Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 33-bob. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish 1-§. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga
Nazorat uchun savollar:
1. Odatda, aksariyat hollarda fuqarolik huquqi subyektlari renta shartnomasini emas, balki ijara shartnomasini tuzishadi. Ushbu shartnomalarning 98 o`xshash va farqli jihatlari nimada? Renta shartnomasining ommaviylashmaganligi sabablari nimada deb o`ylaysiz? 2. Mol-mulkni renta shartnomasi asosida begonalashtirgan shaxs uchun ushbu shartnomaning afzalliklari nimalarda ko`rinadi? 3. Fuqaro A. o`ziga tegishli bo`lgan 10 gektar mevali bog’ni boshqa fuqaro B.ga doimiy renta asosida topshirdi. Oradan 10 yil o`tgach, B. yozma ravishda A.ga doimiy rentani sotib olish istagini bildirdi. Taraflar 2015 yil yanvarda 10 million so`mga oldi-sotdi shartnomasini tuzdilar. 2015 yilning aprel oyida B. to`lovni amalga oshirdi. Biroq, A. 2015 yil 1-choragi uchun renta to`lovini talab qildi. B. esa, ushbu davrda bog’da hosil bo`lmagani sababli to`lamasligini bildirdi. Nizo qanday hal qilinadi? 4. Fuqaro A. o`ziga mulk huquqi assoida tegishli bo`lgan hovlini ota onasi D. va J. foydasiga umrbod renta to`lash asosida V.ga topshirdi. Shartnoma tuzilgandan keyin 2 yil o`tgach A. vafot etadi. Uning merosxo`ri bo`lgan o`g’li G. umrbod rentani bekor qilishni va bobo va buvisini o`z qaramog’iga olishini so`rab sudga murojaat qildi. Masala qanday hal qilinadi? 99 33-bob. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish 1-§. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi tushunchasi va mohiyati Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi uy-joy mulkdori bo`lgan keksalar (nogironlar) bilan uy-joyi bo`lmagan yoshlar manfaatini uyg’unlashtirishga xizmat qiladi. Ushbu shartnoma keksalarni ijtimoiy himoya qilish, yoshlarni keksalarga g’amxo`rlik qilgan holda uy-joyga ega bo`lish imkoniyatini ta’minlaydi. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi umrbod renta shartnomasi bilan umumiy o`xshash jihatlarga ega. Jumladan, mazkur shartnoma ham ta’minot oluvchining shaxsi bilan bog’liq ya’ni, uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani beruvchi hayoti davomida shartnoma amal qiladi. Shu bilan birga ushbu shartnomalar o`ziga xos xususiyatlarga ham ega bo`lib, umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani boshqa shaxsga berish cheklangan xarakter kasb etadi. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasiga muvofiq, bir taraf (oluvchi) yoshi yoki sog’lig’i tufayli mehnatga layoqatsiz bo`lgan boshqa taraf (boshqa shaxsga beruvchi)ni natura holida (uy-joy berish, ovqatlantirish, parvarishlash va zarur yordam ko`rsatish tarzida) umrbod moddiy ta’minlash majburiyatini oladi, boshqa shaxsga beruvchi esa oluvchiga uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani mulk qilib berish majburiyatini oladi (FKning 530–moddasi). Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi taraflari bo`lib faqat fuqarolar ishtirok etadi. Bunda moddiy ta’minot oluvchi, ya’ni uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani boshqa shaxsga beruvchi bo`lib yoshi yoki sog’lig’i tufayli mehnatga layoqatsiz bo`lgan fuqaro qatnashadi. Umrbod rentada esa, renta oluvchi fuqaroga bunday talab qo`yilmagan. FK 530–moddasida ko`rsatilishcha, umrbod ta’minlash sharti bilan topshiriladigan mol-mulk faqat ko`chmas mulkning bir turi bo`lgan uy-joy (uyning bir qismi), kvartira hisoblanadi. Bunda uyning bir qismi shartnoma predmeti sifatida berilishi mumkin. Uy-joy kodeksining 9- va 10–moddalariga ko`ra, fuqarolarning doimiy yashashiga mo`ljallangan, belgilangan sanitariya, yong’inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar sifatida foydalanishga mo`ljallangan joylar turar joy hisoblanadi. Uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani boshqa shaxsga beruvchiga beriladigan moddiy ta’minot qoida tariqasida natura tarzida beriladi. Bunday ta’minot uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani boshqa shaxsga beruvchini uy-joy berish, ovqatlantirish, parvarishlash va uning zarur bo`lgan boshqa yordam tarzida berilishi mumkin. Faqatgina uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani oluvchi tomonidan shartnoma yuzasidan majburiyatlarini bajarmasa yoki tegishli darajada bajarmasa, boshqa shaxsga beruvchi ta’minotni vaqti-vaqti bilan haq tarzida to`lab 100 turishga almashtirishni talab qilishi mumkin. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy- joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasida renta shartnomasi bo`yicha renta to`lovchi va renta oluvchidan farqli ravishda uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani boshqa shaxsga beruvchi va ta’minot beruvchi o`rtasidagi aloqa nisbatan davriy emas, kundalik va uzlukzsiz bo`lishi nazarda tutiladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling