Toshkent davlat yuridik universiteti


 Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

4. Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish 


176 
Ijaraga oluvchining ijara shartnomasidan kelib chiqadigan subyektiv 
huquqlaridan biri o`zi tomonidan ijaraga olingan joyni yoki uning ma’lum qismini 
boshqa shaxs – ikkilamchi ijaraga oluvchiga ikkilamchi ijaraga berish to`g’risidagi 
shartnomani tuzgan holda berish huquqidir. 
Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini tuzish uchun ijaraga oluvchi ijaraga 
beruvchining roziligi olinishi talab etiladi. Shu bilan birga unda bunday rozilikni 
olmaslikning oqibatlari keltiriladi. Demak, bunday bitim qonun hujjatlariga 
muvofiq bo`lmaganligi sababli haqiqiy emas sanaladi.
Qonun shartnomaning shakli haqida biror norma belgilamagan. Lekin, 
qonun bilan ijara shartnomasining yozma shakli belgilanganidan kelib chiqqan 
holda uning yozma tarzda tuzilishi kerakligini, yozma shaklga amal qilmaslik esa, 
shartnomaning tuzilganligini guvoh ko`rsatmalari bilan isbotlash imkoniyatidan 
mahrum etishini anglatadi. 
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan ijaraga oluvchi ijaraga 
beruvchi oldida javobgar bo`lib qolaveradi. 
Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi qonun hujjatlarining jon boshiga 
to`g’ri keladigan uy-joy maydoni normasi haqidagi talablariga rioya etilgan 
taqdirdagina tuzilishi mumkinligi to`g’risidagi qoida o`rnatilgan
Yashash joyining ijtimoiy normasi xaqida O`zbekiston Respublikasining Uy-
joy Kodeksining 42-moddasida so`z boradi. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va 
aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joylar fuqarolarga uy-joy 
maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi. 
Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi 
hisobiga o`n olti kvadrat metrdan kam bo`lmagan umumiy maydon hajmida, 
kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa - yigirma uch kvadrat 
metrdan kam bo`lmagan hajmda belgilanadi. 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28-iyundagi 
325-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O`zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy 
fondi to`g’risida"gi Nizomning 4-bandiga ko`ra, kommunal uy-joy fondidagi uy-
joyni ijaraga oluvchi O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksida o`rnatilgan 
normalar bo`yicha bir kishiga 9 kvadrat metrdan kam bo`lmagan miqdorda oladi. 
Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslar bir xonaga yoki bir xonali 
kvartiraga joylashtirilishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida munitsipal, idoraviy uy-joy 
fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy 
normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin. 
Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan 
ortiqcha qo`shimcha uy-joy maydoni bir xona tarzida yoki o`n sakkiz kvadrat 
metrli umumiy maydon miqdorida beriladi. Ayrim surunkali kasalliklarning og’ir 
turlari bilan kasallangan fuqarolarga, O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash 
vazirligi tasdiqlagan ro`yxat bo`yicha, shuningdek bajarayotgan ish sharoitlari va 
xususiyatiga ko`ra qo`shimcha maydon zarur bo`lgan fuqarolarga bunday maydon 
miqdori ko`paytirilishi mumkin. 
Qonun chiqaruvchi ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining moliyaviy 
tomoniga alohida urg’u beradi. Bu ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi va 


177 
ijarachilarni ko`chirib kelishga chegaralar qo`yish maqsadida qilinganga 
o`xshaydi. 
Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga nisbatan qator cheklovlar mavjud. 
Masalan, uning muddati uy-joyni ijaraga berish shartnomasi muddatidan 
oshmasligi kerak. 
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi muddatdan oldin bekor qilinganda u 
bilan uy-joyni ijaraga berish shartnomasi ham bekor bo`ladi. Uy-joyni ikkilamchi 
ijaraga berish shartnomasiga nisbatan yangi muddatga shartnoma tuzishga bo`lgan 
imtiyozli huquq to`g’risidagi qoida tatbiq etilmaydi. 
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joylarni 
ikkilamchi ijaraga berishga yo`l qo`yilmaydi. (O`zbekiston Respublikasi Uy-joy 
Kodeksining 57-moddasi, 7-qismi) 
Munistipial va idoraviy uy-joy fondi turar-joylarini ikkilamchi ijaraga berish 
tartibi O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 57,58,59-moddalarida 
ko`rsatilgan. 
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 58-moddasiga binoan 
Munistipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ikkilamchi ijaraga 
berishga quyidagi hollarda yo`l qo`yilmaydi: agar ikkilamchi ijaraga oluvchining 
ko`chib kirishi oqibatida har bir yashovchiga to`g’ri keladigan umumiy maydon 
belgilangan normadan kamayib ketsa; agar unda O`zbekiston Respublikasi 
Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro`yxatdagi ayrim surunkali 
kasalliklarning og’ir turlari bilan kasallangan shaxslar yashayotgan bo`lsa; ijaraga 
beruvchining roziligi bo`lmasa; ijaraga oluvchining. uning voyaga etgan oila 
a’zolarining, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi bo`lmasa; turar 
joyni ikkilamchi ijaraga berish qoidalarida belgilangan boshqa hollarda. 
Munistipial va idoraviy uy-joy fondi turar-joylarini ikkilamchi ijaraga berish 
qoidalari qonunchilik bilan belgilanadi (FKning 613-moddasiga qarang). 
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 59-moddasida munistipal va 
idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joylardan ikkilamchi ijaraga berish 
shartnomasi bo`yicha foydalanganlik va kommunal xizmatlar uchun to`lanadigan 
haq miqdori taraflar kelishuviga muvofiq belgilanadi, lekin uning miqdori shu joy 
uchun ijaraga oluvchi tomonidan to`lanayotgan haq hamda kommunal xizmatlar 
haqidan oshib ketmasligi kerakligi belgilangan. 
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 60-moddasi ikkilamchi 
ijaraga berish shartnomasini bekor qilish tartibini belgilaydi. 
Munistipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ikkilamchi 
ijaraga berish shartnomasining muddati tugagandan so`ng ikkilamchi ijaraga 
oluvchi shartnomani qayta tiklashni talab qilishga haqli emas va u egallab turgan 
turar joyni ijaraga oluvchining talabidan keyin ham bo`shatib bermasa, unga 
boshqa turar joy berilmagan holda sud tartibida ko`chiriladi. Ijaraga berish 
shartnomasi bekor qilingan hollarda ham ikkilamchi ijaraga oluvchi unga boshqa 
turar joy berilmagan holda xuddi shu tartibda ko`chiriladi. 
Agar ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi muddati ko`rsatilmay tuzilgan 
bo`lsa, ijaraga oluvchi ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bekor qilinishi haqida 
ikkilamchi ijaraga oluvchini uch oy oldin ogohlantirishi shart. 


178 
Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi, shuningdek Uy-joy Kodeksining 69-
moddasi hamda 119-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga 
ko`ra ham bekor qilinishi mumkin. 
Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasida shartnomani yangi 
muddatga tuzishdagi imtiyozli huquq qoidasi amal qilmasligi belgilangan. Mazkur 
qoida uning yuqoridagi ikkilamchi ijaraga oluvchi turar-joydan o`z istagiga ko`ra 
foydalanish xuquqini qo`lga kirita olmasligi, va turar-joyni ijaraga berish 
shartnomasiga ko`ra ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchining javobgar bo`lib 
qolishi to`g’risidagi qismlaridan kelib chiqadi. Qolaversa, ikkilamchi ijaraga berish 
muddati uy-joy ijarasi shartnomasi muddatidan oshmasligi, shartnomaning 
muddatdan avval bekor qilinishi bilan uy-joy ijarasi shartnomasi ham bekor 
bo`lishi ham bunga asos bo`ladi. 
 Turar-joyning ijaraga berish shartnomasining ijaraga oluvchining voyaga 
etgan, u bilan birga doimiy yashaydigan fuqaro bilan almashtirilgan taqdirda 
o`zgartirilishi haqida so`z boradi. Bunday o`zartirishning asosiy sharti - ijaraga 
oluvchi va ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolarning uni 
o`zgartirish to`g’risidagi talablari va roziliklaridir. Bu o`rinda ijaraga oluvchi va u 
bilan birga doimiy yashovchi fuqarolarning ariza yozishlari, ijaraga beruvchining 
vakili esa yozma rozilik berishi haqida gap borayapti. 
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi ijaraga oluvchining o`limi yoki uning 
uy-joydan chiqib ketishi bilan bekor qilinmaydi. Bunday shartnoma avvalgi 
shartlarda o`z kuchida bo`laveradi. Bu holda ijaraga oluvchi avvalgi ijaraga 
oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolarning umumiy kelishuviga binoan 
ulardan biri ijaraga oluvchi bo`ladi. Aks xolda, uy-joyda doimiy birga yashovchi 
fuqarolarning hammasi birgalikda ijaraga oluvchiga aylanadi. 
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 66-moddasiga binoan 
munistipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining 
uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi faqat ijaraga oluvchi, uning 
voyaga etgan oila a’zolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar hamda ijaraga 
beruvchining roziligi bilan o`zgartirilishi mumkin. 
Ijaraga oluvchi, uning voyaga etgan oila a’zolari va u bilan doimiy 
yashayotgan fuqarolarning talabi bo`yicha shartnoma voyaga etgan oila a’zolaridan 
biri bilan tuzilishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 614 
moddasi, O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 66-moddasi 2 qismidagi 
umumiy talablardan farqli ravishda bunda ijaraga oluvchi turar joydan ko`chib 
ketgan yoki u vafot etgan taqdirda shartnoma ushbu turar joyda yashayotgan 
voyaga etgan oila a’zolaridan biri bilan tuzilishiga oid qoida nazarda tutiladi. 
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi ikkala tarafning roziligi bilan bekor 
qilinadi. U taraflar tomonidan istalgan vaqtda sudga murojaat qilmasdan amalga 
oshirilishi mumkin. 
Ijaraga oluvchi tomonidan istalgan vaqtda, sudga murojaatsiz ijara 
shartnomasini bir taraflama bekor qilish mumkinligini nazarda tutadi. Buning 
uchun birga doimiy yashovchi boshqa fuqarolarning yozma roziligi va ijaraga 
beruvchini uch oy oldindan ogohlantirish talab qilinadi. 
Tijorat shaklidagi ijara shartnomasining ijaraga beruvchining talabiga ko`ra 


179 
sud orqali bekor qilish asoslari va tartibiga bag’ishlangan maxsus qoidalar o`rin 
egallagan. 
Ulardan biri - ijaraga oluvchi tomonidan o`zining turar-joy uchun to`lov 
majburiyatini olti oy mobaynida bajarmaslik (agar shartnomada bundan uzoqroq 
muddat ko`rsatilmagan bo`lsa). Bu qoida turar-joyni qisqa muddatli ijaraga olishda 
biroz o`zgaradi (shartnoma bilan belgilangan to`lov muddati o`tgandan keyin ikki 
martadan ortiq to`lov amalga oshirilman holatda). 
Mazkur xolatda turar-joydan chiqarib yuborish to`g’risida qaror qabul qilish 
uchun shartnomada belgilangan haq to`lash muddati o`tganidan keyin ikki 
martadan ko`proq haq to`lanmaganligi asos bo`ladi. 
Shu kabi chiqarib yuborishga yana bir sabab - ijaraga oluvchi yoki xatti-
harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo`lgan boshqa fuqarolar tomonidan uy-
joy vayron qilinishi yoki unga putur yetkazilishidir. 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28 iyundagi 
325-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O`zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy 
fondi to`g’risida"gi Nizomning 58-bandiga ko`ra shartnoma shartlari bajarilmagan 
taqdirda ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini egallab turgan turar joy maydonidan 
boshqa turar joy bermasdan, sud yo`li bilan majburiy ravishda ko`chirib yuborish 
huquqiga egadir. 
Taraflardan birining talabiga ko`ra shartnomaning bekor qilish imkoni 
mavjudligi ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi, shuningdek uchinchi shaxslar yoki 
ta’sir o`tkazib bo`lmaydigan (yengib bo`lmaydigan) kuchlar harakatining natijasida 
yuzaga keladigan sharoitlar bilan bog’liq. Taraflardan birining talabiga ko`ra uy-
joy ijarasi shartnomasining sud orqali bekor qilinishiga bog’liq shunday 
holatlardan biri – uy-joyning unda doimiy yashashga yaroqsiz holga tushib qolgani 
(masalan, avariyaviy holat) misol bo`ladi. 
Ijaraga oluvchi, hamda u javobgar bo`lgan har qanday shaxs turar-joydan 
belgilanmagan tartibda foydalansa, muntazam ravishda qo`shnilarning huquq va 
manfaatlarini buzsalar, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini qoidabuzarliklarga 
barham berish zarurligi to`g’risida ogohlantirishi mumkin. 
Ijaraga beruvchi tomonidan uy-joy ijarasi shartnomasining sud orqali bekor 
qilinishiga qator qat’iy asoslar o`rnatilgan. 
Ulardan bir xaqida yuqorida to`xtaldik: ijaraga oluvchi, hamda u javobgar 
bo`lgan har qanday shaxsning uy-joydan belgilanmagan tartibda foydalanishi 
(O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 607-moddasiga qarang). 
Ikkinchi xolat - muntazam ravishda qo`shnilar huquq va manfaatlarining 
buzilishi. Bunda qonun chiqaruvchi so`z nima haqida borayotganiga izoh 
bermagan, lekin odatda mast holdagi janjallar, tunda baland musiqa eshitish va 
boshqa shu kabi jamoat joyida noo`rin bo`lgan harakatlar haqida gapiriladi. 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 
325-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Turar-joylarni va uy atrofidagi yerlarni 
saqlash va foydalanish Qoidalari"ning 17-bandi bilan belgilangan qoidaga ko`ra 
kvartiralarda osoyishtalik saqlanishi kerak. Proigrivatellar, magnitofonlar va 
televizorlar va har hil baland tovush chiqaruvchilardan foydalanishga soat 23.00 
dan boshlab ertalab soat 7.00 gacha qo`shnilarning osoyishtaligini buzmaydigan 


180 
darajada past tovushda qo`yish sharti bilan yo`l qo`yiladi. 
Ikkala holat uchun ham o`ziga xos tartib o`rnatilgan. Avvalo, ijaraga 
beruvchi ijaraga oluvchi, yoki u javobgar bo`lgan shaxs tomonidan yo`l qo`yilgan 
xatolarni ko`rsatib, bu kabi harakatlarni to`xtatish zarurligi haqida ogohlantirishi 
lozim. Qoidabuzarliklar tuzatilmay qolavergan taqdirdagina ijaraga beruvchi 
belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli. 
Ijaraga oluvchi, hamda shartnoma bekor qilingan vaqtda uy-joyda yashab 
turgan boshqa fuqarolarning shartnoma predmeti bo`lgan uy-joydan sud qaroriga 
asosan chiqarib yuborilishi, uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilishning 
oqibati bo`ladi. 
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy 
fondining uylaridagi egallab turilgan turar joydan ko`chirishga O`zbekiston 
Respublikasi Uy-joy Kodeksining 70-moddasiga asosan qonunda belgilangan 
asoslar bo`yicha yo`l qo`yiladi. 
Chiqarib yuborishga ijaraga oluvchining ijara shartnomasini buzganligi 
uchun ko`riladigan chora sifatida qarash kerak. 
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 74-moddasida fuqarolarga 
boshqa turar-joy ajratilmasdan chiqarib yuborishga asoslar sanab o`tilgan. 
Aybdorlarning chiqarib yuborilishi ijaraga beruvchi yoki boshqa manfaatdor 
shaxslarning talabiga binoan boshqa turar-joy ajratilmasdan amalga oshiriladi, 
agarda munistipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy 
fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki u bilan 
doimiy yashayotgan fuqarolar turar joyni buzayotgan yoxud shikastlantirayotgan 
yoki undan o`z maqsadi bo`yicha foydalanmayotgan yoxud turmush qoidalarini 
muntazam buzib boshqalarning u bilan bir kvartira yoki bir uyda yashash imkonini 
bermayotgan bo`lsalar, bunda ogohlantirishlar va jamoat ta’sir choralari natija 
bermagan bo`lsa, shuningdek shartnomada uzoqroq muddat belgilanmagani holda 
ijaraga oluvchi turar joy haqini olti oy to`lamagan bo`lsa, qisqa muddatli ijarada 
esa shartnomada belgilangan to`lov muddati o`tganidan so`ng ikki martadan ortiq 
to`lanmagan holda amalga oshiriladi.
Turar-joy 
arendasi 
shartnomasiga 
keladigan 
bo`lsak, 
O`zbekiston 
Respublikasi Uy-joy Kodeksining 93-moddasiga ko`ra Turar joy arendasi 
shartnomasi, agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo`lmasa, taraflar kelishuvi bo`yicha o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. 
Shartnoma shartlari bir tarafning aybi bilan buzilganda, shuningdek shartnomada 
yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda turar joy arendasi shartnomasi 
ikkinchi tarafning talabiga binoan, sud qaroriga ko`ra o`zgartirilishi yoki bekor 
qilinishi mumkin. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling