Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
35-BOB. UY-JOY IJARASI
1. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi Ijara shartnomalari tizimida uy-joyni ijaraga berish shartnomasi alohida o`rin egallaydi. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan bir taraf-uy-joyning mulkdori yoki u vakolat bergan shaxs (ijaraga beruvchi)-boshqa taraf (ijaraga oluvchi)ga uy-joyda yashash uchun uni haq evaziga egalik qilish va foydalanishga topshirish majburiyatini oladi. Mazkur shartnoma nafaqat jismoniy shaxslar balki, yuridik shaxslar o`rtasida ham tuzilishi mumkin. Bunda uy-joy yuridik shaxslarga ijara shartnomasi yoki boshqa shartnoma asosida egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun topshiriladi va uy-joydan faqat fuqarolarning yashashi uchun foydalanishi mumkin bo`ladi. Shartnoma bo`yicha ijaraga beruvchi sifatida uy-joyning mulkdori yoki u vakolat (masalan, ishonchnoma) bergan shaxs bo`lishi mumkin. Ijaraga oluvchi sifatida faqatgina jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin. Fuqarolarning uy-joyni ijaraga berish huquqi to`g’risida gapirganda, O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 14.09.2001 y. №22- sonli “Uy-joy nizolari bo`yicha sud amaliyoti to`g’risida”gi Qaroriga ko`ra, fuqarolar o`z shaxsiy mulki hisoblangan uy-joy yoki kvartirani o`zi bilan birga yashayotgan voyaga etgan oila a’zolarining roziligi balan boshqa shaxslarni ko`chirib kirgizishi, shuningdek o`rnatilgan tartib bo`yicha yuridik yoki jismoniy shaxslarga ijaraga berishi mumkin. Tijorat ijarasi uy-joy mulkdoriga daromad keltiradi. Shuning uchun, qonun chiqaruvchi uy-joyni ijaraga beruvchi haq evaziga berishini ko`rsatadi. Uyning qaysi qismi ijaraga berilayotgani (uy yoki uning bir qismi, kvartira yoki uning bir qismi)ni, shuningdek shuni ham nazarda tutish kerakki qo`shimcha xonalar (oshxona, yo`lak, omborxona) shartnoma predmeti bo`lmaydi. Taraflar shartnomaga ko`ra huquq va majburiyatlarini, shartnoma muddatini, ijara haqini, shuningdek bularga kommunal to`lovlar kirishini aniqlaydilar. Agar kim to`lashi nazarda tutilmagan bo`lsa, to`lovlar davomiyligi aniqlanadi, shuningdek boshqa shartlar ham, agar qonunda boshqa hol nazarda tutilmagan bo`lsa. Bu masalalar Fuqarolik Kodeksining 610-612-moddalari bilan hal qilinadi. Turar joy yuridik shaxslarga ijara shartnomasi yoki boshqa shartnoma asosida egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun topshirilishi mumkin (masalan, 154 tekin foydalanish shartnomasi)ligi to`g’risidagi qoidani o`z ichiga oladi. Yuridik shaxs uy-joydan faqat fuqarolarning yashashi uchun foydalanishi mumkin. Bu masala to`liqroq Uy-joy Kodeksining 86-moddasida yoritilgan. Shunday qilib, turar joy arendasi shartnomasi – faqat yuridik shaxslarning uy-joyga egalik qilish va (yoki) foydalanishi uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Uy-joy Kodeksining 86-moddasiga ko`ra, turar joy arendasi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olinishi (ro`yxatdan o`tkazilishi) lozim. Bundan tashqari ko`chmas mulkka bo`lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga o`tishi, cheklanishi va bekor bo`lishi, shuningdek ular bilan bog’liq bitimlar davlat ro`yxatidan o`tkazilishi kerak. Ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish tartibi to`g’risidagi nizom 25 yuridik va jismoniy shaxslarning er uchastkalariga, binolar va inshootlarga (shu jumladan er osti inshootlariga), ko`p yillik dov-daraxtlarga bo`lgan huquqlarini, shuningdek ipotekani hamda binolar va inshootlar va yer uchastkalariga bo`lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to`g’risidagi shartnomalarni, axborot-kommunikastiya texnologiyalarini qo`llab, «bir oyna» tamoyili bo`yicha davlat ro`yxatidan o`tkazish tartibini belgilaydi. Tuman, shahar bino va inshootlari tuman bino va inshootlarining kadastr kitobida, bino va inshootlarning qismlari esa tuman reestr kitobida davlat ro`yxatiga olinadi. Davlat ro`yxatidan o`tkazishda kadastr yoki reestr kitobida, bino yoki inshootga nisbatan mulk huquqi (vujudga kelish, o`tkazish, cheklov va tugatish) shuningdek, obyektni xarakterlovchi boshqa belgilar qayd etiladi. Uy-joy Kodeksining 86-moddasiga ko`ra, turar joy arendasi shartnomasi quyidagilarni o`z ichiga olishi kerak: turar-joyni arendaga berish tartibi va uning qiymati; turar joy arendasining muddatlari; turar joyni arendaga berish shartlari va arenda haqi miqdori, uni to`lash muddatlari; arendaga beruvchi arendaga berayotgan turar joyning, muhandislik qurilmalarining holati to`g’risidagi ma’lumotlar; shartnoma muddati o`tishi bilan turar joyni arendaga beruvchiga qaytarish tartibi; arendaga berilgan turar joyga qarash, xizmat ko`rsatish va uni ta’mirlash bo`yicha taraflarning majburiyatlari; arendaga berilgan turar joyni ijaraga berish yoki ikkilamchi arendaga berish imkoniyatlari, shartlari va tartibi; taraflarning javobgarligi. Turar joy arendasi shartnomasiga taraflarning kelishuvi bo`yicha qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. Aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joylar fuqarolarga uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan beriladi. Qonunchilik uy-joyni 25 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 й., 2-сон, 19-модда, 23-сон, 269-модда. 155 fuqarolarga aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasida alohida tartib va shartlar o`rnatgan, yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj bo`lganlarga imtiyozli asosdagi uy-joylar bilan ta’minlanadi. Aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasi to`liqroq O`zbekiston Respublikasining Uy-joy Kodeksi, shuningdek Fuqarolik Kodeksining qoidalarini aniqlashtiriluvchi boshqa normalar bilan tartibga solinadi. Uy-joy Kodeksining 40-moddasiga ko`ra, aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj va turar joy olish uchun hisobda turgan ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan fuqarolar egadirlar. Xususiylashtirish huquqisiz ijaraga beriladigan maqsadli kommunal uy-joy fondi, davlat xokimiyati idoralari tomonidan joylardagi ishga layoqatsizlar, yolg’izlar, qariyalar, nafaqaxo`rlar va ularning oila a’zolari, yangi tuzilgan kam ta’minlangan yosh oilalar, boshqa kam ta’minlangan fuqarolar uchun, jon boshiga o`rtacha oylik daromadi eng kam ish haqidan past bo`lgan taqdirda tashkil etiladi, ularning ro`yxati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan (Vazirlar Mahkamasisining 1994 yil 28 iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O`zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to`g’risida"gi Nizom) aniqlanadi, ular quyidagilar: -Ulug’ Vatan urushi qatnashchilari va baynalmilalchi jangchilar. - Ofitserlar va muddatdan tashqari xizmatdan zahiraga bo`shatilgan yoki iste’foga chiqqan harbiy xizmatchilar. - Kasallikning og’ir shakllariga chalingan fuqarolar, O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan ro`yxat bo`yicha. - 16 yoshgacha va undan ziyod bolalari bo`lgan ko`p bolali oilalar. - Vasiylikka olinmagan 16 yoshga etgan g’irt etim bolalar. - Chin etim bolalarni vasiylikka olgan oilalar. - Uch va undan ziyod mehnatga layoqatsiz oila a’zolari bo`lgan, boquvchisini yo`qotgan oilalar. - Ishlamaydigan I va II guruh, nogironlar. - Keksayib qolgan yolg’iz pensionerlar. - Bolalikdan nogiron bo`lib qolgan 16 yoshgacha yoki bolalikdan I va II guruh nogiron bo`lib qolgan bolalari bo`lgan oilalar. - Birinchi marta qurilgan yosh oilalar, agar ular yashab turgan joyda ikki tomonlama turar joy sharoitlarini yaxshilashga muxtoj deb topilsalar. Uy-joyga muhtoj etim bolalar, ota-ona qaramog’ida bo`lmagan bolalarga kommunal uy-joy fondidagi uy-joy bilan qonun hujjatlariga binoan ta’minlanadi. Aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joy fuqarolarga ijtimoiy normalarda o`rnatilgan me’yorda er maydoni beriladi. Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi haqida Uy-joy Kodeksining 42- moddasida aytilgan. Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga o`n olti kvadrat metrdan kam bo`lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa - yigirma uch kvadrat metrdan kam bo`lmagan hajmda belgilanadi. 156 Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28 iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O`zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to`g’risida"gi Nizomning 4-qismiga ko`ra, kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga oluvchi O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksida o`rnatilgan normalar bo`yicha bir kishiga 9 kvadrat metrdan kam bo`lmagan miqdorda belgilanadi. Alohida toifadagi fuqarolarga me’yordan xona shaklidagi ortiqcha uy-joy maydoni yoki 10 metr kvadrat qo`shimcha yashash maydoni beriladi. Uy-joyga muhtoj, shuningdek uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo`lgan fuqarolar hokimiyat tomonidan Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28 iyundagi 325-sonli qarorining 2-Ilovasiga ko`ra ro`yxatga olinadi. Kommunal uy-joy fondidan uy-joy bilan ta’minlanish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ro`yxatga ko`ra beriladi. Quyidagi shaxslar uy-joy maydoni olish uchun navbat egallashlari mumkin: - yoshi, kasalligi yoki nogironlik bo`yicha pensiyaga chiqqanlar; - boquvchisini yo`qotgan oilalar uchun; - O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safiga harbiy xizmatni o`tash uchun ketganda; - chet elga ishga taklif qilinganlar. Tuman (shahar) hokimiyati tomonidan qabul qilingan fuqarolarning arizalari hisobga olish va taqsimlash komissiyasi tomonidan oldinroq ko`rib chiqiladi, qaysiki arizachining uy-joyi tekshirilib, kuzatuv akti tuzilgandan so`ng, ro`yxatga olish yoki olmaslik haqida hokimiyatga taklif beradi, tegishli hokimiyat o`z navbatida qaror chiqaradi. Hokimiyatning kommunal uy-joy fondidan uy-joy bilan ta’minlash to`g’risidagi qaroriga ko`ra, tegishli hokimiyat fuqaroga uy-joyga ko`chib kirish uchun yagona namunaga ega bo`lgan order taqdim qiladi. Order faqatgina alohida bo`sh turgan uy-joyga nisbatan berilishi mumkin. Birinchilar qatori uy-joy bilan avariya xolatidagi uy-joylarda, erto`la, alohida joylarda, bir odamga 5 metr kvadratdan kam yashash maydoniga ega kvartiralarda yashayotgan fuqarolar ta’minlanadi. Maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uy-joylardan foydalanish bir qator yuridik faktlarga asoslanadi, ulardan biri ma’muriy hujjat (tegishli tuman (shahar) hokimiyatlari tomonidan ro`yxatga olish va uy-joy bilan ta’minlash to`g’risidagi qaror va h.k.) hisoblanadi, boshqa yuridik faktlar fuqarolik huquqiy xarakter kasb etadi (uy-joy ijarasi shartnomasi). Uy-joy va uy atrofidagi yerlardan foydalanish tartibi, uning mulk shaklidan qat’iy nazar Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28 iyundagi 325-sonli qarori bilan o`rnatilgan Qoidalarga ko`ra amalga oshiriladi. Munitsipal uy-joy, korxonaga tegishli uy-joy va maqsadli kommunal uy-joy fondining mulkdorlari, arendatorlari va ijarachilari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan namunaviy shartnoma (kontrakt) asosida ekspluatatsiya-ta’mirlash korxonalari bilan shartnoma (kontrakt) tuzishadi. Kommunal uy-joy fondiga xizmat ko`rsatish tegishli hokimiyatga qarashli kommunal uy-joy fondiga xizmat ko`rsatuvchi korxona tomonidan amalga oshiriladi. 157 Kommunal uy-joy fondiga xizmat ko`rsatuvchi korxona uning butligi va tegishli tarzda foydalanilayotganligini ta’minlaydi, shuningdek fuqarolar tomonidan uy-joy hamda hovli maydonchasini tartibga binoan foydalanilishini nazorat qiladi, mulkdor tomonidan o`rnatilgan tartib bo`yicha order olgan ijarachi bilan uy-joy ijarasi shartnomasi tuzadi va uning bajarilishini nazorat qiladi. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28 iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O`zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to`g’risida"gi Nizomning 4-bo`lim 14-bandiga ko`ra, kommunal uy-joy fondiga qarashli uy-joy mulkdor sifatida uy-joy fondiga xizmat ko`rsatish va ta’mirlash korxonasi va shu uy-joyga egalik qilish orderi berilgan fuqaro bilan uy-joy ijarasi shartnomasiga ko`ra rasmiylashtiriladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling