Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
2-§. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasining shakli va shartlari Qonunda umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasining muhim sharti jumlasiga taqdim qilinadigan moddiy ta’minot turi, ularning pul bilan ifodalangan bir oylik bahosini, shuningdek, uy-joy (uyning bir qismi), kvartiraning qiymatini belgilab beradi. FKning 530–moddasida beriladigan moddiy ta’minotning taxminiy turlari – uy-joy, ovqatlantirish, parvarishlash ko`rsatib o`tilgan. Ta’minot oluvchining ehtiyoji uchun taqdim qilinadigan uy-joy ta’minot oluvchining o`zi begonalashtiradigan uy-joyda ham, shuningdek u erdan boshqa joyda joylashgan ham bo`lishi mumkin. Begonalashtiriladigan uy-joy uni oluvchiga mulk sifatida o`tishi sababli, umrbod ta’minot beruvchi ushbu uy-joy bilan bog’liq barcha majburiy to`lovlarni, jumladan soliqlar, kommunal to`lovlar to`lashi hamda uy- joyni saqlash bilan bog’liq harajatlarni amalga oshirishi shart. Taqdim qilinadigan moddiy ta’minotning taxminiy ro`yxati taraflar uchun majburiy xarakterga ega emas. Chunki, ular shartnomada ta’minot oluvchi uchun zarur bo`lgan boshqa moddiy ta’minot turini, masalan kiyim kechak, dori darmon bilan ta’minlab turish majburiyatini ham belgilashlari mumkin. oluvchi fuqaro natura holida (uy-joy berish, ovqatlantirish, parvarishlash va zarur yordam ko’rsatish tarzida) umrbod moddiy ta’minlaydi majburiyatini yoshi yoki sog`lig`i tufayli mehnatga layoqatsiz fuқaro uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani mulk qilib beradi Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling