Toshkent davlat yuridik universiteti
-§. KORXONANI IJARAGA BERISH
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
4-§. KORXONANI IJARAGA BERISH Korxonani ijaraga berish shartnomasi predmeti bo`lib alohida toifadagi mulk – korxona hisoblanganligi bois maxsus tartibga solish ko`zda tutilgan. Korxona ijarasiga bino va inshootlarning ijarasi to`g’risidagi FKning qoidalari, qo`llaniladi, agar ushbu qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa. Korxona ijarasi shartnomasi ikki taraflama, xaq evaziga va konsensual shartnomalar turkumiga kiradi. Ijara to`g’risidagi umumiy qoidalar ushbu shartnomaga subsidiar tartibda qo`llaniladi, agar korxona, bino va inshootlar ijarasi normalarida boshqacha ko`zda 140 tutilmagan bo`lsa. Ushbu majburiyatda korxona – fuqarolik huquqi obyekti va FK 85– moddasiga muvofiq, korxona butun bir mulkiy kompleks sifatida ko`chmas mulk hisoblanadi. U tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mulkiy majmuani bildiradi. Ushbu majmuaga kiradigan mulkning (ham ashyoviy, ham mulkiy huquqlar) ro`yxati FK 85–moddasida ko`rsatilgan. Mulkning bunday turi hisoblangan korxona kompleks (murakkab) xususiyatga ega bo`lib, ashyoviy va majburiyat huquqlari elementlardan iborat. Shunday qilib, shartnoma mazmunida bir element ashyo shaklidagi mulk ijarasi shartnomasiga mos xususiyatlarga ega holda namoyon bo`ladi. Bularijaraga beruvchiga egalik huquqida yoki xo`jalik yuritish huquqida tegishli bo`lgan korxona tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, binolar, inshootlar, uskunalar, asosiy vositalar, aylanma vositalar (xom ashyo zahiralari, yonilg’i, materiallar va boshqalar) bo`lishi mumkin. Mulkiy majmuaning bir elementini tashkil qiluvchi ashyoga nisbatan ijaraga beruvchida ijara shartnomasi tavsifiga ko`ra klassik, odatiy majburiyat, ya’ni ijaraga beruvchiga ushbu ashyoni egalik va foydalanish uchun taqdim qilish majburiyati paydo bo`ladi. Shartnomaning ikkinchi elementi bo`lib, ushbu korxona bilan bog’liq mulkiy huquqlarning topshirilishi bo`yicha shartlar hisoblanadi. Ular majburyat huquqini xuddi shu kabi cheklangan ashyoviy huquqni (o`zganing mulkidan foydalanish) nazarda tutadi. Ularni topshirish ularning qanday asoslarda ijaraga beruvchiga tegishliligi bilan bog’liqdir. Korxona mulkining tarkibiga ijaraga beruvchining korxona bilan bog’liq qarzlari ham mavjudligi uchun, ularni ijaraga oluvchiga topshirish umumiy qoidalarga ko`ra (FK 322–moddasi) kreditorlarning roziligini olishni ham taqoza etadi. Biroq, bunday holatda FK 579–moddasidagi maxsus qoidalarga muvofiq qarzni topshirish korxonani topshirish paytida shartnoma tuzilgandan keyin amalga oshiriladi. FK 579–moddasi qonun chiqaruvchiga kreditorlarga ijaraga oluvchiga qarzni o`tkazishga norozi bo`lgan holatda ijaraga beruvchidan yozma xabar olingan kundan boshlab uch oylik muddat davomida ijaraga beruvchiga tegishli majburiyatlarni va bular natijasida etkazilgan zararni tulash yoki muddatidan oldin ijro etish talabini qo`yish huquqini beradi. FK 85–moddasi uchinchi qismini hisobga olgan holda korxona ijarasi shartnomasi bo`yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar va chegaralar doirasidagi tartibda korxona uchun mo`ljallangan hamma mulk turlari, shu jumladan, talab qilish huquqi, qarzlar, shuningdek, korxonani individuallashtirish vositalariga bo`lgan huquqlari va boshqa mutloq huquqlarini ham topshirish majburiyatini oladi. Shunday qilib, shartnomaning uchinchi elementi bo`lib, foydalanish uchun alohida toifadagi mulkiy huquqlarni topshirish hisoblanadi. Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijaraga olingan korxonani tijoratda ishlatish jarayonida mutloq huquqlar majmuasini topshirish majburiyatini ham oladi. Bu tadbirkorlik 141 faoliyatida ishlatiladigan ideal obyektlarga nisbatan mutloq huquqlar (sanoat mulki) hisoblanadi. Bular qatorida xususan, ishlab chiqaruvchi va mahsulotlarni shaxsiylashtiriladigan vositalarni ishlatishgan nisbatan bo`lgan huquq – firma nomlanishga va (yoki) tijorat ramzi, tovar belgisiga, xizmat ko`rsatishbelgisiga nisbatan bo`lgan huquq, patent bilan qo`riqlanadigan yoki oldindan foydalanish huquqi bilan shaxsga tegishli (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi) shuningdek, qo`riqlanadigan tijorat ma’lumotlariga nisbatan mutloq bo`lmagan huquq (nou- xau) va oldindan foydalanish huquqlari mavjud. Ushbu barcha huquqlarni topshirishda taraflar intellektual mulk xususan litsenziyali shartnomalar va tijorat konsessiyasi shartnomasi to`g’risidagi qonunchilik normalariga ham rioya etishlari shart. Shartnomada taraflar bo`lib doimo tadbirkorlar hisoblanadi. Mazkur shartnomaning mazmunida jismoniy shaxslar – tadbirkorlarga nisbatan cheklovlar mavjud bo`lmasada, ular boshqa qonunlarda, xususan faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g’risidagi qonunda mavjud bo`lishi mumkin. Korxonani ishlatish bilan bog’liq faoliyatni yuritish uchun qoida tariqasida davlat litsenziyasi (ruxsatnomasi) talab qilinadi. Ijaraga beruvchi bunday litsenziya bilan olingan huquqni topshirishga haqli emas, agarda qonun yoki boshqa huquqiy akt bilan boshqacha belgilanmagan bo`lsa. Shuning bilan birgalikda FK 579–moddasida agar shartnoma bo`yicha topshirilayotgan korxona tarkibiga ijaraga oluvchi litsenziya bo`lmaganligi uchun bajara olmaydigan majburiyat kiritilsa, bunday majburiyatlar bo`yicha javobgarlik ijaraga beruvchiga yuklanadi. Bu tabiiydir, chunki ijaraga oluvchida litsenziyaning mavjud emasligi uni litsenziyalanadigan faoliyat turi bilan shug’ullanish huquqidan, ayrim holatlarda esa ijaraga olingan korxonaga egalik qilishdan ham mahrum qiladi. Buning bilan qonun chiqaruvchi kreditorlarning topshirilayotgan korxona bilan bog’liq majburiyatlaridagi manfaatlarini himoya qiladi. Korxonani ijaraga berish shartnomasi uchun majburiy yozma shakl unga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligi sharti ostida belgilangan. Korxonani ijaraga berish shartnomasi FK 366–moddasi to`rtinchi qismidagi barcha qayd imkoniyatlardan shartnomaga yozma shakl berishni emas, balkitaraflar tomonidan imzolangan bitta hujjatni tuzishga yo`l qo`yadi. Ushbu shartnoma majburiy ravishda notorial guvohlantirilishi vako`chmas mulk hisoblangan korxona bilan bo`lgan bitim sifatida davlat ro`yxatidan o`tkazilishi kerak. Korxonani ijaraga berish shartnomasi bunday ro`yxatdan o`tkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi (FK 84, 110,111–moddalari, 366–moddasi 2-qismi). Ushbu shartnomani ro`yxatdan o`tkazish ko`chmas mulk bilan bog’liq bitimlarni ro`yxatdan o`tkazuvchi organ tomonidan o`tkazilishi lozim. FK 580–moddasi uchinchi qismi shunday qoidani belgilaganki, unga ko`rakorxona ijarasi shartnomasi shakliga rioya qilmaslikuning haqiqiy emasligiga olib keladi. FK 580–moddasining birinchi qismiga muvofiqkorxonani ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuzilishi belgilanganligi sababli FK 366–moddasi to`rtinchi qismida ko`zda tutilgan boshqa shakldan foydalanish mumkin emas. 142 Korxonani topshirish ijaraga beruvchining mulkni faqat taraflar o`rtasida topshirish dalolatnomasi tuzish yo`li bilan amalga oshirish majburiyatini qoplagan tarzdagi yuridik harakatdir. Topshirish dalolatnomasi – ijaraga beruvchining ijaraga oluvchiga korxonani ijaraga berish shartnomasi bo`yicha topshirilayotgan mulkning tarkibini tasdiqlovchi hujjatdir. Korxonani topshirishga uni amalga oshirishga tayyorgarlik ko`rish bilan bog’liq chora-tadbirlarning butun bir majmuasi zaruriy bo`ladi. Xususan, moddiy qimmatliklarning inventarizatsiyasini amalga oshirish (mulkiy majmuaning ashyoviy elementi) zarur, egalik va foydalanish huquqlarini topshirishga zaruriy ruxsatnoma olish, qarzni o`tkazishga kreditorlarning roziligini olish. Mol-mulk normal holatida, undan foydalanish maqsadiga yaroqli holda topshirilishi lozim bo`lganligi bois, ijaraga beruvchi ishlamaydigan stanoklarni, jihozlarni va boshqalarni ta’mirlash va almashtirish bo`yicha zaruriy ishlarni amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga topshirilmaydigan mulklarni korxona xonalaridan olib chiqishi, shuningdek, korxona majburiyatlariga kirmaydigan majburiyatlarning haqiqiyliga ishonch hosil qilishi lozim. Bundan tashqari, u korxona tarkibidagi aktivlar va passivlarni ko`rsatuvchi balans tuzishi kerak. Tayyorgarlik ishlarining yakuniy bosqichi bo`lib, topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolash hisoblanadi. Korxonani topshirishga tayyorgarlik ko`rish, shuningdek topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolash ijaraga beruvchining majburiyati hisoblanadi va uning hisobidan amalga oshiriladi agarda bunday majburiyatlarning boshqacha bo`linishi shartnomada ko`zda tutilgan bo`lmasa. Korxonani topshirish jarayoni bino va inshootlarni topshirish to`g’risidagi FK 578–moddasidagi normalar bilan tartibga solinadi, chunki uning ta’sir doirasi FK 573–moddasi 2-qismidagi ko`rsatmalar bo`yicha korxona ijarasi bo`yicha shunga o`xshash munosabatlarga ham ta’lluqlidir. Qonun hujjatlari imperativ norma bilan ijaraga oluvchiga korxonani ijara shartnomasi amal qilib turgan butun vaqt mobaynida korxonani tegishli texnik holatda saqlab turishi, shu jumladan uni joriy ta’mirlashi va shartnomada nazarda tutilgan hollarda kapital ta’mirlash majburiyatini yuklaydi. Bu o`rinda so`z faqat mulkiy majmua sifatida ishlab chiqarishga doir bino, inshoot, stanoklar va uskunalar, shuningdek me’yorda bo`lishlari tabiatdan foydalnish to`g’risidagi qonunchilik bilan o`rnatilgan normativlar bilan aniqlanadigan yer uchastkalari va boshqa tabiiy resurslari kabi asosiy vositalar sifatida taqdim etiladigan korxonaning ashyoviy qismlari to`g’risida yuritiladi. Korxonani texnik va tijoratda foydalanish ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshirilishi munosabati bilan uning bilan bog’liq xarajatlar ham unga yuklanadi. Korxonani tegishlicha texnik holatda saqlab turish bo`yicha majburiyatdan farqli ravishda ushbu majburiyat ijaraga oluvchiga faqat taraflar shartnomada taraflar o`rtasidagi xarajatlarni boshqacha taqsimlash bo`lmagan taqdirdagina yuklanadi. Agar qonunda yoki shartnomada korxonaning majburiy sug’urtasi majburiyati ko`zda tutilgan bo`lsa, undan foydalanish xarajatlariga ijaraga olingan mulknii sug’urtalash bo`yicha to`lovlar ham kiritiladi. 143 Ijaraga oluvchiga shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar to`lanishi ham yuklatiladi. Korxonani ijaraga berish o`zining maqsadi sifatidaijaraga oluvchini ijaraga olingan mulkdan iqtisodiy foydalanishishini ta’minlashni, ya’ni u bilan faktik va yuridik harakatlarni yuqori darajada erkin amalga oshirishni nazarda tutadi. FK ijaraga oluvchining mulkiy majmuadan ishlab chiqariladigan mahsulotlardan daromad olish kabi usullari bilan bog’liq imkoniyatlarini belgilaydi. Ushbu usul ijaraga oluvchini ijaraga olingan mulni boshqarish bo`yicha huquqlarini berishni nazarda tutadi. Haqiqatdan ham unga ishlab chiqarish jarayonida xom-ashyo, yonilg’i zahiralarini tiklash, tayyor mahsulotlarni sotish, tovar va tijorat kreditlari va boshqalar bo`yicha operastiyalarni amalga oshirish zarur. Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha nazarda tutilgan bo`lmasa, ijaraga oluvchiga ijaraga beruvchining roziligi bilan va uning roziligisiz ijaraga olingan korxonamulki tarkibiga kiruvchi moddiy qimmatliklarni sotish, almashtirish, vaqtincha foydalanishga yoki qarzga berishi, ularni sub ijaraga berishi va ijara shartnomasiga muvofiq ushbu qimmatliklarga nisbatan o`zining huquq va majburiyatlarini agarda ular korxona qiymatini pasaytirishga olib kelmasa va shartnomaning boshqa holatlarini buzmasaboshqa shaxslarga topshirish imkoniyatini beradi. Ammo, bu bilan ijaraga oluvchi korxonaning har bir mulkini erkin tarzda boshqa shaxslarga topshirish huquqini olmasdan, faqat aylanma vositalar sifatidagi (bir yoki bir necha ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ashyolar, masalan, xom-ashyo, yonilg’i, yarimfabrikatlar, butlovchi qismlar, instrumentlar va h.k.), tayyor mahsulot, boshqa ashyolar kabi moddiy qimmatliklarni sotish huquqini oladi. Bunday mulk doirasiga birinchidan yer va boshqa tabiiy resurslar, ikkinchidan qonun bilan bunday harakatlar sodir etilishi mumkin bo`lmagan mol- mulk kirmaydi. “Ijara to`g’risida”gi 1991 yil 19 noyabrdagi Qonunning 8– moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi qonunlarida va ijara shartnomasida o`zgacha shartlar ko`zda tutilmagan bo`lsa ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol- mulkni, er va boshqa tabiiy resurslaridan tashqari ijaraga beruvchining ruxsati bilan ikkilamchi ijaraga topshirishga haqlidir. Bunda ijaraga oluvchi shartnomaga muvofiqijaraga beruvchi oldida javobgar bo`lib qolaveradi. FKda korxona tarkibining o`zgartirilishi mumkinligi nazarda tutilgan. Tarkibning o`zgartirilishi ijaraga oluvchining boshqa harakatlari, masalan ishlab chiqarishni yaxshilash harakatlari natijasida ham bo`lishi mumkin. Korxonaga nisbatan bunday yaxshilash harakatlariga yo`l qo`yilishi, masalan, korxonani rekonstrukstiyalash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish mumkin. Korxonani rekonstrukstiyalash kompleks loyiha asosida butunligicha, qoida bo`icha mavjud bino va inshootlarni ularning texnik-iqtisodiy darajasini ilmiy - texnik rivojlanish yutuqlari asosida qayta qurishni nazarda tutadi. Korxonani kengaytirish - bu yangi stex va uchastkalarni joylashtirish uchun yangi qo`shimcha ishlab chiqarish xonalarini qurishdir. Korxonani texnik jihatdan 144 qayta qurollantirish - bu ayrim ishlab chiqarish uchastkalari, stexlarning texnik iqtisodiy darajasining oshirish bo`yicha chora-tadbirlar majmuasidir. Qurilish ishlarining turlari bilan bog’liq ravishda ular montaj, ishga tushirish va bular bilan bevosita ajralmas boshqa ishlarni tashkil qiladi. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining ruxsatisiz ijaraga olingan mol-mulk majmuasining tarkibiga o`zgartirishlar kiritishga, shuningdek, ijaraga olingan korxonani yaxshilashni amalga oshirishga haqlidir. Bu norma ijaraga oluvchining ishlab chiqarish ehtiyojlarini va uning tadbirkorlik erkinligini yuqori darajada to`liq qondirishga qaratilgan. Shu bilan birga qonun chiqaruvchi ijaraga beruvchining manfaatlari to`g’risida ham mazkur normaga dispozitiv xususiyat berib, g’amxo`rlik qilgan. Shuning uchun taraflar shartnomada boshqacha tartibni, xususan, ijaraga oluvchining ijaraga olingan mol-mulk kompleksi tarkibini to`liq yoki uning biron bir qismi bo`yicha o`zgartirish huquqini bekor qilish, ijaraga beruvchi tarafidan esa bunday harakatlarga rozilik berish to`g’risidagi shartlarini kiritish huquqini ko`zda tutishlari mumkin. Agar ijaraga olingan mulk ijaraga beruvchining ijozati bilan yaxshilangan bo`lsa, shartnomaning amal qilishmuddati tugaganidan so`ng yoki shartnoma bekor qilingach, ijaraga oluvchi shu maqsad yo`lida sarflangan barcha xarajatlari qaytarilishini talab qilish huquqiga egadir. Ijaraga beruvchining ruxsatisiz amalga oshirilgan yaxshilashlarni ijaraga berilgan mol-mulkka zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin bo`lsa, ijaraga beruvchi ularning tannarxini to`lashga rozi bo`lmasa, bunday holda ijaraga oluvchi ularni o`ziga olishi mumkin. Ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan mol-mulkni yaxshilash huquqi FK 583–moddasidan xususan, unda ko`rsatilgan ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligisiz korxonani rekonstrukstiyalash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta qurollantirish huquqi mavjudligidan kelib chiqadi. Bunday harakatlarning natijasi – korxonani uzluksiz yaxshilashdir. Qayd etilgan moddada ijaraga oluvchi korxonaning mulkiy tarkibini o`zgartirishga haqli ekanligi bildirilgan, buning natijasi bo`lib esa, uni uzluksiz yaxshilash (masalan, ayrim turdagi stanoklarni yoki uskunalarni unumlirog’iga almashtirish) bo`lishi mumkin. FK 584 moddasida ko`rsatilgan munosabatlardan hosila kelib chiqadigan munosabatlarni tartibga soladi. Bunda ijaraga oluvchida ijaraga beruvchining bunday yaxshilashga roziligi bo`lmagan holda ham ijaraga olingan mol-mulkni uzluksiz yaxshilashning qiymatini undirish huquqi mavjud. Bu qoida agar ijara shartnomasida taraflar o`zlari o`rtasidagi xarajatlarni korxonani uzluksiz yaxshilashga doir bo`lishni ko`zda tutmagan yoki ular uchun texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko`rsatkichlari bo`yicha cheklovlarni o`rnatmagan bo`lsalar, amal qiladi. Shu bilan birgalikda ijaraga beruvchining manfaatlarini himoya qilib, FK 584–moddasi sudga uni bunday yaxshilashlar qiymatini to`lashdan ozod qilish huquqini beradi, agarda ijaraga oluvchi bu yerda olingan foydaning amalga oshirilganharajatlariga muvofiq tuzilgan tejamkorlik tamoyilini buzgan bo`lsa. 145 Boshqacha aytganda agarda bunday xarajatlar natijasida ijaraga olingan mol- mulk qiymati mol-mulk sifati va ishlatilishi xususiyatlariga nisbatan ancha sezilarli ko`tarilib, ijaraga oluvchi tomonidan tejamkorlik tamoyilining buzilganligini isbotlash yuki (burchi) ijaraga beruvchiga yuklatiladi. Ijaraga beruvchi xam o`zini ijaraga oluvchiga nisbatan uzluksiz yaxshilanish qiymatini to`lashdan ozod qilish talabi bilan sudga murojaat qilishi mumkin, agarda ijaraga oluvchi tomonidan ularni amalga oshirishda xalollik va oqilonalik tamoyili buzilgan bo`lsa. Bunday holatda sud FK 9–moddasi 3-qismida belgilangan ijaraga oluvchining halollik va oqilonalik prizumpsiyasiga (taxmin) tayanib qaror qabul qiladi, da’vogar esa ijaraga oluvchining nohalolligi va nooqilonaligini isbotlab, buni rad qilishi lozim. Korxonani qaytarish – ijaraga oluvchining shartnoma bekor bo`lganda, uning bekor qilinishi asoslaridan qat’i nazar (muddatning o`tishi, shartnomaning muddatidan oldin tugatilishi va boshqalar) asosiy majburiyatlaridan biridir. Ijaraga oluvchini korxonani ijaraga berish shartnomasi bekorqilinganida mulkiy kompleksni ijaraga beruvchiga FK 579, 581–moddalarida ko`zda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda qaytarishga majburiyat yuklaydi. Mol-mulkni qaytarish to`liq hajmda, korxona tarkibiga kiruvchi barcha obyektlar, tegishli huquqlar va majburiyatlar bilan birgalikda qaytarilishi shart. Bunda, ijaraga oluvchidan qarzlarni ijaraga beruvchiga topshirish, kreditorlar bilan o`zaro munosabatlarni tartibga solish va h.k. masalalar hal qilinishi lozim. Ijaraga beruvchiga o`zining korxona faolliyati bilan bog’liq qarzlarini topshirishda, ijaraga oluvchi FK 579–moddasi qoidalarini hisobga olishi kerak. Ijara berilgan korxonani, shuningdek, topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolash jarayonlariga rioya qilish tartibi FK 579, 581–moddalari qoidalari bilan belgilanadi. Ushbu shartnoma uchun ikkala taraflar tomonidan imzolanadigantopshirish dalolatnomasi bo`yicha korxonani qaytarish jarayoni nazarda tutilgan. Jarayonning o`zi ijaraga oluvchiga korxonani topshirish bilan bir xil. Shuni hisobga olib, ushbu jarayonga FK 581–moddasi qoidalari qo`llaniladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling