Toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Ijaraga oluvchiga mol-mulkni topshirish, undagi kamchiliklar va


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
3-§. Ijaraga oluvchiga mol-mulkni topshirish, undagi kamchiliklar va 
uchinchi shaxslar huquqlarining mavjud bo’lishi oqibatlari 
 
Topshirilayotgan mol-mulkning holati shartnoma shartlariga va mol-
mulkning vazifasiga muvofiq bo’lishi lozim. Masalan, ijaraga beruvchi ijaraga 
oluvchiga mulk ijarasi shartnomasida nazarda tutilgandan kamroq quvvatga ega 
bo’lgan uskunani berishga haqli emas. Yoki bo’lmasa, ishlab chiqarish maqsadi 
uchun uy joy berilishi mumkin emas. 
Bino yoki inshootni ijaraga berish 
shartnomasi bir yildan kam bo’lmagan 
muddatga tuzilsa taraflar imzolaydigan 
bitta ҳujjat tarzida yozma shaklda 
tuziladi va davlat ro’yxatidan o’tkaziladi 
(FK 574–moddasi).


110 
Mulkni ijaraga berishda qoida tariqasida mol-mulk bilan birgalikda unga 
mansub ashyolar va unga tegishli hujjatlar ham qo’shib beriladi. Masalan, 
avtotransport vositasi ijarasi shartnomasi bo’yicha avtomobilga texnik xizmat 
ko’rsatishga mo’ljallangan asbob-uskunalar (domkrat, kalit va h.k.) ham taqdim 
qilinadi. Kir yuvish mashinasi ijaraga berilganda, undan foydalanish bo’yicha 
yo’riqnoma ham taqdim qilinadi. Shu bilan birga taraflar shartnomada mol-mulkni 
unga mansub ashyolar va unga tegishli hujjatlarni bermaslikni ham nazarda 
tutishlari mumkin. 
Ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga berilayotgan mol-mulkka tegishli 
ashyolar va hujjatlarni berish to’g’risidagi talablarni buzishi va buning natijasida 
ijaraga oluvchi ushbu mol-mulkdan foydalana olmasligi ijaraga oluvchi uchun 
noqulay oqibatlar keltirib chiqaradi. Masalan, ijaraga beruvchi avtomobilni 
foydalanish uchun ijaraga berib, avtomobilni ro’yxatdan o’tkazilganlik haqidagi 
guvohnomani bermadi. Ko’rinib turibdiki, ushbu hujjatsiz ijarachi avtomobildan 
foydalana olmaydi va tegishlicha ijara shartnomasini tuzishda umid qilgan foydani 
ham ko’ra olmaydi. Bunday hollarda ijaraga oluvchi xohishiga ko’ra, shu jumladan 
sud tartibida ham ijaraga olingan mol-mulk uchun kerakli bo’lgan ashyolar hamda 
hujjatlarni o’ziga berishni yoki shartnomani bekor qilishni talab qilish huquqini 
beradi. 
Ijaraga beruvchi uchun noqulay oqibatlar shuningdek, mol-mulkni 
shartnomada ko’rsatilgan muddatda ijarachiga taqdim qilmagan hollarda ham kelib 
chiqadi. Mol-mulk ijaraga oluvchiga shartnomada ko’rsatilgan muddatda, agar 
shartnomada bunday muddat ko’rsatilgan bo’lmasa, oqilona muddatda, ya’ni 
amalga oshirishning aniq imkonini beradigan muddatdataqdim qilinishi lozim. 
Agar mol-mulk ko’rsatilgan muddatda taqdim qilinmasa, u holda ijaraga 
oluvchi o’z xohishiga asosan, FK 331–moddasida belgilangan qoidaga muvofiq
ijaraga beruvchidan ushbu mol-mulkni berishni talab qilishi yoki shartnomani 
bekor qilishni so’rab murojaat qilishi mumkin. Har qanday holatda ham ijaraga 
oluvchi o’ziga etkazilgan zararni qoplanishini sud tartibida talab qilishi mumkin. 
Yuqorida ko’rsatilganidek, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga mol-mulkni 
shartnoma shartlariga va vazifasiga muvofiq holda topshirishi lozim. Shu 
munosabat bilan qonun ijaraga berilgan mol-mulkdagi kamchiliklar uchun agar bu 
holat 
mol-mulkdan 
shartnoma 
shartlariga 
mos 
ravishda 
foydalanishni 
qiyinlashtirayotgan bo’lsa yoki to’sqinlik qilayotgan bo’lsa, javobgarlikni asosan 
ijaraga beruvchi zimmasiga yuklaydi. Bunda ijaraga beruvchi hatto ijaraga 
berayotgan vaqtda bular haqida bilmagan bo’lsa ham javobgar sanaladi. 
Bunday kamchiliklar aniqlangan taqdirda ijaraga beruvchi o’z manfaatlarini 
himoya qilishga qaratilgan choralardan birini tanlash huquqiga ega. Chunonchi, u 
ijaraga beruvchidan: 
a) mol-mulkdagi kamchiliklarni tekinga bartaraf etishni
b) ijara haqini mutanosib ravishda kamaytirishni;
v) mol-mulkdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun qilgan o’z xarajatlarini 
qoplashni talab qilishi mumkin. Bunda ijarachi ushbu harajatlarni mol-mulkdan 
foydalangan uchun to’lanadigan haq miqdoridan chegirib qolishi ham mumkin, 
biroq mazkur holatda bu haqda oldinda ijaraga beruvchini ogohlantirishi lozim; 


111 
g) shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli. 
Qonunda ijaraga beruvchi ijaraga oluvchi tomonidan ogohlantirilganidan 
so’ng qo’yilgan yoki ushbu kamchiliklarni ijaraga beruvchi hisobidan bartaraf etish 
niyati haqidagi talablarni olgandan keyin o’z xohishiga ko’ra kamchiliklarni 
bartaraf etish bo’yicha muayyan harakatlarni amalga oshirish huquqini tanlash 
imkonini beradi. Chunonchi, ijaraga beruvchi: 
a) ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkni tegishli holatda bo’lgan 
boshqa shunday mol-mulk bilan darhol almashtirib berishi; 
b) mol-mulkdagi kamchilikni tekinga bartaraf etishi mumkin.
Ijaraga oluvchi talablarini qanoatlantirish yoki uning kamchiliklarni bartaraf 
etishga sarflagan xarajatlari summasini mol-mulkdan foydalanganlik uchun 
to’lanadigan haqdan bevosita chegirib qolishi unga etkazilgan zararni to’liq 
qoplamasligi mumkin. Bunday hollarda shartnoma majburiyatlarini buzilishiga 
yo’l qo’ygan ijaraga beruvchi ijaraga oluvchining talabiga ko’ra qoplanmagan 
zarar qismini to’lashi lozim. 
Faqat quyida ko’rsatilgan holarda ijaraga beruvchi ijaraga berilgan mol-
mulkdagi kamchiliklar uchun javobgarlikdan ozod qilinadi: 
a) kamchiliklar shartnoma tuzish vaqtida ijaraga beruvchi oldindan aytib 
qo’yilgan bo’lsa; 
b) kamchiliklar ijaraga oluvchiga oldindan ma’lum bo’lgan bo’lsa; 
v) agar kamchiliklar shartnomani tuzishda yoki mol-mulkni ijaraga 
topshirish paytida uni ko’zdan kechirganda yoxud uning sozligini tekshirganda 
ijaraga oluvchi aniqlashi kerak bo’lgan bo’lsa. Bu o’rinda odatdagidek e’tibor 
qilgan holda yoki ijaraga olinayotgan ashyoni ko’zdan kechirganda yaqqol ko’rinib 
turadigan, yashirin bo’lmagan kamchilik xususida so’z boradi. 
Demak, qonunda belgilangan qoida bir tarafdan ijaraga oluvchini shartnoma 
tuzishda va shartnomani amalga oshirishda insofli va e’tiborli bo’lishga undasa, 
ikkinchi tarafdan ijaraga beruvchini insofsiz ijarachi tomonidan qo’yilishi mumkin 
bo’lgan asossiz e’tirozlardan himoya qiladi. 
Qonun yoki shartnomaga asosan mol-mulkka nisbatan boshqa shaxslarning 
huquqlarining mavjud bo’lishi chunonchi, garov, servitut huquqining mavjudligi 
mol-mulkning mulkdoriga uni tasarruf qilish, shu jumladan uni ijaraga berish 
huquqidan mahrum qilmaydi. Shu bilan birga mulkni ijaraga berish ko’rsatib 
o’tilgan uchinchi shaxslarning huquqlarini buzmasligi lozim (FK 9–moddasi). Shu 
munosabat bilan mulk ijaraga berilganda uchinchi shaxslarning huquqlari to’liq 
saqlanib qolinadi. Masalan, garovga oluvchi xatto garov shartnomasi tuzilgandan 
so’ng ushbu mol-mulk ijaraga berilgan taqdirda ham belgilangan tartibda undiruvni 
garovga olingan mol-mulkka qaratishi mumkin. 
Ijaraga berilayotgan mol-mulkka nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlari 
mavjudligi ijaraga oluvchi manfaatlariga mos kelmasligi mumkin. Shu munosabat 
bilan qonun ijaraga oluvchi tomonidan shartnoma tuzayotganda ijaraga oluvchini 
ushbu mol-mulkka nisbatan uchinchi shaxslarning barcha huquqlari haqida 
ogohlantirib qo’yish majburiyatini yuklaydi. Bunday ogohlantirishga oid 
ma’lumotlarni shartnoma matniga kiritish maqsadga muvofiq. Agar ijaraga oluvchi 
uchinchi shaxslar huquqlari haqida ogohlantirilgan bo’lmasa, u ijaraga beruvchidan 


112 
ijaraga olingan mol-mulk uchun to’lanadigan haq miqdorini kamaytirishniyoki 
shartnomani bekor qilish va o’ziga etkazilgan zararlarni qoplashni talab qilishi 
mumkin. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling