Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Ikkinchidan, transport vositasini ijaraga oluvchiga egalik qilish va
foydalanish uchun berilishi. Hattoki, transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish ijaraga beruvchining ekipaji tomonidan amalga oshirilayotganda, ham shartnoma predmetiga egalik qilish huquqi ijaraga oluvchiga tegishli bo`ladi, chunki aynan u transport vositasidan tijorat maqsadlarida foydalanadi. Uchinchidan, shartnoma predmetidan maqsadli foydalanish: transport vositasi passajirlar, yuklar, pochta, bagajlarni tashish va shatakka olish (buksirovka) uchun ijaraga olinadi. Ijaraga oluvchi transport vositasini shartnomada ko`rsatilgan maqsadli foydalanishni o`zgartirmagan holda ikkilamchi ijaraga berishi mumkin. FK 564–moddasi 1-qismida transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasi real shartnoma sifatida belgilangan. Shunga qaramay, ushbu shartnomaning turi sifatida dengiz transportida qo`llaniladigan vaqtinchalik (taym- charter) kemani yuk tashish uchun yollash (fraxtovaniye) konsensual shartnoma modeliga ega. Transport vositasidan texnik foydalanishni amalga oshiruvchi xodimlar jamoasi ekipaj deb yuritiladi. Shunga ko`ra shartnoma nisbatan qisqa – transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish nomi bilan ataladi. Ushbu shartnoma shuningdek vaqtinchalik yuk tashish uchun yollash(fraxtovaniye) shartnomasi yoki taym-charter shartnomasi (ingliz tilidan time-charter) deb ham yuritiladi. U dengiz kemachiligida dengiz kemasi ijara obyekti bo`lganda ishlatiladi. Taym-charter shartnomasidan, shuningdek, havo kemasi ijarasida ham foydalaniladi. Vaqtinchalik (taym-charter) yuk tashish uchun yollash (fraxtovaniye) shartnomasini yo`lovi (bagaj, yuk) tashish shartnomasining turi bo`lgan charter shartnomasidan farqlash lozim. Uni tuzish, shuningdek, uning shakli va turlari transport ustavlari va kodekslarida belgilanadi. Ijara shartnomasining obyekti yerda yuradigan transport vositasi bo`lsa, “ijara” termini, agarda havo, dengiz yoki daryo transporti vositasi bo`lsa “fraxt” termini ishlatiladi. Shunga bog’liq ravishda taraflar tegishlicha – ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi yoki fraxtga beruvchi va fraxtga oluvchi deb nomlanadi. Tartibga solish predmeti bo`lib, reys yoki bir necha reyslarni fraxtlashdan (FK 712–moddasi) farqli ravishda, tegishlicha transport vositasi ijarasi yoki uni vaqtinchalik fraxtlash bo`yicha munosabatlar hisoblanadi. Majburiyatning mohiyati u yoki bu holatda ham bir xil, ya’ni ijraga beruvchi tomonidan tarnsport vositasini vaqtinchalik foydalanishga berishdan iborat. O`zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 99–moddasiga muvofiq charter (havo kemasini kira qilish) shartnomasi bo`yicha bir tomon (kiraga beruvchi) ikkinchi tomon (kiraga oluvchi)ga haq evaziga bir yoki bir necha havo kemasini yo`lovchilar, qo`l yuki, yuk va pochta tashish yoxud boshqa maqsadlarda foydalanishga bir yoki bir necha parvoz uchun to`liq berib turish majburiyatini oladi. FK transport vositasini ushbu shartnoma predmetining ashyoviy komponenti sifatida umumiy tushunchasini ham, transport vositalarining tegishli turga ko`ra 129 klassifikatsiyasi bo`yicha maxsus tushunchasini ham bermaydi. Bu holatlar huquqning boshqa manbalarida, xususan transport ustavlari, kodekslari va texnik qoidalarda o`z ifodasini topgan. Masalan, “O`zbekiston Respublikasi ichki kema yo`llari bo`yicha suzish Qoidalari”ga (1999 yil 9 iyul, ro`yxat raqami 769) muvofiq “kema” – odamlar, yuklar tashish yoki suvda boshqa ishlarni bajarish uchun maxsus mo`ljallangan suzuvchi vosita hisoblanadi. Shu bilan birga maydonda harakatlanish uchun maxsus mo`ljallangan transport vositalarini ishlab chiqarishga yo`naltirilgan o`z-o`zidan harakat qiluvchi mashinalardan– yer qazish mashinalari, ekskavatorlar, buldozerlar, rels yotqizuvchi mashinalar, traktorlar, qishloq xo`jaligi kombaynlari va boshqalardan ajratish muhim. Ushbu mashinalar mazkur shartnomaning predmeti bo`la olmaydi, chunki ularning maydonda harakat qilishi texnik zarurat tufayli ushbu vositalardan maqsadli foydalanish nuqtai nazaridan yordamchi xususiyatga ega. FK 34-bobi 3-paragrafi tomonidan tartibga solinadigan obyekt sifatidagi transport vositalariga quvur (truboprovod) transporti, shuningdek, texnik jihatdan murakkab bo`lmagan, maxsus davlat ro`yxatidan (hisobidan) o`tish talab qilinmaydigan mexanik transport vositalari – velosipedlar, qayiqlar, mopedlar va boshqalar kirmaydi. Shartnoma huquqi doktrinasida shakllangan nuqtai nazarga ko`ra 34-bobning ushbu paragrafi bilan tartibga solish mazmuniga ko`ra transport vositalari ijara shartnomasi obyekti bo`lib faqat ekipaj tomonidan boshqarish talab qilinadigan transport vositalari, ya’ni dengiz, daryo, havo kemalari hisoblanadi. Chunki bunday shartnomalarning asosiy belgisi va bir vaqtning o`zida uning ichki turlanishiga asos shartnoma taraflaridan biriga transport vositasini boshqarish va undan texnik foydalanish majburiyatini yuklash hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, avtomobil transporti, xususan og’ir yuk ko`taradigan yuk mashinalari va passajirlar tashiydigan avtobuslarga nisbatan uncha katta bo`lmagan istisnolar bilan albatta ta’luqli bo`lishi mumkin. Ularni professional boshqarish va ularga texnik xizmat ko`rsatish ko`p sonli xodimlarni (komandani, ekapajni) talab qilmasada, ulardan tadbirkorlik maqsadida foydalanish ushbu munosabatlarga nisbatan 34-bob 3-paragrafining ijaraga oid normalarini tatbiq etishni talab qiladi. Shartnoma predmetining ikinchi komponenti – xizmat ko`rsatish. Ular ikki ko`rinishda bo`ladi: transport vositasini boshqarish bo`yicha xizmat ko`rsatish va undan texnik foydalanish bo`yicha xizmat ko`rsatish. Transport vositasini boshqarish bo`yicha xizmat ko`rsatish o`z ichiga haydash, uchish kabi harakatlarni, shuningdek buning uchun zarur bo`lgan xizmatlarni, masalan, navigastiya, aloqa xizmatlarini va boshqalarni oladi. Bu xizmatlar kompleksi transport vositasining turi va texnik xarakteristikasiga bog’liq ravishda aniqlanadi. Texnik foydalanish deganda transport vositasinitexnik jihatdan normal, foydalanish uchun yaroqli holatda (moylash, detallarini almashtirish, mexanizmlarni sozlash, priborlarni nazorat qilish va h.k.) saqlash bo`yicha chora- tadbirlarni amalga oshirish tushuniladi. Xizmat ko`rsatishning har ikki turi bir-biri bilan chambarchas bog’langan 130 bo`lib, ularni amaliy jihatdan ajratish maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun ham shartnomada ularni kompleks tarzda ko`rsatish nazarda tutiladi. Qayd qilingan shartnomaning tushunchasida taraflarning yuridik maqomi maxsus belgilanmagan. Shunday ekan, umumiy qoida bo`yicha taraf sifatida yuridik shaxslar ham, jismoniy shaxslar ham, tadbirkorlar ham, tadbirkor bo`lmaganlar ham ishtirok etishlari mumkin. Biroq, ayrim hollarda qonunlar bilan shartnoma taraflariga qo`shimcha talablar belgilanishi mumkinligini nazarda tutish muhim. Xususan, Havo kodeksi 44–moddasiga muvofiq havo kemasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida egalik qiluvchi, shu havo kemasidan foydalanishni amalga oshirish qobiliyati ekspluatant sertifikati bilan tasdiqlangan yuridik yoki jismoniy shaxs havo kemasining ekspluatanti deb e’tirof etiladi. Ekspluatant sertifikati Aviastiya ma’muriyati tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladi. Bunda xususiy va ijaradagi havo kemalarining, parvozga oid va texnika xizmatlari tuzilmalarining mavjudligi bunday sertifikatni olish uchun majburiy shartdir. Sertifikastiya masalalari Havo kodeksi 44-46–moddalari bilan tartibga solinadi. Bundan tashqari Havo kodeksi ichki hamda xalqaro havo yo`nalishlarida yo`lovchilarni va yuklarni tashish, aeroportlarda havo kemalariga xizmat ko`rsatish bo`yicha havo transportida tashish bilan bog’liq bo`lgan faoliyat uchun hamda aviastiya ishlarini bajarish uchun litsenziyalar talablarini ham belgilaydi (Havo kodeksi 95,96–moddalari, O`zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g’risida”gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 avgustda 360-son Qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy va xalqaro havo yo`nalishlari bo`yicha yo`lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash to`g’risidagi Nizom, Aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bog’liq xizmat ko`rsatish faoliyatini litsenziyalash to`g’risidagi Nizom, Aviastiya ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash to`g’risidagi Nizom). Havo kodeksi 95–moddasiga muvofiq havo transportida tashish yoki aviastiya ishlarini bajarish istagini bildirgan havo kemasining ekspluatanti tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma (litsenziya) olishi lozim. Ichki hamda xalqaro havo yo`nalishlarida yo`lovchilarni va yuklarni tashish, aeroportlarda havo kemalariga xizmat ko`rsatish bo`yicha havo transportida tashish bilan bog’liq bo`lgan faoliyat uchun hamda aviatsiya ishlarini bajarish uchun litsenziyalar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi.Butunlay yoki qisman O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bajariladigan havo transportida tashish va aviatsiya ishlari uchun ruxsatnoma berish Havo Kodeksi, hududida bunday faoliyat yuritiladigan davlat qonunlari hamda O`zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tijorat asosida amalga oshiriladigan aviatsiya ishlarini bajarish faoliyati litsenziyalanishi kerak. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi 131 Ushbu talablarning barchasi transportda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan bo`lib, ular ijaraga beruvchiga taalluqlidir, chunki u transport vositasidan texnik foydalanishni davom ettiradi. Bundan tashqari u o`z kuchi bilan transport vositasini boshqarish hamda texnik foydalanish bo`yicha xizmat ko`rsatishniu bilan mehnat munosabatlarida bo`lgan shaxslar (personal, xodimlari) orqali amalga oshirishi lozim. Shartnomaning bu qismini uchinchi shaxslar tomonidan bajarilishiga yo`l qo`yilmaydi. Transport faoliyatini litsenziyalash va sertifikatsiyalash haqidagi talablar ijaraga oluvchiga tatbiq qilinmaydi, chunki u transport vositasidan texnik foydalanishni amalga oshirmaydi. Transport vositasini ekipajsiz ijaraga berish shartnomasi an’anaviy tipdagi majburiyatni – ashyo shaklidagi mulkni ijaraga berishni keltirib chiqaradi. Shartnoma tushunchasiga ko`ra ijaraga beruvchi transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish bo`yicha xizmat ko`rsatmagan holda vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun ijaraga oluvchiga beradi. Ijara predmeti bo`lib transport vositasi hisoblanadi. U o`z ichiga transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish bo`yicha xizmat ko`rsatish kabi komponetlarni olmaydi. Bundan kelib chiqadiki, transport vositasini boshqarish va undan (tijorat va texnik) foydalanishni ijaraga oluvchining o`zi – o`z xodimlari (personali, ekipaji) orqali amalga oshiradi. Shartnomaning tushunchasida taraflarning maxsus professional xususiyati ko`rsatilmagan va ularga nisbatan hech qanday talablar belgilanmagan. Biroq, shuni nazarda tutish lozimki, transport vositasi, ayrim hollarda esa undan foydalangan holda amalga oshiriladigan faoliyat (masalan, xavfli yuklarni tashish) atrofdagilarga yuqori darajadagi xavf tug’dirishi mumkin. Shuning uchun ham shartnomaning har ikki tarafi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan maxsus malaka talablariga, ya’ni transport ustavlari, kodekslari va boshqa qonun hujjatlaridagi litsenziyalash, sertifikatlash va attestatsiya haqidagi norma talablariga javob berishlari shart. Ushbu shartnoma bo`yicha ijaraga oluvchi yangi muddatga aynan shunday shartnomani tuzishda imtiyozli huquqqa ega bo`lmaydi. Ammo, bu taraflarga yangitdan shartnomaviy munosabatlarga kirishishga halaqit bermaydi. Agarda ijaraga oluvchiga rad javobi berilib, shartnoma boshqa shaxs bilan tuzilsa, ijaraga oluvchi yangi tuzilgan shartnoma bo`yicha huquq va majburiyatlarni o`ziga sud orqali o`tkazish huquqiga ega emas. Transport vositasini ijaraga berish shartnomasi ko`pincha uzoq muddatga (bir necha oylarga ba’zan – yilga) tuziladi. Shuning uchun ham taraflarning munosabatlari aniq va batafsil yozma shaklda belgilanishi lozim. Transport vositasini ijaraga berish (ekipaj bilan yoki ekipajsiz) shartnomasi, uning muddatidan qat’i nazar, barcha hollarda yozma shaklda tuzilishi shart. Ushbu qoida ham yuridik shaxslarga, ham jismoniy shaxslarga talluqli bo`lib, FK 539–moddasi nazarda tutilgan (ya’ni jismoniy shaxslar o`rtasida bir yildan ortiq bo`lmagan muddatga tuziladigan shartnomalarniog’zaki shaklda tuzishga yo`l qo`yadigan) normani istisno qiladi. Qonunda yozma shaklga rioya qilmaslikning uni haqiqiy emas deb e’tirof etish kabi oqibatini o`zida aks ettirmagan. Shunday qilib, yozma shaklga rioya 132 qilmaslik FK 108–moddasiga nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi, ya’ni taraflarni nizo bo`lgan taqdirdabitimniva uning sharttlarini guvohlar ko`rsatmalari bilan tasdiqlashga doir huquqidan mahrum qiladi lekin ularning yozma yoki boshqa dalillar keltirish huquqidan mahrum qilmaydi. Qonun hujjatlari kemalarni ro`yxatdan o`tkazish va ularga nisbatan huquq to`g’risidagi normalarbelgilangan. Qonunda belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazish majburiy bo`lgan avtomototransport vositalarini ijara berish shartnomasiga nisbatan notorial tasdiqlanish qoidasini belgilaydi. FK 366–moddasi talabini hisobga olib, davlat ro`yxatidan o`tkazish majburiy bo`lgan avtomototrnsport vositalarini ijara berish shartnomasiga nisbatan notorial tasdiqlanish, u ro`yxatdan o`tkazilganda tamomlangan hisoblanadi. Avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro`yxatidan o`tkazish yoki notorial shaklga rioya qilmaslik FK 112–moddasiga muvofiq uning haqiqiy emasligiga olib keladi. Bunday bitim ahamiyatsiz hisoblanadi. Ijara munosabatlarini boshqarish yoki yo`naltirish taraflar o`rtasidagi ijaraga olingan mulkni, saqlash eng avvalo uni ta’mirlash (joriy va kapital) majburiyatlarni bo`lishni o`z ichiga oladi. Umumiy holatlardan (FK 547-548–moddalari) farqli maxsus majburiyatlarni taqsimlash qoidalari qonunda nazarda tutilgan. Qonun mazmunidagi norma imperativ bo`lib, taraflar o`zlarining kelishuvi bo`yicha uni o`zgartirishga haqli emas. Ijaraga beruvchi ushbu shartnoma shartiga ko`ra transport vositasini uni texnik foydalanish xizmatlari bilan taqdim etar ekan, uning majburiyatiga ushbu vositani saqlash majburiyatini ham kiritish to`g’ri bo`ladi. Saqlash deganda, ushbu mulkni tegishlicha (normal foydalanish uchun yaroqli)holatda texnik jihatdan ham, huquqiy ma’noda ham saqlash bo`yicha zaruriy choralar ko`rish tushuniladi. Birinchisida joriy va kapital ta’mirlashni, tuzatish, tozalash, transport vositasini tartibga olish tushuniladi. Ikkinchisida, undan foydalanishga ruxsat beruvchi nazorat organlarida tegishli zaruriy jarayonlarni amalga oshirish tushuniladi. Transport vositasini saqlab turish tushunchasiga zaruriy asbob-uskunalarni taqdim qilish kiritiladi. Asbob-uskunalar bo`lib asosiy ashyoga xizmat qiladigan va u bilan umumiy maqsadda bog’langan ashyolar xisoblanadi. (FK 90–modda.) Asbob-uskunalarning xususiyati transport vositasining turi, rusumi va ishlatilish maqsadi bilan bog’liqdir.Xususan, yuklarni tashish maqsadida foydalaniladigan daryo kemasi uchun bular ortish-tushurish mexanizmlari, takellaj agar kema baliq ushlash maqsadida foydalaniladigan bo`lsa, bular tral, to`r vabaliq ovi uchun boshqa jihozlar hisoblanadi. Agar murakkab texnik obyektlar to`g’risida gapiriladigan bo`lsa, ijaraga beruvchining majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq texnik tashkiliy va boshqa tadbirlar, shuningdek, ularni amalga oshirish muddatlari, texnik norma va qoidalar shu jumladan xavfsizlik qoidalaridan kelib chiqib belgilanadi. Qonunda ijaraga beruvchining transport vositasini texnik foydalanish 133 bo`yicha xizmatlarni taqdim etish majburiyatini xizmat sifatini belgilovchi ikkita baholash mezonidan kelib chiqib, shakllantirilgan. Birinchisi - ijaraga beruvchini transport vositasidannormal foydalanish imkoniyatini ta’minlash. Bu erda so`z eng avvalo, transport vositasini texnik jihatdan yaroqli holatda saqlash to`g’risida yuritilmoqda. Ikkinchi mezon – transport vositasidan xavfsiz foydalanishni ta’minlash. Bu ijara obyektining xususiyatini va uning alohida huquqiy rejimini ko`rsatadi. Chunki, ular faoliyatidan foydalanish FK 999–moddasi mazmuniga ko`ra tevarak- atrofdagilar uchun oshiqcha xavfni vujudga keltiradi. (oshiqcha xavf manbalari hisoblanadi.) Agar, ushbu mezonlarni texnik ma’noda ko`radigan bo`lsak, texnik norma va talablardan kelib chiqib xizmat sifatini zarur va etarlicha baholash lozim. Taraflar ushbu mezonlarga majburiy tarzda so`zsiz bo`ysunishlari kerak. Ammo, transport vositasini ijaraga berish maqsadi - taraflarning iqtisodiy va boshqa ehtiyojlarini qondirishdir. Ijaraga oluvchi uchun bu ijaraga olingan mulkdan yuqori darajada to`liq, tarzda o`zining tadbirkorlik va boshqa faoliyatida foydali xususiyatlarni chiqarib olish imkoniyatidir. Shuning uchun yuqorida qayd qilingan mezonlarni transport vositasini texnik normal va xavfsiz ishlatilishini baholagan holda shartnomada qayd qilingan tarzda uning xo`jalik, tijorat, foydalanilishida ko`rish lozim. Bir turdagi transport vositasi amaldagi qonunchilikda zid bo`lmagan holda turli maqsadlarda ishlatilishi mumkin. Masalan, dengiz yoki daryo kemasi yuklarni, yo`lovchilarni, yuk va pochtalarni tashish uchun, baliq yoki boshqa dengiz ovlariga, boshqa kema yoki o`zga suzuvchi obyektlarni tortishga, maxsus xizmatlarni amalga oshirishga (ovlashni qo`riqlash bo`yicha, sanitar yoki karantin xizmatlari va h.k.) ilmiy, o`quv, madaniy, sport va boshqa maqsadlar uchun ishlatilish mumkin. Transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish bo`yicha xizmatlarni taqdim qilish ijaraga beruvchining qonunda belgilangan majburiyati hisoblanadi. Ammo taraflar shartnomada xizmatlarning ijaraga beruvchining ijaraga oluvchiga taqdim etadigan xizmatlarning kengroq doirasini belgilashlari mumkin. Shartnomaga majburiy (boshqarish va texnik foydalanish bo`yicha xizmatlar) bo`lganlardan tashqari, boshqa xizmatlarni taqdim etish shartlarini kiritish, taraflarning bu qismga doir munosabatlarini qo`shimcha yo`naltirishni talab qiladi. Transport vositasini boshqarish va uni texnik foydalanishni transport vositasining ekipaji amalga oshiradi. FK 566–moddasining 3-qismi ekipaj tarkibiga taraflar uchun majburiy bo`lgan qoidalarva shartnoma shartlariga doir talablarni qo`yadi. Taraflar ushbu shartlarni mustaqil ravishda, faqat ular transport qonunchiligida belgilangan, yo`l qo`yilgan bo`lsagina belgilashga haqlidirlar. Biroq, ko`pchilik holatlardatransport ustavlari va kodekslari normalari imperiativ talabdagi mazmunga ega. Transport ustavlari va kodekslari “ekipaj” tushunchasiga uning tarkibiga, a’zolari va boshqalarga nisbatan talab qo`yadi. Havo kodeksi 51–moddasi havo 134 kemasining ekipaji - komandir, havo uchish tarkibidagi boshqa shaxslar va xizmat ko`rsatuvchi personaldan iborat ekanligini ko`rsatadi. Ekipaj a’zolari bo`lib, ijaraga beruvchining ya’ni, u bilan mehnat munosabatlarida bo`lgan, mehnat huquqi (fuqarolik emas) normalari bilan tartibga solinadigan xodimlari hisoblanadi. Buning natijasida ekipaj a’zolariijaraga beruvchining boshqarish va texnik foydalanishga doir farmoyishlariga bo`ysinadilar. Shuning bilan birga, transport vositasini tijoratda foydalanish bilan bog’liq masalalarda ular ijaraga oluvchining farmoyishlariga bo`ysinadilar. Chunki, dengiz, daryo kemasini muddatli fraxtlash (taym-charter) shartnomasi bo`yicha kapitan kemani tijoratda foydalanishda fraxtga beruvchiga kemani yuritish, kemadagi ichki tartib va kema ekipaji tarkibidan tashqari masalalarda bo`ysinadi Ammo, ushbu ko`rsatmalarni kemaning xavfsizligi talabidan kelib chiqib, bajarish imkoniyati bo`lmasa (masalan, kema yuritish man etilgan suzish rayonlariga kirish mumkin bo`lmaganligi natijasida, ob-havo yuzasidan kemalarning chiqishi man etilganda, yuk og’irligining kema sig’imiga nomuvofiqligi va h.k.) kapitan bunday ko`rsatmalarni bajarmaslikga haqli. Ekipaj a’zolari xizmatiga to`lov (ish haqi maoshi) bo`yicha xarajatlarni, shuningdek, ularni saqlash yuzasidan xarajatlarni (sutkalik. xizmat safari va h. k) ijaraga beruvchi qoplaydi. Ammo, ushbu normaning dispozitivligi natijasida taraflar boshqa holatlarni ham ko`zda tutishlari mumkin.Xususan, taraflar kelishuviga binoan ushbu xarajatlar ijaraga oluvchiga to`liq yoki qisman yuklanishi mumkin. Bunga tegishlicha ijara to`lovi kamaytirilishi kerak, chunki bunday ijaraning bahosi hisobiga, ekipaj xizmati to`lov xarajatlari va ularni saqlash faqat bunday majburiyatlar ijaraga beruvchiga yuklangandagina kiritiladi. Transport vositasini tijorat maqsadida foydalanish - bu uning texnik imkoniyatlarini tijorat maqsadidagi xo`jalik talablarini qondirish uchun foydalanishdir (foyda olish maqsadida). U transport vositasidan harakatlanish vositasi sifatida eng avvalo (yuk, yo`lovchi va jihozlarni) tashish uchun foydalanishni, nazarda tutadi. Transportning ayrim turlaridagi transport vositasi, shuningdek, xo`jalik tayinlanishidagi boshqa maqsadlarda ham foydalanilishi mumkin, masalan dengiz va daryo kemasi baliq ovlash uchun. Shuning uchun tijorat maqsadida ishlatishtexnik foydalanishdan farq qiladi. Transport vositasini tijorat maqsadida ishlatishga doir xarajatlar uni texnik normal holatda saqlab turishni qo`llash bo`yicha chora-tadbirlar o`tkazish bilan bog’liq bo`lmagan ijaraga oluvchi tomonidan transport vositasidan foydalanish darajasidan kelib chiqadigan (masalan yonilg’i to`lovi) xarajatlardir. Shuning uchun, transport vositasining ishlashi davomida muntazam almashtirilishi lozim bo`lgani yonilg’i, moy, boshqa materiallar, qismlar va transport vositasining reysi davomida zarur bo`lgan boshqa materiallar xarajatlariundan tijorat maqsadida foydalanishga doir xarajatlar qatoriga kiradi. Joriy va kapital ta’mirlash, shuningdek transport vositasini uning texnik foydalanilishi (masalan, moylash ashyolari, korroziyaga qarshi qoplamalar) yaroqliginiqo`llab turishga doirsaqlash uchun zarur qismlar va materiallar 135 qiymatibunday xarajatlarga kirmaydi. Tijorat maqsadida ishlatish xarajatlariga reys davomida majburiy to`lanadigan xususan, davlat va hududiy hokimiyat organlari tomonidan o`rnatilgan majburiy yig’imlar kabi boshqa xarajatlar ham kiritiladi. Mazkur norma dispozitiv xususiyatga ega bo`lib, agar taraflar shartnomada boshqacha belgilamagan bo`lsalar qo`llaniladi. Qonun transport vositasini saqlash bo`yicha majburiyatni ijaraga oluvchiga yuklaydi. Bu majburiyat shartnomaning butun muddati davomida amal qiladi. Ushbu shartnomaga nisbatan transport vositasini saqlash deganda,transport vositasini normal, texnik yaroqli holatda saqlab turishga qaratilgan choralar (harakatlar)kompleksi tushuniladi. Bunday choralarga ta’mirlashni (joriy, agarda shartnomada boshqacha nazarda tutilmagan bo`lsa kapital ta’mirlash) amalga oshirish, ko`zdan kechirish, transport vositasini qarovi bo`yicha choralar (tozalash) kiradi. Yuzaga kelgan munosabatlarni tartibga solishda taraflar ular uchun majburiy bo`lgankapital ta’mirlashga kiritilgan ishlar ro`yxati, uni o`tkazish davriyligi, majburiy ko`rikdan o`tkazish va ularni amalga oshirish usullariga doir texnik normalar va qoidalarga amal qilishlari lozim. Bu esa transportning ishlashi xavfsizligini ta’minlaydi. Bunday majburiy talablardan tashqari, taraflar ijaraga oluvchiga qo`shimcha majburiyatlar yuklashi mumkin (masalan, tozalashning davriyligini) yoki ushbu trapsport turini saqlashuchun amaliyotda qo`llaniladigan oddiy talablarga amal qilishlari mumkin. Joriy ta’mirlash, shuningdek agar shartnomada boshqacha belgilanmaganbo`lsa kapital ta’mirlashni ijaraga oluvchiga yuklanadi. Ayrim holatlarda ushbu qonun muayyan shartnomaga nisbatan cheklashlar bilan talqin qilinishi mumkin. Har bir aniq holatda bunday majburiyatlarning mazmuni transport vositasining turidan tashqari, ijara shartnomasi muddati bilan ham bog’liq bo`ladi. Bunday holatlarda ijara muddati bilan majburiy normalar va talablardagi normativ muddatlar bo`yicha (davriylik) aniq turdagi transport vositasining ta’mirlash va ko`zdan kechirish muddatlari muvofiqlashadi. Masalan, rejaviy kapital ta’mirlash joriyga nisbatan kam o`tkaziladigan holda, bunday majburiyat ijaraga oluvchining qisqa muddatli ijaradagi majburiyatiga kiritilmaydi. Shunday qoida joriy ta’mirlash va ko`zdan kechirishga nisbatan hamqo`llaniladi, agarda ularni o`tkazish muddatlari ijara muddati bilan to`g’ri kelmasa. Buning natijasida ijaraga beruvchi transport vositasini qisqa muddatli ijaraga berishga, agar uning kapital ta’mirlash muddati kelgan bo`lsa xaqli emas, chunki ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga mol-mulkni shartnoma shartlari va mol- mulkning vazifasiga muvofiq holatda topshirishga doir majburiyat buzilgan bo`ladi. Ijaraga beruvchiijaraga oluvchiga faqat transport vositasini berishga majbur, lekin uni boshqarish va texnik foydalanish bo`yicha xizmat ko`rsatmaydi. Shuning uchun ijaraga xizmat ko`rsatgan holda berishdan farqli ravishda ijaraga oluvchi o`zining kuchi bilan ushbu obyektni boshqarish, texnik va tijorat maqsadida 136 ishlatishni amalga oshiradi. Ijaraga oluchi transport vositasini boshqarishni va ishlatishni o`zi, o`zining xodimlari harakatlari yoki ijaraga oluvchi bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, agarda ushbu majburiyatlarni bajarishga fuqarolik-huquqiy shartnomalar doirasida jalb qilingan shaxslar bilan transport ustavlari va kodekslarning ma’muriy normalarini buzmagan bo`lsa,amalga oshirishi kerak Qonunga muvofiq ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi bilan transport vositasining ekipaj bilan yoki ekipajsiz qo`shimcha ijarasi yuzasidan shartnoma tuzishga haqli. Ammo, ushbu norma dispozitiv bo`lganligi uchun taraflar ijara shartnomasida ijara munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qoidalarni ham belgilashlari mumkin. Masalan, transport vositasini qo`shimcha ijaraga berishni ta’qiqlashlari yoki ijaraga oluvchiga ijaraga beruvchining roziligisiz transport vositasini bunday berishga ruxsat berishlari mumkin. Ijarga olingan transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish ijaraga beruvchi xodimlari tomonidan amalga oshirilganligi uchunularning harakatlari bilan transport vositasi halokatga uchragan yoki shikastlangan taqdirda bu ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchilar o`rtasida javobgarlik munosabatlarini vujudga keltirmaydi. Shuning uchun ijaraga beruvchi transport vositasi qonun yoki shartnomaga muvofiq ijaraga oluvchi javobgar bo`ladigan holatlarda halokatga uchraganini yoki shikastlanganligini isbot qilsa, ijaraga oluvchidan etkazilgan zararni talab qilishi mumkin. Ijaraga oluvchiga nisbatan javobgarlikni yuklovchi holatlar va sharoitlar to`g’risidagi tegishli qonun yoki shartnoma mavjud bo`lmaganda hamda ushbu holatlarning mavjudligini yoki shartnomaning tegishli shartlari buzilganligining isbotlash mumkin bo`lmaganda, ijaraga oluvchining javobgarligi kelib chiqmaydi va zararni ijaraga beruvchi qoplaydi. FKning 571–moddasi birinchi qismida nazarda tutilganholatda transport vositasi ijaraga beruvchining nazoratidan chiqmaydi, chunki uni boshqarish va texnik foydalanish uning xodimlari (ekipaji bilan) tomonidan amalga oshiriladi. Shuning uchun ijaraga olingan transport vositasi bilan uchinchi shaxslarga nisbatan etazilgan zarar uchun javobgarlik ijaraga beruvchiga yuklanadi. Agar ushbu zarar ekipaj a’zolarining har qaysining harakati yoki harakatsizligi natijasida yuzaga kelgan bo`lsa, unda ijaraga beruvchi ish beruvchi sifatida yuridik shaxs yoki fuqaroning uning xodimlari tomonidan mehnat, (xizmat, mansabdorlik) majburiyatlarini bajarishda yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni belgilovchi FKning 989–moddasida belgilangan tartibda ularning harakati uchun javob beradi. Ijaraga beruvchining transport vositasi bilan etkazilgan zarar uchun javobgarligiuning yuqori xavfli manbaa egasi sifatida aybi bilan bog’liq bo`lmaganda ham kelib chiqadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling