Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
36-BOB TEKIN FOYDALANISH
1. Tekin foydalanish shartnomasi tushunchasi va huquqiy belgalari Fuqarolik huquqida ijtimoiy maqsadlarga yo`naltirilgan shartnoma konstrukstiyalari ham mavjud bo`lib, ushbu shartnomalar bevosita tarafdan haq to`lamagan holda muayyan mol mulkdan foydalanish, tekin manfaat ko`rish imkoniyatini beradi. Bunday shartnomalardan biri bu tekin foydalanish shartnomasidir. Mazkur shartnoma ssuda shartnomasi deb ham ataladi. Fuqarolik Kodeksi qabul qilinguniga qadar bu termin shartli bo`lib, fuqarolik qonunchiligida ko`rib chiqilayotgan munosabatlarga nisbatan qo`llanmas edi. Zamonaviy sharoitda “ssuda” so`zi fuqarolik ishlarida va normativ xujjatlarda shuningdek, biroz boshqa ma’noda – qarz (jumladan, qisqa muddatli va uzoq muddatli ssuda) so`zining sinonimi sifatida xam keng ishlatiladi. Xuddi shu ma’noda mazkur atamani kundalik muloqotda ham ishlatishadi. Bundan tashqari, turli imloviy lug’atlarda berilishicha va odatga aylangan amaliyotga ko`ra ssuda moliyaviy yoki natura tarzida berilgan qarzni anglatadi. Shunga qaramay, to`g’ri qo`llanilishiga qarab “ssuda” hozirda yangi ma’noga ega bo`ldi. Ssuda shartnomasi taraflari bu – ssuda beruvchi va ssuda oluvchi. Ssuda shartnomasi obyekti – turga xos alomatli ashyodir. Tekin foydalanish shartnomasining tushunchasidan ko`rinadiki, u (hadya 183 kabi) konsensul va real bo`lishi mumkin. Birinchi shaklda shartnoma ikki taraflama hisoblanadi, chunki, majburiyatlar ikkala tarafda ham yuzaga keladi, ikkinchi shaklda esa – bir taraflama bo`ladi (majburiyat faqat ssuda oluvchiga yuklanadi). U vaqtincha foydalanishga olgan narsasini qaytarishga majbur. Qonunda ssudaga olingan ashyoning normal eyilishni hisobga olib xuddi shunday holatda yoki shartnomada nazarda tutilgan holatda qaytarilishi kerakligi qayd etilganligini alohida tushuntirish talab etiladi. Ssuda va ijara shartnomalarining alohida olinganda turga xos alomatli ashyoni vaqtinchalik foydalanishga berishni anglatuvchi o`xshashligi (birinchisi – foyda ko`rish maqsadida, ikkinchisi – tekinga) sababli ssuda shartnomasiga ijara to`g’risidagi qator umumiy qoidalar qo`llaniladi. Fuqarolik Kodeksi tekin foydalanish mulk ijarasi to`g’risidagi qator normalar bilan tartibga solinishini nazarda tutadi. Ular o`rtasidagi o`xshashlik salmoqli bo`lishiga qaramay, qator farqlar mavjud. Asosiy farq sifatida ko`pincha birining tekinga tuzilish, ikkinchisining esa foyda ko`rish maqsadida ekanligi deb ko`riladi. Mazkur qoida foydalanishga berilayotgan obyektlar (FK 537-moddasi), shartnoma muddati (FK 540-moddasi), foydalanuvchining huquq va majburiyatlari (O`zR FK 545, 548, 615-moddalari) shartnomani nomuayyan mudatga yangidan tuzilgan deb tan olish imkoniyati (O`zR FK 553-moddasi), foydalanishga topshirilgan mulkni yaxshilashga ketadigan xarajatlarni taraflar o`rtasida taqsimlanish tartibini (O`zR FK 55-moddasi) belgilovchi tegishli moddalarni sanab o`tadi. Mulkdorning narsani boshqa shaxsga berish huquqi uning o`ziga tegishli vakolatdir. U o`z mulkini tasarruf etish huquqini amalga oshirishni xususiy ko`rinishini o`zida ifodalaydi (O`zbekiston Republikasi Fuqarolik Kodeksining 164-moddasi). Bunday huquqqa qonun yoki mulkdor tomonidan vakolat berilgan shaxslar ham ega bo`ladilar. Mulkdor roziligi bilan harakat qiluvchi shaxsga keladigan bo`lsak, bunday huquq ishonchnoma berish yoki boshqa qandaydir kelishuvning amalga oshirilishi natijasida qo`lga kiritilishi mumkin. O`zbekiston Republikasi Uy-joy Kodeksining 88-moddasiga asosan arendaga oluvchi arendaga beruvchining roziligi bilan arendaga berilgan turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berishga va arenda shartnomasi bo`yicha o`z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o`tkazishga (qayta ijara), arendaga berilgan turar joyni tekin foydalanishga berishga haqlidir. Bunday hollarda arendaga oluvchi arendaga beruvchi oldida shartnoma bo`yicha javobgar bo`lib qoladi. Qolaversa, tekin foydalanish shartnomasi muddati ijara shartnomasi muddatidan uzoqroq muddatga tuzilishi mumkin emas. “Garov to`g’risidagi” O`zbekiston Republikasining yangi tahrirdagi Qonunining 21- modda, 3-qismi, uchinchi xatboshisi garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini boshqa shaxsga berish, uni ijaraga yoki bepul foydalanish uchun boshqa shaxsga topshirish yoxud uni boshqacha tarzda tasarruf etishga ruxsat beradi. Alohida hollarda qonun ba’zi cheklovlarni kiritgan holda shaxsga mulkni 184 tekinga foydalanishga ruxsat beradi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 184-moddasiga asosan vasiy vasiylik organlarining avvaldan berilgan ruxsatisiz bunday kelishuvlarni amalga oshirishga xaqqi yo`q. Tijorat tashkilotlariga mulkni shaxslarga tekin foydalanishga topshirishni taqiqlashdan maqsad, bu shaxslarning tijorat tashkilotlari bilan o`zaro munosabatlarda suiste’mol holatlarining oldini olishdan iborat. Agar bunday harakatlar sodir etilsa, ular O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 116- moddasiga asosan qonun hujjatlariga muvofiq kelmaydigan bitim deb topilib, o`z- o`zidan haqiqiy sanalmaydi. “Ssuda beruvchi ashyoni...topshirishi shart” iborasi gap bu erda faqatgina konsensual shartnoma to`g’risida borayotganini bildirmaydi. O`rganilayotgan vaziyatda narsaning topshirilishi emas, uning tekin foydalanishga berilishi to`g’risida deyish to`g’riroq bo`lardi (O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 617-moddasiga qarang). Bu erda aslini olganda ssuda beruvchining ashyoni kam-ko`stsiz, shikastlanmagan holda topshirish majburiyati qayd etiladi. Qolaversa, ashyo bilan birga unga mansub barcha ashyolar va tegishli hujjatlar berilishi kerak (O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 90-moddasi). Bayon etilgan norma dispozitiv hisoblanadi. Undan keyin, qonunda ashyoni foydalanish imkoni bo`lmagan yoki ma’lum darajada bu imkoniyat yo`qoladigan ashyoni uskunalarisiz va xujjatlarisiz taqdim qilinish ikki xil oqibati beriladi. Bunday holda ssuda oluvchi shartnomaning amalda qo`llanilishini yoki bekor qilinishini va u tomonidan ko`rilgan real zararni qoplashni talab qilishga haqli. So`nggi band ashyoni normal ekspluatastiyasi uchun ketgan xarajatlarni o`z ichiga oladi. Javobgarlikning qisman chegaralanganligi mazkur shartnomaning tekinligi bilan belgilanadi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 382-moddasiga asosan agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o`zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi hollarda o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin: 1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa; 2) ushbu Kodeks, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o`zga hollarda. Taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo`lgan manfaatdan ko`p darajada mahrum bo`ladigan qilib zarar etkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi. Bir taraf shartnomani bajarishdan to`la yoki qisman bosh tortib, qonun yoxud taraflarning kelishuvida bunga yo`l qo`yilsa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan yoki o`zgartirilgan hisoblanadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling