartnoma predmeti bo`lgan uy-joy (uyning bir qismi), kvartira qiymatini aniqlashda baholovchi tashkilotlarni jalb qilishi mumkin. O`zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to`g’risida”gi qonunning 18–moddasiga muvofiq, baholovchi tashkilot tomonidan baholanadigan obyektning qiymati qoida tariqasida tavsiyaviy xarakter kasb etadi. Obyektni baholashda uning bozor qiymati o`rganilishi, o`xshash obyektlar bilan solishtirilishi, joylashgan hududning ijtimoiy infratuzilmasa, obodonlashtirilganligi, transport qatnovi tizimi va boshqa jihatlarga e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq. Uy-joylarni tasarruf etish bilan bog’liq boshqa bitimlar kabi umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi ham yozma shaklda tuzilishi va notarial tasdiqlanishi lozim (FK 488, 497, 504–moddalari). Bundan tashqari FK 84 va 111–moddalari talabiga ko`ra mazkur shartnoma uy-joy (uyning bir qismi), kvartira joylashgan hududdagi er tuzish va ko`chmas mulk kadastr xizmatida ro`yxatdan o`tkazilishi lozim. Ko`rsatib o`tilgan talablarga rioya qilmaslik umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasini haqiqiy bo`lmasligini keltirib chiqaradi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling