Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 37-bob Pudrat
Nazorat uchun savollar:
1. Mol-mulkni bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o`tkazish nafaqat haq evaziga, balki tekinga ham amalga oshirilishi mumkin. Bu esa fuqarolik huquqidagi o`ziga xos shartnomaviy-huquqiy konstrukstiyani yuzaga keltiradi. Bu konstrukstiya haq evaziga tuziladigan shartnomalardan nimasi bilan farq qiladi? 2. Tekin foydalanish shartnomasida tovarning kamchiliklari tufayli zarar etkazilganda uni qoplash masalasi qanday hal qilinadi? 3. “Nur” ishlab chiqarish korxonasiga qarashli bo`lgan qo`shni tumandagi binoni tekin foydalanish shartnomasi asosida nomuayyan muddatga B ga beradi. B 189 xususiy tadbirkor sifatida o`z faoliyatini ushbu binoda boshlaydi. Ma’lum vaqt o`tgach “Nur” ishlab chiqarish korxonasi ogohlantirishsiz ushbu binoni B dan olib qo`yyadi va B ning faoliyati to`xtab qoladi. Natijada B olishi lozim bo`lgan foydadan mahrum bo`ldi. B xo`jalik sudiga etkzilgan zararni qoplash bo`yicha xo`jalik sudiga murojaat qildi va sud B foydasiga ishni hal qildi. Xo`jalik sudining qarori to`g’rimi? 4. A ismli shaxs o`z do`sti bo`lgan B ga avtomashinasini tekin foydalarnish shartnomasi asosida foydalanishga berdi. Va shartnoma bandlari sifatida mashinani joriy va kapital ta’mirlash Bning majburiyati qilib belgilandai. Ma’lum vaqtdan so`ng A manishinani kapital ta’mirlash bo`yicha og’zaki tarzda majburiyat oldi va bir necha bor mashinani ta’mirladi. Keyingi gal mashinani ta’mirlashdan esa A bosh tortdi. B esa bundan norozi bo`lib sudga murojaat qildi va A ning kapital ta’mirlash bo`yicha majburiyat olganligin aytdi. Sud esa A ning harakatlarini qonuniy deb topdi. Sudning qarorini asoslang. 37-bob Pudrat Fuqarolik muomilasida pudrat shartnomasi ko`p qo`llaniladigan shartnomalardan bo`lib hisoblanadi. Pudrat shartnomaviy munosabatlari maxsus qonunlar – FKning 37-bobi (Pudrat to`g’risida umumiy qoidalar (631-655-moddalar), maishiy pudrat (656- 665-moddalar), qurilish pudrati (666-685-moddalar), loyiha va qidiruv ishlari pudrati (686-692-moddalar), ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomalari (693-702-moddalar) bilan tartibga solinadi. Shuningdek, Shaharsozlik kodeksi va boshqa qonun hujjatlarining roli beqiyosdir. Pudrat shartnomasining ayrim turlari (maishiy pudrat, qurilish pudrati, loyihalash yoki qidiruv ishlari pudrati, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati)ga, agar FKning bunday turdagi shartnomalar to`g’risidagi qoidalarida boshqacha tartib belgilangan bo`lmasa, pudrat to`g’risidagi umumiy qoidalar qo`llaniladi. 1963 yilgi Fuqarolik kodeksida pudrat shartnomasining ikki xil ko`rinishi mavjud bo`lgan bo`lib, uning 32-bobi “Pudrat”, 33-bobi esa “Kapital qurilishga oid pudrat” deb nomlangan. Qayd etilgan 33-bobning normalaridagi tushunchalardan kelib chiqib aytish mumkinki, nafaqat qurilish ishlari shartnomasining predmeti bilan, balki ushbu jarayonda vujudga keladigan munosabatlar ikkala kontragentlari uchun ham majburiy bo`lgan rejaning mavjud bo`lishi bilan ajralib turgan. Shu o`rinda alohida ta’kidlab o`tish joizki, 37-bobda belgilangan pudrat shartnomalaridan xar birini tuzishda tegishli paragraflarning qoidalari pudrat shartnomasiga doir umumiy normaga nisbatan maxsus qoida vazifasini o`taydi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, maxsus va umumiy xususiyatli paragraflar o`rtasida kolliziya kelib chiqqanda maxsus normalarga qo`llanilishi maqsadga muvofiq. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling