Toshkent davlat yuridik universiteti


Mulk ijarasi shartnomasining alohida turlari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Mulk ijarasi shartnomasining alohida turlari 
1-§. Prokat shartnomasi 
Prokat shartnomasi mulk ijarasi shartnomasining bir turi hisoblanadi. Mulk 
ijarasining ushbu turi shartnoma maqsadi, subyektlar tarkibi, shartnoma 
taraflarining huquq va majburiyatlari, shartnoma obyekti bilan bog’liq bo`lgan 
o`ziga xos xususiyatlarga ega. 
Prokat shartnomasi bo`yicha ijaraga beruvchi sifatida tadbirkorlik faoliyati 
subyektlari – yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok etishi 
mumkin. Bunda ijaraga beruvchining faoliyati bir martalik bo`lmasdan, balki 
tizimli ravishda amalga oshiriladigan faoliyat bo`lishi lozim. Bunda ijaraga 
beruvchi faoliyati asosiy (masalan, prokat punktlari), shuningdek qo`shimcha 
faoliyat (masalan, mehmonxonalar, dam olish zonalari, sport klublari) bo`lishi ham 
mumkin. 
Prokat shartnomasining narsasi faqat ko`char mol-mulk hisoblanadi. Prokat 
shartnomasi bo`yicha mol-mulk qoida tariqasida iste’mol maqsadida taqdim 
qilinadi. Ushbu maqsadda masalan, uy-joy anjomlari, maishiy texnika, musiqa 
asboblari, video va audio texnika vositalari berilishi mumkin. Prokat 
shartnomasida agar majburiyat mohiyatidan boshqa hol anglashilmasa, mol-mulk 
iste’mol maqsadida berilmasligi ham mumkin. Bunday hollarda prokat obyekti 
bo`lib masalan, asboblar, jihozlar hamda boshqa texnika vositalaribo`lishi mumkin. 
Prokat shartnomasi bo`yicha mol-mulkni berish maqsadidan kelib chiqib, 
ijaraga oluvchi sifatida jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar hamda yuridik shaxslar ham ishtirok etishi mumkin. 
Mazkur shartnoma konsensual, haq baravariga tuziladigan va ikki 
tomonlama shartnoma hisoblanadi. 
Ijara shartnomasi har qanday holatda ham yozma shaklda tuziladi va bu holat 
uning o`ziga xos xususiyati sanaladi. Odatda, prokat shartnomasi bo`yicha ashyoni 


124 
berish majburiyati patta taqdim qilish asosida rasmiylashtiriladi. 
Prokat shartnomasi ommaviy hisoblanadi va tegishlicha unga nisbatan 
FKning 358–moddasi qoidalari qo`llaniladi. Shu sababli doimiy tadbirkorlik 
faoliyati sifatida mol-mulkni ijaraga berish xizmatini ko`rsatish bilan 
shug’ullanuvchi tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor o`ziga murojaat qiladigan 
har qanday shaxsga ushbu xizmatlarni ko`rsatishga majbur. Aks holda manfaatdor 
shaxs majburiy tartibda shartnoma tuzishni hamda prokat shartnomasi tuzishni rad 
etishi natijasida o`ziga etkazilgan zararlarni qoplashni so`rab sudga murojaat 
qilishga haqli bo`ladi. 
Prokat shartnomasi amal qilishining eng uzoq muddati bir yilni tashkil qiladi. 
Bu FK 540–moddasi qoidalarini e’tiborga olgan holda, taraflar prokat shartnomasi 
muddatini mustaqil ravishda biroq, bir yildan ortiq bo`lmagan muddatga 
belgilashlari mumkinligini anglatadi. Agar shartnoma bir yildan ortiq muddatga 
tuzilgan bo`lsa, u holda mazkur shartnoma bir yil muddatga tuzilgan hisoblanadi. 
Agar prokat shartnomasida muddat belgilanmagan bo`lsa va taraflardan birontasi 
ham bir yil muddat o`tgunicha shartnomadan voz kechmasa, u holda shartnoma bir 
yil o`tgandan so`ng bekor bo`ladi. 
FK 553–moddasida belgilangan umumiy qoidalardan farqli ravishda, FK 
559–moddasiga ko`ra ijarachiga prokat shartnomasini yangi muddatga qayta 
tuzishda imtiyozli huquq berilmaydi. Shuningdek, ijarchiga agar u shartnoma 
muddati tugagandan keyin ham ijaraga beruvchi tomonidan e’tiroz bo`lmagan 
hollarda, mol-mulkdan foydalanishni davom ettirayotgan bo`lsa, unga mulk ijarasi 
shartnomasini nomuayyan muddatga qaytadan tuzish haqidagi qoidalar 
qo`llanilmaydi. 
Shu bilan birga, prokat shartnomasi muddati tugagandan so`ng ijaraga 
oluvchi umumiy asoslarda yangi muddatga shartnoma tuzishga haqli. 
FKning 237–moddasiga muvofiq, majburiyatni bajarishdan bir tomonlama 
bosh tortishga yo`l qo`yilmaydi, qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda 
tutilgan hollar bundan mustasno. Ushbu umumiy qoidadan istisno tariqasida prokat 
shartnomasi bo`yicha ijaraga oluvchi istagan vaqtda shartnomani bajarishni rad 
etishga haqli. FKning 382–moddasiga asosan ijaraga oluvchi shartnomadan bir 
tomonlama bosh tortgan hollarda prokat shartnomasi bekor qilingan hisoblanadi. 
Prokat shartnomasini bajarishni bir tomonlama rad qilish qoida tariqasida, 
mol-mulkni ijaraga beruvchiga qaytarish amalga oshiriladigan shaklda ifodalanishi 
lozim. Aks holda shartnomaning amal qilishi davom etadi va bunda ijaraga oluvchi 
amalda mol-mulkdan foydalanayotganligi yoki foydalanmayotganligi ahamiyatga 
ega bo`lmaydi hamda mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to`lash tegishlicha 
mol-mulk ijaraga oluvchi egaligida bo`lgan butun davr uchun to`lanishi lozim. 
Umumiy qoidaga ko`ra, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga mol-mulkni 
shartnoma shartlari va mol-mulkning vazifasiga muvofiq holatda topshirishi lozim. 
Ushbu qoida prokat shartnomasiga ham qo`llaniladi. 
FK 558–moddasi birinchi qismiga assosan, prokat shartnoma bo`yicha 
ijaraga beruvchi o`z faoliyatini amalga oshirishda mutaxassis ekanligini hisobga 
olgan holda, qonun tomonidan unga mol-mulkni ijaraga beruvchiga topshirish 
bilan bog’liq qo`shimcha majburiyatlarni yuklaydi. Ushbu majburiyatlar birinchi 


125 
navbatda ijaraga oluvchining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. 
Qoidaga muvofiq, ijaraga oluvchi ijaraga beruvchidan farqli ravishda ijaraga 
olingan mol-mulkdan foydalanish bo`yicha maxsus bilimlarga ega emas. Qonun 
prokat shartnomasini tuzgan ijaraga beruvchining quyidagi qo`shimcha 
majburiyatlarini belgilaydi: 
1) Ijaraga topshirilayotgan mol-mulkning sozligini ijaraga oluvchi 
ishtirokida tekshirishi. Bu o`z navbatida ijaraga olingan mol-mulkni ishlatishga 
yaroqliligini ijaraga oluvchiga topshirishda aniqlash imkonini beradi; 
2) Ijaraga oluvchini mol-mulkdan foydalanish qoidalari bilan tanishtirishi 
yoki unga bu mol-mulkdan foydalanish haqidagi yozma qo`llanmani berishi. 
Ushbu majburiyat shuningdek, murakkab ashyolardan to`g’ri foydalanishni hamda 
uni ehtiyotsizlik natijasida shikastlanishini oldini olishni ta’minlashga qaratilgan. 
Ijaraga oluvchi tomonidan yuqorida ko`rsatilgan qo`shimcha majburiyatlarni 
bajarishi ijaraga beruvchi uchun ham, ijaraga oluvchi uchun ham muhim huquqiy 
ahamiyat kasb etadi. Ijaraga beruvchi tomonidan ushbu majburiyatlarni 
bajarmaslik, kelgusida kamchiliklar aniqlangan hollarda ushbu kamchiliklar ijaraga 
oluvchi tomonidan foydalanish va uni saqlash qoidalarini buzilishi natijasida 
yuzaga kelganligini vaj qilib ko`rsatish huquqidan mahrum qiladi. 
Prokat shartnomasi bo`yicha ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklar 
agar ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkdan foydalanish va uni saqlash qoidalari 
buzilishi natijasida vujudga kelgan taqdirda javobgar hisoblanadi. FK 560–
moddasi qoidalaridan kelib chiqib, ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkdan 
foydalanish va uni saqlash qoidalari buzilishi holati ijaraga beruvchi tomonidan 
isbotlanishi lozim. 
Har qanday holatda ham mol-mulkdagi kamchiliklarni bartaraf qilish, shu 
jumladan mol-mulkni ta’mirlash va transportda tashish xarajatlari ijaraga beruvchi, 
ya’ni mol-mulkning mulkdori zimmasida bo`ladi. Biroq, ko`rib chiqilayotgan 
holatda mol-mulkdagi kamchiliklarni bataraf etish mol-mulkdan foydalanish va uni 
saqlash qoidalarini buzgan ijaraga oluvchi hisobidan amalga oshiriladi. 
Ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulk to`liq yaroqsiz holga keltirilgan 
hollarda ijaraga beruvchi ijaraga oluvchidan o`ziga etkazilgan barcha zararlarni, 
shu jumladan, boy berilgan foydani ham qoplashni talab qilishga haqli. 
Prokat shartnomasi uchun FKning 562–moddasida vaqti-vaqti bilan yoki bir 
yo`la to`lanadigan qat’iy summadagi to`lov belgilangan. FK 544–moddasiga 
muvofiq, to`lovlarni vaqti vaqti bilan yoki bir yo`la to`lanishi shu jumladan, 
to`lovni amalga oshirish muddati prokat shartnomasiga muvofiq belgilanadi. 
Jumladan, mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq ijaraga oluvchi tomonidan, 
ya’ni mol-mulkka egalik qilish va foydalanish boshlanishidan oldin yoki undan 
foydalanishning navbatdagi muddati kelguniga qadar to`lanishi mumkin. 
Ijaraga oluvchi prokat shartnomasini istagan vaqtda rad etishi, ya’ni mol-
mulkni muddatidan oldin qaytarishi mumkin. Bunda mol-mulkdan foydalanganlik 
uchun oldindan to`lov amalga oshirilganda, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchi 
tomonidan mol-mulkdan foydalanmagan holda oldindan to`lagan haqning tegishli 
qismini qaytarishi lozim. Ushbu davr mol-mulk amalda qaytarilgan kunning 
ertasidan boshlab hisoblanadi. 


126 
Prokat shartnomasi bo`yicha mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to`lash 
ijaraga oluvchining asosiy majburiyatlaridan biri hisoblanadi va qonunda belgilab 
qo`yilgan. Bunda shartnoma amalda bo`lgan butun davr mobaynida mol-mulk 
ijaraga oluvchi egaligida bo`ladi. Prokat shartnomasi ommaviy shartnoma 
bo`lganligi bois, ijaraga beruvchining turli mol-mulklarini ijaraga oluvchilar soni 
ko`pchilikni tashkil qiladi. Prokat shartnomasi xususiyatidan kelib chiquvchi bu va 
boshqa holatlar ijaraga beruvchining qonuniy manfaatlari himoyalash zaruriyatini 
keltirib chiqaradi. 
Shu boisdan qonunda prokat shartnomasi bo`yicha ijaraga oluvchidan mol-
mulkdan foydalanganlik uchun to`lanadigan haqni undirishning soddalashtirilgan 
tartibi belgilangan. Undiruv nizosiz tartibda notariusning ustxat yozuvi asosida 
amalga oshiriladi.
Prokat shartnomasi bo`yicha ijaraga oluvchi qoida tariqasida, ijaraga olingan 
mol-mulkni saqlash uchun zarur bo`lgan bilim hamda texnik vositalarga ega 
bo`lmaydi. Undan farqli ravishda ijaraga beruvchi doimiy ravishda yuridik va 
jismoniy shaxslarga mol-mulkni ijaraga berish xizmatlarini ko`rsatadi va shu 
sababli o`z faoliyati sohasida mutaxassis bo`lishi lozim. 
Prokat shartnomasiga doir munosabatlar xususiyatidan kelib chiqib, ijaraga 
topshirilgan mol-mulkni kapital va joriy ta’mirlash ijaraga beruvchi zimmasiga 
yuklatilgan. Bu imperativ norma bo`lib, prokat shartnomasi bo`yicha ijaraga 
topshirilgan mol-mulkni kapital va joriy ta’mirlash ijaraga oluvchi zimmasiga 
yuklatilishi mumkin emas. 
Prokat shartnomasi bo`yicha mol-mulk qoida tariqasida, iste’mol maqsadida, 
ya’ni ijaraga oluvchi tomonidan shaxsan foydalanishni nazarda tutadi. Shu boisdan 
qonunda ijaraga oluvchi uchun ijaraga olingan mol-mulkni tasarruf etish bilan 
bog’liq cheklov belgilangan va u FK 546–moddasida belgilangan qoidadan istisno 
holat bo`lib hisoblanadi. 
Prokat shartnomasi bo`yicha ijaraga oluvchiga topshirilgan mol-mulk 
ikkilamchi ijaraga berilishiga, ijaraga oluvchi prokat shartnomasi bo`yicha o`z 
huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o`tkazishiga, bu mol-mulknibepul 
foydalanish uchun berib qo`yilishiga yo`l qo`yilmaydi. Bundan tashqari, ijaraga 
oluvchining huquqlarini garovga qo`yishga va ularni xo`jalik shirkatlari va 
jamiyatlarining ustav fondiga (kapitaliga) hissa tarzida, ishlab chiqarish 
kooperativlariga pay badallari tariqasida qo`shishga ham yo`l qo`yilmaydi. Ushbu 
cheklovlar ham imperativ norma hisoblanadi, ya’ni taraflar kelishuvchi bilan 
mazkur qoida o`zgartirilishi mumkin emas. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling