Toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to’lash


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
4-§. Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to’lash 
 
Ijaraga oluvchining asosiy majburiyatlaridan biri bu - mol-mulkdan 
foydalanganlik uchun o’z vaqtida to’lovlarni to’lash hisoblanadi, chunki mulk 
ijarasi shartnomasi - haq evaziga tuziladigan shartnomalar turkumiga kiradi.
Mulk ijarasi shartnomasida taraflar o’z xohishiga qarab mol-mulkdan 
foydalanganlik uchun haq to’lash tartibi, shartlari va muddatlarini belgilaydilar. FK 
354–moddasiga ko’ra, mazkur shartning mazmuniqonunchilikda imperativ norma 
tarzida ko’rsatib qo’yilishi mumkin. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish 
tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan davlat 
ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to’lovining eng kam stavkalari 
O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni 
rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan taqdim etilgan hamda Moliya vazirligi va 
Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan ijaraning eng kam stavkalarini hisoblab 
chiqish asosida tegishli koeffistientlar belgilangan holda har yili 31 dekabrgacha 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklari tomonidan tasdiqlanishi belgilangan. Mol-mulkning boshqa turlari 
uchun ijara to’lovi stavkasi:
agar ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan 
samarali foydalanish muddatidan ortiq bo’lmasa yoki ushbu muddatga teng bo’lsa, 
yoki amalda foydalanilgan muddatni aniqlash mumkin bo’lmasa - mol-mulk 
tiklanish qiymatining 30 foizidan; 
agar ijaraga topshirilayotgan mol-mulkdan amalda foydalanilgan muddat 
undan samarali foydalanish muddatidan ortiq bo’lsa - mol-mulk tiklanish 
qiymatining 20 foizidan kam bo’lishi mumkin emas. 
Shu bilan birga qonun mol-mulkdan foydalanganlik uchun to’lanadigan haq 
to’g’risidagi shartni shartnomaning muhim sharti sifatida belgilamaydi, bino yoki 
inshootlar ijarasi shartnomasi bundan mustasno. Shu munosabat bilan agar 
shartnomada mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to’lash tartibi, shartlari va 
muddati belgilanmagan bo’lsa, har bir muayyan holatda shunday mol-mulk uchun 
o’xshashvaziyatlarda qo’llaniladigan haq bo’yicha aniqlanadi. 
Qonun mol-mulkdan foydalanganlik uchun to’lanadigan haqning turlari va 
shakllarini nazarda tutadi. Ko’rsatib o’tilgan usulda haq to’lash tugal bo’lmasdan, 
taraflar shartnomada boshqacha tarzda haq to’lashni ham belgilashlari mumkin. 
Mol-mulkdan foydalanganlik uchun to’lanadigan haq ijaraga olingan 
mulklarning barchasi uchun yoki ularning har bir qismi bo’yicha alohida to’lanishi 
mumkin. Jumladan, mazkur qoida bo’linadigan va murakkab ashyolarga nisbatan 
qo’llaniladi. 
Mulk ijarasi shartnomasi yuzasidan pul to’lovlarini to’lash eng ko’p 
tarqalgan to’lov shakli bo’lib, qoida tarzida vaqti-vaqti bilan yoki bir yo’la 


113 
to’lanadi. Ushbu holatda haq to’lashda masalan, davlat mulki ijarasi bo’yicha ijara 
to’lovi teng ravishda vaqti vaqti bilan (har chorakda, har oyda va h.k.) to’lanadigan 
to’lov hisoblanadi. To’lov har bir davr (chorak, oy) uchun oldindan haq to’lash 
tarzida amalga oshiriladi. Agar davlat mulkini ijaraga oluvchi ushbu mol-mulkni 
kapital yoki joriy ta’mirdan chiqarsa, u holda uning harajatlari ijara to’lovlarini 
kamaytirish hisobiga qoplanadi (“Davlat mulkini ijaraga berish tartibi 
to’g’risida”gi Nizomning 23-bandi). 
Ijaraga olingan mol-mulkni yaxshilash bo’yicha ijaraga oluvchi zimmasiga 
shartnomada kelishilgan harajatlarni yuklanishi ijaraga beruvchiga ijaraga oluvchi 
hisobidan bino va inshootlarni kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilishiga imkon 
beradi.
Ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanganlik uchun to’lanadigan to’lov 
miqdori taraflar o’rtasida shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda, biroq bir 
yilda ko’pi bilan bir marta qayta ko’rib chiqilishi mumkin. Agar qonunchilikda 
mol-mulklarning alohida turlari uchun haq to’lash miqdorini qayta ko’rib 
chiqishning 
boshqacha 
muddatlari 
belgilangan 
bo’lsa, ushbu muddat 
qo’llanilmaydi. 
FKning 544–moddasi 5-qismida ko’rsatib o’tilgan ijaraga olingan mol-mulk 
bo’yicha to’lov miqdorini bir yilda ko’pi bilan bir marta qaytadan ko’rib chiqish 
haqidagi norma dispozitiv hisoblanadi. Ya’ni, undagi qoida agar mulk ijarasi 
shartnomasida boshqacha holat belgilanmagan bo’lsa qo’llaniladi. 
FKning 542–moddasida ijaraga beruvchining ijaraga topshiriladigan mol-
mulkni kamchiliklari bilan topshirganlik uchun javobgarlik belgilanganidek, 
FKning 544–moddasidaham ijaraga oluvchiga mol-mulkdan foydalanganlik uchun 
to’lovni kamaytirish talabini qo’yish huquqini beradi. Ushbu holatda ijaraga 
oluvchining bunday huquqi ijaraga oluvchi o’zi javobgar bo’lmagan holatlarga 
ko’ra (masalan, engib bo’lmaydigan kuch ta’sirida), shartnomada nazarda tutilgan 
foydalanish shartlari yoki mol-mulkning holati jiddiy yomonlashgan hollarda 
vujudga keladi. Bunda ijara haqini kamaytirilishi foydalanish shartlari yoki mol-
mulkning holati jiddiy yomonlashuviga mutanosib ravishda bo’lishi lozim.
Qonunda ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan mol-mulkdan 
foydalanganlik uchun to’lovlarni o’z vaqtida to’lanishini ta’minlashga qaratilgan 
yana bir dispozitiv norma mavjud. Bu mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara 
haqini to’lash muddatlari ijaraga oluvchi tomonidan jiddiy buzilgan taqdirda, ya’ni 
bir martadan ko’p yoki uzoq muddat ijara haqini to’lamaslik hisoblanadi. Ijaraga 
oluvchi mol-mulkdan foydalanganlik uchun ko’pi bilan ikki muddatning haqini 
muddatidan oldin to’lashni talab qilishga haqli. Ushbu qoidalar agar shartnomada 
boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa qo’llaniladi. 
Agar ijaraga oluvchi shartnomada belgilangan muddat tugagandan so’ng 
ketma-ket ikki martadan ko’p mol-mulkdan foydalanganlik uchun haqni to’lamasa, 
ijaraga oluvchi sud tartibida mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor 
qilishni talab qilishi mumkin. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling