Toshkent davlat yuridik universiteti
-§. Mol-mulkni ijaraga beruvchiga qaytarish, yaxshilash oqibatlari va
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
7-§. Mol-mulkni ijaraga beruvchiga qaytarish, yaxshilash oqibatlari va
ijara mulkini sotib olish Mulk ijarasi shartnomasi shartnoma amal qilishining tugashi bilan yoki taraflarning kelishuviga ko’ra yoxud sud qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin (FK 382, 383, 551, 552–moddalar). Ijaraga oluvchi zimmasiga shartnoma shartlariga (mol-mulkning vazifasiga) muvofiq foydalanish, mol-mulkni soz holda saqlash, o’z hisobidan joriy ta’mirlashni amalga oshirish majburiyati yuklatilgan. Mulk ijarasi shartnomasi tugatilguncha ijaraga oluvchi zimmasiga mol- mulkni soz holda saqlash majburiyati yuklatiladi. Bu ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga mol-mulkni o’ziga topshirilgan holatda, normal eskirishni hisobga olib yoki shartnomada kelishilgan holatda qaytarishi lozimligini anglatadi. Jumladan, shartnomada ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkni qaytarish vaqtida mol-mulkka tegishlicha yaxshilanishlar kiritish nazarda tutilishi mumkin. Ijaraga oluvchi tomonidan mulk ijarasi shartnomasi tugagandan so’ng ijaraga olgan mol-mulkni qaytarmaslik yoki kechiktirib qaytarishi ijaraga beruvchi manfaatlarini buzadi. Shu boisdan mulk ijarasi shartnomasi tugagandan so’ng ijaraga beruvchiga kechiktirilgan barcha vaqt davomida mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to’lashni talab qilish huquqi beriladi. Ijaraga oluvchi tomonidan kechiktirish natijasida etkazilgan zararni to’liq qoplash maqsadida ijaraga beruvchi etkazilgan zararlarni, shu jumladan boy berilgan foydani qoplashni talab qilishga haqli. Ushbu zararlar ijaraga olingan mol- mulkni tasodifan nobud bo’lgan hollarda ham kelib chiqishi mumkin. Mulk ijarasi shartnomasida ijaraga olingan mol-mulkni o’z vaqtida qaytarmaganlik uchun neustoyka to’lash nazarda tutilishi mumkin va uni undirish uchun ijaraga beruvchi tomonidan unga etkazilgan zararni isbotlash talab qilinmaydi. 121 Ijaraga olingan mol-mulkka egalik qilish va foydalanish jarayonida ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkning ajratib olsa bo’ladigan tarzda va ijaraga berilgan mol-mulkdan ajratib olib bo’lmaydigan yaxshilashlarni qilishi mumkin. Ajratib olsa bo’ladigan tarzdagi yaxshilashlar jumlasiga bunday tarzda ajratib olish natijasida mol-mulkka zarar yetkazmaydigan yaxshilashlarni kiritish mumkin. Boshqa yaxshilashlar esa, ajratib olib bo’lmaydigan yaxshilashlar hisoblanadi ya’ni, yaxshilanishlar ajratib olinishi natijasida mol-mulkka zarar etishiga olib keladi. Bunday yaxshilanishlar jumlasiga, qonun yoki shartnomaga muvofiq ijaraga oluvchi zimmasiga yuklatilgan majburiyat bo’lmagan holda u tomonidan binoni kapital ta’mirlashga doir yaxshilashlarini misol qilish mumkin. Yaxshilashlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ham, uning roziligisiz ham amalga oshirilishi mumkin. Yaxshilashlar taqdiri ularni ajratib olish mumkin yoki mumkin emasligiga, shuningdek ijaraga beruvchi roziligi bilan yoki roziligisiz amalga oshirilganiga bog’liq bo’ladi. Mol-mulkdan ajratib olinishi mumkin bo’lgan yaxshilashlar ijaraga oluvchining mulki hisoblanadi. Ushbu qoida mulk ijarasi shartnomasi bo’yicha o’zgartirilishi ham mumkin. Agar mol-mulkdan ajratib olsa bo’lmaydigan yaxshilashlar ijaraga oluvchi mablag’lari hisobidan va ijaraga beruvchi roziligi bilan amalga oshirilgan bo’lsa, u holda shartnoma tugagandan so’ng, ushbu yaxshilashlar qiymati ijaraga beruvchi tomonidan qoplanishi lozim. Ushbu qoida ham dispozitiv bo’lib, ya’ni taraflar boshqa qoidani ham belgilashlari, masalan, yaxshilashlar haqini to’lash majburiyatidan ozod qilinishi nazarda tutishlari mumkin. Agar ushbu yaxshilashlar ijaraga beruvchi roziligisiz amalga oshirilgan bo’lsa, boshqa huquqiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Bunday yaxshilashlar qoplanmaydi. Qonun faqat ijaraga beruvchining roziligisiz amalga oshirilgan yaxshilashlar qiymatini qoplab berish majburiyatini yuklashi mumkin. Ushbu qoidadan istisnolar mavjud. Masalan, FK 584–moddasi korxonani ijaraga olish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, korxonani ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining ruxsatidan qat’i nazar, ijaraga olingan mol-mulkni ajratib bo’lmaydigan tarzda yaxshilash qiymatini olishga haqli bo’lishini nazarda tutadi. Ijaraga olingan mol-mulkka qilingan har qanday yaxshilashlar agar u ijaraga oluvchi tomonidan amortizastiya ajratmalari hisobiga amalga oshirilgan bo’lsa, ijaraga beruvchining mulki hisoblanadi. Bunda ushbu yaxshilashlar ijaraga beruvchining roziligi bilan amalga oshirilgan yoki roziligisiz amalga oshirilgani ahamiyatga ega emas. Amortizastiya foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizastiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va o’tkazish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasi hisoblanadi. Amortizastiya ajratmalari obyekt foydalanishga tushirilgandan keyingi oydan boshlab hisoblanadi. Amortizastiya ajratmalari summasi tashkilotning alohida hisobvarag’iga hisobga olinadi (O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya 122 hisobi to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi milliy standarti, 2004 yil 20 yanvar, ro’yxat raqami 1299). Demak, amortizastiya ajratmalari summasi ijaraga beruvchi mulki hisoblanadi. Ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish, ya’ni ijaraga oluvchiga uni mulk qilib topshirish faqat shartnomada nazarda tutilgan hollardagina amalga oshiriladi. Bunda sotib olish mulk ijarasi shartnomasi tugagandan so’ng, shuningdek ushbu muddat tugashidan oldin ham amalga oshishi mumkin. Sotib olishning majburiy sharti bo’lib ijaraga oluvchi tomonidan shartnomada belgilangan sotib olish bahosini to’liq to’lash hisoblanadi. Ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish sharti mulk ijarasi shartnomasida, shuningdek ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi o’rtasida tuziladigan qo’shimcha shartnomada ham nazarda tutilishi mumkin ya’ni, har qanday holatda ham ushbu masala taraflar kelishuvi bilan hal qilinadi. Agar mol-mulkni sotib olish taraflar o’rtasida tuzilgan qo’shimcha kelishuvga muvofiq amalga oshirilsa, u holda ular mol-mulkdan foydalanganlik uchun ilgari to’langan haqni sotib olish haqi hisobiga o’tkazish haqida kelishishga haqli. Agar qonun hujatlarida ijaraga olingan mol-mulkni sotib olishga ta’qiq o’rnatilgan bo’lsa, bunday shartni mulk ijarasi shartnomasiga kiritish hamda bu yuzasidan qo’shimcha kelishuvga erishish mumkin bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risidagi” qonuniga ko’ra, davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin bo’lmagan mol-mulk sotib olinishi mumkin emas. Chunonchi, er (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), er osti boyliklari, ichki suvlar, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi, o’q otar qurollarni ishlab chiqarish, ta’mirlash va sotishni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar, portlovchi va zaharli–moddalarni tashishga ixtisoslashgan korxonalar shular jumlasidandir. FKning 557–moddasi mulk ijarasi munosabatlarini tartibga soluvchi umumiy va maxsus normalarning o’zaro nisbatani belgilaydi.Bunda ustuvorlikmaxsus normalarga ta’luqli bo’ladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling