Toshkent davlat yuridik universiteti
Tekin foydalanish shartnomasi bo`iicha taraflar, ularning huquq
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
2. Tekin foydalanish shartnomasi bo`iicha taraflar, ularning huquq va majburiyatlari 185 Tekin foydalanish shartnomasi xo`jalik shartnomalaridan biri bo`lmasa-da, lekin ayrim sohalarda, masalan, maishiy, ma’rifiy sohalarda, shuningdek, mahalla aholisi o`rtasida, qo`ni-qo`shnichilikda ancha muhim rol o`ynaydi. Shartnomaning bu ahamiyati unda ishtirok etishga tomonlar o`rtasida rag’batni oshiradi. Ssuda shartnomasi bo`yicha faqat ikki taraf subyekt sifatida munosabatlarga kirishishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi FKning 617-moddasiga muvofiq, ssuda shartnomasida taraf sifatida ssuda oluvchi va ssuda beruvchi ishtirok etishi mumkin. Mol-mulkni tekinga foydalanishga mulk huquqi asosida muayyan mol-mulki bo`lgan har qanday shaxs berishi mumkin. Shuningdek, FKning 618-moddasiga binoan ashyoni tekin foydalanishga berish huquqiga uning mulkdori bo`lmagan, lekin qonun yoki mulkdor tomonidan vakolat berilgan boshqa shaxslar ham ega bo`ladi. Ayni paytda, tijorat tashkiloti o`z muassisi, ishtirokchisi (akstiyadori), rahbari, o`z boshqaruv yoki nazorat organlarining a’zosi bo`lgan shaxsga ashyoni tekin foydalanishga berishga haqli emas (FKning 618-moddasi 2-qismi). Ssuda shartnomasi ssuda beruvchining manfaatlarini ko`zlab tuzilmaydi, binobarin, bu shartnoma ijara shartnomasidan farq qilgan holda, mulkdorning biror manfaatlariga javob bermaydi va mulkdorning ushbu shartnomadan manfaat ko`rishiga oid huquqtari bo`lmasdan, faqat ssuda oluvchining manfaatlarini ko`zlovchi majburiyatlarigina mavjuddir. Chunonchi, FKning 619-moddasiga binoan, ssuda beruvchi ashyoni tekin hamda vazifasiga muvofiq foydalanish shartlariga javob beradigan holatda barcha mansub ashyolari va tegishli hujjatlari bilan birga topshirishi shart. Ushbu majburiyat ssuda beruvchining asosiy majburiyati bo`lib, bunda ssuda oluvchining manfaatlari ko`zlangan. Chunki ssuda oluvchiga zarur ashyo topshirilmasa, topshirilsa-da, u lozim darajada sifatli bo`lmasa, bunda ssuda beruvchi FKning 620, 621-moddalarida belgilangan tartibda javobgar bo`ladi, ya’ni agar ssuda beruvchi ashyoni ssuda oluvchiga bermasa, ssuda oluvchi shartnomani bekor qilish va etkazilgan haqiqiy zarar o`rnini qoplashni talab qilishga haqli bo`ladi (FK 620-moddasi). FKning 621-moddasiga muvofiq, ssuda beruvchi tekin foydalanish shartnomasini tuzish paytida qasddan yoki qo`pol ehtiyotsizlik bilan ashyoning kamchiliklarini aytib qo`ymagan bo`lsa, bu kamchiliklar uchun javobgar bo`ladi. Ssuda beruvchi ashyoni topshirayotgan paytda uning kamchiliklarini aytib, zarur bo`lsa, shartnomada ko`rsatib, topshirishi lozim. Agarda aytib topshirmagan bo`lsa, ssuda beruvchi aybining darajasi, etkazilgan zarardagi haqiqiy ishtiroki, ya’ni hissasi uning bu harakatni qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir qilganligi bilan belgilanadi. Ssuda beruvchi atayin yoki qo`pol extiyotsizlik natijasida shartnomaning tuzilish vaqtida aytib o`tilmagan holatlardagina narsaning kamchiliklariga javob beradi. Boshqa holatlarda javobgarlik yuzaga kelmaydi. Shartnoma tuzilayotgan vaqtda bilmagan kamchiliklar uchun ssuda beruvchi ijaraga beruvchidan farqli ravishda javobgarlikka tortilmaydi (O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 542-moddasining birinchi qismiga qarang). Ssuda oluvchi ssuda beruvchi javobgar bo`lgan kamchiliklarni aniqlasa, o`z 186 xohishiga qarab quyidagilarni talab qilishga xaqli: ularning tekinga bartaraf etilishi; o`zining kamchiliklarni barataraf etishga ketgan xarajatlarini qoplashni; shartnomaning muddatdan oldin bekor qilinishini va u tomondan ko`rilgan real zararning qoplanishini. Ssuda oluvchi tomonidan narsa kamchiliklarining aniqlanishi unga uch oqibatdan birini tanlash imkonini beradi. Shu o`rinda ularning birinchisi – ssuda beruvchi tomonidan ashyodagi kamchiliklarning tekin bartaraf etilishini o`zining huquqiy tabiatiga ko`ra javobgarlik hisoblanmasligini ta’kidlash joiz. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 621-moddasi, 3-qismi ssuda beruvchiga buzuq ashyoni kechiktirmasdan tegishli holatdagi xuddi shunday ashyo bilan almashtirish imkonini beradi. Csuda beruvchining foydalanishga taqdim etilgan narsaning kamchiliklari uchun javobgarlikdan ozod qilinish hollari ham mavjud. Bu u tomonidan ashyoni darhol almashtirish hollari (ssuda oluvchining talablari haqida ogohlantirilgandan keyin), shuningdek, narsaning kamchiliklari shartnoma tuzishda aytib o`tilgan yoki ssuda oluvchiga ma’lum bo`lgan, yoki ssuda oluvchi tomonidan belgilangan tartibda (shartnoma tuzish yoki ashyoning taqdim etilishida ashyoni ko`rib chiqish yoki uning nosozligini tekshirish) aniqlangan vaziyatlar bo`lishi mumkin. Ssuda beruvchi ssuda oluvchini tekin foydalanishga berilayotgan ashyoga uchinchi shaxslarning har qanday huquqi to`g’risida ogohlantirishi lozim. Ssuda beruvchi ssuda oluvchini taqdim etilgan ashyoga mavjud huquqlar to`g’risida ogohlantirmagan taqdirda, ssuda oluvchi nafaqat shartnomaning bekor qilinishini balki, real zararning qoplanishini ham talab qilishga haqli. Ssuda oluvchiga qabul qilib olingan ashyoni soz holatda tutish, ya’ni, birinchidan nafaqat joriy, balki kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, ikkinchidan, uni saqlash bo`yicha barcha xarajatlarni to`lash majburiyati yuklanadi. Shu o`rinda mazkur normaning dispozitiv ekanini ta’kidlash lozim: mazkur qoida shartnomada boshqa hol nazarda tutilmagan taqdirdagina qo`llanilishi mumkin. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling