Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Nazorat uchun savollar:
1. Bino va inshootlar ijarasi shartnomasini rasmiylashtirish tartibini tushuntirib bering? 2. Transport vositalari ijarasi shartnomasini ijaraning boshqa turlaridan farqlarini izohlang. 3. Talabalar shaharchasidagi “Ekran” prokat punktidan talaba A. va B. bir yil muddatga televizorni prokatga olishdi. Joriy yil 1 maydan keyingi yil 30 aprelgacha, shartnoma muddati tugashidan 15 kun oldin ular prokat punkti xodimlariga murojaat qilib, shartnomani 20 iyulga qadar uzaytirishni iltimos qilishdi. Prokat punkti xodimlari shartnoma muddati tugagandan keyin uzaytiramiz deb aytdilar. Biroq 1 may kuni prokat punktida shartnomani uzaytirishga rad javobini berdilar. Iyun oyidan futbol bo`yicha Jahon chempionati bo`lishi sababli televizor olishga talabgorlar ro`yhati tuzilganini va prokat ushbu ro`yxat asosida amalga oshirilishini aytdilar, lekin ro`yxatdagi talabgorlar ikki oy muddatga televizorlarni prokatga olmoqchi ekanligini, agarda A. va B. bir yil muddatga prokatga olsa, ular bilan shartnoma tuzish mumkinligini aytdilar. Bunga javoban A. va B. ular avvaldan foydalanuvchi bo`lganliklari sababli imtiyozga ega bo`lib, hech qanday navbatsiz prokatga olishlari mumkinligini ko`rsatdilar. Ushbu masalani huquqiy tahlil qiling. 153 4. “Qodir ota” fermer xo`jaligi “Kapital bank” bilan lizing shartnomasi tuzadi va lizingga kelgusida sotib olish sharti bilan “Belarus” traktorini oladi. Lizing shartnomasi tugashiga ikki yil qolganda, fermer xo`jaligi iqtisodiy qiyinchiliklarga duch keladi va lizing to`lovlarni to`lash grafigini buzadi. “Kapital bank” xo`jalik sudiga murojaat qilib lizing oluvchi o`z majburiyatlarini jiddiy ravishda buzganligi sababli lizing shartnomasini bekor qilish, lizing obyektini qaytarib olish va etkazilgan zararni qoplash talabini qo`yadi. Lizing oluvchi bunga e’tiroz bildirib, lizing obyekti summasini 90% ni to`laganini, to`lov grafigini buzish faqat so`ngi olti oyda ro`y berganini va vaqtinchalik xarakterga egaligini bildiradi. Ushbu masalani yuridik tahlil qiling. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling