Toshkent davlat yuridik universiteti


 Uy-joy ijarasi shartnomasining bekor bo`lishi


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

5. Uy-joy ijarasi shartnomasining bekor bo`lishi 
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning o`zaro kelishuvi bilan bekor 
qilinadi. Agar uy-joyni ijaraga oluvchida shu shartnomani bekor qilish istagi paydo 
bo`lsa, bunday hollarda u o`zi bilan doimiy yashaydigan boshqa fuqarolardan 


181 
yashab turgan uy-joyni ijaraga olish shartnomasini bekor qilish to`g’risida kelishib 
olgandan keyin ijaraga beruvchini kamida uch oy avval yozma ravishda 
ogohlantirib, istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilishga haqli hisoblanadi. 
Ammo ijaraga oluvchi hech qanday ogohlantirishsiz shartnomani bekor qilgan 
taqdirda yana uch oylik uy-joy haqini to`lashi shart. 
Bundan tashqari, ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari hamda u bilan doimiy 
yashab kelayotgan fuqarolar boshqa aholi punktiga doimiy yashash uchun ko`chib 
ketgan yoki shu aholi punktidagi boshqa uy-joyga ko`chayotganida, uy-joyni 
ijaraga olish shartnomasi jo`nab ketgan yoki ko`chib o`tgan kundan boshlab bekor 
qilingan, deb hisoblanadi. 
Uy-joyni ijaraga olish shartnomasi istalgan tomonning talabiga binoan sud 
tartibida quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: 
agar uy-joy doimiy yashash uchun yaroqsiz bo`lib qolsa, shuningdek, u 
avariya holatiga kelib qolsa, agar uy-joy joylashgan bino buzilishi kerak bo`lsa, 
amaldagi uy-joylardan foydalanishni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan boshqa hollarda ham uy-joy ijarasi shartnomasi bekor qilinishi mumkin. 
Ijaraga olish shartnomasi ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida 
quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: 
agar shartnomada uzoqroq muddat belgilanmagan bo`lsa va ijaraga oluvchi 
olti oydan ko`proq muddat davomida uy-joy haqini uzrsiz sabablarga ko`ra 
to`lamasdan kelsa, qisqa muddatli ijaraga olish hollarida, shartnomada belgilangan 
muddatli ijaraga olish hollarida esa shartnomada belgilangan to`lov muddati 
o`tgach, ikki martadan ko`proq o`z vaqtida to`lamasa (surunkali to`lov muddatiga 
rioya qilmaslik); ijaraga oluvchining o`zi yoki biron-bir xatti-harakatlari uchun 
ijaraga oluvchi javob beradigan fuqarolar uy-joyni buzgan yoki shikastlantirgan 
hollarda. Agar bunday hollarda uy-joyni ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari 
uchun ijaraga oluvchi javob beradigan boshqa fuqarolar uy-joydan o`zga 
maqsadlarda foydalanayotgan bo`lsa yoxud turmush qoidalarini muntazam 
buzayotgan bo`lsalar, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini ogohlantirishi mumkin va 
bu talablar bajarilmaganidan keyin uy-joyni ijaraga olish shartnomasini sud 
tartibida bekor qilishga haqli bo`lib hisoblanadi. 
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish uchun asos bo`lgan 
qoidabuzarliklarga barham berishning chora-tadbirlari va muddati O`zbekiston 
Respublikasi Uy-joy kodeksining 76-moddasi talabiga ko`ra, qonun bilan belgilab 
qo`yiladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling