Toshkent davlat yuridik universiteti


 Shartnomaning bekor bo`lishi


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
3. Shartnomaning bekor bo`lishi. 
Shartnoma shartlarini o`zgartirish tartibi 
Tekin foydalanish shartnomasi qonunda va shartnomada nazarda tutilgan 
hollarda bekor bo`lishi mumkin. Jumladan, FKning 630-moddasi mazmuniga 
ko`ra, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, ssuda oluvchi 
fuqaro vafot etgan yoki ssuda oluvchi yuridik shaxs tugatilgan hollarda tekin 
foydalanish shartnomasi bekor bo`ladi. 
Ayni paytda shartnoma muddatidan ilgari tugatilishi, bekor bo`lishi ham 
mumkin. FKning 627-moddasida shartnomaning muddatidan ilgari bekor bo`lish 
asoslari keltirilgan bo`lib, ular ssuda beruvchining talabiga ko`ra, quyidagilardir. 
Agar ssuda oluvchi: 
1) ashyodan 
shartnomaga 
yoki 
ashyoning 
vazifasiga 
muvofiq 


187 
foydalanmasa; 
2) ashyoni soz holda saqlash va uni asrash majburiyatini bajarmasa; 
3) ashyoning holatini ancha yomonlashtirsa; 
ssuda beruvchining roziligisiz ashyoni uchinchi shaxsga bergan bo`lsa. 
Agar ssuda oluvchi ashyodan shartnomaga yoki uning vazifasiga nomuvofiq 
holda foydalanishi yoxud uni ssuda beruvchining roziligisiz uchinchi shaxsga 
berishi tufayli ashyo nobud bo`lsa yoki buzilsa, tekin foydalanish uchun olingan 
ashyoning tasodifan nobud bo`lish yoki tasodifan buzilish xavfi ssuda oluvchining 
zimmasida bo`ladi. Ssuda oluvchi o`z ashyosidan voz kechib, ssudaga berilgan 
ashyoning nobud bo`lishi yoki buzilishini bartaraf qilish imkoniyatiga ega bo`lgan 
bo`lsa ham, ashyoning tasodifan nobud bo`lish yoki tasodifan buzilish xavfi uning 
zimmasida bo`ladi. 
Ssuda beruvchi ashyodan foydalanish natijasida uchinchi shaxsga etkazilgan 
zarar uchun, basharti bu zarar ssuda oluvchi tomonidan yoki bu ashyo ssuda 
beruvchining roziligi bilan qo`liga tushib qolgan shaxs tomonidan qasddan yoxud 
qo`pol ehtiyotsizlik tufayli etkazilganini yoinki zarar ssuda oluvchining egaligidan 
ssuda beruvchining roziligisiz chiqib ketgan ashyodan foydalanib etkazilganini 
isbot qilmasa, javobgar bo`ladi. 
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksidagi ssuda beruvchining 
ashyoning kamchiliklari uchun kontragent-ssuda oluvchi oldida javobgarligini 
belgilaydigan 621-moddasidan farqli ravishda ssuda beruvchining uchinchi 
shaxsga etkazgan zarariga nisbatan javobgarligini (ilgari fuqarolik qonunlarida 
uchramagan) ko`zda tutadi. Javobgarlikdan ozod qilinish holati zararning ssuda 
oluvchi yoki ssuda beruvchining roziligi bilan ashyo qo`liga tushib qolgan boshqa 
shaxs tomonidan qilingan huquqbuzarlik (qasddan yoki qo`pol ehtiyotsizlik 
tufayli) natijasida keltirilganida bo`ladi. Bu holatni isbotlash burchi ssuda 
beruvchiga yuklanadi. 
Ssuda oluvchi egaligi va foydalanishida oshirilgan xavf manbai mavjud 
bo`lgan holat o`ziga xos bo`ladi. U tomonidan etkazilgan zararni qoplash 
majburiyati shu manbaga qonuniy asosda egalik qiluvchi shaxsga yuklanadi. 
Bunday shaxs O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 999-moddasiga 
ko`ra “Tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tug’diradigan faoliyat tufayli 
etkazilgan zarar uchun javobgarlik” normasiga ko`ra ssuda oluvchi bo`lishi 
mumkin. 
Ssuda oluvchi tekin foydalanish uchun olgan ashyoni uchinchi shaxsga 
foydalanish uchun faqat ssuda beruvchining roziligi bilan va uning oldida mas’ul 
bo`lib qolgan holda berishga haqli. 
Ssuda beruvchi quyidagi hollarda shartnomani muddatidan oldin bekor 
qilishni talab qilishga haqli, agar ssuda oluvchi: 
ashyodan shartnomaga yoki ashyoning vazifasiga muvofiq foydalanmasa; 
ashyoni soz holatda saqlash yoki uni asrash majburiyatlarini bajarmasa; 
ashyoning holatini ancha yomonlashtirsa; 
ssuda beruvchining roziligisiz ashyoni uchinchi shaxsga bergan bo`lsa. 
Ssuda oluvchi quyidagi hollarda tekin foydalanish shartnomasini muddatidan 
oldin bekor qilishni talab qilishga haqli: 


188 
ashyodan normal foydalanishni mumkin bo`lmaydigan yoki qiyin qilib 
qo`yadigan nuqsonlarni aniqlagan bo`lsa, bu nuqsonlar xususida shartnoma tuzish 
paytida bilmagan va bilishi mumkin bo`lmagan taqdirda; 
agar o`zi javobgar bo`lmagan holatlarga ko`ra ashyo undan foydalanish 
mumkin bo`lmaydigan holatga kelib qolsa; 
agar shartnoma tuzishda ssuda beruvchi uni topshirilayotgan ashyoga 
nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlari to`g’risida ogohlantirmagan bo`lsa; 
ssuda beruvchi ashyoni yoki unga mansub ashyolarni va tegishli hujjatlarni 
berish majburiyatini bajarmasa. 
Agar ashyodan tekin foydalanish muddati shartnomada belgilab qo`yilgan 
bo`lmasa va shartnomada xabar qilishning boshqa muddati nazarda tutilmagan 
bo`lsa, har qaysi taraf ikkinchi tarafni bir oy oldin xabardor qilib, shartnomadan 
xohlagan paytda voz kechishga haqli. 
Agar tekin foydalanish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo`lmasa, ssuda oluvchi muddati ko`rsatib tuzilgan shartnomadan ushbu 
moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda har qachon voz kechishga 
haqli. 
Ssuda beruvchi ashyoni boshqa shaxsga berishga yoki uni haq evaziga 
foydalanish uchun uchinchi shaxsga topshirishga haqli. Bunda avval tuzilgan tekin 
foydalanish shartnomasi bo`yicha huquqlar yangi mulkdor yoki foydalanuvchiga 
o`tadi, uning ashyoga nisbatan huquqlari qatoriga ssuda oluvchining huquqlari 
qo`shiladi. 
Ssuda beruvchi fuqaro vafot etgan yoxud ssuda beruvchi yuridik shaxs qayta 
tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda tekin foydalanish shartnomasi bo`yicha 
ularning huquq va burchlari merosxo`rga yoki boshqa huquqiy vorisga yoxud 
ashyoga mulk huquqi yoki ashyoni tekin foydalanish uchun topshirishga asos 
bo`lgan o`zga huquq o`tgan boshqa shaxsga o`tadi. 
Ssuda oluvchi yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda, tekin foydalanish 
shartnomasida boshqa tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, uning shartnoma bo`yicha 
huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga o`tadi. 
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, ssuda oluvchi 
fuqaro vafot etgan yoki ssuda oluvchi yuridik shaxs tugatilgan hollarda tekin 
foydalanish shartnomasi bekor bo`ladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling