Toshkent davlat yuridik universiteti


 Davlat uy-joy fondining binolaridagi uy-joyni


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

3. Davlat uy-joy fondining binolaridagi uy-joyni 
ijaraga olish shartnomasi va uning muddatlari 
Maqsadli 
kommunal 
uy-joy 
fondidagi 
uy-joyni 
ijaraga 
berish 
shartnomasidan asosi tijorat bo`lgan turar joy ijarasi shartnomasini farqlash lozim. 
Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28 iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
"O`zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to`g’risida"gi Nizomning 1-
Ilovasiga ko`ra, agar uy-joy ijarasi shartnomasi davlat uy-joy fondidagi uy-joy 
bilan tuzilgan bo`lsa, majburiy shart sifatida uy-joyga, shuningdek yashash 
sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqaroni tegishli hokimiyatga ro`yxatga qo`yish 
asosida beriladi. Uy-joy ijarasi shartnomasining umumiy asoalari (tijorat ijarasi)da 
bu talablar majburiy emas. 
Shuningdek bu shartnomalarni farqlovchi yana bir xususiyat turar joy 
maydoni va to`lanadigan haq miqdori hamdir. Aniq maqsadga qaratilgan 
kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga ko`ra turar joy 
maydoni va to`lanadigan haq miqdori o`rnatilgan me’yorlar bo`yicha beriladi, uy-
joy ijarasi shartnomasida esa bunday me’yorlar mavjud bo`lmay, balkim ular 


161 
taraflarning o`zaro kelishuviga ko`ra belgilanadi. Shu bilan bir qatorda aniq 
maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish 
shartnomasi va uy-joy ijarasi shartnomasining o`xshash xarakterli xususiyatlari 
mavjud. Bular, aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni 
ijaraga berish shartnomasi va uy-joy ijarasi shartnomalari yozma shaklda tuzilishi 
kerak (O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 603-moddasi). Ijarachi 
yashab turgan uy-joyning mulkdori o`zgarishi sababli yangi mulkdor uchun ijara 
shartnomasi qayta tuzilmaydi (O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 
604-moddasi). Ijarachiga uy-joydan foydalanishda bir qator umumiy majburiyatlar 
yuklangan: turar joy butligini saqlash, kundalik ta’mir, haqni o`z vaqtida to`lash va 
h.k. (O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 607, 610-moddalari, 
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 62-moddasi). Ijarachi uy-joyni 
vaqtincha 
yashovchilarga 
berishga 
(O`zbekiston 
Respublikasi 
Fuqarolik 
Kodeksining 609-moddasi), shuningdek uy-joyni ikkilamchi ijaraga (O`zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 613-moddasi) berishga haqli. O`zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik Kodeksining boshqa qoidalari agar qonun normalarida 
boshqacha tartib ko`zda tutilmagan bo`lsa aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-
joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga nisbatan qo`llaniladi. 
Doimiy yashash uchun yaroqli bo`lgan alohida uy-joy (kvartira, uy, 
kvartiraning yoki uyning bir qismi) uy-joyni ijaraga berish shartnomasining 
obyekti bo`lishi mumkin. 
Turar joy - ko`chmas mulkning muhim turlaridan biridir. Turar joy 
muammolarini hal qilishda insonning uy-joyga bo`lgan ehtiyojini qondiradigan 
obyektga - moddiy ne’matga mulk huquqi kimga tegishli ekanligini yuridik 
aniqlash muhim masalalardan sanaladi. Bunday ne’matlar qatoriga turar joylar ham 
kiradi, lekin Fuqarolik Kodeksining 83-moddasida u ko`chmas mulkning turi 
sifatida qayd etilmagan.
O`zbekiston Respublikasining Uy-joy Kodeksida “turar joy” tushunchasi 
qo`llanilgan. Bu atama Uy-joy Kodeksining 11-moddasi - turar joyga bo`lgan mulk 
huquqida o`z ifodasini topgan. Turar joyga bo`lgan mulk huquqi muddatsiz bo`lib, 
fuqarolar va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan 
qo`riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda shaxsning o`ziga tegishli turar 
joyga o`z xohishi va manfaatlariga ko`ra egalik qilish, undan foydalanish va uni 
tasarruf etish, shuningdek o`zining mulk huquqi buzilishini bartaraf etishni talab 
qilish huquqidan iboratdir. Turar joylarning ko`rinishini o`zgartirishga, ularni 
qayta qurish yoki buzishga mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli 
ruxsatnomasi bo`lgan taqdirda yo`l qo`yiladi. 
Shuni 
ham 
qayd 
etish 
kerakki, 
O`zbekiston 
Respublikasining 
Konstitustiyasida ham “turar joy” tushunchasi - turar joy daxlsizligi (27-m.) 
sifatida qo`llanilgan. Konstitustiyada qo`llanilgan “turar joy” tushunchasi boshqa 
turar joy tushunchalariga qaraganda kengroq bo`lib, ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb 
etadi. 
Turar joy sifatida, masalan faqat ijara shartnomasining obyekti bo`luvchi 
binogina hisoblanmaydi.
Shunday qilib, turar joy – qandaydir yuridik alomatlarga ega bo`lmagan 


162 
ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo`lmay, insonning yashash uchun muhim ehtiyojini 
qanoatlantirishga qaratilgan obyektdir. Turar joyni turar joy binolarini alohida 
turlarini birlashtiruvchi, umumlashtiruvchi tushuncha sifatida ham qarash mumkin, 
bunda turar joy binosi – muayyan uy-joy va fuqarolik huquqi obyekti bo`lsa, ular 
qonunda o`z normalariga ega. 
Turar joy binolari ular qurilgan yer bilan uzviy birga bo`lib, binolar va 
imoratlar orqali bog’liqdir. Ular o`rnatilgan sanitariya, yong’in xavfsizligi, 
shaharsozlik va texnik talablarga javob berishi shart. Turar joy har doim 
fuqaroning yashash joyi bilan bog’liq bo`lib, fuqaro bu joyda doimiy yoki 
vaqtincha yashashi mumkin. Demak, ayni paytda kishilar yashashi uchun 
mo`ljallangan bo`ladi. 
Uy-joy Kodeksida (9-modda, 1-qism) turar joyga quyidagicha ta’rif berilgan: 
fuqarolarning doimiy yashashiga mo`ljallangan, belgilangan sanitariya, yong’inga 
qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus 
uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg’iz 
qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus 
maqsadli uylar) sifatida foydalanishga mo`ljallangan joylar turar joy deb 
hisoblanadi.
Turar joy ko`chmas mulk hisoblanadi. 
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 211-moddasiga ko`ra ko`p 
kvartirali uylardagi kvartira mulkdoriga kvartiraning o`zi, qo`shimcha 
konstrukstiyalari, mexanik, elektrik, sanitar-texnik va kvartira ichi yoki 
tashqarisidagi birdan ortiq kvartiralarga xizmat ko`rsatuvchi moslamalar tegishli 
bo`lishi ta’kidlangan. 
Kvartira mulkdori o`zining umum foydalanish maydonlari va qurilmalariga 
nisbatan huquqlarini boshqa shaxslarga o`tkazib berishga, shuningdek bu ulushni 
kvartira mulki sifatida berish va boshqa begonalashtirish harakatlarini sodir etishga 
haqli emas.
Uy-joy Kodeksining 10-moddasiga ko`ra turar joylarga quyidagilar kiradi: 
uylar, ko`p kvartirali uylardagi kvartiralar, boshqa imoratlardagi yashash uchun 
mo`ljallangan xonalar va o`zga turar joylar. 
Ko`p kvartirali uylardagi turar joylarni sanoat ehtiyojlari uchun ishlatish, 
ijara yoki arendaga berish man etiladi. Ko`p kvartirali uydagi turar joyga boshqa 
korxonalar, 
muassasalar 
va 
tashkilotlarni 
ushbu 
joy 
yashash 
uchun 
mo`ljallanmagan joylar turkumiga belgilangan tartibda o`tkazilganidan keyingina 
joylashtirish mumkin (Uy-joy Kodeksining 9-m.). 
Fuqarolarga turar joy ijarasi shartnomasiga ko`ra berilgan uy-joy sanitar, 
engin xavfsizligi, shaxarsozlik va texnik talablarga xamda yashash uchun yaroqli 
bo`lishi kerak.
Turar joyning yaroqliligi uy-joy qonunchiligi bilan o`rnatilgan normalar 
asosida ( qarang, VM 2000 y. 20 yanvarda 18-son qarori bilan tasdiqlangan "Uylar 
va turar joylarni turar joy fondiga kiritish tartibi to`g’risidagi Nizomning 3- 
Ilovasi); (Adliya vaziriligi tomonidan 1999 yil 1 fevralda 616 son bilan ro`yxatga 
olingan, 
KXKV 
tomonidan 
tasdiqlangan 
"Uy-joy 
fondining 
texnik 
ekspluatatstiyasi qoidalari va normalari"ning 3,1 band) belgilangan.


163 
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 21-moddasiga ko`ra, uy-joy 
fondidan foydalanish va uni saqlash ustidan davlat nazorati, shuningdek normativ-
texnik talablarga turar joylardan foydalanish va saqlash talablariga javob berishni 
davlat xokimiyati organlari xamda maxalliy xokimiyat organlari tomonidan amalga 
oshiriladi.
Munistipal, idoraviy uy-joy fondining va aniq maqsadli kommunal uy-joy 
fondining uylardagi doimiy yashash uchun yaroqli bo`lgan aloxida turar joy (uy, 
kvartira) turar joyni ijaraga berish shartnomasi obekti bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 35-moddasiga ko`ra, 
xonaning bir qismi yoki bitta umumiy kirish joyi orqali boshqa xona bilan 
bog’langan xonalar tutash xonalar, shuningdek yordamchi xonalar (oshxona, 
yo`lak, hujra va shu kabilar) ijara shartnomasining mustaqil obyekti bo`la olmaydi. 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28 iyundagi 
325- sonli qarori bilan tasdiqlangan "Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni 
saqlash va ulardan foydalanish qoidalari" to`g’risidagi Nizomning 15-16- bandiga 
ko`ra, bir yoki bir necha xonadan iborat atrofi o`rab olingan turar joy, kvartira ijara 
shartnomasi asosida berilishi mumkin (15-b.), shuningdek xona yoki xonaning bir 
qismi boshqa xona bilan umumiy kirish joyi orqali bog’langan xonalar ham ijara 
shartnomasining mustaqil predmeti bo`lib hisoblanadi (birlashgan xonalar (16-b.)).
Ijarachiga berilgan turar joydagi sharoit darajasi mazkur aholi punkti 
sharoitidan, xususan, suv quvurlari, kanalizatsiya, markaziy isitish tizimiga, gaz 
bilan ulanganlik darajasidan kelib chiqib aniqlanadi.
Fuqarolarga ijaraga beriladigan xususiy uy-joy fondidagi turar joylar bu kabi 
yuqori talablarga javob berishi shart emas. U ma’lum sharoitlarga javob bera 
olmasligi mumkin, lekin sanitar va texnik talablarga mos bo`lishi kerak. 
Ko`p kvartirali uylarda turar joylar fuqarolarga davlat uy-joy fondidagi 
uylarni ijaraga olish hamda shunday uylardagi xususiylashtirilgan uylar 
mulkdorlari tomonidan ijara asosida berilishi mumkin. Ko`p kvartirali uylarda 
turar joylardan foydalanish bir qator o`ziga xos xususiyatlarga ega. 
Ko`p kvartirali uydan turar joy ijaraga olgan fuqaro uy bilan bir qatorda 
o`rnatilgan qoida bo`yicha shu uyning umumiy joylari (shu uyning umumiy 
joylarini, tayanch va to`siq konstrukstiyalar, kvartiralar oralig’idagi ihotalangan 
(o`ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, 
dahlizlar, texnik qavatlar, yerto`lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi 
muhandislik tarmoqlari va kommunikastiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida 
joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko`rsatadigan mexanik, elektr, 
sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va 
qurilmalarni o`z ichiga olgan umumiy mol-mulk) dan foydalansa bo`ladi (Qarang, 
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 211-moddasi, Vazirlar 
mahkamasining 1994 yil 28 iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Turar 
joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari").
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi uchun qonun hujjatlarida majburiy 
yozma shakl va notarial guvohlantirish belgilangan.
O`zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to`g’risidagi Kodeksining 
159-1-moddasiga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalarga asosan mazkur 


164 
qoidaga amal qilmaganlik, ya’ni uy-joy fuqarolar o`rtasida ijaraga berilganda 
notarial guvohlantirilgan shartnomaning mavjud emasligi, 2012-yil 1-fevraldan 
boshlab eng kam oylik ish haqining besh baravaridan o`n baravarigacha miqdorda 
jarima solishga asos bo`ladi. 
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 25-moddasi ko`ra, turar joy 
ijarasi yoki arendasi shartnomasi yozma shaklda tuziladi hamda qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda hisobga olinishi (ro`yxatdan o`tkazilishi) lozim. Mazkur 
moddaning 4-qismiga asosan turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasiga nisbatan 
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining qoidalari qo`llaniladi. Turar joy 
ijarasi yoki arendasi shartnomasining O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksi 
bilan tartibga solinmagan munosabatlari fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga 
solinadi. 
Turar joyni ijaraga berish shartnomasi mahalliy davlat hokimiyati organlari, 
davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari yoki ular vakolat bergan organlar 
bilan turar joyni olayotgan fuqarolar o`rtasida yozma shaklda, qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda tuziladi. (O`zR FKning 108, Uy-joy Kodeksining 35-
moddalari). Uy-joy Kodeksining 35-moddasiga asosan turar joyni ijaraga berish 
shartnomasining yozma shaklda bo`lishiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy 
emasligiga sabab bo`ladi. 
Ijaraga beruvchi (munitsipal uy-joy tashkiloti yoki turar-joy mulkdori) va 
ijaraga oluvchi o`rtasida turar joyni ijaraga berish shartnomasining yozma shaklda 
tuzilishi taraflarning turar-joydan foydalanish bo`yicha huquq va majburiyatlarini 
aniqlashtiradi. 
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan "O`zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to`g’risida"gi 
Nizomning 14-bandiga asosan kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan 
foydalanish uy-joy egasidan vakolat olgan uy-joy fondiga xizmat ko`rsatish va uni 
tuzatish bo`yicha tegishli korxona bilan turar joyni egallash huquqini beruvchi 
order berilgan fuqaro o`rtasida turar joyni ijaraga olish shartnomasini tuzish orqali 
rasmiylashtiriladi. 
Mazkur nizomga ko`ra turar joyni ijaraga berish shartnomasi mahalliy 
davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari yoki ular 
vakolat bergan organlar bilan turar joyni olayotgan fuqarolar o`rtasida yozma 
shaklda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi. Turar joyni ijaraga berish 
shartnomasining yozma shaklda bo`lishiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy 
emasligiga sabab bo`ladi. 
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy 
fondining uylarining mulkdorlari, arendatorlari va ijarachilari ta’mirlash 
korxonalari bilan namunaviy shakli O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlanadigan turar joylarga texnik xizmat ko`rsatish shartnomasini 
tuzadilar.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy 
fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi 
to`g’risidagi nizomlar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanadi. 


165 
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 86-moddasiga muvofiq, turar 
joy arendasi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi hamda qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda hisobga olinishi (ro`yxatdan o`tkazilishi) lozim. 
Binolar va inshootlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish tuman, shahar kadastr 
daftarida, turar-joy binolari va inshootlari tuman reestr daftarida amalga oshiriladi. 
Davlat ro`yxatidan o`tkazishda kadastr yoki reestr daftariga binolar va 
inshootlarga egalik huquqini yoxud boshqa ashyoviy huquqlar (ularning paydo 
bo`lishi, boshqa shaxsga o`tishi, cheklanishi va to`xtatilishi) haqidagi, shuningdek 
obyektni tavsiflovchi boshqa ma’lumotlar to`g’risidagi ma’lumotlar yozib 
qo`yiladi. 
Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 7-yanvarda 387-son bilan ro`yxatga 
olingan “Bino va inshootlarni (ijara, garov, servitut yoki egalik huquqining 
cheklanishi) davlat ro`yxatidan o`tkazish tartibi to`g’risida”gi Yo`riqnomaning 55-
moddasiga ko`ra, bino va inshootlarni bundan keyin ro`yxatga olish huquqiy rejimi 
(ijara, garov, servitut yoki mulk yoki boshqa xuquqlarning chegaralanishlari) 
hujjatlarni taqdim etilishi bilan barobar olib boriladi (shartnomalarni, sud va 
xo`jalik sudining qarorlarini va boshqalar). Ko`chmas mol-mulkka bo`lgan 
huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat ro`yxatidan o`tkazuvchi organ 
huquq egasining iltimosiga ko`ra amalga oshirilgan ro`yxatdan o`tkazishni 
ro`yxatdan o`tkazilgan huquq yoki bitim to`g’risida hujjat berish yoxud ro`yxatdan 
o`tkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustxat yozish yo`li bilan tasdiqlashi shart 
(O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 84-moddaning 3-qismi).
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 86-moddasiga muvofiq turar 
joy arendasi shartnomasi quyidagilarni o`z ichiga olishi kerak: 
turar-joyni arendaga berish tartibi va uning qiymati; 
turar joy arendasining muddatlari; 
turar joyni arendaga berish shartlari va arenda haqi miqdori, uni to`lash 
muddatlari; 
arendaga beruvchi arendaga berayotgan turar joyning, muhandislik 
qurilmalarining holati to`g’risidagi ma’lumotlar; 
shartnoma muddati o`tishi bilan turar joyni arendaga beruvchiga qaytarish 
tartibi; 
arendaga berilgan turar joyga qarash, xizmat ko`rsatish va uni ta’mirlash 
bo`yicha taraflarning majburiyatlari; 
arendaga berilgan turar joyni ijaraga berish yoki ikkilamchi arendaga berish 
imkoniyatlari, shartlari va tartibi; 
taraflarning javobgarligi. 
Turar joy arendasi shartnomasiga taraflarning kelishuvi bo`yicha qonun 
hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. 
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy 
fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi 
to`g’risidagi nizomlar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 76-moddasi ham xizmat turar 
joyi ijara shartnomasining yozma shaklda tuzilishini nazarda tutadi. Xizmat turar 


166 
joyi ijara shartnomasi shu turar joy mulkdori yoki u vakil qilgan organ bilan ish, 
xizmat vaqtida undan foydalanish uchun topshirilayotgan shaxs o`rtasida tuziladi. 
Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 27 yanvardagi 24-son qarori bilan "Xizmat turar 
joyini ijaraga olish namunaviy shartnomasi" tasdiqlangan. 
Ijara shartnomasi bo`yicha egallab turilgan uy-joyga bo`lgan mulk 
xuquqining boshqa shaxsga o`tishi shartnomaning o`zgartirilishi yoki bekor 
qilinishiga olib bormaydi. Bunda yangi mulkdor ilgari tuzilgan ijara shartnomasi 
shartlari asosida ijaraga beruvchiga aylanadi, ya’ni uy-joy yoki kvartiraning 
mulkdori almashganda yangi mulkdor uchun ilgari tuzilgan ijara shartnomasi 
shartlari zarur va muhim ahamiyatga ega. Bu qoida davlat va munistipal uy-joy 
fondidagi va xususiy mulkdorlarning uy-joyining ijaraga oluvchilari uchun bir xil 
tarzda amal qiladi. Ushbu me’yor ijaraga oluvchining majburiyat huquqlari, yangi 
mulkdorning ashyoviy huquqlaridan ustun qo`yilganligini anglatadi. Shunday 
qilib, mazkur norma ijaraga oluvchilar manfaatlarini himoya qilishga 
yo`naltirilgan. Ko`rsatilgan kafolatning haqiqiyligi O`zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik Kodeksining 488-moddasining 1-qismi bilan ta’minlanadi. 
Mazkur shartnomaning muhim shartlaridan biri, turar joy, kvartiraning oldi-
sotdi shartnomasini tuzishda uning xaridor tomonidan xarid qilinganidan so`ng 
ham, qonun doirasida bu turar joydan foydalanish huquqiga ega bo`lgan holda, 
turar joyi yoki kvartiraning qismlarida yashab turgan shaxslar bo`lsa, shartnomaga 
ushbu shaxslarning sotilayotgan turar joydan foydalanishga bo`lgan huquqlari 
ko`rsatilgan ro`yxat ilova qilinishi kerakligida ko`rinadi. 
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 92-moddasida mazkur qoida 
turar joy ijarasi shartnomasiga nisbatan tatbiq etilgan. Unga ko`ra arendaga 
berilgan turar joyga nisbatan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqning o`zga 
shaxsga o`tishi arenda shartnomasining o`zgarishi yoki bekor qilinishi uchun asos 
bo`lmaydi. 
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga doimiy yashash uchun yaroqli bo`sh uy-
joyni berishi lozim. 
Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan turar joy joylashgan uydan tegishli darajada 
foydalanishni amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga haq evaziga zarur kommunal 
xizmat ko`rsatishi yoki xizmat ko`rsatilishini ta’minlashi, ko`p kvartirali uyning 
umumiy foydalaniladigan mol-mulki va turar joy binosida joylashgan kommunal 
xizmat ko`rsatish qurilmalari ta’mirlanishini ta’minlashi lozim. 
Taraflar shartnoma tuzishda turar joy uchun to`lov miqdorini belgilashadi, 
shuningdek, unga kommunal to`lovlar kirish-kirmasligini kelishib olishadi. Agar 
shartnomada bu hol nazarda tutilmasa, bu to`lovlarni kim, qay tartibda bajarishi 
ko`rsatiladi. 
Ijaraga beruvchining munistipial, idoraviy uy-joy fondi va maqsadli 
kommunal uy-joy fondining turar joylarini vaqtinchalik foydalanishga berish 
shartnomasi bo`yicha asosiy majburiyatlari xuddi shu tartibda O`zbekiston 
Respublikasi Uy-joy Kodeksining 49-moddasida ko`rsatilgan. 
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 62-moddasiga binoan ijaraga 
berilgan turar joyni kapital ta’mirlash, agar shu turar joyni ijaraga berish 
shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo`lsa, ijaraga beruvchining 


167 
majburiyatiga kiradi. 
Ijaraga berilgan turar joyni ijaraga oluvchining roziligisiz qayta qurishga, 
o`zgartirishga, agar bunday qayta qurish va o`zgartirish uy-joydan foydalanish 
sharoitlarini tubdan o`zgartirsa, yo`l qo`yilmaydi. 
Ijaraga beruvchining turar-joyni ijaraga berish jarayonidagi majburiyatlariga 
to`xtaladigan bo`lsak, O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 87-
moddasiga asosan, arendaga beruvchi turar joyni arendaga oluvchiga yashash 
uchun yaroqli holatda hamda ushbu Kodeksning 9-moddasiga binoan turar joylarga 
nisbatan qo`yiladigan talablarga javob beradigan holatda arendaga berishi shart. 
Arendaga beruvchi arendaga berilayotgan turar joyning muhandislik 
qurilmalari va konstruksiyalaridagi shartnoma tuzilayotgan paytda aniqlangan yoki 
aniqlanmagan barcha nuqsonlar, nosozliklar uchun javobgar bo`ladi. 
Ijaraga oluvchi faqat fuqaro bo`lishi mumkinligi belgilangan. Bu tushuncha 
o`z ichiga faqatgina O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini emas, balki xorij 
fuqarolari hamda fuqaroligi yo`q shaxslarni ham qamrab oladi. Turar joylardan 
maqsadga muvofiq foydalanilishi lozim, ya’ni u ishlab chiqarish korxonalari, ofis 
va boshqalarning joylashuvi uchun emas, balki fuqarolarning istiqomat qilishlari 
uchun xizmat qilishi kerak. Shuning uchun, turar-joyni ijaraga olish 
shartnomasining subyekti faqat fuqaro bo`lishi mumkin. 
Doimiy yashovchi maqomini qonun doirasida ijaraga oluvchidan kechroq 
ko`chib kelganlar ham olishi mumkin. Lekin, buning uchun ikki shart bajarilishi 
lozim. Birinchidan – ko`chib kirish uchun ikkala taraf (ijaraga beruvchi va 
oluvchi)ning roziliini olish. Ikkinchi shart, bunday ko`chib kirish turar-joyning bir 
kishiga nisbatan belgilangan eng kam normasi xaqidagi qonunchilik talablarining 
buzilishiga olib kelmasligi lozim. Faqatgina istisno tarzida ikkala shartning ham 
voyaga yetmagan bolalarga taalluqli bo`lmasligi belgilangan. So`nggi qoida 
voyaga etmagan bolaning yashash joyi ota-onasining yashash joyi bilan bir bo`lishi 
bilan izohlangan (O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 21-modda, 2-
qismiga qarang). 
Davlat uy-joy fondi tasarrufidagi turar-joy ijarasi shartnomasini tuzishda 
ijaraga oluvchi doimiy foydalanuvchilar sifatida o`z oila a’zolarini (turmush 
o`rtog’i, bolalari, ota-onasi, qaramog’idagilar) ko`rsatadi. Bundan farqli ravishda 
tijorat shakldagi turar-joyning ijara shartnomasida foydalanuvchilar sifatida ijaraga 
oluvchi bilan yashovchi istalgan fuqaro ko`rsatilishi mumkin. Ta’kidlash joizki, 
shartnomaga muntazam yashovchilar sifatida kiritilgan fuqarolar turar-joydan 
foydalanishda ijaraga oluvchi bilan teng huquqqa ega bo`ladilar. 
Davlat uy-joy fondi tasarrufidagi turar-joy ijarasi shartnomasiga ko`ra 
ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi oldida turar-joy ijarasi shartnomasining shartlarini 
buzgan oila a’zolari va o`zi bilan muntazam yashovchi fuqarolarning xatti-
harakatlari uchun javobgar bo`ladi.
Ijaraga oluvchining voyaga yetgan farzandlari va u bilan doimiy yashovchi 
fuqarolar ijaraga beruvchini xabardor qilgan holda, ijaraga oluvchi bilan doimiy 
yashovchi barcha fuqarolar ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi bilan teng 
miqdorda javobgarlikka ega ekanliklari haqida shartnoma tuzishlari mumkin. 
Shu bilan birga turar-joy ijarasi shartnomasiga ko`ra ijaraga oluvchi 


168 
shartnoma shartlarini buzgan o`zi bilan doimiy yashovchi fuqarolarning xatti-
harakatlari uchun javobgar bo`ladi. Bu tabiiy, chunki turar joy mulkdori uchun 
ijaraga oluvchi bilan doimiy yashovchilardan qaysi biri shartnoma shartlarini 
buzishidan qat’iy nazar, ijaraga oluvchining shartnoma shartlariga to`liq rioya 
etishi muhim sanaladi. 
Solidar javobgarlikda (O`zR FKning 252, 252-moddalari) ijaraga beruvchi 
ijara shartnomasining shartlarini buzgan (masalan, uy to`lovini to`lamagan) ijaraga 
oluvchining voyaga etgan oila a’zolarini butunlay yoki qisman javobgarlikka 
tortish huquqiga ega. 
Ijaraga oluvchining voyaga etgan oila a’zolarining ijaraga beruvchi oldidagi 
solidar javobgarligi turar joyni ijaraga olish shartnomasining o`zida nazarda 
tutilgan. 
Turar-joyni ijaraga olish shartnomasiga ko`ra ijaraga oluvchi quyidagi 
majburiyatlarni o`z zimmasiga oladi: turar-joydan maqsadiga muvofiq foydalanish; 
turar-joyga, sanitar-texnik qurilmalariga extiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish, 
ularning butunligini ta’minlash; turar-joyning yuzaga kelgan nosozliklarini o`z 
hisobidan bartaraf etish, buzilgan sanitar-texnik qurilma yoki boshqa qurilmani 
ijaraga oluvchi yoki u bilan turar-joyda doimiy yashovchi boshqa shaxslar aybiga 
ko`ra buzilgan bo`lsa, ta’mirlash yoki o`zgartirish.
Turar-joy va umumiy foydalanish joylari qurilmalarini yangilash va qayta 
loyihalashtirish, isitish va sanitar-texnik moslamalarning o`rnini o`zgartirish 
faqatgina ijaraga beruvchining yozma roziligi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Cho`milish va yuvinish xonalarini yashash joyiga moslashtirish, yong’inda 
chiqishga mo`ljallangan yo`laklarni berkitish, shuningdek, terrasa, lodjiya, 
verandalarni yashash joyiga aylantirish qat’iyan ma’n etiladi. 
Ijaraga oluvchi uy-joy to`lovini, jumladan suv ta’minoti, gaz, elektr va 
issiqlik energiyasi va boshqa kommunal to`lovlarni o`z vaqtida to`lashga majbur. 
(Qarang: O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 50-moddasining 
sakkizinchi qism, oltinchi xat boshi, 134, 130-moddalari; O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28 iyundagi 325- sonli qarori bilan 
tasdiqlangan "Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan 
foydalanish qoidalari" to`g’risidagi Nizomning 5 bo`limi). 
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 51-moddasiga ko`ra ijaraga 
oluvchi ijaraga beruvchi roziligi bilan belgilangan tartibda o`z oila a’zolarini, 
barcha voyaga etgan oila a’zolarining yozma roziligi bilan esa, boshqa fuqarolarni 
ham ijaraga olingan munistipial, idoraviy va maqsadli kommunal uy-joy fondining 
turar-joyiga ko`chirib kelishga haqqi borligi to`g’risida qoida o`rnatilgan. Voyaga 
yetmagan oila a’zolarini kiritish uchun bunday rozilik talab etilmaydi. 
Turar joyga boshqa shaxslarni ko`chirib kiritishga qonun hujjatlarining har 
bir kishiga mo`ljallangan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi to`g’risidagi 
talablariga rioya etilgan holda yo`l qo`yiladi, voyaga yetmagan bolalarni va 
mehnatga qobiliyatsiz yolg’iz ota-onalarni ko`chirib kiritish hollari bundan 
mustasno. 
Ijaraga oluvchining oila a’zolari deb, O`zbekiston Respublikasi Uy-joy 
Kodeksining 3-moddasi, 2 va 3-qismlarida ko`rsatilgan shaxslar tan olinadi. 


169 
Turar joyni ijaraga berish shartnomasiga boshqa fuqarolarni kiritish 
munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining 
uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi to`g’risidagi 
nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi. Agar boshqa fuqarolarning ijara 
shartnomasiga kiritilishi bu erda yashayotganlarning uy-joy sharoitini yaxshilashga 
muhtoj deb tan olinishiga olib kelsa, shuningdek mulk huquqi asosida turar joyi 
bo`lgan shaxslar uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo`lmagan 
maydonga ega bo`lsa, bunday fuqarolarni ijaraga berish shartnomasiga kiritish 
mumkin emas. 
Oila tarkibining o`zgarishi ijara shartnomasi tegishli qismining o`zgarishiga 
olib keladi. 
Ijaraga oluvchining oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar 
turar joydan foydalanishda ijaraga oluvchi bilan teng huquqlarga egadirlar. 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 
325-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Turar joylarni va uy atrofidagi erlarni saqlash 
va ulardan foydalanish qoidalari" to`g’risidagi 6-bandiga asosan turar joylarni 
ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega bo`ladi: o`zi bilan birga turadigan voyaga 
yetgan oila a’zolarining roziligi bilan o`zi egallab turgan turar joyga o`zining 
rafiqasini, bolalari va ota-onasini belgilangan tartibda ko`chirib kiritish. Ota-onasi 
oldiga ularning voyaga yetmagan bolalarini, bolalar oldiga esa ularning mehnatga 
layoqatsiz yolg’iz ota-onasini ko`chirib kiritish uchun oila a’zolarining roziligi 
talab qilinmaydi; Turar joyga boshqa fuqarolar bir kishiga to`g’ri keladigan uy-joy 
maydonining ijtimoiy normasi haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan 
taqdirda qo`yiladi, voyaga etmagan bolalarni va mehnatga layoqatsiz yolg’iz ota-
onalarni qo`yish bundan mustasno. 
Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan turar-joyni ijaraga berish 
shartnomasida bu masala biroz boshqacha hal etiladi (O`zbekiston Respublikasi 
Uy-joy Kodeksining 33-moddasi).
Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan uydan, kvartiradan turar 
joyni ijaraga, arendaga oluvchi o`zi ijaraga, arendaga olgan xonaga uy, kvartira 
mulkdorining roziligidan qat’i nazar, voyaga etmagan farzandlarini, agar u alohida 
xonani egallayotgan bo`lsa va ijaraga yoki arendaga berish shartnomasida 
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, shuningdek eri(xotini) va mehnatga 
qobiliyatsiz voyaga yetgan farzandlari hamda ota-onasini ko`chirib kiritish 
huquqiga ega. Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan uy, kvartiradagi turar 
joyni ijaraga, arendaga oluvchi bilan birga yashayotgan oila a’zolari ijaraga yoki 
arendaga berish shartnomasidan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga 
ijaraga, arendaga oluvchining o`zi bilan teng ravishda ega bo`ladilar. 
Boshqa fuqarolarni faqat uy mulkdorining roziligi bilan ko`chirib kiritish 
mumkin va ijaraga, arendaga oluvchi tomonidan o`z oila a’zosi sifatida ko`chirib 
kiritilgan ushbu fuqarolar, agar ko`chirib kiritishda ular o`rtasida boshqacha 
kelishuv bo`lmagan bo`lsa, ijaraga, arendaga oluvchi hamda uning boshqa oila 
a’zolari bilan turar joydan foydalanishda teng huquqqa ega bo`ladilar. 
Turar joyni ijaraga berish shartnomasiga boshqa fuqarolarni kiritish 
munistipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining 


170 
uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi to`g’risidagi 
nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi. Agar boshqa fuqarolarning ijara 
shartnomasiga kiritilishi bu erda yashayotganlarning uy-joy sharoitini yaxshilashga 
muhtoj deb tan olinishiga olib kelsa, shuningdek mulk huquqi asosida turar joyi 
bo`lgan shaxslar uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo`lmagan 
maydonga ega bo`lsa, bunday fuqarolarni ijaraga berish shartnomasiga kiritish 
mumkin emas. 
Oila tarkibining o`zgarishi ijara shartnomasi tegishli qismining o`zgarishiga 
olib keladi. 
Ijaraga oluvchining oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar 
turar joydan foydalanishda ijaraga oluvchi bilan teng huquqlarga egadirlar. 
Oliy Sud Plenumining 2001 yil 14 sentyabrdagi "Uy-joy nizolari bo`yicha 
sud amaliyoti haqida"gi 22-son qarorining 16-bandiga ko`ra, O`zbekiston 
Respublikasi Uy-joy Kodeksining 50-moddasi talabiga ko`ra ijaraga oluvchining 
oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar-joydan foydalanishda 
ijaraga oluvchi bilan teng huquqga egadir va bu shaxslar ijaraga berish shartnomasi 
majburiyatlari yuzasidan ijaraga beruvchi oldida javobgardirlar. 
Boshqa shaxslarni oila a’zosi deb topish masalasini hal etishda (xotini, eri, 
bolalari, ota-onalaridan tashqari) sud ularning ijarachi va uning oila a’zolari bilan 
munosabatlarini, umumiy xo`jalik yuritganliklarini, bir-biriga o`zaro yordam 
ko`rsatib kelganliklari va oilaviy munosabatlari mavjudligini guvohlantiruvchi 
holatlarni aniqlashi lozim. 
Turar-joyni ijaraga olish shartnomasida bu biroz farq qiladi. Turar-joyga 
doimiy yashovchi sifatida ijara shartnomasida ko`rsatilmagan boshqa fuqarolarni 
kiritish faqatgina ijaraga beruvchi – mulkdor, shuningdek, ijaraga oluvchi va u 
bilan doimiy yashovchilar roziligi bilan yashash joyi normasiga amal qilgan xolda 
amalga oshiriladi (voyaga etmagan farzandlarni kiritish hollari bundan mustasno). 
Qonun voyaga etmagan farzandlarni ko`chirib kiritishda ijaraga beruvchi, 
ijaraga oluvchi va doimiy yashovchi fuqarolarning roziligini talab qilmaydi. Bu 
voyaga etmagan farzandlarning yashash joyi ota-onasining yashash joyi deb tan 
olinganidan kelib chiqadi (O`zR FK 20 moddasiga qarang). 
Ijaraga oluvchi va u bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar umumiy 
kelishuvga binoan va ijaraga beruvchini oldindan xabardor qilgan holda vaqtincha 
yashovchilarga (foydalanuvchilarga) uy-joyda bepul yashab turishlari uchun ruxsat 
etishga xaqli. Vaqtincha yashovchini kiritish uchun ijaraga oluvchining ham va u 
bilan doimiy birga yashovchi fuqarolarning ham roziligi talab etiladi. Bunda 
qonunchilikdagi (O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 42-moddasi) bir 
shaxsga belgilangan eng kam turar joy normasiga amal qilish darkor, aks holda 
ijaraga beruvchi vaqtincha yashovchilarning istiqomat qilishini ta’qiqlab qo`yishi 
mumkin. 
Vaqtincha yashovchilar to`g’risida O`zbekiston Respublikasi Uy-joy 
Kodeksining 61-moddasida so`z boradi. Unga binoan vaqtincha yashovchilar 
ijaraga oluvchi bilan doimiy birgaa yashovchi fuqarolardan turar-joydan mustaqil 
ravishda foydalanish xuquqiga ega bo`lmasliklari bilan farqlanadilar. Bundan 
tashqari, ijaraga oluvchining doimiy birga yashovchi fuqarolarga nisbatan bu 


171 
shaxslarga javobgarligi ham kengroq belgilangan. Bu erda ijaraga oluvchi 
vaqtincha yashovchilarning nafaqat ijara shartnomasini buzganiga balki, umuman, 
yashash bilan bog’liq bo`lgan har qanday xatti-harakatiga javobgar ekani nazarda 
tutilayapti. 
Vaqtincha yashovchini kiritish uchun ijaraga oluvchini ham, u bilan birga 
yashovchi fuqarolarning ham roziligi kerak. Ijaraga beruvchiga kelsak, uning 
roziligi talab etilmaydi, ko`chib kelganlik fakti haqida xabardor qilishning o`zi 
kifoya qiladi. Bu holatda bir kishilik yashash joyi normasiga amal qilish talab 
etiladi (Qarang: O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 42-moddasi). 
Vaqtincha yashovchilarning istiqomat qilishi uchun maksimal muddat 
belgilangan bo`lib, u olti oyga teng. 
Agar istiqomat qilish muddati kelishilmagan bo`lsa, ijaraga oluvchi ham 
muntazam birgalikda yashovchi fuqarolar ham vaqtincha yashovchilarning turar-
joyni bo`shatishlarini talab qilishlari mumkin. Ammo, buni ular ijaraga oluvchi va 
u bilan doimiy birga yashovchi istalgan fuqaro tomonidan kerakli talabnoma 
qo`yiladigan yetti kunlik muhlat o`tishi bilan amalga oshirishlari lozim. Vaqtincha 
yashovchilar bunday talabga norozi bo`lgan taqdirda, sud tartibida boshqa yashash 
joyi berilmasdan ko`chirib chiqariladilar. 
Ijaraga berish shartnomasi uchun an’anaviy bo`lgan ijaraga berilgan uy-joyni 
ta’mirlash bo`yicha majburiyatlarni va ushbu joydan foydalanish shartlarini 
taqsimlash joriy ta’mirlashda ijaraga oluvchining, kapital ta’mirlashda esa ijaraga 
beruvchining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkinligi belgilangan. 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28 iyundagi 
325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash 
va ulardan foydalanish” Qoidalarining 43 bandida joriy ta’mirlashga tegishli ishlar 
ro`yxati berilgan bo`lib, ularga xususan quyidagilar kiritilgan: oyna qo`yish; 
tirqishlarni zamazkalar bilan to`ldirish yoki shtapiklar qoqish; kvartiradagi turar 
joylar va yordamchi xonalarning pollari va eshiklarini bo`yash; radiatorlar, 
markaziy isitish, suv ta’minoti quvurlarini va kvartira ichidagi boshqa quvurlarni 
hamda pechlarning metall g’iloflaryani bo`yash; derazalar va eshiklarning 
priborlarini almashtirish. Uy-joyni ijaraga olish shartnomasi bo`yicha mazkur 
ishlar ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladi. Lekin, mazkur ishlarni amalga 
oshirish turar joyning alohida konstruktiv qismlari yoki uning uskunalarining 
nosozligi yoxud turar joyning kapital ta’miri bilan bog’liq bo`lsa, ular ijaraga 
beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Xususiy uy-joy fondidagi turar joy ijaraga olinganda, taraflar ijaraga berilgan 
turar joyni joriy ta’mirlashning boshqa shartlarini belgilashlari va yuqorida 
ko`rsatilgan ta’mirlash ishlari ijaraga beruvchi – turar joy mulkdori tomonidan ham 
amalga oshirilishi mumkin.
Qayd etib o`tilgan ta’mirlash ishlari ijaraga oluvchi, ijarador, turar joy 
egasining hohishiga ko`ra belgilangan tartibda tasdiqlangan narhlar bo`yicha haq 
to`langan holda uy-joylardan foydalanish yoki ta’mirlash - qurilish tashkilotlari 
tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 
Kapital ta’mirlash turar joyning asosiy qismlari, eshik va romlar, polni 
almashtirish, sanitar-texnik uskunalarni ta’mirlashni qamrab oladi. 


172 
Kapital ta’mirlashga quyidagilar kiradi: uyning asosiy qurilmalari 
emirilganligi sababli eshiklar, derazalar va markaziy isitish tizimi mavjud 
bo`lmagan uylarda isitish qurilmalarini almashtirish, markaziy isitish, vodoprovod, 
kanalizastiya, issiq suv ta’minoti, shamollatish, lift ho`jaligi, gaz, oshxona 
plitasi,asosiy elektr o`tkazish tizimini ta’mirlash. 
Turar joy ijarasi shartnomasiga ko`ra mazkur ishlar ijaraga beruvchi 
hisobidan amalga oshiriladi. 
Xususiy uy-joy fondidagi turar joy ijaraga olinganda, taraflarga ijaraga 
berilgan turar joyni kapital ta’mirlashning boshqa shartlarini belgilash va yuqorida 
ko`rsatilgan ta’mirlash ishlarini ijaraga oluvchi zimmasiga yuklash huquqi beriladi. 
Lekin bu mohiyati jihatidan o`zini oqlamaydi. Kapital ta’mirlash mulk huquqi 
obyektining qiymatini jiddiy ravishda oshiradi va mulkdorning mulki o`sishiga 
olib keladi, bu esa ijaraga oluvchi hisobidan amalga oshirilishi adolatli va to`g’ri 
bo`lmaydi. Shuning uchun turar joyning kapital ta’miri ijaraga oluvchi tomonidan 
emas, balki ijaraga beruvchi – turar joyning mulkdori tomonidan amalga oshirilishi 
lozim. 
Turar joyni qayta jihozlash tushunchasi FKda ham, Uy-joy Kodeksida ham 
keltirilmagan. Uy-joy Kodeksining 24-moddasi, 5-qismi va 62-moddasi, 3-qismida 
o`z mohiyatiga ko`ra qayta jihozlash tushunchasi bilan qamrab olinadigan qayta 
qurish va o`zgartirish atamalari qo`llaniladi.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 607-moddasida turar joyni 
qayta qurish va o`zgartirish haqida so`z borib, ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining 
roziligisiz uy-joyni qayta qurishga va tuzilishini o`zgartirishga haqli emasligi 
belgilangan. 
Turar joy hamda yordamchi xonalarni qayta qurish, o`zgartirish faqatgina 
ularni yanada obod qilish maqsadida amalga oshirilishi mumkin. Turar joylarni 
qayta jihozlash ijaraga oluvchilarning yashash sharoitlarini yomonlashtirmasligi 
kerak. Shuning uchun ijaraga berilgan turar joy va undan foydalanish shartlarini 
jiddiy ravishda o`zgartiradigan qayta jihozlash faqatgina ijaraga oluvchining 
roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 
325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy 
fondi to`g’risida”gi Nizomning 43-bandiga muvofiq turar joyni va yordamchi 
xonalarni buzib, boshqatdan qurish va qayta rejalashtirish kvartirani yanada obod 
qilish maqsadini ko`zlabgina amalga oshirilishi mumkin va bu ishga ijaraga 
oluvchi, uning oila a’zolari, kommunal uy-joy fondi egasi vakilining roziligi va 
tegishli hokimlikning ruxsatnomasi bilan yo`l qo`yiladi. 
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 24-moddasida esa ko`p 
kvartirali uydagi kvartira mulkdori mahalliy davlat hokimiyati organlaridan 
tegishli ruxsatnoma olmasdan o`ziga qarashli joyni o`zboshimchalik bilan qayta 
qurgan yoki o`zgartirgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar 
bo`ladi hamda bu joyni o`z hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shartligi 
to`g’risidagi qoida belgilangan. 
Taraflar kelishuviga ko`ra belgilanadigan turar-joy uchun to`lov miqdori 
ko`rib chiqilayotgan shartnomaning muhim sharti bo`lib hisoblanadi. Odatda, 


173 
to`lov miqdori turar-joyning sifati va joylashuviga qarab belgilanadi. Xozirgi 
kungacha qonun bilan ham, qonunosti huquqiy hujjatlar bilan ham turar-joy uchun 
eng ko`p to`lov miqdori ko`rsatilmagan. Lekin, qonunda bunday imkoniyat mavjud 
ekanligi ko`zda tutilgan. 
Qonun chiqaruvchi tomonidan shartnomada ikkala taraf manfaatlarini ham 
himoya qiluvchi qoida kiritilgan. Bu qoida turar-joy uchun to`lov miqdorining bir 
tomonlama o`zgartirilishiga cheklov qo`yiladi. Bunda ijaraga beruvchi tomonidan 
to`lovning oshirilishi yoki ijaraga oluvchi tomonidan uning pasaytirilishi nazarda 
tutilayapti. Ammo, bu qoida dispozitiv xarakterga ega va taraflar shartnomada bu 
imkoniyatni ko`rsatib o`tishlari mumkin. Bundan tashqari, bu imkoniyat maxsus 
qonun bilan ham belgilanishi mumkin. 
Ijaraga oluvchi turar-joydan foydalanganlik uchun to`lovni kiritishi kerak. 
Umumiy qoidaga ko`ra bu to`lov oyma-oy amalga oshiriladi, lekin, shartnomada 
boshqa muddat ko`rsatilishi ham mumkin. 
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 34-moddasiga binoan 
fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan turar joyni ijaraga, arendaga berish 
haqi taraflar kelishuviga binoan shartnomada, ijara xaqini to`lash tartibi, shartlari 
va muddatlari esa, O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 90-moddasiga 
ko`ra turar-joy ijarasi shartnomasi bilan belgilanadi. 
O`zbekiston Respublikasining Uy-joy Kodeksida turar-joy uchun to`lov 
tartibi 129-134-moddalarda ko`rsatib o`tilgan. 
O`zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 129-moddasiga binoan 
munistipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi 
bo`yicha to`lanadigan haq miqdori uyni va umumiy foydalanishdagi mol-mulkni 
saqlash xarajatlarining o`rnini qoplashni ta’minlaydigan, ijaraga beruvchi 
tomonidan turar joy umumiy maydonining bir kvadrat metri hisobida belgilangan 
stavkalardan kelib chiqib belgilanadi. 
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondini tiklashga ajratmalar hamda ijaraga 
beruvchining normativ foydasi turar joyning ijara haqiga kiradi. 
O`zbekiston 
Respublikasining 
Uy-joy 
Kodeksining 
130-moddasida 
belgilangan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi turar joylari uchun to`lanadigan 
haq ijaraga berish shartnomasi bo`yicha uyga qarash, unga xizmat ko`rsatish va 
ta’mirlash uchun ketadigan xarajatlarni o`z ichiga oladi. Turar joyni ijaraga oluvchi 
turar joy haqini har oyda yashalgan oydan keyingi oyning o`ninchi kunidan 
kechiktirmay to`lashi shart. 
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining turar joyi uchun haq O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olinadi. 
O`zbekiston Respublikasining Uy-joy Kodeksining 135-moddasiga asosan 
fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joyni saqlash va kommunal xizmatlar haqini 
to`lash xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi. (Qarang: Uy-
joy-kommunal xizmatlar haqini to`lash bo`yicha imtiyozlar beriladigan shaxslar 
ro`yxati O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-martdagi “2003- 
yilning 1 aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to`lash bo`yicha 
beriladigan imtiyozlar o`rniga kompensastiya pul to`lovlarini joriy etish 
to`g’risida”gi PF-3227- sonli Farmoni bilan tasdiqlangan) 


174 
O`zbekiston Respublikasining Uy-joy Kodeksining 136-moddasi turar joylar 
va kommunal xizmatlar haqini 
to`lashda 
aholining ijtimoiy 
jihatdan 
himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalarini qo`llab-quvvatlash qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishini nazarda tutadi. (Qarang: 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.03.2003y.dagi PF-3227- sonli 
Farmoni).
Turar-joyning ijara shartnomasi muddatli xususiyatga ega, negaki mulkdor 
tomonidan turar-joyni ijaraga muddatsiz topshirish, mohiyatiga ko`ra uning uchun 
mulk huquqini cheklashga olib kelgan bo`lardi. Shuning uchun turar-joyni ijaraga 
berish tartibi, muddati va shartlari ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi o`rtasida 
tuziladigan shartnoma bilan belgilanadi. Turar-joy ijarasi shartnomasi besh yildan 
oshmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada u tuzilgan muddat belgilanmagan 
bo`lsa, u besh yilga tuzilgan deb hisoblanadi. 
Turar-joy ijarasi shartnomasi bir yilgacha (qisqa muddatli) tuzilgan bo`lsa, 
bu holda ijaraga oluvchining huquqlari chegaralanadigan bo`ladi. Qonun 
chiqaruvchi tomonidan belgilangan qoidaga asosan turar-joyning bir yilgacha 
(qisqa muddatli) ijarasi shartnomasiga nisbatan mazkur Kodeks 606-moddasining 
2 va 3-qismlari, 609-modda, bu moddaning 3-qismi, 613, 614-moddalarida 
ko`rsatilgan qoidalar, agar shartnomada boshqa narsa ko`rsatilmagan bo`lsa, 
qo`llanilmaydi. 
Jumladan, ijaraga oluvchi ijaraga olgan joyga vaqtinchalik yashovchilarni 
kiritishi; ijaraga olingan joyni qayta ijaraga shartli ravishda topshirishi
shartnomada o`zini boshqa ijaraga oluvchi bilan almashtirishi ta’qiqlanadi, 
shuningdek, shartnomada boshqa holat ko`rsatilmagan bo`lsa, yangi muddatga 
shartnoma tuzishda imtiyozli huquqqa ega bo`lmaydi. 
Shunga o`xshash qoida O`zbekiston Respublikasining Uy-joy Kodeksining 
36-moddasida belgilangan bo`lib, unga ko`ra munistipal, idoraviy uy-joy fondi va 
aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish 
shartnomasi besh yildan ortiq bo`lmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada 
muddat ko`rsatilmagan bo`lsa, u besh yilga tuzilgan deb hisoblanadi. 
Turar-joy ijarasi shartnomasiga binoan turar-joy mulkdori ham ijaraga 
oluvchiga turar-joyni besh yildan oshmagan ma’lum muddatga beradi. Ijara 
shartnomasida uy-joy qonun munosabatlarida barqarorlikni yaratish maqsadida 
qonunda ijaraga oluvchiga shartnomani yangi muddatga tuzishda imtiyozli huquq 
berilgan. Ammo, bu huquq cheklangan xarakterga ega, chunki, uy mulkdori o`z 
mulkini o`z xohishiga ko`ra tasarruf etishi mumkin. Shuning uchun, uy mulkdori 
turar-joyni bir yildan kam bo`lgan muddat ichida kelgusida ijaraga bermaslikka 
qaror qilsa, u ijaraga oluvchini turar-joyni ijaraga olish shartnomasi tugashidan 
kamida uch oy oldin ogohlantirib, ijaraga oluvchiga shartnomani uzaytirishda rad 
javobini berishga haqli. 
Uy egasi ijaraga oluvchi bilan shartnomani yangi muddatga uzaytirishga 
qaror qilgan taqdirda ham bu masaladagi tashabbus mulkdorning o`zidan chiqishi 
kerak. U ijaraga oluvchiga turar-joyni ijaraga olish shartnomasi tugashiga kamida 
uch oy qolganida yangi muddatga o`sha shartlarda yoki yangi ko`rinishda 
shartnoma tuzishni taklif etishi lozim. Agar mulkdor bu majburiyatini bajarmagan 


175 
bo`lsa, va ijaraga oluvchi muddatning uzaytirilishiga qarshiligi bo`lmasa, 
shartnoma xuddi o`sha shartlar bilan yangi muddatga uzaytirilgan deb hisoblanadi. 
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 553-moddasiga ko`ra, agar 
qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, o`z 
majburiyatlarini lozim darajada bajargan ijaraga oluvchi shartnoma muddati 
tugaganidan keyin yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasini tuzishda sharoitlar 
teng bo`lgan hollarda boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega bo`ladi. 
Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchini mulk ijarasi shartnomasida belgilangan 
muddatda, agar shartnomada bunday muddat belgilangan bo`lmasa, shartnomaning 
amal qilishi tamom bo`lguncha oqilona muddatda, bunday shartnomani tuzish 
istagi haqida yozma ravishda ogohlantirishi lozim. 
Ijara shartnomasiga keladigan bo`lsak, O`zbekiston Respublikasi “Ijara 
to`g’risidagi” Qonunining 14-modda, 2-qismiga binoan shartnoma muddati 
tugagach, shartnomadagi o`z majburiyatlarini lozim darajada bajargan ijarachi 
shartnomani qayta tiklashda boshqa shaxslarga nisbatan ustun huquqqa ega 
bo`ladi. 
Yer uchastkalari masalasida esa, O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 
24-moddasi, 7-qismiga binoan ijarachi yer uchastkalari ijara shartnomasining amal 
qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilashda boshqa teng 
sharoitlarda ustun huquqqa ega. 
Mulkni ijaraga berish shartnomasini yangi muddatga tuzishda shartnoma 
shartlari taraflar roziligi bilan o`zgartirilishi mumkin. 
Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga shartnomani yangi muddatga 
tuzishga rad javobini bergan bo`lsa, lekin, u bilan tuzilgan shartnomaning muddati 
tugaganidan so`ng bir yil ichida boshqa ijaraga oluvchi bilan turar-joyni ijaraga 
olish shartnomasi tuzgan bo`lsa, ijaraga oluvchi o`z tanloviga ko`ra suddan 
tuzilgan shartnomaga asosan o`ziga taalluqli bo`lgan huquq va majburiyatlarni 
unga o`tqazilishi va shartnomaning uzaytirilishi rad qilingani tufayli keltirilgan 
zararni qoplashni yoki faqatgina shunday zararni qoplashni talab qilish huquqiga 
ega.
Ijaraga oluvchi turar-joyni ijaraga olish shartnomasining muddati 
tugaganidan so`ng ham ijaraga berilgan mulkdan ijaraga beruvchining e’tirozisiz 
foydalanishda davom etayotgan bo`lsa, shartnoma o`sha shartlarda nomamuayyan 
muddatga uzaytirilgan deb hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasining Uy-joy Kodeksining 36-moddasiga ko`ra, 
ijaraga beruvchi tomonidan e’tiroz bo`lmagan taqdirda, ijaraga oluvchi shartnoma 
muddati tugaganidan keyin ham turar joydan foydalanishni davom ettirsa, 
shartnoma avvalgi shartlarda qayta tuzilgan deb hisoblanadi. 
Davlat uy-joy fondidan ijaraga beruvchi, agar turar joyni ijaraga bermaslikka 
qaror qilgan bo`lsa, bu haqda ijaraga oluvchini kamida bir yil oldin xabardor etib, 
yangi muddatga shartnoma tuzishdan voz kechishi mumkin, aniq maqsadli 
kommunal uy-joy fondi bundan mustasno. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling